Научная статья на тему 'TALABALARNING ILMIY TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISHNI PEDAGOGIK BOSHQARISH'

TALABALARNING ILMIY TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISHNI PEDAGOGIK BOSHQARISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1512
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ilmiy tadqiqot / ijodiy tadqiqot / tadqiqot faoliyati / iqtidorli talaba / ilmiy dunyoqarash.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — J. Saydullayev

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish jamiyat rivojlanishining muhim omillaridan biri ekanligi talaba-yoshlarning ilmiy faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING ILMIY TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISHNI PEDAGOGIK BOSHQARISH»

TALABALARNING ILMIY TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISHNI

PEDAGOGIK BOSHQARISH J. Saydullayev

SamDCHTI psixologi https://doi.org/10.5281/zenodo.10115382

Annatatsiya. Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish jamiyat rivojlanishining muhim omillaridan biri ekanligi talaba-yoshlarning ilmiy faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish masalalari yoritilgan.

Kalit so^zlar: Ilmiy tadqiqot, ijodiy tadqiqot, tadqiqot faoliyati, iqtidorli talaba, ilmiy dunyoqarash.

Oliy ta'limdagi islohotlar zamonaviy bosqichi demokratik yuksak rivojlangan mamlakatlar darajasida O'zbekistonning ilg'or ilmiy-texik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini taminlashga qodir va ma'naviy va axloqiy sifatlarga ega yuksak malakali raqobatdosh kadrlarni tayorlashni talab etadi. Oliy ta'lim muassasalarida olib birilgan tajribalar asosida shuni aytish mumkinki, oliy ta'lim tizimida talim jarayonini talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog'liq holda olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilishnishi ularning olayotgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog'lash imkonini beradi, ishlab chiqarish jarayonlariga yaqinlashtiradi.

O'zbekiston ijtimoiy ishlab chiqarish, madaniy ma'rifiy sohalarda jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga erishishi uchun mehnatni ilmiy asosda tashkil etishi lozim. Respublikamiz fuqarolari yangicha dunyoqarashga ega bo'lmasdan turib bunga erishib bo'lmaydi. Bo'lajak mutaxasislar oily ta'lim muassasalarida o'qish davrida faqat fan bloklari va kasbiy bilimlarni chuqur egallashlarining o'zigina kifoya qilmaydi, ulardagi iqtidor va qobiliyatlarni o'stirish, talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga kengroq jalb etib, tadqiqotchilik malaka va ko'nikmalarini hosil qilish zarur. Talaba-yoshlarda ilmiy dunyoqarash shakllantirish davr talabidir. Ilmiy dunyoqarash-ilmiy metodlar yordamida ko'p bor tekshirish, umumiy holda insoniyat tajribasi bilan tasdiqlanish qonunlariga tayanuvchi dunyoqarash hisoblanadi. Ilmiy dunyoqarash uzuluksiz, izchil ravishda insoniyat tamonidan orttirilgan, mavjud ilmiy bilimlarni puxta o'zlashtirish, hayotiy tajriba orttirish asosida shakllanadi.

Ilmiy dunyoqarashni amalga oshirishda shaxs narsa va buyumning voqea va xodisalarning ko'rinib turgan ifodasiga shakliga qarab emas, balki ularning ichki mohiyatiga qarab baho berishi kerak. Ilmiy dunyoqarash bu materiyaning birlamchiligi ong va ruhning ikkilamchiligini e'tirof etishdir. Odam ongiini tafakkurini faylasuflar tabiat-materiya rivojlanishining maxsuli deb hisoblaydilar. Odamlar tabiat va ijtimoiy turmush xodisalariga ilmiy nuqtai nazardan qarashga asoslanib, bir birlariga bo'lgan munosabatlarini vujudga keltiradilar, shu asosda odam o'zini-o'zi bilib oladi.

