Научная статья на тему 'BIOLOGIYANI O`QITISHDA O`QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH'

BIOLOGIYANI O`QITISHDA O`QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
939
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
biologiya / o`quvchi / tabiat / jamiyat / оrganizm / ta’lim-tarbiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sh.B. Jumayeva, M.B. Xudoyberdiyeva

Maqolada biologiyani o`qitishda o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYANI O`QITISHDA O`QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH»

YneHHH XXI BeKa • 2022 • № 5-2 (86)

BIOLOGIYANI O QITISHDA O QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH

Sh.B. Jumayeva1, M.B. Xudoyberdiyeva2

Maqolada biologiyani o'qitishda o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: biologiya, o'quvchi, tabiat, jamiyat, organizm, ta'lim-tarbiya.

Biologiyani o'qitishda avvalo, o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish uchun biologiyaning asosiy g'oya, nazariya, qonuniyatlari va tushunchalari, amaliyot, halq xo'jaligining turli tarmoqlarida tutgan o'rni, biologik bilimlarni o'zlashtirishning ahamiyati bilan tanishtirish nazarda tutiladi va shu orqali ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish, insonning tabiat va jamiyatga ongli munosabatini tarkib toptirish, shuningdsk kelgusidagi kasbiy faoliyati bilan uzviy bog'langan xolda ta'lim-tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi. Mazkur tizim o'zida o'quvchilar tomonidan o'quv fanlari mazmunidagi bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkam o'zlashtirishlari barobarida, ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish masalalarini mujassamlashtiradi.

Biologiyani o'rganish tabiatdagi biologik ob'ektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayot faoliyati qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. Bu bilimlar o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va e'tiqodlari tizimini tashkil etadi. O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi biologik qonuniyatlarni «tabiat-inson-jamiyat» munosabatlarining tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tushunishga asoslanadi.

Uzluksiz ta'lim tizimida biologiyani o'qitishning uzviyligi va izchilligini ta'minlash maqsadida tayyorlangan va tajriba-sinovdan o'tkazilgan me'yoriy xujjatlarni tahlil qilish mazkur o'quv fanini o'qitishda quyidagi o'zaro bog'lanuvchi uch yo'nalishga bo'linganligini ko'rsatdi: Organizm - biologik sistema; Ekologik sistsmalar; Organik olam evolyutsiyasi;

O'quvchilarning barcha biologik o'quv fanlaridan o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini umumlashtirish bilan bir qatorda, bilimlarni tizimga solish, ilmiy dunyo qarashni shakllantirish va rivojlantirish kabi muhim vazifalarni hal etishi maqsadga muvofiq. Biologiyani o'qitishda o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishga asos boladigan tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Anorganik tabiat va tirik organizmlarning kimyoviy tarkibidagi o'hshashliklar, yuz beradigan hodisalarning umumiyligi va uzviyligi; Tirik organizmlarda sodir bo'ladigan hayotiy jarayonlarning boshqarilishi va ulardagi o'zgarishlarni aniqlashda, muammoli o'quv topshiriqlarini hal etishda biologik qonunlar bilan bir qatorda, falsafa, fizika-kimyo qonunlaridan foydalanish orqali fanlararo bog'lanishni amalga oshirish; Moddiy borliqdagi hodisa va voqealarni o'rganishning zarurati, ekologik fojialarning sabablari va ularni bartaraf etishda esvolyutsion ta'limot kursi mazmunidagi qonunlardan; Tabiiy tanlanish va sun'iy tanlash jarayonlarini o'rganish va ulardan samarali va oqilona foydalanish yo'llari; Tabiiy hodisalarning o'zaro bog'liqligi va rivojlanishida sabab-oqibat bog'lanishlarni falsafiy nuqtai nazardan o'rganish.

Umumta'lim maktablarida o'qitiladigan biologiya o'quv kurslari mazmun jihatdan faktlarga boy bo'lishi bilan bir qatorda, har bir mavzuda o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish imkonini beradi.

