Raximova Dilrabo Oktyabrovna,
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Biznes va innovatsion menejment" kafedrasi assistenti, mustaqil izlanuvchi
BO LAJAK MENEJERLARDA "FORSAYT KOMPETENTLIK"NI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
UDK: 377.091:62
RAXIMOVA D.O. BOLAJAK MENEJERLARDA "FORSAYT KOMPETENTLIK"NI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Maqolada forsayt texnologiyasi va rivojlangan xorijiy davlatlar ta'lim tizimida amalga oshirilgan forsayt loyihalar to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan, bo'lajak menejerlar tayyorlash tizimida mutaxassislik fanlarini o'qitishda forsayt texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati va zaruriyati asoslangan. "Forsayt kompetentlik"ning mazmun-mohiyati ochib berilib, muallif ta'rifi berilgan hamda uni shakllantirish modeli ishlab chiqilgan. Forsayt kompetentlikning baholash-natijaviy komponentini va ularning xarakterlarini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlar asoslangan.
Tayanch so'z va tushunchalar: forsayt, menejer, forsayt-menejment, forsayt kompetentlik, model, metodika.
РАХИМОВА Д.О. МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ "ФОРСАЙТ КОМПЕТЕНТНОСТИ" БУДУЩИХ МЕНЕДЖЕРОВ
В статье описаны содержание технологии форсайт и форсайт-проектов, реализуемых в системе образования развитых стран, обоснованы значение и необходимость использования технологии форсайт при подготовки будущих менеджеров. Изложены сущность и авторское определение форсайт-компетентности. Разработана модель формирования форсайт-компетентности и обоснован оценочно-результативный компонент и основные показатели, характеризующие компетентность.
Ключевые слова и понятия: форсайт, менеджер, форсайт-менеджмент, форсайт-компетентность, модель, методика.
RAKHIMOVA D.O. METHODOLOGY OF FORMING "FORESIGHT COMPETENCE" OF FUTURE MANAGERS
The article clearly depicts the content of foresight technology and foresight projects applied in the education system of advanced countries, confirms the significance and requirement of using foresight technology in the preparation of future managers. The nature and author's definition of competence foresight are described. A model for the formation of competence foresight has been developed and the evaluative-result component and the main detectors distinguishing competence have been demonstrated.
Key words and concepts: foresight, manager, foresight management, competency foresight, model, methodology.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 3 (112)
Kirish.
"O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyas^da1 belgilangan vazifalarni amalga oshirish ta'lim tizimiga eng zamonaviy pedagogik hamda raqamli texnologiyalardan foydalanishni talab etadi. Shuningdek, oliy ta'limda tayyorlanayo-tgan milliy kadrlarimiz kelajakni ko'ra bilishi, tezkor o'zgaruvchan raqobatbardosh muhitga moslashuvchan bo'lishlari, barqaror rivojlanish tamoyillarini amalda tatbiq eta olishlari zarur. Chunki, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tezlashib borayotgan bir vaqtda kelajak strategiya-sini to'g'ri shakllantirish barqaror rivojlanish-ning asosini tashkil etadi. Hozirgi globallashuv davrida dunyo, mintaqa, davlat yoki iqtisodi-yot sohalaridagi yirik muammolar (ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik, siyosiy va b.) yechimiga oid strategik rejalar, yo'l xaritalari va konsepsiyalar ishlab chiqishda Forsayt metod-laridan foydalanish eng samarali va maqbul variant hisoblanadi. Forsayt asosida rivojlanish-ning uzoq muddatli (5 yildan 30 yilgacha) rivojlanish dasturi yoki konsepsiyasi qisqa muddatli aniq dalillarga asoslangan ma'lumotlar asosida yaratiladi, ya'ni kelajak strategiyasi aniq, yuqori darajadagi dalillar asosida rejalashtiriladi2. Rivo-jlangan davlatlarda forsayt alohida bir tashkilot yoki korxona doirasida ham keng foydalaniladi, forsayt uslublari yordamida korxonaning kelajak strategik rejasi ishlab chiqiladi, qaysi texnologi-yalarni takomillashtirish zarurligi aniqlanadi, maqsadga erishish yo'l xaritalari ishlab chiq-iladi. Shu sababli rivojlangan davlatlar oliy ta'lim tizimida menejerlar tayyorlashda mutaxassislik fanlarini o'qitishda forsayt texnologiyalaridan keng foydalaniladi va ta'lim dasturlarida aynan forsaytga oid fanlar nazarda tutilgan.
