O
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023
O'ZBEKISTONDA TA'LIM MUASSASALARIGA BERILAYOTGAN E'TIBOR VA TALABALARNI ILMIY FAOLIYATGA YO'NALTIRISH
Shakirova Saida Tuxtajanovna
Toshkent davlat transport universiteti "Chet tillari" kafedrasi o'qituvchisi Tel: +99 890 987 76 60
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bugungi kunda yangi O'zbekistonda ta'lim berilayotgan e'tibor hamda talabalarning ilmiy faoliyatini tashkillashtirish uslublari tashkil etishda ilmiy ishlarning ahamiyati ko'rsatib o'tilgan. Talabalarni ilmiy faoliyatga yo'naltirish usuli sifatida ilmiy jamoatchilikka o'zini ko'rsatishga, ilmiy muhokamada, davra suhbatlarida tajriba orttirishga yordam berishi ta'kidlab o 'tilgan.
Kalit so'zlar: Ilmiy tadqiqot, ijodiy faoliyat, pedagogik texnologiya, Ilmiy ishlar, ilmiy yondashuv, metodik usul.
ABSTRACT
In this article, the importance of scientific work in the organization of the methods of organizing the scientific activity of students and the attention given to education in the new Uzbekistan today is shown. It is emphasized that it helps students to present themselves to the scientific community, to gain experience in scientific discussions and roundtable discussions as a way of directing students to scientific activities.
Key words: Scientific research, creative activity, pedagogical technology, Scientific work, scientific approach, methodological method.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta'limga alohida to'xtalib ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to'g'ri yo'lidir deb takidlagani ta'limga davlat tomonidan aloxida e'tibor qaraliyotganini ko'ramiz.
Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek:
"Zakovat bor joyda ulug'lik bo'ladi,
Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi".
Shuning uchun ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta'lim dargohlariga borib, o'qituvchi va murabbiylar bilan ko'proq muloqot qilib, o'quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo'yicha ular qo'ygan masalalarni birgalikda hal etishimiz kerak.2023 yilga yurtimizda "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili", deb nom
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
berishni taklif qilaman deb ta'kidladi. Prezident parlamentga murojaatnomasida ta'lim masalasiga alohida urg'u qaratdi. Bu albatta o'sib kelaypotgan yoshlarda ilmga bo'lgan qiziqishlarga keng yo'l ochildi desak mubolag'a bo'lmaydi.
«Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to'g'ri yo'lidir! Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta'lim dargohlariga borib, o'qituvchi va murabbiylar bilan ko'proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo'yicha ular qo'ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak deb ta'kidlab o'tkanlari bejiz emas bu bilan O'zbekistonning kelajagini ta'lim bilan qurishimizga yaqol misol bo'la oladi deb o'ylaymiz. Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog'ligi joyida bo'lishi, yaxshi ta'lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo'lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yo'ldan aslo to'xtamaymiz. Biz Yangi O'zbekistonni "ijtimoiy davlat" tamoyili asosida qurishni maqsad qilyapmiz. Buni Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalari talabalarini yangicha tafakkurga ega, ijodiy fikrlovchi, yuksak ma'naviyatli qilib tarbiyalash o'quv muassasalarimiz oldida turgan eng dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Bunday muammolarni hal etish ko'p jihatdan ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llaniladigan samarali usullar, vositalar va ularni shakllantirish yo'llariga ham bog'liq. Demak, ta'lim muassasalarida yoshlarni mustaqil ishlash faolligini boshqarishda professor-pedagog tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonini uzluksiz ravishda barcha bosqichlarda amalga oshirishlariga bog'liq, deyish mumkin. Buning uchun ta'lim dargohlarida mustaqil ishlashga o'rganish tarbiyasini shakllantirishni dolzarb vazifa qilib qo'ymoq lozim. Pedagogik ta'lim-tarbiya tizimida har bir fan talaba-yoshlar ma'naviyatini shakllantirishda ma'lum maqsadlar uchun o'z ta'sirini o'tkazadi. Talabalarni axloq qoidalari, fanlar bo'yicha bilimlarni baholash mezonlari, ichki tartib-qoidalari va nizomlari bilan belgilanadi.O'zbekistonda davlatning bu sohadagi siyosati va Ta'limni isloh qilish Konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi yangi tahrirdagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o'z aksini topdi. Ta'limning muhim tarkibiy qismi bo'lgan ilmiy tadqiqot inson dunyoqarashini o'zgartirish, nazariy g'oyalarni amaliyot bilan uyg'unlashtirish, jamiyat taraqqiyotini ilgarilashiga ta'sir qiluvchi omildir. Talabalarning ijodiy kuchlari va qobiliyatlarini yuzaga chiqaruvchi ilmiy faoliyat jarayonini takomillashtirish ularni yetuk mutaxassis sifatida shakllanishiga yordam beradi. Bu esa ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil qilish usullarini tahlil etish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
Talabalarning ilmiy tadqiqotini tashkil qilish masaMarini o'rganishda tarixiylik va mantiqiylik, analiz va sintez, umumlashtirish, taqqoslash kabi mantiqiy usullardan foydalanilgan.
