INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
PSIXOLOGIYA FANLARININI O'QITISH ORQALI TALABALARDA ILMIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH Saydullayev Jamoliddin Yaxshiboyevich
Samarqand davlat chet tillari instituti o'qituvchisi (Psixolog) https://doi.org/10.5281/zenodo.7311665
Annotatsiya. Maqolada psixologiya fanlarinini o'qitish orqali talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish haqida ma'lumotlar berilgan. Bundan tashqari maqolada ilmiy dunyoqarashning ilmiy tadqiqot metodlari, shaxsning ilmiy dunyoqarashga ega bo'lishi, ilmiy bilimlarni o'zlashtirishi haqida asoslar keltirilgan.
Kalit so'zlar: ilmiy dunyoqarash, psixologiya fanlari, dunyoqarash, ijtimoiy hayot, tadqiqotchilik ko'nikmalari.
ФОРМИРОВАНИЕ НАУЧНОГО МИРОВОЗЗРЕНИЯ У СТУДЕНТОВ ПОСРЕДСТВОМ ПРЕПОДАВАНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ДИСЦИПЛИН Аннотация. В статье представлена информация о формировании научного мировоззрения у студентов посредством преподавания психологических дисциплин. Кроме того, в статье приводятся обоснования научных методов исследования научного мировоззрения, приобретения человеком научного мировоззрения, усвоения научного знания.
Ключевые слова: Научное мировоззрение, Психологические науки, мировоззрение, социальная жизнь, исследовательские навыки.
FORMATION OF A SCIENTIFIC WORLDVIEW IN STUDENTS THROUGH THE TEACHING OF PSYCHOLOGICAL SCIENCES Abstract. The article presents information about the formation of a scientific worldview among students through the teaching of psychological disciplines. In addition, the article provides the substantiation of scientific methods of research of scientific worldview, acquisition of scientific worldview by a person, assimilation of scientific knowledge.
Keywords: Scientific worldview, Psychological sciences, worldview, social life, research
skills.
O'zbekiston ijtimoiy ishlab chiqarish, madaniy ma'rifiy sohalarda jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga erishishi uchun mehnatni ilmiy asosda tashkil etishi lozim. Xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari, madaniyat, ma'rifat, ta'lim, sohalarida mehnatni ilmiy tashkil etish hayotiy zaruriyatga aylandi. Respublikamiz fuqarolari yangicha dunyoqarashga ega bo'lmasdan turib bunga erishib bo'lmaydi Bo'lajak mutaxasislar oily ta'lim muassasalarida o'qish davrida faqat fan bloklari va kasbiy bilimlarni chuqur egallashlarining o'zigina kifoya qilmaydi, ulardagi iqtidor va qobiliyatlarni o'stirish, talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga kengroq jalb etib, tadqiqotchilik malaka va ko'nikmalarini hosil qilish zarurdir. Talaba yoshlarda ilmiy dunyoqarash shakllantirish davr talabidir.
Ilmiy dunyoqarash-ilmiy metodlar yordamida ko'p bor tekshirish, umumiy holda insoniyat tajribasi bilan tasdiqlanish qonunlariga tayanuvchi dunyoqarash hisoblanadi. Ilmiy dunyoqarash uzuluksiz, izchil ravishda insoniyat tamonidan orttirilgan, mavjud ilmiy bilimlarni puxta o'zlashtirish, hayotiy tajriba orttirish asosida shakllanadi.
Ilmiy dunyoqarashni amalga oshirishda shaxs narsa va buyumning voqea va xodisalarning ko'rinib turgan ifodasiga shakliga qarab emas, balki ularning ichki mohiyatiga qarab baho
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
berishi kerak. Ilmiy dunyoqarash bu materiyaning birlamchiligi ong va ruhning ikkilamchiligini e'tirof etishdir. Odam ongiini tafakkurini faylasuflar tabiat-materiya rivojlanishining maxsuli deb hisoblaydilar. Odamlar tabiat va ijtimoiy turmush xodisalariga ilmiy nuqtai nazardan qarashga asoslanib, bir birlariga bo'lgan munosabatlarini vujudga keltiradilar, shu asosda odam o'zini-o'zi bilib oladi.
