Научная статья на тему 'TALIM JARAYONIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNLI TUZILMASI'

TALIM JARAYONIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNLI TUZILMASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

36
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o„quvchilar / kompetensiya / kompetentlik / fanlararo integratsiya / integrativ differensial yondashuv.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Gulshad Tileuovna Yuldasheva, Bashorat Islomboevna Muxammadieva

Mazkur maqolada ta‟lim tizimi o„quvchilarining kompetentligini shakllantirish va uning mazmun-mohiyati, tayanch kompetensiyalar ularning o„qish faoliyatiga tayyorlashdagi o„rni va ahamiyati, ko„nikma va malakalarini shakllantirish, pedagogik va texnik bilimlar asosida ularning kompetentligini rivojlantirish mexanizmi hamda unga integrativ differensial yondashuv kabi masalalar yoritilib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALIM JARAYONIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNLI TUZILMASI»

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

TechMologeJnmhamammmmmPmm

TALIM JARAYONIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNLI TUZILMASI

Gulshad Tileuovna Yuldasheva

ChDPU "Informatika o'qitish metodikasi" kafedrasi dotsenti v.b.

Bashorat Islomboevna Muxammadieva

IO'M 19/5 guruhi talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ta'lim tizimi o'quvchilarining kompetentligini shakllantirish va uning mazmun-mohiyati, tayanch kompetensiyalar ularning o'qish faoliyatiga tayyorlashdagi o'rni va ahamiyati, ko'nikma va malakalarini shakllantirish, pedagogik va texnik bilimlar asosida ularning kompetentligini rivojlantirish mexanizmi hamda unga integrativ differensial yondashuv kabi masalalar yoritilib berilgan.

Tayanch so'zlar: o'quvchilar, kompetensiya, kompetentlik, fanlararo integratsiya, integrativ differensial yondashuv.

Jahonda amalga oshirilayotgan islohatlarning ta'lim taraqqiyotidagi pirovard maqsadi - har bir mamlakatning iqtisodiyotini rivojlangan mamlakatlar darajasiga olib chiqish va shu orqali xalqlarning farovonligini oshirishdan iborat bo'lmoqda. Fan va ishlab chiqarish sohalarida amalga oshiriladigan islohotlar ilmiy texnik axborotning jadal rivojlanishi va yangilanishi, pedagogik faoliyat mazmunini uzviylik tamoyillari asosida muntazam dinamik o'zgarishi bilan ifodalanadi. Zamonaviy ilmiy-amaliy tajribalar pedagogik texnologiyalarning yetarli darajada aks ettirish yo'llari bilan belgilanadi, bir qator umummadaniy, umumkasbiy va kompetentliliklarni shakllantirish imkoniyatini yaratadi. Shunga ko'ra, uzluksiz oliy ta'lim muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalariga oid fanlarni o'qitish metodikasini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvapdagi "2022-2026 yillapga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning tapaqqiyot strategiyasi topshirig'i" PF-60-sonli Farmonida "uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta'lim va o'qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta'lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko'paytirish, ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini rag'batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish" kabi vazifalar belgilab olindi. Mazkur

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

686

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

gL

vazifalaming "ijrosini ta'minlashda ta'lim jarayonida bo'lajak mutaxassislaming kommunikativ kompetentligini shakllantirish orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish zarur" ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda ta'lim sifatini oshirish va mehnat bozori talabi asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim va ustuvor yo'nalishlaridan biri. Davlatimiz rahbari tomonidan sohada islohotlarni amalga oshirish, takomillashgan oliy ta'lim tizimini yaratish bo'yicha ustivor vazifalar belgilanganligi ta'lim tizimini modernizasiya qilishni taqozo etmoqda. Chunki, "iqtisodiyotning liberallashtirilishi va diversifikasiya qilinishi, globallashuv, raqamlashtirish, mobillashuv, sanoatlashuv jarayonlarining shiddati har bir soha uchun raqobatbardosh malakali kadrlarni tayyorlashni, xalqaro talablarga mos yangi ta'lim tizimini talab qilmoqda".