O'zbekistonda "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinishi, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mutanosibligini ta'minlash mexanizmlaridan samarali foydalanishga e'tiborni kuchayib borayotganligi, mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi Prezident maktablari, Ijod maktablari, yangi oliy o'quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Oliy ta'limni 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida bo'lajak mutaxassislarning o'z yo'nalishlarida tadqiqotchilik ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi oliy ta'limni rivojlantirishning strategik vazifalari qatorida keltirilgan. V.V.Krayevskiy ilmiy tadqiqotlarni "tizimli, maqsadga muvofiq" hodisa sifatida ta'kidlaydi. Ijodning maxsus shakli bo'lgan ilmiy tadqiqot jarayoni o'ziga xos metodologik xarakterga ega. U subektning borliq hodisalarini qay darajada bilishida namoyon bo'ladi. Ilmiytadqiqot jarayonida subekt obektga faol, izchil ta'sir ko'rsatadi, yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga yo'naltirish ikki yo'nalishda amalga oshirilishi mumkin: birinchisi, bevosita dars jarayonida: seminar, amaliy mashg'ulot darslarida muammoli darslarni tashkil etish, muammoli vazifalarni qo'yib, ularni yechishga undash, talabalarning mutaxassisligi yoki biror fan doirasida o'quv loyiha larini yaratishga erishish; - ikkinchisi, darsning mantiqiy davomi bo'lib, darsdan tashqari vaqtda o'quv-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish: mustaqil ish, referat, kurs ishi, ilmiy, o'quv-tadqiqot ish larini bajarish, olimpiada va ko'rgazmalarda o'z chiqishlari va konferensiyalarda ilmiy maqolalari bilan ishtirok etish kerak.Qolaversa konferensiyalar talabalarni ilmiy tadqiqot ishiga yo'naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy ishlar - (inglizchada academic conference) bu ilmiy faoliyatni tashkil etish shakli bo'lib, unda olimlar, tadqiqotchilar, talabalar o'z ishlarini taqdim etadilar va muhokama qiladilar. Konferensiyalar va boshqa ilmiy forumlarda qatnashish tadqiqotchi, talabalarga tadqiqotchiga ilmiy jamoatchilikka o'zini ko'rsatishga, ilmiy muhokamada, bahslarda tajriba orttirishga, nutqini charxlashga, ilmiy seminar va dissertatsiya himoyalari jarayonida nutq so'zlash va savollarga javob berishga tayyorgarlik ko'rishga yordam beradi. Shuningdek o'z ilmiy izlanishlarini ommalashtirish imkonini beradi. Yodda tutish kerakki, konferensiyalar va boshqa ilmiy forumlar, bu ma'lum bir fan sohasidagi mas alalarni muhokama qilish, muammoni hal qilish yo'llarini birgalikda izlashdan iborat bo'lgan tadbirdir. Konferensiyalar turli shakllarda o'tkazilishi mumkin: jamoat hisobotlarni tinglash va ularni muhokama qilish uchun ma'lum bir joyda va ma'lum bir vaqtda
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
yig'ilishadi; talabalar o'z ishlarini portalga joylashtiradilar, munozara masofadan turib ham amalga oshirilishini ko'rishimiz mumkin. Ilmiy ishlarga tayyorgarlik ko'rish talabalar uchun foydalidir, chunki talaba tadqiqot mavzusiga chuqurroq kirib boradi, yangi bilimlarni oladi. Turli shahar va ta'lim muassasalarida talabalar uchun ilmiy-amaliy konferensiya dasturi farq qilishi mumkin, ammo tadbirni tashkil etishning ma'lum tartibi mavjud, ular quyidagilardan iborat: kirish qismi, tadbirni ochish; konferensiya ishtirokchilarini tabriklash; ilmiy dokladlar; munozaralarning seksiya ya'ni bo'limlarga bo'lingan holda o'tkazilishi va shu asosda umumiy xulosa va takliflar beriladi. Har bir ma'ruzachiga uning ma'ruzasi uchun yarim soatgacha vaqt beriladi. Oxirgi ishtirokchining nutqidan so'ng, bo'limda munozara o'tkaziladi. Barcha bo'limlarning ish natijalariga ko'ra umumiy natija sarhisob qilinadi. Ko'pincha