Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING ZAMONAVIY DIDAKTIK TA’MINOT VOSITASIDA TARIXIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING ZAMONAVIY DIDAKTIK TA’MINOT VOSITASIDA TARIXIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
100
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tarixiy tafakkur / tarixiy xotira / didaktik ta’minot / tashabbuskorlik / konstruktsiya / kreativ va yangicha fikrlash

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullayeva Arofatxon Abduvaxobovna

Bo’lajak o’qituvchilarning tarixiy tafakkurni rivojlantirishda o’quv jarayonidagi metodlarning ahamiyati katta. Mutaxassislik fanlarini tarixiylik tamoyiliga asosan o’rganishi ularda ilmiy asoslangan o’rganish strategiyasini rivojlanishiga asos bo’ladi. Tarixiy tafakkur bo’lajak o’qituvchilarda ko’plab ma’lumotlar ichidan konstruktsiya va dekonstruktsiya qila olish ko’nikmasini rivojlantirish muammolariga bag‘ishlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING ZAMONAVIY DIDAKTIK TA’MINOT VOSITASIDA TARIXIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING ZAMONAVIY DIDAKTIK TA'MINOT VOSITASIDA TARIXIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Abdullayeva Arofatxon Abduvaxobovna

Andijon davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10159864

Annotatsiya. Bo'lajak o'qituvchilarning tarixiy tafakkurni rivojlantirishda o'quv jarayonidagi metodlarning ahamiyati katta. Mutaxassislik fanlarini tarixiylik tamoyiliga asosan o'rganishi ularda ilmiy asoslangan o'rganish strategiyasini rivojlanishiga asos bo'ladi. Tarixiy tafakkur bo'lajak o'qituvchilarda ko'plab ma'lumotlar ichidan konstruktsiya va dekonstruktsiya qila olish ko'nikmasini rivojlantirish muammolariga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: tarixiy tafakkur, tarixiy xotira, didaktik ta'minot, tashabbuskorlik, konstruktsiya , kreativ va yangicha fikrlash.

Аннотация. Методы в учебном процессе имеют большое значение в развитии исторического мышления будущих учителей. Изучение профильных предметов на основе принципа историчности является основой для разработки научно обоснованной стратегии обучения. Историческое мышление посвящено проблемам развития у будущих учителей умения конструировать и и деконструировать из большого количества информации.

Ключевые слова: историческое мышление, историческая память, дидактическая поддержка, инициатива, лидерство, креативно-инновационное мышление.

Abstract. Methods in the educational process are of great importance in the development of the historical thinking of future teachers. The study of specialized subjects based on the principle of historicity is the basis for the development of a scientifically based teaching strategy. Historical thinking is devoted to the problems of developing the ability of future teachers to construct and deconstruct from a large amount of information.

Keywords: historical thinking, historical memory, didactic support,initiative, leadership, creative and innovative thinking.

Kirish

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta'lim tizimidagi islohotlar, innovatsion o'zgarishlar, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta'lim sifat va samaradorligini oshirish yo'lida ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun zaruriy hamda yetarli shart-sharoitlarni yaratib berilishi oliy o'quv yurtlari rahbarlari va professor-o'qituvchilariga ham o'ziga xos katta mas'uliyat yuklaydi.

Yangi O'zbekiston ta'lim tizimini tubdan o'zgartirish, uni xalqaro standartlarga integratsiyalash, mehnat bozori talablariga mos keluvchi malakali kadrlarni tayyorlash hamda Uchinchi Renessans g'oyasini amalga oshiradigan yangi avlodni voyaga etkazish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

Pedagogika oliy o'quv yurtlari oldiga kasbiy va kundalik faoliyatda ijodiy mahorat ko'rsatishga qodir bo'lgan kreativ kompetensiyaga ega yoshlarni tayyorlash O'zbekistonda yangi bir uyg'onish - Uchinchi Renessans davriga poydevordir, desak, ayni haqiqat bo'ladi. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, "Bugungi O'zbekiston - kechagi O'zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas".[1. B.9]

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Dunyo bo'yicha yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirish strategiyalarni ishlab chiqishga yo'naltirilgan oliy ta'lim tizimiga katta e'tibor qaratilmoqda. Tarixiy tafakkurning ijtimoiy hayotni tartibga soluvchi kuch ekani, jamiyatda uni shakllantirish zarurligi juda qadim zamonlardayoq anglab yetilgan. Asrlar davomida afsona va rivoyatlarda, ertak va dostonlarda madh etilgan xalq kaqramonlari xar bir yosh avlod uchun ibrat namunasi bo'lib kelgan. Tarixiy tafakkurni nazariy jihatdan tadqiq etish xam dunyoning deyarlik barcha mintaqalarida ijtimoiy-gumanitar fanlarning turli vakillari tomonidan amalga oshirilgan va bu tadqiqotlar davom etmoqda.

