Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION PEDAGOGIK KLASTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI'

TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION PEDAGOGIK KLASTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
822
107
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogika / uzluksiz ta‟lim / klaster tizimi / innovatsiya / bilim / ko„nikma / malaka.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Javlonbek Soatboy O’g’li Xudoyberganov, Vazira Asrorjon Qizi Qahramonova

Biz ushbu maqolamizda pedagogik taʼlim klasterining taʼrif va tavsifini bayon qilishni va unga ilmiy-pedagogik muammo sifatida jamoatchilikning eʼtiborini qaratishni maqsad qilganmiz. Bugungi kunda oliy taʼlim tizimida shunday yangi mexanizm yaratilishi hayotiy zaruratga aylandiki, unda taʼlim turlari oʻrtasida oʻzaro nazorat ham, raqobat ham, manfaatlarning qondirilishi ham taʼminlanishi zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION PEDAGOGIK KLASTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI»

Google scholar www.carjis.org

ISSN:2181-2454 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2021

TA'LIM JARAYONIDA INNOVATSION PEDAGOGIK KLASTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Javlonbek Soatboy o'g'li Xudoyberganov

Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

Vazira Asrorjon qizi Qahramonova

Chirchiq davlat pedagogika instituti "Jismoniy madaniyat" ta'lim yo'nalishi

2-kurs talabasi

Biz ushbu maqolamizda pedagogik ta'lim klasterining ta'rif va tavsifini bayon qilishni va unga ilmiy-pedagogik muammo sifatida jamoatchilikning e'tiborini qaratishni maqsad qilganmiz. Bugungi kunda oliy ta'lim tizimida shunday yangi mexanizm yaratilishi hayotiy zaruratga aylandiki, unda ta'lim turlari o'rtasida o'zaro nazorat ham, raqobat ham, manfaatlarning qondirilishi ham ta'minlanishi zarur.

Kalit so'zlari: Pedagogika, uzluksiz ta'lim, klaster tizimi, innovatsiya, bilim, ko'nikma, malaka.

Oliy ta'limning jamiyat barqaror rivojlanishidagi yuqori ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda zamonaviy talablar, tizimdagi muammolar va ularni hal qilishda ta'lim, fan va ishlab chiqarish tarmoqlari o'rtasidagi tarqoqlik bugungi kunda uzluksiz pedagogik ta'limni klaster rivojlanish modeliga o'tkazish zaruratini taqozo etmoqda. Fan va ta'limning ishlab chiqarish bilan uyg'unligi barcha sohalardagi taraqqiyotni ta'minlaydi. Bu borada tabiiyki, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning integratsiyasi muhim va dolzarb vazifa. Bu esa o'z-o'zidan innovatsion klasterga yo„l ochadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017 yil 10-11 mart va 2018 yil 16-17 fevral kunlari xalq bilan muloqot qilish hamda joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishib, Buxoro viloyatiga tashrifi chog'idagi "Paxta va to'qimachilik klasteri" loyihasini tashkil etish g'oyasini olg'a surdi. Unda O'zbekistonda klaster tizimi asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning ilmiy asoslari ko'rsatib berilgan. Darhaqiqat, so'nggi vaqtda innovatsion klaster tizimi barcha sohalarga shiddat bilan kirib bormoqda. Jumladan, ta'lim tizimida ham klaster