1 Узбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги "Узбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепцияси т^ррисида"ги ПФ-5847-сон Фармони. // URL: https://lex. uz/docs/4545884
2 Соколов А.В. Долгосрочное прогнозирование тенденций развития образования методами Форсайт. // Вопросы образования. 2004. №3. С. 66-79.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.
Forsayt nisbatan yangi atama hisoblandi. Shu sababli hozirgacha uning mukammal ta'rifi ishlab chiqilmagan3.
Forsayt texnologiya asosida global (xalqaro hamkorlik asosida) muammolar, jumladan ham-korlik asosida qaysi sohani yanada keng rivojlantirish va qaysi texnologiyalarni takomillashtirish lozimligi aniqlanadi, maqsadga erishishning strategiyasi ishlab chiqiladi.
1990 yillardan boshlab uzoq muddatli istiqbolni belgilashda forsayt texnologiyalar-dan AQSh, Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasidagi iqtisodiy rivojlangan bir qancha davlatlar keng foydalana boshlashdi. Forsayt loyihalar nati-jalari asosida keng masshtabli Xalqaro tadqiqot dasturlari ishlab chiqilgan, jumladan Yevropa Ittifoqining Oltinchi va Yettinchi ilmiy tadqiqot-lar va texnologiyalarni rivojlantirish dasturining byudjet xarajatlari 17,5 va 54 mlrd. yevroni tashkil etgan. Shvesiyaning oxirgi forsayt loyi-hasi 3,6 mln yevro, Turkiyada esa 2 mln yevroga yaqin mablag' sarflangan4.
Forsayt tadqiqotlar borasida EFMN (The European Foresight Monitoring Network) -Yevropa forsayt tadqiqotlar moitoringi tizimi, FISTERA - axborotlashgan jamiyat sohasidagi loyihalar tizimi faoliyatini misol qilishimiz mum-kin. EFMN Yevropa Ittifoqi tomonidan moli-yalashtiriladi va "Yevropa bilimlar almashinuvi platformasi"ning bir qismi hisoblanadi. Uning tarkibiga ARC-SA, VDI, PREST, TNO, CKA, Atlantis, Fhg-ISI, Dialogik, Louis Lengand & Associates, Technology Centre Prague kabi tashkilot-lar kiradi. 2006 yilgi ma'lumotlar bo'yicha EFMN monitoring portfoliosida Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarda hamda Yaponii, SShA, Kanada, Xitoy, Koreya Respublikasi va Braziliyada bajarilgan 1000 ga yaqin forsayt tadqiqotlar to'g'risida ma'lumotlar mavjud5.
Forsayt texnologiya asosida O'zbekiston iqtisodiy tarmoqlari, jumladan ta'lim sohasida uzoq
3 Georghiou L., Cassingena Harper J., Keenan M., Miles I., Popper R. (eds.) (2008) The Handbook of Technology Foresight Concepts and Practice, Cheltenham: Edward Elgar.
4 Соколов А.В. Форсайт: взгляд в будущее. //Форсайт. 2007. №1. С.8-15.
5 Шелюбская Н.В. Основы форсайта. [Электрон манба].
URL: https://riep.ru/upload/iblock/7a8/7a855b301628b74
8b239ba1dda058097.pdf.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 3 (112)
muddatli strategik rejalar, konsepsiyalar va istiqbolli yo'l xaritalari ishlab chiqish amaliyoti yo'lga qo'yilmagan. Respublikamizdagi ko'pgina ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari oldida turgan asosiy muammolardan biri, ular tomoni-dan yuqori texnologik loyihalarni rivojlantirish jarayonini bozor va texnologik trendlar rivojlan-ishini hisobga olmasdan amalga oshirib kelinay-otganligidadir. Innovatsion sektorda kooperativ jarayonlarning rivojlanmaganligi tufayli ilmiy yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etish masala-siga sust yondashish hamda marketing tadq-iqotlari o'tkazishning yetarlicha baholanmagan-ligi kuzatiladi. Shu sababli oliy ta'lim o'quv jaray-onida bo'lajak menejerlarga forsayt texnologiya, uning mazmuni, forsayt uslublaridan foydalan-ish to'g'risida ma'lumotlar berish hamda ushbu uslublarni o'quv jarayonida innovatsion peda-gogik texnologiya sifatida keng qo'llash va ularda "Forsayt kompetentlik"ni shakllantirish zamon talabi hisoblanadi. O'zbekistonda For-sayt nisbatan yangi texnologiya hisoblanadi, shu sababli iqtisodiyot tarmoqlari sohasida hamda ta'lim sohasida forsayt tadqiqotlar olib boril-magan va forsayt bo'yicha ilmiy dissertasiyalar himoya qilinmagan.