Zamonaviy o'quv jarayonidagi asosiy maqsad "bo'lajak mutaxassislarning shaxsiy va kasbiy qobiliyatlari bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan". Oliy ta'lim muassasalarida talabalarni o'qitish jarayonida bo'lajak mutaxassislarning kommunikativ kompetentligini shakllantirish lozim va ular nafaqat akademik bilimlarga ega bo'lishi, balki o'z sohalaridagi turli muammolarni ijobiy hal qilish qobiliyatiga ega bo'lishi zarur sanaladi.

Mamlakatimizdagi ta'lim islohotlari tajribasi shuni ko'rsatadiki, shaxsning eng ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan fazilatlari: muloqotchanlik, mas'uliyatlilik, tashabbuskorlik, tadbirkorlikka ijodiy yondoshuv, "qaror qabul qilish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kunda dolzarb"hisoblanadi. Bunday fazilatlarni bo'lajak mutaxassislarda shakllantirish, ularga kelajakda o'zlarining ish faoliyatlarini samarali va sifatli olib borishga imkon yaratadi.Muammo shundaki, nutq mas'uliyatini oshirish bilan bog'liq bo'lgan kasblar uchun yuqori sifatli samarali muloqot o'rnatish, so'zni o'zlashtirish qobiliyati, so'z yordamida professional muammolarni hal qilishga o'rgatish eng dolzarb muammolardan biridir.

"Kompetentlik" tushunchasining nazariy asoslari o'tgan asrning 60-chi yillarida paydo bo'lgan bo'lib, u insonning ijtimoiy hayoti va kasbiy faoliyatining bilimga asoslangan, intellektual va shaxsiy tajribasi sifatida talqin qilingan. Shu bilan birga, "kompetentlik", "kompetensiya" tushunchalari ilgari - kundalik hayotda, adabiyotlarda keng qo'llanilgan bo'lib, uning talqini lug'atlarda ken yoritilgan. Masalan, "Xorijiy so'zlar izohli lug'ati"da "kompetensiya" atamasiga quyidacha ta'rif berilgan: "kompetensiya (lotinchadan competens, competentis- qobiliyatli) - ma'lum sohada ilg'or, tajribali, bilimdon; faoliyatni mustaqil amalga oshirish yoki hal qilish huquqiga ega, o'z bilimi doirasida biror narsani yechimini hal qilishga qodir shaxs" sifatida tavsiflangan.

Bugungi kunda kompetensiyalarni rivojlantirish tahlili mutaxassisning asosiy kompetensiyalari va ularning komponentlari hajmini taqqoslashda tadqiqotchilar murakkablik va noaniqlarga duch kelganliklarini ko'rsatadi va bu esa o'z o'rnida, ta'lim natijasida ularning baholash uchun yondashuvlarni (mezon, tartib, vositalar) rivojlanishini qiyinlashtiradi. Shuningdek,

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

687

Technoogies^n^hemmucaiiommimrocmM

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

pedagog olimlaming ilmiy tadqiqotlarida "kompetentlik" tushunchasining mazmuniga oid alohida maxsus konsepsiya mavjud emas. Tadqiqotchilar tomonidan kasbiy kompetensiyalar quyidagi komponentlarga ajratib ko'rsatilgan: mazmunli, faoliyatli va shaxsiy komponentlarga bo'linadi.

Hozirgi kunda ko'plab adabiyotlarda hali kompetentli yondoshuvni tavsiflovchi konseptual apparat ishlab chiqilmagan, "kompetensiya" va "kompetentlik" atamalarini ta'riflashning turli xil talqinlari mavjud.

Masalan, J.Ravenning fikriga ko'ra, "kompetensiya" tushunchasi ma'lum bir sohada muayyan bir harakatni amalga oshirishga qaratilgan maxsus bir qobiliyat sifatida tavsiflanadi, unda yuqori malakali ko'nikmalar va bilimlar, mas'uliyat va harakatlar uchun fikrlash usullari tushuniladi. Ko'rinib turibdiki, kompetensiyaning asosiy komponenti shaxsning ma'lum qobiliyatlarida ifodalangan operasion va faoliyat komponentidir.

"Kompetensiya" tushunchasining eng to'liq ta'rifi A.V.Xutorskoy tomonidan berilgan bo'lib, unda shaxsning belgilangan jarayonlar va ob'ektlar doirasiga nisbatan ko'rsatilgan o'zaro bog'liq fazilatlari to'plami kiritilgan va unga qarshi samarali harakat qilish kerak.