ilmiy ishlarlar dasturlarida ekskursiyalar ham mavjud bo'ladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, Ilmiy ishlarda qatnashish talabalarga ko'p imkoniyatlar beradi. Birinchidan, katta auditoriya, olimlar oldida ma'ruza qilish va o'z nuqtai nazarini himoya qilish tajribasiga ega bo'lishadi, ikkinchidan, muntazam nutqlar jarayonida talaba notiqlik qobiliyatlarni rivojlantira oladi, uchinchidan, xatolarni tuzatish, to'rtinchidan, savol-javoblar jarayonida noaniqliklar yoki shubhali fikrlarni ko'rsatiladi, beshinchidan, talaba tadqiqotda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni aniqlash va tuzatish imkoniyatiga ega bo'ladi, oltinchidan, ommaviy tadbirlarda hamfikrlar orasida yangi do'stlar orttirishi mumkin, yettinchidan, kelajakda foydali bo'ladigan foydali hamkorlik va aloqalarga ega bo'lishi, shuningdek, tijoriy shartnomalar tuzish ham mumkin.
Ilmiy-amaliy konferensiyalar Ilmiy ishlardan farqli ravishda amaliy vazifalarni muhokama qilishga qaratilgan. Bunday anjumanlar talabalarga nazariyani amalda qo'llashni o'rganishga yordam beradi. Yosh tadqiqotchilarning ilmiy anjumanlarda ishtirok etishi ularning ishlari kengroq auditoriyaga yetib borishga erishiladi. Bu talabalarni nutqini yanada puxta ishlashga, ularning notiqlik qobiliyatlari charxlanishga olib keladi. Anjuman davomida talaba o'z ishini umumiy ilmiy jihatdan ko'ra oladi va o'zi uchun tegishli xulosalar chiqaradi. Oliy ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan an'anaviy talabalar konferensiyalari g'oyat muhim ahamiyatga ega. Shu orqali talabalarning ilmiy faoliyatga bo'lgan qiziqishi, layoqati aniqlanadi, talabalarning ilmga bo'lgan ishtiyoqi ortadi. "Ilmiy-tadqiqot faoliyati insonga o'z-o'zini anglash, o'z-o'zini baholashga amaliy yordam beradi, ya'ni agar inson haqiqiy olim bo'lishni istasa, o'zining ehtiros va intilishlarini boshqarishi, oqilona, samarali va optimal qarorlar qabul qilishi, ezgulikka xizmat qiladigan evristik faoliyat bilan mashg'ul bo'lishi lozim. Bunday faoliyatning natijasi kashf qilish, yaratuvchanlik sifatida namoyon bo'ladi.
о
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
XULOSA
Xulosa o'mida shuni ta'kidlash joizki, oliy ta'lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish uchun bizning fikrimizcha, birinchidan, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish ta'lim sohasidagi innovatsiyalar va davlatning yoshlar masalasida faol siyosati hamda unga tayangan holda amalga oshirilgan islohotlar sezilarli natijalarni bermoqda; ikkinchidan, mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini yanada rivojlantirish, bunda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlarni xorijiy tajribalar asosida qayta ko'rib chiqish lozim. Uchinchidan, ayniqsa, ta'lim tizimidagi mavjud imkoniyatlarni saqlab qolgan holda, milliy ta'lim-tarbiya tizimiga asos solinib ta'lim sohasida yangilanish jarayoni boshlab yuborildi. Bu esa mamlakatimizda yuqori malakali milliy kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilayotganidan dalolat beradi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining Qonuni Ta'lim to'g'risida. qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son)
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-son farmoni.// O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida (qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 30.10.2020 y., 06/20/6097/1431-son).
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida (qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020 y., 07/20/4884/1484-son)
5. Бассейн Е.Ю. Творчество и эмпатий. // М. 1987, 2, с.54-66.
6. Байлюк В.В. Научная деятельность студентов: системный анализ. Издатель: ИНФРА-МВид издания: монографии. 2020.С.236