Научная статья на тему 'ILMIY TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISHDA MAGISTRATURA TALABALARNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI HISOBGA OLISH'

ILMIY TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISHDA MAGISTRATURA TALABALARNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI HISOBGA OLISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
360
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yangilik / ilm-fan / ilmiy-pedagogik faoliyat / tadqiqot / ilmiy tadqiqotchilik / kashfiyot / o‘z-o‘zini anglash / ilmiy konferensiyalar / intellektual. / innovations / science / scientific and pedagogical activity / research / scientific research / discoveries / self-awareness / scientific conferences / intellectual.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Usmanova, Umida Aybekovna

Mazkur maqolada ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishda magistratura talabalarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish magistratura talabalarining aqliy kamolotini ta’minlovchi omil sifatida fikr yuritilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasi va undan keyingi kasbiy rivojlanish jarayonida magistratura talabalari o‘z fanidagi ilmiy yondashuvlar, konsepsiyalar, nazariyalar, eng so‘ngi axborotlar mazmunidan xabardor bo‘lishi kerakligi aoslsb ko‘rsatilgan. Magistratura talabalari muayyan ilmiy mavzuga alohida qiziqish bilan qarar ekanlar, shu yo‘nalishdagi ishlarni taxlil qiladilar, ko‘plab ilmiy-ommabop materiallar bilan tanishib chiqadilar, ilmiy jurnallar bilan ishlash kompetentligiga ega bo‘ladilar O‘qituvchining magistratura talabalari tomonidan berilgan savollarga to‘liq to‘g‘ri, aniq javob berishga tayyorligi ulardagi ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyalarini oqilona yo‘naltirish va rivojlantirishning asosiy omili ekanligi ta’riflangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TAKING INTO ACCOUNT THE PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES OF THE MASTER'S STUDENTS IN THE ORGANIZATION OF SCIENTIFIC RESEARCH WORKS

This article examines the development of research competencies in graduate students. It is also indicated that in the process of obtaining higher education and subsequent professional development, undergraduates must be aware of scientific approaches, concepts, theories, the content of the latest information on their subject. Although undergraduates take a special interest in a particular subject, they read a lot of works in this area, look through a lot of popular science materials, get acquainted with scientific journals, materials on the Internet and try to find out what they do not understand by asking questions of the teacher. It is described that the teacher's readiness to accurately and accurately answer the questions of graduate students is a key factor in the rational orientation and development of their talents.

Текст научной работы на тему «ILMIY TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISHDA MAGISTRATURA TALABALARNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI HISOBGA OLISH»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

ILMIY TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISHDA MAGISTRATURA TALABALARNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI

HISOBGA OLISH

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10198560

Usmanova Umida Aybekovna,

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Andijon davlat pedagogika instituti "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi mudiri

Annotatsiya. Mazkur maqolada ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishda magistratura talabalarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish - magistratura talabalarining aqliy kamolotini ta'minlovchi omil sifatida fikr yuritilgan. Shuningdek, oliy ta 'lim muassasasi va undan keyingi kasbiy rivojlanish jarayonida magistratura talabalari o Z fanidagi ilmiy yondashuvlar, konsepsiyalar, nazariyalar, eng so 'ngi axborotlar mazmunidan xabardor bo'lishi kerakligi aoslsb ko'rsatilgan. Magistratura talabalari muayyan ilmiy mavzuga alohida qiziqish bilan qarar ekanlar, shu yo'nalishdagi ishlarni taxlil qiladilar, ko'plab ilmiy-ommabop materiallar bilan tanishib chiqadilar, ilmiy jurnallar bilan ishlash kompetentligiga ega bo'ladilar O'qituvchining magistratura talabalari tomonidan berilgan savollarga to'liq to'g'ri, aniq javob berishga tayyorligi ulardagi ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyalarini oqilona yo 'naltirish va rivojlantirishning asosiy omili ekanligi ta 'riflangan.