ANNOTATSIYA

KIRISH

Google scholar www.carjis.org

ISSN:2181-2454 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2021

mavjud. Bu esa shaxsni kamol topishi va yetuk kadr bo'lishiga qaratilgan bo'lib, uning bog'liqligi - maktabgacha, umumiy o'rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, oliy o'quv yurti, doktorantura, malaka oshirish kabi jarayonlarni qamrab oluvchi butun umr davomidagi ta'lim zanjirini bir-biriga bog'langanidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Shuning uchun ham yurtboshimiz hozirgi kunda milliy iqtisodiyotimizni "Klaster usuli"da rivojlantirish bo'yicha qo'ygan maqsad va rejasiga asoslangan holda OTM va boshqa o'quv yurtlarida "Raqobatbardosh kadr tayyorlash klasteri"larini tashkil etish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Jamiyatimiz rivojlanishining chuqur ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar ro'y berayotgan hozirgi bosqichida talabalarga ta'lim-tarbiya berish sifatini oshirish yo'llari va vositalarini izlab topish zamonaviy pedagogikaning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda. Chunki, ta'lim, ilm-fan har qanday jamiyat, millat va davlatning kelajagini belgilab beradigan, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omil bo'lib xizmat qiladi. O'zbekistonda olib borilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlar bevosita uning demokratik, bozor munosabatlariga o'tish jarayoni bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Bugungi kun yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash, ta'lim sohasini isloh qilish, tizimni tubdan takomillashtirish, xususan, tizimga rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini tatbiq etish g'oyasi kun tartibidagi dolzarb va ustivor vazifalaridan biri sifatida davlatimiz rahbari tomonidan ta'kidlanib kelinmoqda. Shuning uchun ham Respublikamizda oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida aholining oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan ma'nan yetuk va jismonan barkamol yosh kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish oliy ta'lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustivor yo'nalishlaridan biri deb belgilab qo'yilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, yetuk mutaxassislar tayyorlashning optimal yo'llarini aniqlash, ayniqsa, pedagog kadrlarning kasbiy malakalari va bilim saviyasini uzluksiz yuksaltirish orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm fan va

Google scholar www.carjis.org

ISSN:2181-2454 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2021

ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirishga bo'lgan e'tiborlarini har qadamda his qilib turibmiz. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Milliy universitetida ilm-fan namoyondalari bilan uchrashib, oliy ta'lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish bo'yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan pedagogik ta'limning yangi modelini joriy etish bo'yicha muhim ko'rsatmalari oliy ta'limda amalga oshirilishi lozim bo'lgan islohotlar uchun muhim turtki bo'ldi desak adashmaymiz. Shundan kelib chiqib, milliy an'analar, urf odatlar, turmush tarzi kabi o'ziga xos shart-sharoitlari xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim tizimining butunlay yangi o'ziga xos modelini ishlab chiqish vazifasi Respublikamizdagi eng dozarb masalalardan biri sifatida kun tartibiga qo'yildi. Umumjahon mehnat bozoridagi yuzaga kelgan yangi bozor talablari respublikamiz ta'lim tizimini rivojlantirishning ham asosiy yo'nalishlarini belgilab berdi. Klaster shunday tizimki, uni tashkil qiluvchi komponentlarning integratsiyasi har bir subyektning yanada samaraliroq ishlashini ta'minlaydi va istisno buzilishlarga olib kelmaydi. Klaster bir qator ta'lim, ilmiy va ishlab chiqarish subyektlarining muayyan assotsiatsiyaga mexanik birlashishi emas, balki ularning o'zaro yaqindan ta'siri va o'zaro bog'liqligi natijasida yuzaga keladi.

Xulosa qilib aytganda tashkilot alohida komponentlar va butun klasterning konvertatsiya qilinishini ta'minlaydi. Klaster faoliyati yangi sifatli mahsulot yaratish imkonini beradi. Ta'limga nisbatan o'ziga xos yangi yondashuv bo'lgan klaster nafaqat hayot davomida ta'lim olish uchun shart-sharoitlarni ta'minlabgina qolmay,balki ta'limning uzluksizligini ta'minlaydigan tarkibiy qismlar o'rtasidagi mavjud va istiqbolli aloqalarni qayta tiklashga imkon beradi. Klaster mavjud intellektual resurslarni pedagogik ta'limni rivojlantirishning dolzarb muammolari atrofida integratsiyalash, pedagogik sohada oqilona vorisiylik tamoyilini yo'lga qo'yish, manfaatdor shaxslarning qoniqish darajasi haqida tezkor fikr-mulohazalar bilan bo'lajak o'qituvchilarni amaliy yo'naltirilgan holda tayyorlash bilan bog'liq muhim masalalar atrofida faoliyat olib boradi.

