Научная статья на тему 'TALABALARNING MA’NAVIY QIYOFASINI RIVOJLANTIRISHDA IJODKORLIKNING MUHIM JIHATLARI'

TALABALARNING MA’NAVIY QIYOFASINI RIVOJLANTIRISHDA IJODKORLIKNING MUHIM JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
12
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativlik / ma’naviyat / talaba / o‘qitish / metod.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Djumaeva Sanobar Absaatovna

Ushbu maqolada talabalarning ijodkorligini rivojlantirishning ma’naviy qiyofa yaratishdagi o‘rni muhokama etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING MA’NAVIY QIYOFASINI RIVOJLANTIRISHDA IJODKORLIKNING MUHIM JIHATLARI»

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

TALABALARNING MA'NAVIY QIYOFASINI RIVOJLANTIRISHDA IJODKORLIKNING MUHIM JIHATLARI Djumaeva Sanobar Absaatovna

TDPU dotsenti, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.10678869

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarning ijodkorligini rivojlantirishning ma'naviy qiyofa yaratishdagi o'rni muhokama etiladi.

Kalit so'zlar: kreativlik, ma'naviyat, talaba, o 'qitish, metod.

Zamonaviy ta'limning asosiy maqsadi - jamiyat, davlat va ta'lim oluvchi shaxsining zarur ehtiyojlarini qondirish, O'zbekistonning ma'naviy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qila oladigan raqobatbardosh kadrlarni yetishtirishdir.

O'quv jarayonining asosiy subyekti sifatida o'quvchining samarali ta'lim olishi, "ommaviy madaniyat" tahdidlaridan saqlana bilishi, unda yuksak g'oyaviy ideal va e'tiqodlarning shakllanishi hamda odob-axloq me'yorlariga amal qilish mas'uliyatining talab darajasida bo'lishida o'qituvchining o'rni katta. Yosh avlod ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasi davlat ahamiyatiga molik dolzarb masala hisoblanadi [1].

O'qituvchida bolalarni sevish, ta'lim-tarbiyaning zamon talablariga monand bo'lishiga intilish, pedagogik faoliyatni sevish; mehnatsevarlik, haqiqatgo'ylik, odoblilik; emotsionallik, nekbinlik (optimizm); ifodali, hissiyotli nutq va pedagogik takt talab darajasida bo'lishi; ijodkorlik; tashkilotchilik malakalari va yumor hissiga ega bo'lishi; sabrli, bag'rikeng, qat'iyatli, intizomli bo'lishi zarur. Ma'naviy kamolot nima? Ma'naviy kamolot insonning borliq va kishilik tarixi haqidagi bilimlarni o'zlashtirishi, bunda axloqiy-estetik qadriyatlarning tutgan o'rnini anglashi, odamiylik mezonlari, axloq-odob me'yorlari haqida izchil va nekbin nuqtai nazarga ega bo'lishi, odamiylik va savob ishlar qilishni hayot matlabi deb bilishi va ularni o'z shaxsiga singdirishidir.

Inson odamiylik ilmini o'zlashtirishi kerak. Chunki komil inson vijdon va iymon talablariga ko'ra mulohaza yuritishga qodirligi bilan dunyodagi barcha tirik mavjudotlardan ajralib turadi, u yer yuzidagi eng mukammal va mukarram zot, olloh yaratgan mo'jizalarning gultojidir [2].