Shaxsning ilmiy dunyoqarashga ega bo'lishi, ilmiy bilimlarni o'zlashtirib borishi katta ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida shaxs:
- birinchidan, tabiat, jamiyatda ro'y berayotgan voqea, hodisalar mohiyatini to'g'ri talqin eta oladi;
- ikkinchidan, o'ziga va atrofdagilarga nisbatan oqilona munosabatda bo'ladi;
- uchunchidan, hech qachon dalillar bilan isbotlanmagan voqilik hodisalarni haqiqat sifatida qabul qilmaydi;
- to'rtinchidan, ilmiy dunyoqarashga egalik shaxsda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;
- beshinchidan, zamonaviy sharoitda inson ongini boshqarish ilinjida yurgan turli oqimlar, ularning missionerlik faoliyatlari ta'siriga, mistik g'oyalarga berilmaydi;
- oltinchidan, shaxsning hayotida, shuningdek, ijtimoiy jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlarning muayyan qonuniyatlarga asoslanishiga ishonadi va ularni tabiiy qabul qiladi;
- ettinchidan, o'zining va jamiyatda sodir bo'layotgan salbiy hodisalarni o'tkinchi sifatida qabul qiladi, kelajakka ishonch bilan qaraydi.
Pedagogik entseklopediyada ilmiy dunyoqarash tushunchasi "lmiy dunyoqarash falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ahloqiy, estetik ideallar va e'tiqodlar yig'indisi, insonning moddiy borliq haqida qarashlari majmuasi hisoblanib, shular asosida inson tabiat va ijtimoiy muhitga o'z munosabatini namoyon etadi" deb ta'riflangan.[1] Ilmiy dunyoqarash shaxs ongida organik olam ilmiy manzarasining umumlashgan tizimi bo'lib, organik dunyo va jamiuat rivojlanishining umumiy tendensiyalarini tushunishga asos bo'lib xizmat qiladi. Shuni qayd etish kerakki, olib borilgan aksar tadqiqotlar umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish muammosini tadqiq etishga bag'ishlangan. Talabalarda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish, xususan, psixologiya fanlarini o'qitishdagi mazkur muammo yuzasidan tadqiqot olib borilmagan. Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish masalalari rossiyalik V.I. Drigin, V.N. Usova, V.I Filatovalar, respublikamizda esa J. Tulenov, S.I.Valieva, K.J.Tulenovalar tamonidan o'rganilgan.
Talabalarda ilmiy dunyoqarashining psixologik asoslari etarli darajada o'rganilmagan. Pespublikamiz olimlaridan E,G'G'oziyev, X.A. Ruhiyeva, A.A.Abdurazaqov, E.Nazarov A.K. Rahimov va boshqalarning tadqiqotlarida muayan darajada tahlilga tortilgan.
Talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish muammosi shaxsning ongi bilan bog'liq bo'lganligi sababli uning metadologik asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Izlanish davomida O'zbekiston Respublikasida uzuluksiz ta'lim tizimi orqali barkamol shaxsni -komil insonni voyaga etkazish maqsad etib belgilangan milliy mafkura g'oyalari ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishning metodologik asosi sifatida qabul qilindi.
Shunday ekan, eng avvalo, talabalar dunyoqarashini kengaytirish uchun ular ongida ilmiy izlanish haqidagi tushuncha paydo qilish lozim. Talabalarga ilmiy izlanish haqida tushuncha berishda ularning intellectual salohiyatli bo'lishini va ijodiy jasurligini hamda qat'iyat bilan yangilikka intilishi lozimligini tushuntirish talab etiladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Ilmiy ishlarda ishtirok etish ijodiy tafakkur, tashabuskorlik, mustaqillikni, ko'p ma'lumotlar ichidan zarurlarini tanlab olishni rivojlantiradi. Talabalarning ilmiy ishlarda ishtirok etishdan maqsadi - kasbiy mustaqillikni, mehnat faoliyatiga borganda amaliy vazifalarni ijodiy hal qilish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga talabaning ilmiy faoliyati bu shaxsning ma'lum darajada o'zini ifodalashi, hayotiy o'zini korsatishiga intilishidir.