Kalit so'zlar: yangilik, ilm-fan, ilmiy-pedagogik faoliyat, tadqiqot, ilmiy tadqiqotchilik, kashfiyot, o 'z-o 'zini anglash, ilmiy konferensiyalar, intellektual.

Abstract. This article examines the development of research competencies in graduate students. It is also indicated that in the process of obtaining higher education and subsequent professional development, undergraduates must be aware of scientific approaches, concepts, theories, the content of the latest information on their subject. Although undergraduates take a special interest in a particular subject, they read a lot of works in this area, look through a lot of popular science materials, get acquainted with scientific journals, materials on the Internet and try to find out what they do not understand by asking questions of the teacher. It is described that the teacher's readiness to accurately and accurately answer the questions of graduate students is a key factor in the rational orientation and development of their talents.

Keywords: innovations, science, scientific and pedagogical activity, research, scientific research, discoveries, self-awareness, scientific conferences, intellectual.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

KIRISH

Respublikamizning mustaqillikka erishishi fanning turli yo'nalishlarda rivojlanishiga keng yo'l ochib berdi. Bu jarayonda olimlarimizning mashaqqatli mehnatlari va ijodiy izlanishlari alohida ahamiyatga ega. Zero, 2020 yil, 31-yanvar kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev olimlar, yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuv chog'ida "Ilmiy ishlanmalarni joriy qilish samaradorligini oshirish, buning uchun tadqiqotlarning tarmoq korxonalari ehtiyojiga hamohangligini ta'minlash muhimligi" ni ta'kidlab o'tdilar [1]. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda olimlar ilmiy-ijodiy faoliyatining falsafiy-metodologik masalalarini tadqiq etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Oliy o'quv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, uning samaradorligini oshirish shuning uchun ham muximki, magistrlar yosh xususiyatlariga ko'ra mustaqil faoliyat yuritish, mikrosotsiumda o'z o'rnini topish va xayotiy maqsadini belgilab olishga nisbatan jiddiy munosabatda bo'ladilar. Shuning uchun ham magistratura talabalarga ijtimoiy munosabatlarning xuquqiy me'yorlarini singdirish, ularda nomaqbul xatti-harakatlarni sodir etishdan himoya qiluvchi mezonlar haqida tasavvur xosil qilish muhimir. Oliy o'quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari uchun quyidagi shart-sharoitlarni yaratish taqozo kilinadi:

1. Magistratura talabalarida ilmiy tadqiqotchilikka oid madaniyatning rivojlanishiga zamin hozirlash.

2. Magistratura talabalarida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish nafaqat davlat balki shaxs manfaatlarini ham qondirishga ishonchning qaror topishiga erishish.

3. Talabalarda ilmiy tadqiqot ishlariga oid bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan ichki extiyoj va qiziqishning yuzaga kelishini ta'minlash.

4. Magistratura talabalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish me'yorlariga nisbatan xurmatni qaror toptirish.

5. Talabalarda ilmiy tadqiqot faoliyatiga oid ko'nikma va malakalarni shakllantirish.

6. Magistratura talabalarida ilmsizlikka qarshi kurash tuyg'usini tarbiyalash;

7. Magistratura talabalarida ilmiy-pedagogik madaniyat va faollikni qaror toptirish;

8. Magistratura talabalarida ilm orqali bilim olish ko'nikmalarini shakllantirish.

Oliy o'quv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish uchun

uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlari, shuningdek, ijtimoiy tashkilotlar, oila, maxalla va jamoat tashkilotlari bilan mustaxkam aloqa o'rnatish muhim axamiyatga

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

ega. Zero, shaxsda ilmiy tadqiqot madaniyati ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo'ladi. Binobarin, shaxsning ilm-fanga bo'lgan munosabati jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liqdir.

TADQIQOTNING USLUBI.