Oliy maktab ta'limi orqali talaba shaxsida ijodkorlik, kreativlikni shakllantirish, ijodiy tafakkur yuritishning psixologik asoslarini tadqiq etish, ilmiy, badiiy va texnik ijodkorlikning bo'lajak mutaxassis uchun ahamiyatini yoritish, talabalarning ijodiy tafakkur yuritish darajasini psixologik tashxis etishdan iborat. Bugungi kunda axborot jamiyati davrida fan va innovatsion taraqqiyot jamiyat rivojlanishi, shu jumladan, uning moddiy, iqtisodiy negizi - ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishini belgilovchi omillar hisoblanadi. Talabalarda ilmiy fakt, g'oya, gipoteza, konsepsiya, nazariya, ilmiy qonun, ilmiy bilish degan tushunchalar va ilmiy tadqiqotlar olib borish malakalarini hosil qilish uchun zamonaviy oliy ta'lim dasturi bunga javob bera olishi ham maqsadga muvofiq. Talabalarda ijodiy tafakkur yuritish ko'nikmasi - olim, tadqiqotchi, yaratuvchining qobiliyatlari va mahorati, irodasi, tirishqoqligi va qat'iyati, yakuniy maqsad - yangi foydali ilmiy bilim olishga intilishining ifodasidir.

Bizning farazimizcha, talabalarni 1-kursdan boshlab ilmiy ijodiy faoliyat yuritishga o'rgatish mumkin, agarda ularda quyidagi malakalar shakllantirilsa [3]: ilmiy faktlar to'plash; ilmiy faraz qilish; bashorat qilish; sinergetik tafakkur yuritish; axborotlarni tanlash va ulardan aniq

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

maqsadda foydalanish; adabiyotlar bilan ishlash; ilmiy-akademik uslubda yozma va og'zaki muloqot yuritish.

Badiiy ijodkorlik shakllari esa talabalarning yuksak ma'naviy hissiyotlari va tafakkur yuritish shakllariga bog'liq bo'ladi. Talabalarda ijodiy faoliyatga tayyorlik dinamikasi - o'sib borish jarayonini bosqichma-bosqich o'rganish natijasida talabalar ijodiy tafakkurining o'ziga xos jihatlari namoyon bo'ladi. Talabalarni o'z kasbiga ijodiy yondasha olishi darajasida tayyorlash murakkab jarayon bo'lib, u talabaning ehtiyojlari, qadriyatlari, hissiyotlari va intellekti hamda kasbiy va hayotiy motivatsiyasiga bog'liq bo'ladi [4].

Asosiy xulosa shuki, agar talabalarda ijodiy tafakkur haqidagi tasavvurlar kengaysa, kreativ faoliyati motivatsiyasi anglangan bo'lsa va professional tayyorgarlik bo'yicha maxsus korreksion metodikalar qo'llanilsa, ularda ijodiy-kreativ tafakkur yuritishga tayyorlik darajasi izchil o'sib boradi. Shuningdek, talabalar ilmiy-ijodiy izlanishlari, iqtidorli talabalarni qo'llabquvvatlash, fan olimpiadalari, talabalar ilmiy konferensiyalari, ilmiy va badiiy to'garaklarning samaradorligi ham ularda ijodkorlikka qiziqish va motivatsiyani hamda tegishli malakalarning hosil bo'lishiga sabab bo'ladi.

Talabalarda ijodiy tafakkurni shakllantirish orqali: oliy ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi sifati va samaradorligi oshadi; jamiyatda intellektuallar, ijodkorlar, raqobatbardosh zamonaviy kadrlar sonini oshirish va shu yo'l bilan jamiyatimiz nufuzini dunyo miqyosida oshirishga erishamiz; kadrlar raqobatbardoshligi, saviyasi, mehnat va ishlab chiqarish samaradorligi, jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik darajasi oshadi. Bu esa, o'z navbatida, albatta, jamiyatimizning kelajakdagi ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Xudoyqulov X.J. O'zbek g'ururi - uning odobida. - T.: Fan, 2018. - 215 b.

2. Mirziyoev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - 1-t. - T.: O'zbekiston NMIU, 2018. - 501 b.

3. Nishanova Z., Ergashev P. Oliy maktab psixologiyasi. - T.: TPDU nashriyoti, 2018. - 340 b.

4. Salaxutdinova M. Ijod psixologiyasi. - S.: SamDU, 2015. - 80 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.