Научная статья на тему 'TALABALARNING PEDAGOGIK TA’LIMDA KLASTER YO‘NALISHIDA UZVIY TA’LIMNI OLIB BORISH TEXNIKALARI'

TALABALARNING PEDAGOGIK TA’LIMDA KLASTER YO‘NALISHIDA UZVIY TA’LIMNI OLIB BORISH TEXNIKALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

161
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik ta‟lim klasteri / uzviy ta‟lim / zamonaviy metodlar / samaralilik / o„qitish tizimi

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilshoda Abduhalim Qizi Abdurahimova

Ushbu maqolada pedagogik ta‟limning klaster yo„nalishida talabalarga uzviy ta‟limni olib borish texnikalari haqida bahs yuritiladi. Pedagogik ta‟lim klasterining ta‟lim tizimida muhimligi haqida bir nechta fikrlar yuritilib, tahlil qilingan. Talabalarning ta‟lim olish jarayonida pedagogik ta‟lim klasterining ahamiyati va ta‟lim berishda samarali texnikalardan foydalana olish ko„nikmalari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING PEDAGOGIK TA’LIMDA KLASTER YO‘NALISHIDA UZVIY TA’LIMNI OLIB BORISH TEXNIKALARI»

TALABALARNING PEDAGOGIK TA'LIMDA KLASTER YO'NALISHIDA UZVIY TA'LIMNI OLIB BORISH TEXNIKALARI

Dilshoda Abduhalim qizi Abdurahimova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti adilshoda0407@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada pedagogik ta'limning klaster yo'nalishida talabalarga uzviy ta'limni olib borish texnikalari haqida bahs yuritiladi. Pedagogik ta'lim klasterining ta'lim tizimida muhimligi haqida bir nechta fikrlar yuritilib, tahlil qilingan. Talabalarning ta'lim olish jarayonida pedagogik ta'lim klasterining ahamiyati va ta'lim berishda samarali texnikalardan foydalana olish ko'nikmalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: pedagogik ta'lim klasteri, uzviy ta'lim, zamonaviy metodlar, samaralilik, o'qitish tizimi.

KIRISH

Ta'lim o'z ildizlarini ilm-fan va ishlab chiqarish, ijtimoiy turmush, bir so'z bilan aytganda, hayot bilan bog'lay olgan, ichki va turdosh tarmoqlar bilan har tomonlama integratsiyaga kirishgan taqdirdagina o'z oldiga qo'ygan natijalarga erisha oladi, fan, ta'lim-tarbiya va iqtisodiyotning o'zaro chuqur, har tomonlama uzluksiz aloqasini ta'minlay olgan va jamiyat hayotining barcha sohalariga tatbiq eta olgan davlat esa taraqqiyotga erishadi. Bu borada mamlakatimiz ta'lim sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi hech kimga sir emas. Ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli yo'nalishlarini aniqlash, ayniqsa, pedagog kadrlarning kasbiy malakalari va bilim saviyasini uzluksiz yuksaltirish eng dolzarb masalalardandir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun mo'ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar to'g'risidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham dolzarb masalalar qatorida ilm-fan va ta'lim, ta'lim va ijtimoiy-iqtisodiy hayot munosabatlariga alohida urg'u berilganligi bejiz emas. Modomiki, ta'lim tizimining markazida inson kapitali, uni to'g'ri taqsimlash, undan samarali foydalanish va maqsadli yo'naltirish turar ekan, bunda maktabgacha, umumiy o'rta va oliy ta'lim tizimini jamiyatning barcha manfaatdor tomonlari, ta'lim jarayonining barcha subyektlari bilan yaxlit bir butunlikda bugungi kun talablari asosida tashkil etish hamda ta'limning to'liq uzluksizligiga erishish oldimizda turgan muhim vazifalardandir.[1] Oliy ta'limda ham talabalarga bilim berish,

July, 2022

40

ularni mustaqil fikrlovchi shaxslarga aylantirishda ham pedagogik ta'lim klasterining ahamiyati nihoyatda o'rinlidir. Bu o'rinda pedagog kadrlarning yaxshi ta'lim olishlari va kelajakda o'z sohalarining mutaxassislari bo'lib yetishishda pedagogik ta'lim klasterining qo'llanilishi zaruriy omildir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Mamlakatimizda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadiga qaratilgan uzluksiz ta'limga shunday ta'rif beriladi: "Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.