Kasbiy tayyorlashning oliy ta'lim bosqichida tarixiy tafakkurni bo'lajak pedagog uchun zarur bo'lgan nazariy va metodik hamda amaliy yo'naltirilgan asoslarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratish lozim.

Material va metodlar

O'liy o'quv yurtlari talabalarida tarixiy tafakkurini rivojlantirish muammosi bo'yicha ilmiy -tadqiqot ishlari va ustovor yo'nalishlar olib borilmoqda. Zamonaviy didaktik ta'minot vositasida bo'lajak o'qituvchilarning, tarixiy tafakkurini rivojlantirishga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari o'rganib chiqildi. Muommoni o'rganishda tarixiy badiiy asarlardan foydalanish orqali bo'lajak o'qituvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirishning uslubiy yondashuvlari, tamoillari, mezonlari va bosqichlari tayanch konsepsiya vazifasini bajardi.

Natijalar va ularning tahlili

Zamonaviy sharoitda oliy ta'lim muaasasasi bitiruvchilarining ko'pmillatli va ko'p madaniyatli muhitda yashashga, turli madaniyat egalari bilan kasbiy hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, madaniy, etnik qadriyatlar va farqlarni to'g'ri idrok etishga o'rgatish ilm-fanning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Bunday vaziyatda bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini ijtimoiy tendensiyalarni tahlil qilish va ro'y berayotgan o'zgarishlarni hisobga olgan holda talabalarni o'qitish mahoratini shakllantiri uchun zarur bo'lgan muayyan qadriyatlar va tarixiy tafakkur tizimiga ega shaxsni shakllantirish dolzarb vazifa sifatida yuzaga chiqadi. Binobarin tarix bilan bog'liq fanlarni o'rganish jarayonida oliy o'quv yurtlari talabalarida tarixiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularda yuksak ma'naviyat va axloq, vatanparvalik, o'z Vatani, o'z xalqi va tarixiy o'tmishi bilan faxrlanish [2. B. 4] tuyg'ularini shakllantirish zarur.

Tafakkur dastlab psixologik bilimlar darajasida o'rganilgan bo'lsada, keyinchalik bir qator fanlarning tatqiqot predmetiga aylanib ulgurgan. Shuning uchun tafakkurni har tomonlama o'rganish bu borada yaxlit tassavvur shakllantiish imkonini beradi.

Demak, tafakkur atrofdagi olam obe'yektlari va hodisalarning xususiyatlari va mavjudlik qonuniyatlarini izlashga qaratilgan murakkab psixologik va fiziologik jarayon bo'lib, inson nuqtai nazari bilan izchil va uzviy bog'langan.

Tarixiy tafakkur bag'rikenglikni rivojlantirishga qaratilgan gumanistik, madaniy-tarixiy, milliy diniy qadriyatlarni saqlash va yetkazishni o'z ichiga oladi hamda talabalarning bilim asoslarini yaratish orqali o'qituvchilarning samarali faoliyati uchun muhim omil sifatida hizmat qiladi.

Tarixiy ong, tarixiy tafakkur haqidagi qarashlar uzoq o'tmishdan boshlab shakllanganligi barchaga ma'lumdir. Buyuk Sharq allomalarining o'z tarixiga oid dunyoga mashhur asarlar yaratganlar. Ulardan o'rganish, ulardan ta'lim jarayonida maqsadli foydalanish tarixiy tafakkurni shaklllantirishning muhim vostisi hisoblanadi. Albatta, tarixiy voqea va hodisalar avlodlar tomonidan o'ziga xos ravishda talqin etiladi. Fikrimizni asoslash uchun buyuk alloma Abu Nasr

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Farobiyning quyidagi fikrini keltirish joiz deb hisoblaymiz: "Har qanday xalqning yoki shahar aholosining atrof-muhit, borliq, undagi voqea va hodisalar haqidagi keng tarqalgan tasavvurlar ham ma'lum darajada farqlanadi, chunki ularning har biri voqea va hodisalarning o'ziga xos ravishda idrok etadi va ongida aks ettiradi" [3.B.222]. Buyuk allomaning ushbu fikri asosida har qanday xalqning tarixiy xotirasi faqat o'ziga xosligi hamda umumbashariy qadriyatlar bilan bog'liqligi haqida xulosa qilishi mumkin.