Muammoning qo'yilishi.
Hozirgi sharoitda O'zbekiston iqtisodiyo-tini boshqarishdagi islohotning asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri, ayniqsa korxonalar, uyush-malar, konsernlar va boshqa xo'jalik yurituv-chi tashkilotlar miqyosida amaliy faoliyatimizda qo'llanilayotgan menejment (rahbar, mulkdor, korxona egasi)ning asosiy nazariy va ilmiy nuqtai nazarlarini ishlab chiqishdir. Bu esa G'arbdagi sanoat firmalari tajribasini ko'r-ko'rona ko'chirish emas, aksincha, ijodiy izlanishlarning yangi yechimidir. Menejment - bu tashkilotga egalik va rahbarlik qilish, boshqarish orqali ish-larni amalga oshirish, ishbilarmonlar qanday ish yuritishini o'rganish, yangi boshqarish tafak-kurini shakllantirish, boshqarishning tashkiliy tuzilmasini shakllantirish muammolaridir1.
Shu sababli, bo'lajak menejerlar forsayt uslu-blarini puxta bilishlari, har qanday korxona va tashkilotning uzoq muddatli (5-20 yil) kelajagini forsayt asosida oldindan bashoratlash kompe-tentligiga ega bo'lishlari zamon talabi hisobla-
1 Ejdys J. Furure oriented strategy for SMEs // Procedia-Social and Behavioral Sciences. 2014. Vol. 156. P.8-12
nadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda menejerlar tayyorlash ta'lim yo'nalishlarida va mutaxassis-liklarida, jumladan Oliy iqtisodiyot maktabi (Ros-siya)da "Forsayt texnologiya" mutaxassislik fani sifatida o'qitiladi hamda bo'lajak menejerlarda forsayt-kompetentlik shakllantiriladi.
Forsayt-kompetentlik- menejerning kasbiy va ilmiy-refleksiv faoliyatida korxona yoki tashkilotning kelajagini bashoratlashga tayyorligi hamda qobiliyatini shakllanganligi bilan xarak-terlanadi. Menejerning forsayt kompetentligini baholash indikatorlari sifatida menejerlik mutax-assisligini tanlashdagi ijobiy jihatlari, mutaxassislik fanlari majmui bo'yicha bilimlari, refleksiv kasbiy faoliyati bo'yicha tajribalari, menejerlik madaniyati, menejerlik masalalarini samarali hal etish bo'yicha tayyorgarligi, forsayt uslublarini puxta bilishlari va amaliyotga tadbiq eta olishlari hamda o'zining kasbiy kompetentligini mustaqil oshirib borish, o'z-o'zini rivojlantirish va baholash qobiliyatlarini kiritish mumkin.
O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida tayy-orlanayotgan menejerlar ham forsayt to'g'risida mukammal bilimga ega bo'lishlari va forsayt uslublarini amalda qo'llash ko'nikmalariga ega bo'lishlari dolzarb hisoblanadi. Menejerning forsayt bo'yicha kompetentligini yuqori darajada shakllanishi kadrlar tayyorlash bo'yicha konsepsiyalar va dasturlar talablarini bajarilishini ta'minlash bilan bir qatorda davlatimizning mak-roiqtisodiy siyosati asosida jamiyatning rivojiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Tadqiqot metodlari. Tadqiqot jarayonida ilmiy va o'quv-uslubiy adabiyotlar tahlili, peda-gogik kuzatuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, pedagogik tajriba-sinov, matematik-statistik tahlil kabi usullardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalari va muhokamalar.