Oliy ta'lim tizimida talaba yoshlarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishda integratsiya jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi va u ilm-faning turli sohalarini o'zaro bog'langan holda rivojlantirish, bir butun qilib birlashtirmoq, yaxlit holda keltirmoq deganidir.

Talaba-yoshlarni ta'lim jarayonida ilmiy tadqiqot ishlariga maqsadli yo'naltirishga asoslangan integratsion jarayon qisqa muddat ichida oliy ta'lim muassasalari kafedralarining ilmiy imkoniyatlari kengayishiga ko'maklashadi. Bugungi kunda fan va ta'lim integratsiyasining rivojlanishi ko'p jihatdan amalga oshiriladigan tadqiqotlarga ham bog'liq.

Hozirgi texnologik jarayonlar rivojlangan darvda, oliy o'quv yurtlarida amalga oshiriladigan tadqiqotlar mavjud muammlar yechimiga qaratiladi. Bu o'rinda ilmiy laboratoriyalarning o'rni alohida ahamiyatga ega.

Bugungi axborot texnologiyalari asrida oliy ta'lim jarayonida faqat mavjud bilimlarnigina o'zlashtirib, so'ngra ilm bilan shug'ullanish emas, balki ta'lim jarayonini ilmiy tadqiqot ishlari bilan bir vaktda va bir-biri bilan bog'lagan holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda tashkil etilgan ta'lim jarayoni juda ko'p ma'lumotlarga asoslanilgan tarzda amalga oshirilishi tufayli talaba barcha ma'lumot yoki axborotlarni o'zlashtira olmaydi hamda ularni tizimlashtirish nmkoniyatiga ham ega bo'lmaydi. Shuning uchun bo'lajak mutaxassisning bilim darajasi mukammal bo'lmay turib o'z ishiga yuqori qiziqish bilan yondoshmaydi. Ta'lim ilmiy tadqiqot jarayoni bilan qo'shib amalga oshirilganda esa, talaba o'zi ishtirok etayotgan yoki olib borayotgan ilmiy tadqiqot natijalarining aniqligi va ishonchli bo'lishi uchun, mavjud va axborotlarni o'zi mustaqil ravishda hamda tanlangan qiziqqan sohasini mukammal egallash maqsadida barcha imkoniyatlarda foydalanishga xarakat qiladi. Tadqiqot ishi talabani mas'ulyat hissini anglab yetish va oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishda intizomga qat'iy rioya qilishga undaydi [2].

Fan bilan ta'lim jarayoni integratsiyasini yuqori darajada tashkil etish uchun avvalo, o'quv va ilmiy-muammoli laboratoriyalar holati hamdaularda olib boriladigan tadqiqotlarning mazmun-mohiyatiga e'tibor berish kerak. Bunda asosiy e'tibor talabaning ushbu faoliyatiga qiziqishi va kerakli ko'nikmalarni hosil qila olishiga qaratilishi, buning uchun ilmiy laboratoriyalarda olib boriladigan tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar qo'proq mahalliy muammolar bilan bog'langan bo'lishi lozim. Chunki

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

talaba o'zi duch keldigan muammo yechimi bilan bog'liq tarzda olib boriladigan tadqiqotlarga ko'proq etibor beradi. Ushbu jarayon ta'lim va fan integratsiyasini tashkil etishning bosh mezonlaridan biridir.

Ilmiy tadqiqot natijalari bayonining maqsad va vazifalari ushbu yo'nalishdagi yangiliklar va ma'lumotlarni ommalashtirishdan iboratdur. Buning natijasida ilmiy tadqiqot ishidan olingan xulosalar soha vakillari va mutaxassislarning e'tiboriga havola etiladi va bildirilgan munosabatlar orqali ish samaradorligini aniqlash, zarur hollarda yangi ma'lumotlar bilan to'ldirish imkoniyati vujudga keladi.