XULOSA

Google scholar www.carjis.org

ISSN:2181-2454 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2021

REFERENCES

1. Nurmatov Farkhat Abdualimovich. Khudoiberganov Javlonbek Saotboy oglu. IMPROVING THE QUALITIES OF PHYSICAL ENDURANCE IN STUDENT YOUTH. Journal of Natural Remedies Vol. 21, No. 12(2), (2021)

2. Kutlimurotovich, U. A. (2020). GENERAL PHYSIOLOGICAL PRINCIPLES OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(9), 2366-2371.

3. Бабажанова, В. А., Утепбергенов, А. К., Баймуратова, Г. А., & Ережепова, Г. Д. (2017). Исследование крепости телосложения (индекс Пинье) у юношей, проживающих в различных районах Приаралья. In Инновационные технологии в образовании и науке (pp. 11-14)..

4. Утепбергенов, А. К., Утениязова, Д. К., & Есенбекова, Э. Ж. (2017). Исследование экологических факторов в изменении антропометрических показателей у юношей в Республике Каракалпакстан. In Инновационные технологии в образовании и науке (pp. 16-18).

5. Kutlimurotovich, U. A. (2021). The Concept of The Management of Body Functions and Their Properties. Organism and environment.

6. Утепбергенов, А., & Кутлымуратов, М. (2016). ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ НЕКОТОРЫХ КАРАКАЛПАКСКИХ НАРОДНЫХ ИГР. Апробация, (3), 88-90.

7. Kutlimurotovich, U. G. (2020). THE CLASSIFICATION OF NATIONAL MOVEMENT GAMES THAT TRAIN PHYSICAL QUALITIES AND WAYS TO TEACH THEM. International Engineering Journal For Research & Development, 5(8), 4-4.

8. Soatboy, O., Javlonbek, X., Shirinbekovich, K. V., & RoZmamatovich, A. A. (2019). Technique of improving the technical and tactical skills of national wrestlers. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 5(12), 58-61.

9. Xudoyberganov, J. S. (2020). Талабаларда жисмоний чидамлилик. Таълим ва техналогия Илмий-услубий мацолалар туплами, 2(2), 104-106.

10. Adizov, B. R., Abdulahatov, A. R., Hudoyberganov, J. S., Yusupbaeva, A. S., & Mirahmedov, F. T. (2020). The Practical State of Teaching Physical Education in Higher Education Institutions. TEST Engineering and Management, 83, 628-631.

11. Абдулахатов, А. Р., Худойберганов, Ж. С., & Курбонова, М. Э. (2020). Образовательный кластер-как ресурс инновационного развития региона. Мугаллим уэм узликсиз билимлендириу, 1(1), 84-89.

Google scholar www.carjis.org

ISSN:2181-2454 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2021

12. Xudoyberganov, J. S. (2020). Kurashchilarning texnik-taktik mahoratini oshirish metodikasi. In Dene tsrbiyasy ysm sports of kalabalyц rayazhlandyryy perspectives: mashala уэт sheshimler» atamasyndHy republicsц online ilymiy-mely conference (Vol. 1, No. 1, pp. 137-139).

13. Abdulaxatov, A. R., & Xudoyberganov, J. S. (2020). Scientific and pedagogical ways to instill in students the national and universal values through "kurash". Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(1), 44-47.

14. Худойберганов, Ж. С., & Хабибуллаев, С. Х. (2020). Спортда тарбия ва унинг хусусиятларини тарбиялаш йуллари (спорт уйинлари мисолида). Мугаллим, 7(1), 164-168.

15. Xudayberganov, J. S., Xabibullaev, S. X., & Madyarova, M. M. (2020). Method of development of physical qualities of the high school class wrestlers on kurash. International Journal on Integrated Education, 3(3), 169-173.

16. Mamatkulov, R. S., Khudoyberganov, J. S., Yusupbaeva, A. S., & Umaralieva, D. U. (2020). Features of formation of readiness of future teachers for innovative activity by means of information technologies. International Journal for Advanced Research in Science & Technology, 10(06), 1-3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.