Forsayt kompetentlikning mazmuni bo'lajak menejerlarda istiqbolni bashoratlash metodlari yordamida o'zining kelajakdagi karyerasini rivojlantirish modelini shakllantirishdan iboratdir. Oliy ta'limda forsayt texnologiyalarni o'rganish yuqori darajadagi potensialga ega istiqbolli texnologiya hisoblanadi. T.V. Konyuxova, A.D. Alekseyev va T.V. Yejovalarning qayd etishicha, ushbu texnologiyani muvaffaqiyatli o'zlashtirgan talabalar o'zining kasbiy va shaxsiy karyerasini uzoq va o'rta muddatli bashoratlash asosida o'z-o'zini tahlil qilish va real bashoratlash qobili-
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 3 (112)
yatlariga ega bo'ladilar hamda o'zining kasbiy rivojlanishini taminlaydilar va shu bilan o'ziga ham, jamiyatga ham katta iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy foyda keltiradilar1. Hozirgi davrda bun-day kompetentga yo'naltirilgan innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanish oliy ta'lim muassasalarining mehnat bozorida raqobatbar-dosh kadrlar tayyorlash sohasidagi strategiyas-ining bosh maqsadi hisoblanadi.
"Menejment" ta'lim yo'nalishida mutaxas-sislik fanlaridan o'quv mashg'ulotlarida forsayt metodlaridan foydalanish bo'lajak menejer-larda "Forsayt kompetentlik"ni shakllanishiga olib keladi. Albatta, bu o'rinda mashg'ulotlar loyihaviy faoliyatga va ilmiy-ijodiy mustaqil fikr-lashga yo'naltirilgan bo'lishi2, ma'ruzalar zamo-naviy muammoli ma'ruzalar3 shaklida tashkil etilishi talab etiladi. Mustaqil ta'limni esa elektron ta'lim resurslari4 asosida asosida tashkil etish tavsiya etiladi.
Bo'lajak menejerlarda "Forsayt
kompetentlik"ni shakllantirish forsayt-menej-ment, ya'ni menejerning strategik rejalashtirish qobiliyatlari va o'z qarori uchun javobgarlikni tushunish orqali xarakterlanadi va boshqaruv metodologiyasi hisoblanadi. Forsayt -menej-ment metodologiyasi strategik menejmentning bir ko'rinishi bo'lib, korxonaning raqobatbar-dosh ustunliklarini hisobga olgan holda strate-gik rejadagi kelajakni yaratishga yordam beradi.
Forsayt-menejment tushunchasini birinchi bo'lib 2010 yillarda Rodion Kolesnikov (Manhattan Skylinei konsalting firmasi, A.I.Gersen
1 Alekseyeva A.D. Modern technologies of foreseeing the professional future of aperson. // Pedagogicheskoye obrazovaniye v Rossii = Pedagogical Education in Russia. 2016. № 8. Р.63-71.
2 Рахимов О.Д. Инновацион педагогик технологиялар: лойихалар услуби таълим сифатини оширувчи технология сифатида. // Карши, ТАТУ Карши филиали, 2013 й., 80б.
3 Rakhimov O.D., Ashurova L. Types of modern lectures in higher education, technology of their design and organization.// Проблемы современной науки и образования. 2020. №12(157), часть -1. С.41-46. DOI: 10.24411/2304-2338-2020-11203
4 Raximov O.D.Requirements and technology for creating
e-learning resources. // Sovremennoe obrazovane
(Uzbekistan), 2016. №2. P.45-50
nomidagi Rossiya davlat universiteti) boshqaruv amaliyotiga kiritgan5.
Kompetentliklar profilini aniqlash mutaxas-sisning o'z karyerasini rejalashtirish va rivojlanti-rishda muhim ahamiyat kasb etadi. Forsayt kom-petentlikni inson resursini strategik boshqarish sohasidagi bilimlar va ko'nikmalar majmui deb qarash mumkin. Kompetentlik bir necha kompo-nentlardan tashkil topib, shaxsiy bilim, ko'nikma, amaliy tajriba va fazilatlar bilan bog'liqdir. "De Tech Development Technologies" kompaniyasi kompetentlik modelini kompetensiyaning "20 jihati" bilan izohlaydi6. Forsayt-kompetentlik masalasi murakkab, ko'p qirrali masala bo'lib va hozirgi kungacha ushbu masalada yetarli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmagan. Ta'kidlash joizki, "kompetentlik" va "kompetensiya" tush-unchalari menejment va pedagogika nazariyasi hamda amaliyotida keng qo'llanilishi bilan bir qatorda, olimlar o'rtasida bahsli masala hisob-lanadi. Ushbu tushunchalar ta'rifi bo'yicha turli xil ta'riflar mavjud bo'lib, turli davlatlarda ilmiy tadqiqotchilar va amaliyotchilarning ta'riflari bir-biriga to'liq mos kelmaydi.
