Научная статья на тему 'PEDAGOGIK TA’LIM KLASTERI VOSITASIDA O’ZBEKISTONDA MATEMATIKA TA’LIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI'

PEDAGOGIK TA’LIM KLASTERI VOSITASIDA O’ZBEKISTONDA MATEMATIKA TA’LIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

212
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik ta'lim klasteri / amaliyot / hamkorlik / kuchli matematik dasturchi / ixtisoslashgan matematika maktablari / matematik savodxonlik / ta‟lim samaradorligi / muammolar / yechimlar. / кластер педагогического образования / практика / сотрудничество / сильный математик программист / специализированные математические школы / математическая грамотность / эффективност обучения / проблемы и решения.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nargiza Akbarovna Mirxalilova

Ushbu maqolada pedagogik ta'lim klasteri vositasida O‟zbekistonda matematika ta‟limi samaradorligini oshirish usullari, muammolar va yechimlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ МАТЕМАТИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ ЧЕРЕЗ ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ КЛАСТЕР

В данной статье описаны методы, проблемы и решения по повышению эффективности математического образования в Узбекистане через кластер педагогического образования.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK TA’LIM KLASTERI VOSITASIDA O’ZBEKISTONDA MATEMATIKA TA’LIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI»

PEDAGOGIK TA'LIM KLASTERI VOSITASIDA O'ZBEKISTONDA MATEMATIKA TA'LIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI

Nargiza Akbarovna Mirxalilova

TVCHDPI "Aniq va tabiiy fanlar yo'nalishi" 1-kurs magistranti

Аnnotatsiya: Ushbu maqolada pedagogik ta'lim klasteri vositasida O'zbekistonda matematika ta'limi samaradorligini oshirish usullari, muammolar va yechimlar bayon qilingan.

Tayanch so'zlar: pedagogik ta'lim klasteri, amaliyot, hamkorlik, kuchli matematik dasturchi, ixtisoslashgan matematika maktablari, matematik savodxonlik, ta'lim samaradorligi, muammolar, yechimlar.

ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ МАТЕМАТИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ ЧЕРЕЗ ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ

КЛАСТЕР

Аннотация: В данной статье описаны методы, проблемы и решения по повышению эффективности математического образования в Узбекистане через кластер педагогического образования.

Ключовая слова: кластер педагогического образования, практика, сотрудничество, сильный математик программист, специализированные математические школы, математическая грамотность, эффективност обучения, проблемы и решения.

WAYS TO INCRASE THE EFFECTIVENESS OF MATHEMATICS EDUCATION IN UZBEKISTAN THROUGH PEDAGOGICAL CLUSTER

Abstract: This article adresses the methods, problems and solutions to increase the effectiveness of mathematics education system in Uzbekistan through the pedagogical education cluster

Keywords: Pedagogical education cluster, practice, collaboration, strong math programmer, specialized math schools, math literacy, learning effectiveness, problems and solutions.

Jamiyatimiz o'tgan davrlar mobaynida Xalq ta'limi tizimi oldida turgan maqsadlarga ma'lum miqdorda erishdi, ta'lim tizimida ko'plab yutuqli

marralarni zabt etdi. Ammo oldimizga qo'yilgan maqsadlarning ayrimlarini amalga oshira olmadik. Buning sabablari sifatida ta'lim tizimidagi loyihalarning usul va vositalarini aniq belgilay olmaslik, mehnat bozori talablarini chuqur o'rganmaslik, odamlarning ijtimoiy ahvoli va xohish -istaklarini inobatga olmaslik kabilarni ko'rsatish mumkin. Buning natijasida Xalq ta'limi tizimining ayrim bo'g'inlarida talaygina jiddiy xatolar va kamchiliklar kuzatildi. Oqibatda "Ta'lim to'g'risida"gi va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da nazarda tutilgan talablar to'liq ijrosini topmaganining guvohi bo'lib turibmiz. Ayni paytda ta'lim tizimining hamma jabhalarida ayrim kamchiliklar va xatolar uchrab turibdi. Hozirda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan respublikaning barcha ta'limga tegishli bo'lgan sohalaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish yo'llari, yoshlarimizni ta'lim-tarbiya tizimida oldinga siljish omillari ustida ishlanmoqda. Xalq ta'limi tizimida ko'plab yangi loyihalar, takliflar muhokama qilinmoqda. Ular orasida eng ma'qul va maqsadli hamda tezkorlik bilan pedagogok tizim muammo va kamchiliklariga oqilona yechim deb "Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri" taklifi qo'llab-quvvatlanmoqda. Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri dunyoning ko'plab rivojlangan davlatlarida amalda qo'llanib, ta'lim tizimida yaxshi natijalarga erishishning innovatsion modeli sifatida qaralmoqda. Ishlab chiqarish tarmoqlarida xomashyoni yetishtirish, qayta ishlash tayyor mahsulotga aylantirish hamda uni o'zaro manfaatdor subyektlarga yetkazilish ketma-ketlik zanjiri mavjudligini bilamiz. Bunday ketma-ketlik pedagogik ta'lim tizimida ham inson kapitali ko'rinishda mavjud. Bu esa ishlab chiqarishda samarali bo'lgan klaster mode lini ta'lim tizimiga joriy etish nazariy jihatdan mumkin ekanligi ko'rsatadi.Ushbu model uzluksiz ta'lim tizimidagi barcha ta'lim turlarining birgalikdagi faoliyati asosida pedagogik ta'lim tizimini sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish imkonini beradi, kadrlar ilmiy salohiyatini oshiradi, ta'lim-tarbiya uzviyligida integratsiyani ta'minlaydi.Klaster tizimi har biri alohida faoliyat olib boradigan subyektlarni umumiy maqsad atrofida birlashtiradi va ayni paytda har bir subyekt umumiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda xususiy manfaatdorlik asosida ish yuritadi.