Ta'lim tizimini zamonaviylashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda uning asosiy tamoyillari, g'oyalari, uslubiy yondashuvlari va ko'rsatmalari bo'yicha bir qator o'zbek olimlar, jumladan, U.Sh.Begimqulov, O.Musurmonova, M.S.Mustafaeva, B.R.Adizov, R.Sh.Axliddinov, Yu.N.Abdullaev, M.X.Mahmudov, R.Ishmuhammedov, L.V.Golish kabi tadqiqotchilar o'z ilmiy izlanishlarida biz ko'tarib chiqayotgan ta'lim sifatini takomillashtirishdagi muammolar, usul va vositalarni ilmiy va amaliy jihatdan asoslab, ta'limni ijodiy tashkil etish, umumiy o'rta ta'limni takomillashtirish, ta'limni demokratlashtirish va boshqa xususiyatlar bo'yicha izlanishlar olib borgan.

O'zbekiston ta'lim tizimida klasterlashtirish modelini tatbiq qilish esa so'nggi yillarda ko'zga tashlanmoqda, ayniqsa, G.I.Muxamedov, Sh.Q.Mardonov, U.N.Xodjamqulov, R.Eshchanov, B.Eshchanov, J.Usarov, A.Shafqorov, S.A.Toshtemirova kabi o'zbek tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarida pedagogik ta'lim innovatsion klasteri asosida mintaqaviy ta'lim turlari o'rtasidagi uzviylikni ta'minlash, sifat samaradorligini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha innovatsion g'oyalar joriy qilishning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish va ularning amaliy tatbig'i borasida samarali tajriba tahlillari bayon qilingan.

"Uzluksizlik" - to'xtovsiz, muntazam davom etuvchi jarayon tushunchasini anglatadi. "Uzluksiz ta'lim", tushunchasi yuqoridagi fikrga monand - komil shaxs ta'lim - tarbiyasini uzluksiz yo'lga qo'yishni anglatadi. Faqat uzluksiz davom etuvchi pedagogik jarayonlardagina barkamol shaxs shakllanishi mumkin. Shaxsni shakllantirmasdan, rivojlantirmasdan turib, davlatni ham, jamiyatni ham, rivojlantirish mumkin emas. Uzluksiz ta'lim shaxs kamoloti jarayoniga jadal ta'sir ko'rsatuvchi eng muhim omildir. [2]

July, 2022

METODOLOGIYA

So'rovlar shuni ko'rsatdiki, o'quvchilar "klaster" atamasi haqida ta'limda faoliyat yuritadigan tizimning bir turi sifatida tasavvurga ega bo„lishdi, shu bilan birga o„qituvchilar klaster tushunchasini vakolatlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish bilan cheklashadi yoki ularning paydo bo'lishi haqida umuman bilishmaydi. Ta'lim bilan bog'liq mazkur atama ayni paytda, klaster yondashuv Petrozavodsk davlat universitetining to'rtta yo'nalish bo'yicha o'quv klasterlarini yaratishni o'z ichiga olgan strategik rivojlanish dasturida ko'rsatilgan. Joriy yilning mart oyida Kareliya Respublikasida Kareliya hukumatining Xalqaro Evroosiyo ilmiy-ma'rifiy markazi vakillari bilan ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Loyihaning maqsadi Kareliya Respublikasi hududida Kareliya va Rossiya muammolari va vazifalarini har tomonlama hal qilishga, shuningdek, Evroosiyo integratsiyasiga qaratilgan innovatsion ilmiy va o'quv klasterini yaratishdir. Klaster Xalqaro Evroosiyo ilmiy-ta'lim markaziga asoslangan. Loyiha Kareliya va Rossiya uchun na Rossiyada, na MDHda, na Evropa Ittifoqida o'xshashlari bo'lmagan yangi ilmiy, ta'limiy va amaliy yo'nalishni yaratishni anglatadi.

Mazkur "Klaster" so'zi faqat manbaning vakolati tufayli saqlanib qoladi (assotsiatsiyalarga qaraganda klasterlar tuzish nufuzliroq) va ehtimol tillarda uzoq vaqt saqlanib qolmaydi.

Ko'rinib turibdiki, "innovatsion ta'lim klasteri" atamasi "qator," "guruh," "assotsiatsiya," "sektor" va hokazo so'zlardan ma'nosi jihatidan sezilarli farq qiladi. Bunday klaster bir qator ilmiy va ta'lim muassasalarining ma'lum bir qismga mexanik birikmasini anglatmaydi, lekin ularning yaqin o'zaro ta'siri va o'zaro bog'liqligini faoliyatda ko'rsatadi.[3]

MUHOKAMA

Ta'lim klasteri modeli doirasida bn-biriga aloqador ta'lim tuгlaгi yagona majmuani hosil qiladi. Chunki kadrlar tayyorlash masalasi bir-biriga aloqador bir nechta sub'yektlaming o'z oldiga qo'ygan maqsadlari ijгosining to'laqonli ta'minlanishi natijasida o'z ijrasini topadi. Bu esa davlat ta'lim standartlari asosida sifatli ta'lim berish, yoshlami ma'nan ba^amol, jismonan baquvvat, milliy an'ana va qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalash, ularda zamonaviy va nostandart fikrlash ko'nikmalarini shakllantiгish kabi mushtaгak jihatlaгda namoyon bo'ladi.