Ilmiy asarlar rang-barang bo'lib, ular turli fanlar doirasidagi tadqiqotlap natijasida yaratiladi hamda tabiat va jamiyatdagi ob'yektiv narsa va xodisalarning umumiy qonuniyatlarini o'rganishga xizmat qiladi. Binobarin, ilm-fan tasodifiy hodisalarni emas, balki ilmiy muammolar, faraz va qonuniyatlar, ularning fandagi holatini o'rganadi. Shuning uchuy ilmiy adabiyotlar daliliy materiallarning boyligi, tahlilning haqqoniyligi bilan ajralib turadi.

Ilmiy tadqiqot ishlarida fikr ifodalash usuli ham o'ziga xos xususiyatga ega. Uni badiiy asar bilan qiyoslasak, o'rtadagi farq yanada yaqolroq namoyon bo'ladi. Ilmiy asar ob'yektiv haqiqatni mantiqiy tafakkur mahsuli bo'lgan fikirlar tizimi orqali aks ettiradi. Shuning uchun ilmiy asar boshidan oxirigacha asosan mulohaza yuritish, munosabat bildirish va isbotlashdan iborat bo'ladi.

Ilmiy tadqiqot ishida aniqlik, bektivlik, mantiqiylik, izchillik o'ziga xoslik, qisqalik va to'liqlilik kabi me'yorlar mavjudki, bu me'yorlar ilmiy asarda o'z ifodasinni topishi kerak.

Har qanday ilmiy tadqiqot ishida tadqiq qilingan ilmiy xodisa aniq tasvirlanadi. Ilmiy tadqiqot natijalari mantiqiy fikrlash va mushohada yuritish orkali izchil bayon etiladi.

Aniqlik - hodisani predmet ma'nosini anglatuvchi so'zlarning nominativ ma'noda qo'llanilishi manosemantik xarakterga ega bo'lishi sinonimiyaning bir kadar chegaralanishi, atamalarning ilmiy nutqqa mos ko'llanishida ko'rinadi. Aniq fikrsiz ilmiy bilimning bo'lishi mumkin emas.

Ob'yektivlik - narsa va hodisalarning haqqoniy mavjudligi ularning to'g'ri fan tushunchalari asosida izohlanishi, fikrning misollar daliliy materiallar, teorema va formulalar bilan isbot qilinishida ko'rinadi.

Mantiqiy izchillik - abstrakt atamalarning ko'p ko'llanishi, fikrning bir-biriga mantiqiy bog'lanishi, izchil bayon etilishi ilmiy nutqda izchillikni yuzaga keltiruvchi maxsus o'ziga xos so'z va birikmalarning mavjudligida aks etadi.

Ixchamlik-ilmiy nutqqa xos belgidir. Ilmiy bayon ortiqcha tasvir va izohni talab etmaydi. Shu sababli ilmiy bayonda narsa va hodisalar tasviri uchun uzundan-uzoq

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

o'xshatish, sifatlash kabi tasviriy vositalar qatnashmaydi. Bu kabi ortiqcha bayon fikrni chalg'itib, diqqatini bo'ladi. Shuning uchun ilmiy bayon doimo ixchamlikni talab etadi.

To'liqlik - ilmiy tadqiqot natijalarini bayon etishda, muallifning ko'z oldida o'ta talabchan kitobxon, ilmiy jamoatchilik namoyon bo'lishi kerak. Shunga ko'ra,muallif o'z fikrini isbotlash uchun juda ko'plab daliliy materiallarni keltirish bilan o'quvchida ushbu ilmiy muammo hakida tasavvur hosil qiladi. Shuning uchun, ilmiy material imiy uslubda har bir so'z aniq, to'g'ri ma'noda qo'llanib, fikr to'liq bayon etiladi [3].