Kasbiy kompetensiya - kasbiy ta'lim, tajriba va shaxsning individual qobiliyatlari darajasi, uning uzluksiz o'z-o'zini tarbiyalash va o'zini takomillashtirishga bo'lgan intilishi, biznesga ijodiy va mas'uliyatli munosabatidir.

Hozirgi vaqtda davlat ta'lim standartlari joriy etilib, "bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan ta'lim mazmuni va texnologik innovasiyalar keng joriy etilmoqda.

REFERENCES

1. Юлдaшeвa Г.Т. Тaлaбaлaрдa узини-узи ривoжлaнтириш кoмпeтeнцияcини шaкллaнтириш жaрaëнининг пeдaгoгик aco^ap^ /МуFaллим хдм узликcиз билимдeндиpиу. № 3/1 - 2022.Илимий-мeтодикaльщ журтал.Нуку^2022. ISSN 21817138. 26-28 6eT.

2. Юлдaшeвa Г.Т. Кoммуникaтив кoмпeтeнция тушунчacи Ba унинг Ma3MyH mox,hath // "УзМУ xaбapлapи "Миpзo Улу^к нoмидaги Узбeкиcтoн Миллий унивepcитeти илмий журтали. - Toшкeнт, 2022. - № 1/5/1 - В. 228-231.

3. Юлдaшeвa Г.Т. (2022). Кoмпeтeнциявий ëндoшувгa acocлaнгaн тaьлим // Journal of innovations in social sciences (Узбeкиcтoн).Тaьлимни paцaмлaштиpиш: acocий тeндeнциялap Ba уcтувop вaзифaлap -2022 ISSN:2181-2594.57-61 бeт.

4. Юлдaшeвa Г.Т. Пpимeнeниe инфopмaциoннo-кoммуникaциoнныx тexнoлoгий (ИКТ) в нaчaльнoм oбpaзoвaний. Зaмoнaвий узлукcиз тaълим cифaтини йшириш: иннoвaция Ba иcтицбoллap. Хaлцapo мицëcидaги илмий-aмaлий кoнфepeнция мaтepиaллapи. 24 aпpeль, Тoшкeнт-2020. 527-531 бeт.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

688

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

5. Юлдашева Г.Т. Влияние компьютерных технологий на изменение средств коммуникации. Международная конференция посвещённая к 180- летию И.Алтынсарина "Великий учитель казахского народа и великое знание",Чимкент, 2021. 36-39 стр.

6. Юлдашева Г. Т. Таьлимда иннаватцион технологияларнинг роли ва ахдмияти. Информатика фанининг долзарб муаммолари. Илмий-амалий анжуман материаллари. Тошкент -2018. 266-бет.

7. Юлдашева Г. Т. Эффективность использования ИКТ на уроках начального класса. Труды научной конференций "Современные кластерные системы в контексте образовательных инноваций реформ: проблемы события и перспективы".2019. 24-стр.

8.Юлдашева ГТ. Булажак уцитувчиларда касбий компетентликни ривожлантириш. "Замонавий тарацциётда илм-фан ва маданиятнинг урни" номли Республика илмий-амалий конференцияси. www.academics.uz 18.08.2022, 20 сон, 54- бет.

9. Dilfuza Melievna Makhmudova, 2Bakhrom Ruzievich Tadjibaev, 3 Gavhar KholboevnaDusmurodova, 4 Gulshad Tileuovna Yuldasheva. Information and communication technologies for developin gcreative competence in the process of open teaching physics and maths. // International Journal of Psychosocial Rehabilitation / Vol.24, Issue 09, 2020 ISSN: 1475-7192. (Scopus).

10. Юлдашева Г.Т. Методологические основы использования медиа технологий в повышении эффективности обучения / "Экономика и социум", №5(84), часть 2, http://www.iupr.ru 1129-1133. (2021).

11. Юлдашева Г.Т. Тенденция развития навыков интерактивных онлайн-курсов в дистанционных условиях современного общества. / "Экономика и социум", №5(84), часть 2, http://www.iupr.ru. 1134-1141. (2021).

12.Юлдашева Г.Т. Мактабларда дастурлаш тилини ургатишдаги бази муаммолар. "Умумтаьлим мактабларида аниц фанларни уцитиш методикаси" мавзусида илмий-амалий анжуман материаллари. Чирчиц, 2019 .

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

689

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.