"Kompetentlik" atamasi ko'proq Buyuk Bri-taniyada ishlatiladi va mutaxassisning bajargan ishi natijasini baholaydi.
"Kompetensiya" atamasi esa AQShda ish-latilib, mutaxassisning xarakterini belgilovchi qobiliyatlari hamda shaxsiy xusuiyatlarini ifoda-laydi. Bunda mutaxassisning qaysi shaxsiy xarak-terlari va qobiliyatlari uning o'z sohasida muvaf-faqiyatli faoliyatini ta'minlashi nazarda tuti-ladi. Ushbu olimlar ushbu atamalarni bir-birini to'ldiruvchi atamalar sifatida qarashib, tegishli soha bo'yicha ta'limning oxirgi natijasi hamda shaxsning turli shaxsiy va o'quv davomida shak-llangan xususiyatlari sifatida ta'rif berishgan.
"Kompetentlik" va "Kompetensiya" atama-larining mohiyatini ochib beruvchi ilmiy-tadq-iqot ishlari tahlilidan, ushbu atamalar bir-birini to'ldiradigan va ifodalaydigan atamalar deb xulosalash mumkin.
5 Формирование понятия «форсайт менеджмент» [Электрон манба].
URL: http://www.quickiwiki.com/ru. Мурожаат этилган сана 22.02.2022.
6 Форсайт компетенции специалистов в современной социально-экономической системе. [Электрон манба].
URL:https://bstudy.net/880561/ekonomika/forsayt_ kompetentsiy_spetsialistov_sovremennoy_sotsialno_ ekonomicheskoy_sisteme
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 3 (112)
1-rasm. Bo'lajak menejerlarda forsayt kompetentlikni shakllantirish modeli1.
Maqsadli kompetensiya: forsayt kompetentlik
Maqsad: foydala menejerning kasbiy faoliyati yoki butun hayotiy faoliyatida nishga yo'naltirilgan forsayt kompetentlikni shakllantirish
Vazifalar: bashoratlash, strategik rejalashtirish, rejalarni bajarilishi bo'yicha o'z vaqtida tezkor qarorlar qabul qilish hamda belgilangan natijaga erishini ta'minlash, nazorat qilish va baholash bo'yicha nazariy bilim, malaka hamda uquvlarni shakllantirish
Yondoshuvlar: amaliyot, shaxsiy faoliyat, ilmiy-tadqiqotga yo'naltirilgan va kontekstli Prinsiplar: tizimli, faol, variativlik, amaliyotga yo'naltirilgan
Komponent tarkibi
Invariantiv komponent Variativ komponent
Asosiy o'quv moduli: kasbiy faoliyatni tashkil etish metodologiyasi va metodlari Variativ o'quv moduli: «Kasbiy istiqbolni loyihalash»
Texnologik komponent
Metodlar: O'quv shakllari: O'quv vositalari:
Forsayt metodlari, interaktiv metodlar, muammoli o'qitish metodlari Muammoli ma'ruzalar, amaliy va seminar mashg'ulotlari, o'quv-tadqiqot ishlari, malakaviy amaliyotlar Elektron ta'lim resurslari, pedagogik simulyator
Baholash-n atijaviy komponent
Forsayt asosida bashoratlash Strategik rejalashtirish Natijaga erishish, nazorat va baholash
Komponentlarni belgilovchi ko'rsatkichlar
Forsayt metodlarini o'zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, forsayt asosida uzoq, o'rta va qisqa muddatli bashoratlash qobiliyatlariga ega bo'lish Bashorat natijalari asosida strategik rejalar, yo'l xaritalari ishlab chiqish ko'nikmasiga ega bo'lish Belgilangan rejalarni bajarish bo'yicha qaror qabul qilish, nazorat va baholash, natijaga erishish yo'llarini bilish
Natija: Forsayt kompetentlik shakllangan menejer
Yuqoridagi tahlillar asosida muallif tomoni-dan forsayt kompetentlikning qo'yidagi vari-antdagi ta'rifi ishlab chiqildi. "Forsayt kompe-tensiya, bu - boshqaruv sohasidagi mutaxassis-larning korxona yoki kompaniyaning uzoq, o'rta va qisqa muddatli kelajagini to'g'ri bashorat-lash, strategik rejalashtirish, rejalarni bajarili-shi bo'yicha o'z vaqtida tezkor qarorlar qabul qilish hamda belgilangan natijaga erishishni ta'minlash, nazorat qilish va baholash bo'yicha bilim, malaka hamda uquvlarga ega bo'lishlari, forsayt kompetentlik esa ushbu bilim, malaka hamda uquvlardan faoliyat jarayonida foy-dalana olishga yo'naltirilgan shaxsiy xususiyat-lari majmuidir". Mazkur ta'rifga asosan forsayt kompetentlik modeli ishlab chiqildi (1-rasmga qarang). Forsayt kompetentlik kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi hisoblanadi, shu sab-abli uni maqsadli kompetentlik deb ta'riflash ham mumkin.