Talabalarning ilmiy tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlari natijalari hisobot, referat, maqola,maqola,ixtiro, tavsiyanoma va ilmiy tadqiqot ishi ko'rinishlarida yakunlanadi. Shu singari ishlar bo'lajak mutaxassislarning tadqiqotchilik va ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirib, rivojlantiribgina qolmasdan, balki ular o'zlashtirgan bilimlarning yanada chuqur va mustahkam bo'lishiga olib keladi hamda kasbiy-amaliy ko'nikmalarini takomillashtiradi

Magistratura talabalarida ilmiy tadqiqodchilik faoliyatining muhim jihati shundaki, bu jarayonda u mustaqil ilmiy ijodiy ishlashga o'rganadi. O'quv mashg'ulotlaridan tashqari vaqtlarda talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etishning asosiy vositasi - talabalar ilmiy uyushmalaridir ( "Yosh olimlar" kengashi, "Yosh olimlar" maktabi, kichik ilmiy maktablar, ilmiy to'garaklar kabi). Talabalar ilmiy uyushmalari ijodkor talabalar jamoasidan tashkil topadi. Ular o'quv rejasiga kiritilgan mutaxassislikka oid kafedraning bosh ilmiy muammosi asosida olib borilayotgan ilmiy ishlariga mos bir yoki bir nechta ilmiy muammo bilan shug'ullan ishadi. Bu jarayonda talabalar adabiyotlar bo'yicha annotatsiya va referatlar tuzishni o'rganadilar, tajribalar o'tkazish, olingan natijalarni amaliyotga maqsadli tatbiq etish ko'nikmalarini egallaydilar, laboratoriya jihozlari, o'quv-texnik vositalarni loyihalaydilar va tayyorlaydilar. Axborotlar tayyorlab kafedra ilmiy seminarlari va to'garak yig'ilishlarida chiqishlar qiladilar. Talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatining keng qamrovli tashkil etilishi natijasida ular chuqur kasbiy tayyorgarlikka erishish, mutaxassis sifatida ijodiy kamol topishga yo'naltiriladi. Talabalar ilmiy tadqiqot ishini birinchi kursdan bashlashlari va keyingi kurslarda tadqiqot ishining xususiyatiga mos holda ilmiy faoliyatlarini takomillashtirib borishlari maqssadga muvofiqdir. Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari oldiga quyidagi talablar qo'yiladi:

- bo'lajak mutaxassislarning ilmiy eruditsiyasi va nazariy dunyoqarashini kengaytirish;

-nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash qobiliyatini rivojlantirish; -ijodiy fikrlashini rivojlantirish va ilmiy munozaralar olib borish

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

ko'nikmalarini shakllantirish, ma'lum ilmiy, texnik masalalarni yechishga undash;

-yuksak ishbilarmonlik manaviy-ahlokiy sifatlarini rivojlantirish, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishga ko'maklashish hamda talabalarning jamoa va tashkiliy ishlarini olib borish tajribasini o'ziga singdirish.

O'kuv jarayonidan tashqari talabalarni ilmiy tadqiqot ishiga jalb etishning kuyidagicha 2 xil shakli mavjud: fan ilmiy to'garagi va mutaxassislik buyicha ilmiy tadqiqot to'garagi.

Shunday kilib, fan va ta'limning maqsadlari umumiy bo'lib, muammoning yagona yechimini topishga qaratilgandir. Ilmiy tadqiqotlar oliy ta'limni keng doirada rivojlantirish, ilmiy xizmat ko'rsatishning samaradorligini oshirish hamda ta'lim-tarbiya va tadqiqot jarayonlari oxirgi natijalarining takomillashuviga yunaltirilishi kerak.

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI.

Zamonaviy oliy ta'limning bugungi holati va rivojlanish darajasi uni muntazam ravishda takomillashtirib borishni talab qilmokda. Bu esa ijobiy o'zgarishlar asosida Davlat ta'lim standartlari talablariga ham sifat jihatdan o'zgartirishlar kiritishga zamin yaratadi hamda pedagogika fani oldiga barkamol avlodni tarbiyalashning istiqbolli yo'llarini aniqlash vazifasini qo'yadi [4].