Oliy ta'lim muassasalarida psixologiya fanlarini talabalarda oqitishda ularda tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish imkoniyati katta. Turmushdagi tushunchalar, ko'pgina hollarda ilmiy tushunchalardan farq qilib, ularni o'zlashtirib olishga xalaqit qiladi. Demak, psixologiyani o'qitish metodikasi psixikaning u yoki bu hodisa va holatlari haqidagi turmush hamda ilmiy tasavvurlarining farqiga talabalar e'tiborini qaratishga to'g'ri keladi va hisobga olish kerak bo'ladi.
Oliy ta'lim muassasalarining talabalari psixologiyada psixikaning haqiqatdan aks ettirishi mohiyati ularning reflektorlik asosi haqidagi asosiy qoidalarini o'zlashtirib olishlari, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllanishining asosi bo'lib xizmat kiladi. Psixik hodisalar ularning rivojlanishi va o'zaro bogiiqliklarini ko'rib chiqib talabalami tanqidiy fikrlashga o'rganib qoladilar. Psixik hodisalarni to'g'ri ilmiy tushunishga erishish orqali psixologiya o'qituvchisi talabalarga diniy, xurofotlardan, psixikani manfaatparastlik qarashlaridan ozod boiishiga yordamlashadi.
Psixologiya mashg'ulotlarida bayon etiladigan ilmiy qoidalar o'qituvchi tomonidan rasmiy e'lon qilinmasligi va talabalar tomonidan mulohaza qilmay to'g'ridan-to'g'ri qabul qilinishi kerak emas.
Psixologiya o'qituvchisi talabalami fanning asosiy qoidalari haqiqiyligiga ishontirishi uchun yetarlicha amaliy materiallarga ega bo'lishi lozim. Shu bilan birga nazariy qoidalami to'g'riligini isbot etuvchi va talabalarning inson psixikasi qonuniyatlarini chuqur tushunishlariga yordam beruvchi tajriba psixologik tadqiqotlaming aniq ma'lumotlarini tanlab olishi muhimdir.[4]
Psixologiya o'qituvchisi talabalar va o'quvchilar olayotgan psixologik bilimlar abstrakt va rasmiy bo'lib qolavermasliklari, ulaming boiajak pedagogik faoliyatlarida qoilanma, ishonchga aylanishiga intilishi kerak. Bunday ahamiyatlilikni kasb etishining asosiy sharti inson o'z tajribasi orqali olgan bilimlarini tekshirib chiqishi, mustaqil o'ylab olishi, idrok etayotganini boshdan kechirishi va unga nisbatan o'z munosabatini aniqlab qolishi kerak. Aynan shuning uchun talabalarning mustaqil ishlari, inson psixik faoliyati haqida ma'lumotlar to'plashlari, ularni tahlil qilish va tushuntirishlari uchun muhim ahamiyatga ega. Talabalarda ilmiy, nazariy-mustaqil materialistik dunyoqarashni shakllantirish uchun o'qituvchi o'zining psixologik bilimlariga hissiy munosabatini yaqqol ifoda etilganligi, bayon etilayotgan nazariy qoidalarini haqiqiyligi, to'g'riligiga ishonishi juda muhim hisoblanadi. O'qituvchining bunday munosabati talabalarda fanga qiziqishni oshiradi, psixologik bilimlarni egallab olish va ularni mustaqil kengaytirishga intilishlariga sabab boiadi. O'qituvchi fanning zamonaviy holatini va hozirgi davrda psixologik tadqiqotlarlardan toia xabardor bo'lishi, o'quvchilarda yuzaga keladigan savollarga javob bera olishi muhimdir.