Biologiyani o'qitishda o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan barcha bilimlar «Organizm-biologik sistema», «Ekologik sistemalar», «Organik olam evolyutsiyasi» yo'nalishlari bo'yicha umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqariladi.

Biologiyani o'qitishda o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlarni vujudga keltirish zarur: 1. O'qituvchilar

1Jumayeva Shoira Baxshullayevna - Shofirkon tumani 50-maktab biologiya fani o'qituvchisi, Buxoro, O'zbekiston.

2Xudoyberdiyeva Mohigul Baxtiyorovna - Shofirkon tumani 17-maktab biologiya fani o'qituvchisi, Buxoro, O'zbekiston.

Ученый XXI века • 2022 • № 5-2 (86)

tomonidan o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishda ahamiyatga molik biologik g'oya, nazariya va tushunchalarni chuqur ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tushunishi, ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogik va axborot tehnologiyalaridan foydalanish yo'llarini belgilash; 2. Biologiyani o'qitishda o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asos bo'ladigan tushunchalarning mazmuni va mohiyatini anglashlari, tabiiy hodisalarning sabablarini aniqlash va dalillash, o'quv muammolarini hal etishda boshqa o'quv fanlaridan o'zlashtirgan bilimlariga asoslanishi, ya'ni nafaqat tabiiy-matematik, balki falsafa, ijtimoiy-gumanitar o'quv fanlari bilan fanlararo bog'lanishlarni amalga oshirish. 3. Biologik qonuniyat, xulosa va umumlashmalarni evolyutsion ta'limotning tadqiqot metodlari yordamida olingan natijalar, faktlar yordamida asoslash va dalillash. 4. O'quvchilarning umumiy qonuniyatlarini o'rganishning muhimligi, asosiy g'oya va tushunchalarning rivojlanishini anglash va tushunishga yo'naltirish asosida o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, bu jarayonda o'quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlari, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, nazariy va mantiqiy mazmunga ega o'quv topshiriqlarini tayyorlash lozim. 5. Turli hayotiy vaziyatlarda o'quvchilarning nuqtai nazari, e'tiqodining mustaqilligi, hatti-harakati va xulq-atvorining to'g'riligini dalillovchi hususiyatlarga ega bo'lgan umumiy biologik tushunchalarni o'quv, amaliy va kelgusidagi kasbiy faoliyatiga qo'llash ehtiyojini rivojlantirish zarur.

Biologiya o'quv fanining mazmuni dialektik-materialistik nuqtai nazardan yoritilishi, o'quvchilar tomonidan organik olam va unda sodir bo'ladigan o'zgarishlarni tushunibgina qolmasdan, balki tirik organizmlarda boradigan hayotiy jarayonlarning mohiyati, mazkur jarayonlarga ta'sir ko'rsatadigan omillar, tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashishi va hilma-hilligining sabablarini anglaydilar. O'qitishning bu shaklda tashkil etilishi o'quvchilarning faktlar, hodisalarning o'zaro bog'liqligi ustida mulohaza yuritishiga yordam beradi. Mulohaza yuritish talabalarning o'quv materialini ongli va puxta o'zlashtirishiga imkon yaratib, ularning ilmiy dunyoqarashi, mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini tarkib toptirish va rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.

Hulosa qilib aytganda, biologiyani o'qitishda, o'quvchilarning barkamolligini ta'minlash, tabiat va ijtimoiy muhitga nisbatan ongli munosabatini namoyon etishi, falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy, axloqiy, estetik ideallar va e'tiqodlar yig'indisi, shuningdek, moddiy borliq haqidagi qarashlariga muayyan o'zgartirishlar kiritish, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida pedagogik va axborot texnologiyalardan o'z o'rnida va samarali foydalanish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Tolipova J.O. Biologiyani o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish. -Toshkent: TDPU, 2004 y. 1-qism.

2. HMoMoBa Ш.М., HopoBa Ф.Ф. Учебные методы oрганизации cnopraBHo oздopoвительных меpoпpиятий в oбpaзoвaтельных учреждениях // ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38-41.

© Sh.B. Jumayeva, M.B. Xudoyberdiyeva, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.