Ilmiy tadqiqotlarni olib borishda tizimli yondashuv usulidan foydalanish hamda hosil bo'ladigan axborotlar majmuasini qayta ishlash texnologiyasini qo'llash alohida ahamiyatga ega.

Texnologik yondashuv orqali tadqiqot usulini qo'llash samaradorligi uning qism, tizim va tizim elementlari, mazkur manbaning nechog'lik to'lik ifodalanganligiga bog'liq bo'ladi. Chunki qism, tizimlar, tizim elementlari va ular orasidagi uzviy aloqadorliklar ham dinamik o'zgarishlar asosida yagona yaxlit tizim hosil kiladi.

Yuqoridagi ilmiy tadqiqot ishlari tahlillaridan kelib chiqqan holda ta'lim texnologiyasini -talim modellarini optimallashtirish, inson va texnika resurslari hamda ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yaratish, qo'llash va aniqlash tizimi deb hisobladik.

Tajribalar shuni ko'rsatdiki, tadqiqot ishlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bu sohada samaradorlikka erishishni ta'minlaydi.

Ilmiy tadqiqot jarayoniga texnologik yondashuv tadqiqot usulini qo'llash va unda axborotlarni qayta ishlash texnologiyasidan foydalanish mazkur soha bo'yicha o'ziga xos innovatsion yondashuv bo'lib, uning yordamida tadqiqot jarayonida ijobiy sifat o'zgarishi va yukori samaradorlikka erishiladi.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

Zamonaviy ta'lim jarayonida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda samarali amaliy natijalarga erishish,shaxs intellektual tarakkiyotini ta'minlashda muxim ahamiyatga ega. XXI asrning "Intellektual - akl-zakovat asri" deb nomlanishi ham bu boradagi ishlarning keng hajmli, misli ko'rilmagan darajada tezkor rivojlanishi kerakligini takozo etmokda. Bu esa, o'z navbatida, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda kompyuterlar va axborot tizimlari,internetning umumjahon tarmog'i,multimediali animatsion texnologiyalardan unumli foydalanishning vosita va uslublarini yaratish hamda joriy etish zaruratini tug'diradi.Shu sababli axborotlashtirishning eng so'ngi bosqichi deb nom olgan " Axborotlashgan jamiyat sari asri" yangi bilimlar ishlab chiqish uchun texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni yaratish bilan bog'liq axborot sanoatini yuzaga keltirmokda [5].

Texnologiya deb, ma'lum bir muayyan maqsadga yoki maqsadlar tizimiga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar ketma-ketligidan iborat bo'lgan yaratuvchilik faoliyatiga aytiladi.Boshqacha aytganda, texnologiya manbalardagi sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayondir. Ular uch xil: axborotli, uskunaviy va ijtimoiy nuqtai nazarlarni qamrab oluvchi moddiy va ma'naviy boyliklarni ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi.

Axborotli nuqtai nazar moddiy va ma'naviy boyliklarni ishlab chikarishning tamoyillari va usullarining bayon qilinishi, uskunaviy ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladigan mehnat qurollari, ijtimoiy soha xodimlari va ular mehnatini tashkil kilishni anglatadi.

Demak, insoniyatning axborot ishlab chiqarish bo'yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyati sifatini ham belgilar ekan. Bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini muntazam rivojlantirishni ta'minlovchi ilmiy-texnik asos hamdir.

Axborot texnologiyalari jarayonlarni boshkarishdagi asosiy manba bo'lib hisoblanadi. Ular ilmiy xodim tomonidan tayyorlangan malumotlarni tizimlarga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo'yicha qayta ishlangan ma'lumotlarni uzatish algoritmlarini o'z ichiga oladi. Shu boisdan ham axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish ilmiy tadqiqotchilar mehnati samaradorligini oshiradi.