Klaster - innovatsion tizim sifatida ilm-fan va ishlab chiqarishni uyg'unlashtiruvchi tizim. Xorijiy mamlakatlarning innovatsion rivojlanish ko'rsatkichlari tahlili shuni ko'rsatadiki, nisbatan rivojlangan ilmiy salohiyatga ega bo'lgan davlatlar pedagogik tizimning innovatsion klasterini amalda to'g'ri tatbiq etib, undan oqilona foydalanib kelmoqdalar.

Amaliyot har bir loyiha uchun muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Hech kimga sir emaski amaliyotda har bir loyiha albatta turli muammolarga uchraydi. Tajribalar davomida har bir muammoga yechim topiladi. Quyida O'zbekistonda pedagogik ta'lim klasteri vositasida matematika ta'lim tizimi samaradorligini oshirish bo'yicha uchraydigan ayrim muammolar va ularning taxminy yechimlari keltiriladi:

- bo'lajak yosh pedagog-mutaxassislarni chuqur matematik innovatsion bilimga ega qilib xalq xizmatiga tayyorlash;

- aynan hozir bo'lajak matematik-o'qituvchi yoshlar maktab amaliyotida elektron darsliklar bilan ishlash jarayoniga duch kelmoqdalar. Mana shu elektron darsliklar barcha fanlarda har bir dars uchun mo'ljallanmagan. Yosh matematiklar kompyuterdan oqilona va unumli foydalanish yo'llarini mukammal bilishlari lozimki, toki ular multimedia ilovalarini mustaqil yaratish kabi malakaga ega bo'lishsin. Buning yechimi institutlarda AKT darslariga ko'proq dars soati ajratilishi, mavzularga ham multimedia ilovalari yaratish dasturlarini ko'proq kiritilishida deb hisoblanadi.

Hozirda pedagogika institutlarda talabalarning amaliyotda kam bo'lishi bo'lajak o'qituvchilarning ish faoliyatini olib borishiga ruhan tayyor emasligi ham juda katta muammo sanaladi. Oliy ta'lim muassasalarida amaliyotning kamligi sabab yosh o'qituvchi maktab sharoitida ta'lim-tarbiya jarayonida o'zlarini yo'qotib qo'yadilar. Oqibatda darslarda to'la ko'zlangan natijaga erishmaydilar. Ta'limda eng katta muammolardan biri darsliklar masalasi bilan bog'liq. Uzluksiz ta'lim tizimida yangilangan darsliklarni o'z vaqtida yetib kelmasligi o'quvchilar bilimida katta bo'shliqlarning paydo bo'li shiga sabab bo'lmoqda. Lozim topilsa, sifatli tahririyatlar sonini oshirish darkor. Bu ham klasterlashning moliyaviy masalalaridan biri sanaladi.

Matematika fanini o'qitish samaradorligini oshirishda quyidagilar muhum sanaladi:

S Ta'limni klasterlashda viloyatlar kesimida pedagogik institutlarga barcha tumanlardan eng ilg'or maktablarni birlashtirish; (Masalan, Chirchiq davlat pedagogika institutiga viloyatdagi 18 ta tumanning eng namunali maktablarni ta'lim klasteri asosida birlashtirish. Mana shundagina hamkorlikdagi faoliyat natijasida ko'plab muammolarning yechimi topiladi);

S Matematik bilimlarni zamonaviy xalqaro ta'lim yo'nalishlari bilan biriktirib olib boorish lozim. Buning uchun chet el matematik olimlari bilan hamkorlikni kuchaytirish kerak;

S pedagogik ta'lim klasterining har bir bo'g'inida samarali-natijaviy hamkorlik hamda tajriba almashishni yo'lga qo'yish;

S matematika faniga ixtisoslashgan maktablar sonini ko'paytirish; S viloyatlar ichida tez-tez metod almashish maqsadida matematika bo'yicha alohida malaka oshirish kurslarini moliyaviy asosda tashkil etish;

S oliy ta'lim institutlarida tajribali matematiklar tomonidan uslubiy ko'magini tashkil etish ;

S fan bo'yicha multimediya dasturlarini yaratish;

S umumta'lim makatablari sifatli o'quv qo'llanmalar va elektron darsliklar bilan ta'minlash.

Bizning oldimizda yoshlarimizni, farzandlarimizni kelajakda o'z o'rnini topa oladigan, hayotning past-baland yo'llarida o'zini yo'qotib qo'ymasliklarida, o'z qarorlarini ongli va to'g'ri qabul qiladigan ravishda tarbiyalashdek mashaqqatli vazifa turibdi. Hozirda pedagogik ta'lim innovatsion klasterida mana shu sharafli hamda mas'uliyatli vazifalarning yechimlari keng va atroflicha hal bo'lmoqda.

REFERENCES

1. G'.I.Muhammedov. "Pedagogik ta"lim innovatsion klasteri: ehtiyoj, zarurat, natija" Xalq so"zi, 2019 - yil 15 - fevral.

2. Sh.Mardonov. "Ta'limda innovatsion klaster metodining qo'llanish imkoniyatlari" - T.: Jamiyat, 2019-yil 28-mart.

3. Yagodina N.V. "K voprosam teorii klastera". Omsk: "SIBIT", 2009.

4. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.