Научная статья на тему 'OLIY TA'LIM TASHKILOTLARIDA TALABALARNING ILMIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH'

OLIY TA'LIM TASHKILOTLARIDA TALABALARNING ILMIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
840
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dunyoqarash / ilmiy dunyoqarash / tayanch kompetensiya / metodologik asos / model / metodik tizim. / worldview / scientific worldview / basic competence / methodological framework / model / methodological system.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G. Xolmatova

Maqolada oliy ta’lim jarayonida talabalar ongida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishning dolzarbligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF SCIENTIFIC OUTLOOK OF STUDENTS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

The article highlights the importance of forming and developing a scientific worldview in the minds of students during higher education.

Текст научной работы на тему «OLIY TA'LIM TASHKILOTLARIDA TALABALARNING ILMIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

OLIY TA'LIM TASHKILOTLARIDA TALABALARNING ILMIY DUNYOQARASHINI

RIVOJLANTIRISH Xolmatova Gulyora Obidovna

Qo'qon davlat pedagogika institute, Fakultetlararo pedagogika va psixologiya

kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7192642

Annotatsiya. Maqolada oliy ta'lim jarayonida talabalar ongida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishning dolzarbligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: dunyoqarash, ilmiy dunyoqarash, tayanch kompetensiya, metodologik asos, model, metodik tizim.

РАЗВИТИЕ НАУЧНОГО МИРОВОЗЗРЕНИЯ СТУДЕНТОВ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ

ЗАВЕДЕНИЙ

Аннотация. В статье подчеркивается важность формирования и развития научного мировоззрения в сознании студентов в процессе получения высшего образования.

Ключевые слова: мировоззрение, научное мировоззрение, базовая компетенция, методологическая база, модель, методологическая система.

DEVELOPMENT OF SCIENTIFIC OUTLOOK OF STUDENTS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

Abstract. The article highlights the importance of forming and developing a scientific worldview in the minds of students during higher education.

Keywords: worldview, scientific worldview, basic competence, methodological framework, model, methodological system.

KIRISH

So'nggi yillarda Respublikamizda o'zgarayotgan ilmiy va ta'lim holati ta'lim jarayonida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish muammosini qayta ko'rib chiqishni talab qildi. Oliy ta'lim tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalaridan biri sifatida talabalarning yaxlit dunyoqarash va zamonaviy ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifasi belgilangan.

Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish jarayonining turli jihatlariga bag'ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, talabalarni ilmiy dunyoqarashi asoslari bilan yaqindan tanishtirish pedagogik nazariya va amaliyotda doimo birlamchi vazifalardan biri bolib kelgan. Biroq, uni hal qilish bo'yicha taklif qilingan yondashuvlar yaqin vaqtgacha shunday ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan.

Talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish muammosi ko'plab bilim sohalari mutaxassislari tomonidan bir necha bor tadqiqot mavzusi bo'lib kelgan. To'g'ri tashkil etilgan bilimlarni o'zlashtirish jarayoni bo'lib, ta'lim dasturini ishlab chiqish asosiy dunyoqarash g'oyalarini o'zlashtirish asosida qurilgan. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga hissa qo'shadigan fanlar, professional mutaxassisga jamiyat rivojlanishining o'zgaruvchan sharoitlariga tezda moslashishga imkon beradi.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Pedagogik entsiklopediyada ilmiy dunyoqarash tushunchasi «ilmiy dunyoqarash falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, axloqiy, estetik ideallar va e'tiqodlar yig'indisi, insonning moddiy borliq haqidagi qarashlari majmuasi hisoblanib, shular asosida inson tabiat va ijtimoiy muhitga o'z munosabatini namoyon etadi» deb ta'riflangan. Ilmiy dunyoqarash shaxs ongida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