Axborot texnologiyalari asosida faoliyat ko'rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning samaradorligini ta'minlaydi: manba va unda kechadigan jarayon to'g'risidagi ma'lumotlarni qayta ishlash; jarayonlar kechishi haqidagi davriy yangilinayotgan ma'lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida oralik nazoratlar olib borish; ixtiyoriy joriy so'rovlarga o'sha paytning o'zida javob olish, rasmiylashtirish va boshqarishga kerakli tuzatishlar kirita olish.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

Demak, bugungi kun axborotlashtirilgan jamiyat sari dadil qadam qo'yib borilishi bilan o'ziga xos xarakterga egadir. Shu bilan bir qatorda,axborotlashtirish axborot jarayonlarini rivojlantirish vosita va sharoitlarining butun majmui bo'lib, tegishli texnik asosni yaratish, tashkiliy-iqtisodiy islohotlarni ishlab chiqishni o'z ichiga oluvchi kompyuterlashtirishga kengroq yondashishni nazarda tutadi. Shu asosda turli xil ijtimoiy tizimlar faoliyat yuritishining axborotli asoslari yaratiladi.

XULOSA

Xususan, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishda ham axborot texnologiyalari qator afzalliklarga ega. Jumladan tadqiqot mavzusi yuzasidan zarur tahliliy adabiyotlar, ilmiy manbalar, tadqiqot yo'nalishlariga oid tegishli jadval,chizma, sxema, shakl va boshqa qator ilmiy materiallarni izlash, foydalanish, nusxa ko'chirish borasida axborot texnologiyalari katta kulayliklarga ega. Shuningdek, kompyuter yordamida topilgan materiallarni bir tildan ikkinchi tilga o'girish imkoniyatlarining mavjudligi vaqtni tejash, bajariladigan ishni jadallashtirish, yangi axborotlar va yangiliklarni qisqa muddatlarda qabul qilish, tarixiy materiallarni suratga olingan shakllaridan foydalanish, keng xajmdagi hisoblash ishlarini sifatli va tez bajarish, tabiiy fanlar bo'yicha laboratoriya mashg'ulotlarining elektron shakllaridan foydalanish va boshqa qator imkoniyatlar tadqiqot, izlanish, tajriba-sinov ishlarini bajarishda ilmiy-ijodiy faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar uchun keng imkoniyatlar yaratib bermokda.

Oliy maktabni tugatgan yosh o'qituvchilarning barchasiga xos bo'lgan kamchilik yosh mutaxassislarda ilmiy tadqiqotchilik ko'nikmalarining yetarli shakllantirilmaganligidir. O'quv mashg'ulotlarining sifati ka samaradorlik darajasi o'qituvchida shakllantirilgan ijodiy faollik va tadqiqotchilik ko'nikmalariga, o'z navbatida, ulardan dars jarayonida foydalana olish malakasiga ham bog'liqdir. O'qituvchi uchun nixoyatda zarur bo'lgan bunday ko'nikmalarni shakllantirishning so'nggi boskichi oliy ta'lim davriga to'g'ri kelishini e'tiborga olish lozim.

Oliy o'quv yurtida talabalarda biror muammo ustida ishlashga ishtiyoq paydo qilish, ilmiy adabiyotlarga qiziqish uyg'otish, manbalar ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish zarur. O'qituvchi faoliyatining asosiy jihatlaridan biri shundaki, u pedagog olim singari o'z fikrini ayta olishi va aytganlarini nazariy dalillar bilan asoslashi lozim [6].

Bundan tashqari, o'qituvchi oliy maktabda o'zlashtirgan barcha nazariy bilimlari, pedagogika va psixologiyaga oid ma'lumotlarni amaliy faoliyat jarayonida qo'llay olish malakasiga ham ega bo'lishi muhimdir.