Ushbu kompetentlik menejerning kasbiy hamda butun hayotiy faoliyatida foydalanishga mo'ljallangan. Forsayt kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish jarayonini 2 bosqichga ajratishimiz mumkin: oliy ta'lim muassasasida
1 Sxema muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
o'qish jarayonida forsayt kompetentlikni shak-llantirish va ishlab chiqarishdagi faoliyati davrida uni rivojlantirish.
Birinchi bosqichdagi metodlar tarkibin-ing asosini forsayt metodlari tashkil etadi, shu bilan bir qatorda o'qitishning interaktiv metodlari hamda muammoli o'qitish texnologiya-sidan kompleks foydalanish ham yaxshi samara beradi. O'quv shakllari an'anaviy ta'lim tizmi-dagi muammoli ma'ruzalar, amaliy va seminar mashg'ulotlari, o'quv-tadqiqot ishlari, malakaviy amaliyotlardan iborat. O'quv vositalari esa elektron ta'lim resurslari va pedagogik simulyator-dan iborat.
Forsayt kompetentlikning baholash-natijaviy komponentini va ularning xarakterlarini bel-gilovchi asosiy ko'rsatkichlarini qo'yidagi 3 ta guruhga ajratamiz:
1. Forsayt asosida bashoratlashga oid naz-ariy bilimlarga ega bo'lish (forsayt metodlarini o'zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, forsayt asosida uzoq, o'rta va qisqa muddatli bashorat-lash qobiliyatlariga ega bo'lish).
2. Strategik rejalar va yo'l xaritalar ishlab chiqish (bashorat natijalari asosida strategik rejalar, yo'l xaritalari ishlab chiqish ko'nikmasiga ega bo'lish).
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 3 (112)
TAt^IMM MEHEXMEHTIM / MEHE^XMEHT B 05PA30BAHMM 73
3. Natijaga erishish, nazorat qilish va bahol-ash (belgilangan rejalarni bajarish bo'yicha qaror qabul qilish, nazorat va baholash, natijaga erishish yo'llarini bilish).
Menejerlarning samarali faoliyat yuritishlarida birinchi o'rinda rejalashtirilgan natijaga erishish masalasi turadi, forsayt komptentlikning boshqa omillari (bilim, malaka, qobiliyat va b.) erishilgan natijaga nisbatan yordamchi komponentlar hiso-blanadi.
Menejerning faoliyat algoritmi murakkab, variativ va shaxsga yo'naltirilgan bo'ladi. Mene-jerning forsayt kompetentligi uning forsaytdan foydalanish bo'yicha nazariy bilimlari, malakasi va qobiliyatlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari, psixologik xususiyatlari (melanxolik, xolerik, sangvinik va flegmatik) hamda kasbiy tajribasiga bog'liq holda shakllanadi. Eng asosiysi o'z-o'zini rivojlantirish va o'z-o'zini baholashga yondashi-shi hamda o'z malakasidan amaliyotda foy-dalana olish qobiliyatiga ham bog'liqdir. Bu esa "Butun umr davomida o'qish" tamoyiliga ham mos keladi.
Xulosa.
1. Bo'lajak menejerlarda kasbiy kompetent-likni belgilovchi asosiy komponentlar bilan for-sayt kompetentlikni belgilovchi komponentlar o'rtasida uzviy bog'lanish bo'lishi lozim, chunki forsayt kompetentlik kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi hisoblanadi.