Manfaatlarning xususiyligi - bu tamoyil iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarnoqlarida o'ta tabiiy гavishda sodiг bo'ladigan jarayonni anglatadi. Taklif qilinayotgan ta'lim klasteri modeli manfaatlar xususiylashgandagina qaror topadi. Sodda qilib aytganda, klaster

July, 2022

42

sub'yektlari manfaat ko'rsagina ushbu harakatlar o'zini oqlaydi va davomiylik kasb etadi. Ta'lim klasteri modelida har bir ta'lim sub'yektining manfaati nazarda tutilishi lozim. Barcha ta'lim sub'yektlarining xususiy manfaatlari oqibatda umumiy manfaat uchun xizmat qiladi.

Pedagogik ta'lim klasteri faoliyatining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

- Pedagogika sohasida samarali vorisiylikni ta'minlash va eng yaxshi o'quvchilarni pedagog kasbiga targ'ib qilish;

- Pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini amaliyotga tayangan holda va manfaatdor sub'yektlar teskari aloqasini operativ ta'minlangan holda olib borish;

- Bo'lajak ta'lim mutaxassislarini innovatsion tajribaga ega bo'lgan amaliyotlar bazasida tayyorlash muhitini yaratish;

- Yosh mutaxassislarning kasbiy ko'nikmalarni egallash davrini qisqartirish;

- Pedagogik ta'limda yangi avlod o'quv, o'quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar, vositalar va didaktik materiallar majmuasini yaratish;

- Pedagog kadrlarni tayyorlashda maktabgacha, o'rta professional, ta'lim va OTM hamda boshqa talabgorlar bilan o'zaro tezkor qayta bog'lanish imkoniyatini yaratish;

- Pedagogik ta'lim bo'g'inlari o'rtasidagi aloqadorlik, bog'liqlik va hamkorlik zaruriyatini ilmiy asoslash.

Barcha sohalarga nisbatan yangicha innovatsion yondashuvlar tatbiq qilinayotgan, mavjud qarashlar, tushunchalar va munosabatlar taraqqiyot ko'zgusi va samaradorlik mezonlari bilan qaytadan taftish qilinayotgan ayni paytda ta'lim klasteri modelining taqdim qilinishi muammoga dolzarblik va zamonaviylik nuqtai nazaridan qaralganda asoslar yetarli ekanligini ko„rsatadi.[4]

Xulosa qilib aytganda, pedagogik ta'limda klaster yo'nalishida talabalarga uzviy ta'limni olib boorish texnikalari, uslub va metodlari hozirgi davr ta'lim tizimining eng dolzarb masalalaridan biriga aylangan. Bunda pedagog shaxsidan innovatsion metod va zamonaviy texnologiyalar yordamida bilim bera olish va samarali natijalarga erishish talab etiladi. Har bir talaba bilan pedagogik ta'lim klasteri doirasida individual tarzda shug'ullanish, ularning kelgusida yetuk shaxslarga aylanishlari uchun shart-sharoit yaratish, fikrlash va dunyoqarashlarini kengaytirish kabi xususiyatlarni aks ettira olish lozimdir. Talabalarga klaster usuli yordamida ma'lumotni yetkaza olish va uni mustaqil tahlil qilish

XULOSA

ko'nikmalarini rivojlantirishda tajribali o'qituvchilarning roli

July, 2022

nihoyatda ahamiyatlidir. Bu jarayonda shu bilan birga uzviylikni ham yo'qotmaslik eng yaxshi sifatlardan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1. https://xs.uz/uz/post/pedagogik-talim-innovatsion-klasteri-ehtiyozh-zarurat-natizha

2. M.M. Xalilova, KLASTER TA'LIM TIZIMINING UZLUKSIZLIGI UZVIYLIGI VA IZCHILLIGINI TA'MINLOVCHI MODEL SIFATIDA, ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804

3. A.R. Raxmonov, O.B. Sultonova, TA'LIM KLASTERI VA UNING PEDAGOGIK FAOLIYATDAGI YUKSAK IMKONIYATLARI, Pedagogik ta'lim klasteri: muammo va yechimlar xalqaro konferensiya.

4. M.L. Umedjanova, Oliy ta'lim tizimida pedagogik ta'lim klasteri, "Pedagogik ta'lim: xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar" mavzusidagi an'anaviy ilmiy-amaliy anjuman materiallari, 2022-yil

July, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.