organik olam ilmiy manzarasining umumlashgan tizimi bo'lib, organik dunyo va jamiyat rivojlanishining umumiy tendentsiyalarini tushunishga asos bo'lib xizmat qiladi. Shuni qayd etish kerakki, olib borilgan aksar tadqiqotlar umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish muammosini tadqiq etishga bag'ishlangan. TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Talabalarda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish, xususan, biologiyani o'qitishdagi mazkur muammo yuzasidan tadqiqot olib borilmagan. Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish masalalari rossiyalik V.I.Drigin, V.N.Usova, V.I.Filatovalar, respublikamizda esa J.T.Tulenov, S.I.Valieva, K.J.Tulenovalar tomonidan o'rganilgan. Talabalarda ilmiy dunyoqarashning psixologik asoslari yetarli darajada o'rganilmagan. O'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish muammosi xorijlik pedagoglardan I.V.Sisoenko, Yu.F.Fominix, G.I.SHkolbnik, V.G.SHkolbnik, V.S.SHubinskiy, psixologlardan L.I.Antsiferova, G.E.Zalesskiy, L.V.Nikonorova, biologiya o'qitish metodikasi bo'yicha tadqiqotchilardan Ye.P.Brunov, N.M.Verzilin, I.D.Zverev, B.D.Komissarov, A.N.Myagkova, N.A.Rikov, D.I.Traytak, A.M.TSuzmer, respublikamiz olimlaridan A.T.G'ofurov, J.O.Tolipova va boshqalarning tadqiqotlarida muayyan darajada tahlilga tortilgan. Ammo mazkur izlanishlarda talaba-yoshlarda ilmiy dunyoqarash, xususan, tabiiy-ilmiy dunyoqarash tarkib toptirish mazmuni, mazkur jarayonning mantiqiy yo'nalishlari, vosita va metodlari ilmiy asoslanmagan. Dunyoqarash tushunchasiga berilgan turlicha izoh va ta'riflarda didaktikaning tarixiy va mantiqiy rivojlanishi metodologik qonuniga muvofiq yondashilgan, ya'ni mazkur olimlar tadqiqot o'tkazgan vaqtdagi fan va ijtimoiy rivojlanish darajasiga mos bo'lib, o'sha davr uchun eng muhim e'tiqod sanalgan. Hozirgi axborotlar globallashgan va respublikamiz mustaqillikka erishgan davrda yuqorida qayd etilgan fikrlar mazmunan eskirganini qayd etish zarur. Dunyoqarash - inson ongida organik olam manzarasining aks ettirilishi bo'lib, u shaxsning umri davomida o'zlashtirgan falsafiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, estetik qarashlar tizimining yig'indisi sifatida, mustaqil hayot va kelgusidagi kasbiy faoliyat yo'nalishini anglatadi. Shunga ko'ra evolyutsion ta'limotni o'qitish jarayonida talabalarning moddiy borliq va uning paydo bo'lishi, rivojlanishi misolida ularning falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, axloqiy, estetik ideallar va e'tiqodlariga bevosita va bilvosita ta'sirini o'rganish tadqiqot maqsadi etib belgilandi. Ilg'or texnologiyalar asri hisoblangan XXI asrda axborotlar ko'lamining nihoyatda kengaygani tufayli ularni o'zlashtirishda qiyinchiliklar vujudga kelmoqda, buning uchun talabalarning muntazam izlanishlari, ilmiy yangiliklardan xabardor bo'lishlari taqozo qilinmoqda. Bu holat talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish zarurligini shart qilib qo'ydi. Ilmiy dunyoqarash esa, dunyoga va insonning undagi o'rniga, kishilarning o'z atrofidagi voqelikka va o'z-o'ziga munosabatiga bo'lgan ilmiy qarashlar tizimi hamda bunday ilmiy nuqtai nazarga nisbatan insonning e'tiqodi, uni bilish va o'zlashtirishga nisbatan intilishidir. XULOSA

Talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish muammosi shaxsning ongi bilan bog'liq bo'lganligi sababli, avvalo uning metodologik asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shu bilan birga, talabalarningning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish muammosiga bag'ishlangan mavjud ishlarda qimmatli materiallar to'planganiga qaramay, ko'plab masalalar hali ham yetarlicha o'rganilmaganligicha qolmoqda talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda o'quv jarayoni imkoniyatlaridan foydalanish talabalarning ilmiy dunyoqarashini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

shakllantirishga yordam beradigan pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash; talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish muammosini hal qilish doirasida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish va boshqalar.

REFERENCES

1. Ayupov A.T. va boshqalar. Falsafa. O'quv qo'llanma, 1 qism.- T.: Universitet, 1992.147 b.

2. Tolipova J.O., G'ofurov A.T. Biologiya o'qitish metodikasi.-T.: TDPU, 2012. 226 b.

3. Hasanboev.J. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug'at.- T.: Fan va texnologiya, 2008.- 480 b.

4. O'zbekiston Milliy entsiklopediyasi. 3-jild - T., 2002.- 382 b.

5. G'ofurov A.T. O'quvchilarda umumbiologik tushunchalarni shakllantirish. - T.: O'qituvchi, 1976.- 171 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.