2. Forsayt-kompetentlik menejerning kasbiy va ilmiy-refleksiv faoliyatida korxona yoki
tashkilotning kelajagini bashoratlashga tayyor-ligi hamda bashoratlash, strategik rejalar ishlab chiqish va ularni bajarilishini ta'minlash, nazorat va baholash bo'yicha qobiliyatlarini shakllangan-ligi bilan xarakterlanadi.
3. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida "Menejment" ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisliklari malaka talablarida "Forsayt kompetentlik" atamasi, o'quv rejada esa forsayt texnologiyasini o'zlashtirishga oid fanlar kiritilmagan. Albatta bu bo'lajak menejerlarni tezkor iqtisodiy-ijtimoiy o'zgarishlar davrida korxona faoliyatini va inson kapitalini boshqar-ish, kelajakda korxonaning rivojlanishi hamda raqobatbardoshligini ta'minlash sohasi bo'yicha nazariy bilim hamda amaliy ko'nikmalarini to'liq shakllanishiga imkon yaratmaydi.
Taklif va tavsiyalar.
1. "Menejment" ta'lim yo'nalishida mutax-assislik fanlarini o'qitishda forsayt texnologi-yasidan foydalanish va bo'lajak menejerlarda "Forsayt kompetentlik"ni shakllanishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
2. O'zbekiston oliy ta'lim tizimida jahon standartlariga mos raqobatbardosh kadrlar tayy-orlashda barcha ta'lim yo'nalishlarida, ayniqsa menejment, iqtisodiyot, xizmatlar sohasi, logistika kabi yo'nalishlar talabalariga forsayt texnologiya to'g'risida yetarli ma'lumotlar ber-ish, o'quv rejalar tanlov fanlari blokiga forsay-tga oid fanlarni kiritish, ushbu fanlarni o'qitish metodikalarini takomillashtirish zamon talabi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni. - // https://lex.uz/docs/-4545884
2. Sokolov A.V. Dolgosrochnoye prognozirovaniye tendensiy razvitiya obrazovaniya metodami Forsayt. //Voprosbi obrazovaniya. 2004. №3. S. 66-79.
3. Georghiou L., Cassingena Harper J., Keenan M., Miles I., Popper R. (eds.) (2008) The Handbook of Technology Foresight Concepts and Practice, Cheltenham: Edward Elgar.
4. Sokolov A.V. Forsayt: vzglyad v budu^yeye. //Forsayt. 2007. №1. S.8-15.
5. Shelyubskaya N.V. Osnovb forsayta. [Elektron manba].
6. URL:https://riep.ru/upload/iblock/7a8/7a855b301628 b748 b 239 balddaO 58097.pdf. Murojaat etilgan sana: 14.02.2022.
74 TAt^MM MEHEXMEHTM / MEHEßXMEHT B 0BPA30BAHMM
7. Ejdys J. Furure oriented strategy for SMEs //Procedia-Social and Behavioral Sciences. 2014. Vol. 156. P.8-12
8. Alekseyeva A. D. Modern technologies of foreseeing the professional future of aperson. //Pedagogicheskoye obrazovaniye v Rossii = Pedagogical Education in Russia. 2016. № 8. R. 63-71.
9. Raximov O.D. Innovasion pedagogik texnologiyalar: loyihalar uslubi ta'lim sifatini oshiruvchi texnologiya sifatida. // Qarshi, TATU Qarshi filiali, 2013y., 80b
10. Rakhimov O.D., Ashurova L. Types of modern lectures in higher education, technology of their design and organization.// Problems sovremennoy nauki i obrazovaniya. 2020. №12(157), chast -1. S.41-46. DOI: 10.24411/2304-2338-2020-11203
11. Raximov O.D. Requirements and technology for creating e-learning resources. // Sovremennoe obrazovane (Uzbekistan), 2016. №2. P.45-50
12. Formirovaniye ponyatiya «forsayt menedjment» [Elektron manba]. URL: http://www. quickiwiki.com/ru. Murojaat etilgan sana 22.02.2022.
13. Forsayt kompetensiy spesialistov v sovremennoy sosialno-ekonomicheskoy sisteme. [Elektron manba].
14. URL:https://bstudy.net/8 80561 /ekonomika/forsayt_kompetentsiy_spetsialistov_ sovremennoy