Ma'lumki, ta'limda rejalashtirilgan natijaga erishishni kafolatlash o'quv jarayonini texnologiyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Ayni vaqtda ishlab chiqarish

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

istiqbolli texnologiyalarining afzalligi ularning ilmiy-texnik darajasi yuqoridaligi bilan belgilanadi. Shunga ko'ra, ilm-fan va ta'lim, ishlab chiqarish jarayonlari orasida muayyan integratsiya vujudga keladi. Ta'lim sohasiga texnokritik fikrlash, standartlashtirish, tizimli yondashuv, tizimli tahlil, kompleks yondashuv kabi ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish bilan bog'liq bir qancha talablar ko'yilmokda. Ammo ishlab chiqarish jarayonlaridan farkli ravishda ta'limni texnologiyalashtirish, o'ziga xos yondashuvlarni talab qiladi. Chunki ta'lim tizimi murakkab, ko'p qirrali dinamik jarayondir. Uning bu xususiyati texnikaviy va boshka murakkab tizimlarga taalluqli bo'lgan ishlab chiqarish jarayonlaridan ancha yuqori turadi.

Ta'lim oluvchining faoliyati esa, muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy boshqaruv va kasbiy qarorlarni ijro uchun qabul qilish bilan bog'liq bo'ladi. Bunda o'qituvchi ishining shakl va metodlari chegaralanmaydi. Biroq DTS talablari orqali o'kituvchining ta'lim jarayonini tashxis qilish va umuman o'kitish jarayonini boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan faoliyati jadallashadi [7].

Pedagogik faoliyat amaliyotidan ma'lumki, o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish, ayniksa, unga ijodiy yondashishda ta'limiy, tarbiyaviy, axborotli, rivojlantiruvchi maqsadlar amalga oshiriladi. Har bir o'qituvchi o'quv mashg'ulotlarini olib borishda o'z faoliyatini tahlil qilish va shu asosda tegishli xulosa chiqarishga erishishi kerak. Agar o'kituvchi o'z mao'g'ulotlarining samaradorligini baholay olmasa, u holda yul qo'ygan kamchiliklarni sezmaydi va bu faoliyatda ijodiy yondashuv ham bo'lmaydi.

Zamonaviy o'kituvchi uchun yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o'tish, ular faoliyatining ijodiylik sari yo'naltirilganligini ifodalaydi. Ayni paytda pedagogik texnologiyalarni qanday amalga oshirish lozimligi tug'risida juda ko'p ilmiy-uslubiy ishlanmalar e'lon qilinmokda.

O'qituvchi dars jaraënida yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llaganidan keyin ta'lim samaradorligini aniqlashi ta'limni to'g'ri olib borayotganligini baholashda muhim omil bo'lib hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev olimlar, yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuvdagi nutqidan. 2020 yil, 31-yanvar

2. Maxmudov A.X. Bo'lajak magistrlarni kompetentli tayyorlashning didaktik ta'minotini takomillashtirish. .: Ped. fan. dokt...diss. avtoref. - Toshkent: TDPU. 2016. - 49 b.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

3. To'raqulov O.X. Axborotlashtirilgan ta'lim muhitida kichik mutaxassislar tayyorlashning ilmiy-metodik ta'minotini takomillashtirish. Ped. fan. dokt...diss. avtoref. - Toshkent: TDPU. 2017. - 49 b.

4. Shermuxammedova N.A. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. -Toshkent: Noshir, 2020. 480 b.

5. Mirzaxmedov M., Toxirov M. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. -Toshkent. Temir yo'llar instituti nashriyoti. 2012 yil. 456 b.

6. Novikov A. Metodologiya nauchnogo issledovaniya. -Moskva. 2012.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Marsy A. Kelly, pryce L. Haddix The fundamentals of Scientific Research: An Introductory Laboratory Manual. Hoboken, New Jersey: "John Wiley & Sons, Inc", 208 p

8. Khasanova, G. (2023). THE CONTENT OF THE COMPONENTS OF THE ORGANIZATIONAL AND MANAGERIAL COMPETENCE OF A MASTER'S STUDENT. Science and Innovation, 2(6), 155-160.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.