Talabaning ilmiy dunyoqarashga ega bo'lishi, ilmiy bilimlarni o'zlashtirib borishi katta ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida talabalar:

- birinchidan, tabiat, jamiyatda ro'y berayotgan voqea, hodisalar mohiyatini to'g'ri talqin eta oladi;

- ikkinchidan, o'ziga va atrofdagilarga nisbatan oqilona munosabatda bo'ladi;

- uchunchidan, hech qachon dalillar bilan isbotlanmagan voqilik hodisalarni haqiqat sifatida qabul qilmaydi;

- to'rtinchidan, ilmiy dunyoqarashga egalik shaxsda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;

- beshinchidan, zamonaviy sharoitda inson ongini boshqarish ilinjida yurgan turli oqimlar, ularning missionerlik faoliyatlari ta'siriga, mistik g'oyalarga berilmaydi;

- oltinchidan, shaxsning hayotida, shuningdek, ijtimoiy jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlarning muayyan qonuniyatlarga asoslanishiga ishonadi va ularni tabiiy qabul qiladi;

- yettinchidan, o'zining va jamiyatda sodir bo'layotgan salbiy hodisalarni o'tkinchi sifatida qabul qiladi, kelajakka ishonch bilan qaraydi.

Talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish muammosi shaxsning ongi bilan bog'liq bo'lganligi sababli uning metodologik asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Izlanish davomida O'zbekiston Respublikasida uzuluksiz ta'lim tizimi orqali barkamol shaxsni -komil insonni voyaga etkazish maqsad etib belgilangan milliy mafkura g'oyalari ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishning metodologik asosi sifatida qabul qilindi.

Shunday ekan, eng avvalo, talabalar dunyoqarashini kengaytirish uchun ular ongida ilmiy izlanish haqidagi tushuncha paydo qilish lozim. Talabalarga ilmiy izlanish haqida tushuncha berishda ularning intellectual salohiyatli bo'lishini va ijodiy jasurligini hamda qat'iyat bilan yangilikka intilishi lozimligini tushuntirish talab etiladi.

Ilmiy ishlarda ishtirok etish ijodiy tafakkur, tashabuskorlik, mustaqillikni, ko'p ma'lumotlar ichidan zarurlarini tanlab olishni rivojlantiradi. Talabalarning ilmiy ishlarda ishtirok etishdan maqsadi - kasbiy mustaqillikni, mehnat faoliyatiga borganda amaliy vazifalarni ijodiy hal qilish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga talabaning ilmiy faoliyati bu shaxsning ma'lum darajada o'zini ifodalashi, hayotiy o'zini korsatishiga intilishidir.Talabalarning oliy ta'llim muassasalarida tahsil olayotgan kunlaridan boshlab mavjud hayotiy muamolar bilan tanishtirib borish lozim. Bunda talaba ta'lim olish jarayonida ko'proq muamolar echimi bilan qiziqadi va har bir o'qiyotgan adabiyotlari sahifalaridan o'zi qiziqqan ma'lumotlarni chuqurroq o'zlashtirishga harakat qiladi, shu muamoning echimi bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlarni toppish uchun ko'proq adabiyotlar va manbalar bilan tanishihga harakat qiladi. Bu talabalarning ma'lum muammoni echimi bilan bog'liq ma'lumotlarni puxtaroq o'zlashtirish imkoniyatini tug'diradi.

Talabalarni ijodiy faoliyatga tayorlash tizimida o'qituvchining leksiya jarayonida ularga etibor qaratishi, o'quv-biluv faoliyatiga mos ko'rsatmalarni bera olishi muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda leksiyada o'quv fani mazmunining umumiy-ta'limiy qimmatini isbotlash bilan birga uning shaxs intelekti, dunyoqarashi, bilimlarni tasniflash va qo'llash usullari, ulardan tejamli foydalanish hamda to'g'ri baholay olish tarbiyasiga ta'sir etishni ham isbotlash lozim bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ - 3775 - son qaroriga muvofiq har bir oliy ta'lim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etish, 2-kursdan ularni o'qitishni alohida o'quv reja va dasturlar asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli qabul qilish va bu orqali oliy ta'lim muassasalari kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish, institutda iqtidorli talabalarni maqsadli ilmiy faoliyatga jalb qilish va yo'naltirish, kafedralar

hamda fakultetlarda bu borada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirishdan iborat ekanligi qayd etilgan.