Talabalarda dunyoqarashni shakllantirish bo'lajak o'qituvchi shaxsining ma'naviy xislatlarini tarbiyalash bilan uzviy bog'liqdir. Shaxs muammosi psixologiya kursida markaziy o'rinni egallaydi. Shaxsning shakllanishi jarayonida barcha psixik hodisalar yuzaga keladi va shaxs yaxlitligi ko'rinishi sifatida qaraladi. Psixologiya talabalariga inson ichki dunyosi ya'ni yo'nalganlik, xarakteri, qobiliyatining shakllanish sharoitlari haqida ma'lumotlarni beradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Psixologiya fanidan talabalar har bir o'quvchining shaxs xususiyatlarini, uning qiziqishlari, ishtiyoqlari, qobiliyatlarini bilib olib ularga to'g'ri ta'sir ko'rsatadilar. Psixologiya fani shaxsni o'rganishga qaratilganligi talabalarda insonning ichki dunyosiga qiziqish, uning mohiyatini bilib olishga intilishi, boshqa odamlar va o'zining shaxsiy psixik xususiyatlarini tushunishga chorlaydi, o'z xotirasi, diqqati, irodasi, xarakterining sifatlarini bilib olishga intilish va ularni takomillashtirish o'quvchilar va talabalarda o'z-o'zini anglashning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Talabalarning inson ichki dunyosiga qiziqishlaridan mohirona foydalanib, psixologiya o'qituvchisi ularga o'zlarida ijtimoiy qimmatga ega bo'lgan sifatlarini tarbiyalashda jamiyat oldidagi mas'uliyatlarini his etishga yordam beradi va shu orqali o'z-o'zini tarbiyalash vazifasini qo'yadi.
REFERENCES
1. Ismailovich S. A. Socio-Psychological Problems of Educating an Independent-Minded, Creative Person in the Educational Process //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE. - 2021. - Т. 2. - №. 12. - С. 4-7.
2. Саидов А., Джураев Р. Баркамол авлодни тарбиялаш-соглом турмуш тарзини шакллантиришда спортнинг урни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2. -С. 203-208.
3. Саидов А. pedagogik mahorat: ёшлар уртасида соглом турмуш тарзини шакллантириш устувор вазифа сифатида //центр научных публикаций (buxdu. uz). -2020. - Т. 2. - №. 2.
4. Sharifjon To'lqin o'g A. et al. TA'LIM-TARBIYA TIZIMI VA O'QITUVCHILAR FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI //MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH. - 2022. - Т. 1. - №. 11. - С. 57-60.
5. Саидов А. СОГЛОМ ВА БАРКАМОЛ ШАХСНИ ТАРБИЯЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК МАСАЛАЛАРИ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2021. - Т. 1. - №. Special issue. - С. 262-266.
6. Саидов А., Джураев Р. Воспитание гармоничного поколения-роль спорта в формировании здорового образа жизни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. -№. 2. - С. 203-208.
7. Saidov A. Historical roots of formation of healthy lifestyle culture psychology in the family //International Journal of Pharmaceutical Research. - 2020. - Т. 12. - №. 4. - С. 628-630.
8. Ismailovich A. S. PROBLEMS OF IMPROVING PSYCHOLOGY OF HEALTHY LIFESTYLE OF UZBEK FAMILY //Scientific reports of Bukhara State University. -2020. - Т. 4. - №. 1. - С. 313-318.
9. Ismoilovich S. A. SOCIO-PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF THE FORMATION OF THE PSYCHOLOGY OF A HEALTHY LIFESTYLE OF FAMILIES.
10. Axmedov, A. (2022). The negative effect of internet gambling on youth psychology. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(5), 76-79
11. Diyorugli, A. A. (2022). The negative effect of public culture on youth consciousness and its social psychological features. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5), 289-291.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
12. Ugli, Akhmedov A. D., et al. "Depressive Behavior in Sports Competitions and Their Characteristics of Will-sustainability." JournalNX, vol. 6, no. 04, 2020,pp. 50-53.
13. A. A. Saidov SOCIAL PSYCHOLOGICAL SIGNIFICANCE OF THE FORMATION OF A CULTURE OF A HEALTHY LIFESTYLE IN THE FAMILY // SAI. 2022. №B7. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/social-psychological-significance-of-the-formation-of-a-culture-of-a-healthy-lifestyle-in-the-family (дата обращения: 05.11.2022).