Haqiqatdan ham iqtidorli talabalar - O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy taraqqiyotini ta'minlovchi muhim omildir. Ular maqsadga intiluvchanlik, qat'iylik, mehnatsevarlik kabi fazilatlari, ijodiy faoliyat bilan shug'ullanish ishtiyoqi bilan ajralib turadi. Iqtidorli talabalarni izlash, tanlash va ular bilan ishlashning asosiy maqsadi-mamlakatimizning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshiruvchi noyob iste'dod sohiblarini voyaga yetkazish, ularga fanning aniq yo'nalishi bo'yicha o'zlarida mavjud tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirishlariga imkoniyat yaratishdir. Iqtidorli talabalar psixologik va pedagogik testlar o'tkazish orqali qobiliyatining rivojlanganlik darajasiga qarab aniqlanadi. Ularni maqsadli tayyorlash quyidagilarga yo'naltiriladi:

- kengaytirilgan o'quv rejasi bo'yicha o'qish va qo'shimcha malakaga ega bo'lish;

- maqsadli dastur bo'yicha yakka tartibda o'qitish;

- chuqurlashtirilgan dastur bo'yicha o'qitish.

Talabaning ilmiy faoliyati uning rahbari va kafedra tomonidan boshqarilishi bilan birga mas'uliyatni oshirish uchun ilmiy kengashlarda muhokama qilib hamkolikni ta'minlab borilishi, eng yaxshi ilmiy natijalar tanlovlarini tashkil etib rag'batlantirib borilishi maqsadga muvofiq. Bu jarayonlar bo'lajak mutaxasisda ko'proq izlanish hissini uyg'otadi.Talabalar tomonidan olingan natijalarning maqola sifatida chop etilishi, anjumanlarda muhokama etilishi ularning bilim olishga qiziqishlarini ortira boshlaydi. Olingan o'rganishlar ko'rsatgichlaridan ma'lum boladiki, o'z faoliyatini labaratoriya bilan bog'lagan talabalarda ijobiy o'zgarishlar kuzatila boshlaydi: fanlarni a'lo darajada o'zlashtirishi, til o'rganishga bo'lgan qiziqishning ortishi, o'zaro yordam, tanlovlarda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar soninining ortishi, o'zi yashab turgan va doimo kuzatib kelgan muamolar sababini o'rganishga bo'lgan intilishlarning shakllanishi va ularda ilmiy dunyoqarashga ega bo'lishlari kabilar.

Yana shuni ham qayd etish joizki, talabalarning o'zlari bajargan va tadqiqotlar olib borishi natijasida olgan ma'lumotlari asosida mustaqil tarzda yozayotgan kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarida adabiyotlar ma'lumotlaridan tanqidiy tarzda foydalanish hollari ham kuzatiladiki, demak, talabalarning mukammal bilim olishlari uchun ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilinishi ularning mustaqil ishlariga va fikrlash qobiliyatlarini ham oshirilishiga to'liq asos bo'lar ekan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabr "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi O'RQ-576-son Qonuni O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 24 iyulda «Innovatsion faoliyat to'g'risida»gi 0'RQ-630-son Qonuni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Qonuni 2020 yil 29 oktyabr "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-6097-sonli Farmoni.

3. Ismailovich A. S. Problems of improving psychology of healthy lifestyle of uzbek family //Scientific reports of Bukhara State University. - 2020. - Т. 4. - №. 1. - С. 313-318.

4. Saidov A. Social psychological significance of the formation of a culture of a healthy lifestyle in the family //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. B7. - С. 867-871.

5. Sharifjon To'lqin o'g A. et al. Ta'lim-tarbiya tizimi va o'qituvchilar faoliyatida psixologik xizmatning ahamiyati //Models and methods for increasing the efficiency of innovative research. - 2022. - T. 1. - №. 11. - C. 57-60.

6. Azamat, S. (2022). On The Basis Of National Values To Raise A Healthy Generation In The Family. Journal of Positive School Psychology, 6(10), 2417-2420.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.