Oliy ta'lim muassalalarining zamonaviy o'quv jarayonida, jumladan, bo'lajak o'qituvchilarning tayyorlashda didaktik o'yinlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari mavjud. Didaktik o'yinning yutuq va afzalliklaridan biri uning moslashuvchangligi va undan sinfda ham, darsdan tashqari ta'lim shakllarida ham foydalanish mumkinligidir. Birinchi holda, pedagogik jarayonning quyidagi algoritmiga rioya qilish kerak: -I- o'yin vazifasida ifodalangan maqsadni aniq qo'yish; -I- barcha ishtirokchilar uchun majburiy bo'lgan o'yin qoidalarini e'lon qilish; -I- o'quv materialidan dars maqsadiga erishish vositasi sifatida foydalanish, masalan, ishtirokchilar guruhlari o'rtasidagi musobaqalar shaklida;

-I- kutilgan natijaga erishishgacha bo'lgan o'yin harakatlarini loyihalash;

Bo'lajak o'qituvchilarda didaktik ta'minot vositasida tarixiy tafakkurni rivojlantirish o'quv jarayoniga keng ko'lamli badiiy adabiyotni jalb qilishni nazarda tutadi. Ushbu o'quv vositalari talabalarda quyidagi kompettensiyalarni shakllantirishg yo'naltirilgan: mutolaa, tadqiqot, didaktik, siyosatshunoslikka oid, akmeologik, komunikativ, loyihaviy, vatanparvarlik. Fikrimizcha, kasbiy tayyorlashning oliy ta'lim bosqichida tarixiy tafakkurning bo'lajak pedagog uchun zarur bo'lgan nazariy va metodik hamda amaliy yo'naltirilgan asoslarini shakllantirishga alohida qaratish lozim. Zero, ular tarixiy tafakkurni idrok etish va rivojlantirishning muhim asosini tashkil etadi.

Professor B.Xodjayevning fikricha, "tarixiy tafakkur insonning mohiyatini, tarixiy mavjudligini sifatida uning dunyosining ifodalovchi tushunchadir. Darhaqiqat, inson o'zining ijtimoiy tabiatiga ko'ra faqat ob'yektiv borliq bo'libgina qolmay, katta ma'naviy-ma'rifiy o'lchovlar orqali tarixiy davomiylik va tarixiy vorislik, kelajak uchun ma'sul qadriyat ham hisoblanadi. Faqatgina tarixiy tafakkur orqali odamlar o'tmish va kelajak o'rtasidagi bog'lovchi vazifasini bajarishi mumkin. Bu ijtimoiy borliq o'zini jamiyat rivojlanishi bilan bevosita bog'liq hodisa sifatida nomoyon qiladi". [4. B. 112]

Jahon ijtimoiy taraqqiyotining bugungi bosqichida tarixni, o'tmishda yuz bergan voqea-xodisalarni bilish, anglash, ularga xolisona baho berish muammosi doim dolzarb bo'lib kelgan. Ayniqsa, bugungi kunda, ulkan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar yuz berayotgan globallashuv, qutblashuv jarayonlari avj olayotgan bir davrda, tarixni anglash, jahon hamjamiyatida o'z o'rnini aniqlab olish ko'pgina xalqlar uchun o'ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan hayotning insoniyat oldiga qo'yayotgan keskin savollarga javobni inson jamiyatlar tarixi, o'tmishdan izlashi bejiz emas. Mazkur voqea-hodisalarga baho berish bizga bugungi kun muammolari xususida to'g'ri fikr yuritish, ularga ob'yektiv yondashish, kelajakda o'tmish xatolarini takrorlanmaslikka yordam beradi.

Dunyo ilm-fanida tarixiy tafakkurining mohiyati va tabiatini, uning global xususiyatga ega bo'lgan o'zgarish jarayonlarini o'rganish bo'yicha keng qamrovli ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, an'analarni saqlab qolish, ularni kelajak avlodga yetkazish yo'llari va avlodlar davomiyligini ta'minlash, yoshlarda tarixiy tafakkurni rivojlantirishning fundamental asoslarini ishlab chiqish, tarixiy xotirani tiklash masalalari ilmiy muassasalarning asosiy tadqiqot

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

yo'nalishiga aylandi. Zero, bugungi globallashuv jarayonida bu voqealar o'tmishda yuz bergan, ya'ni keksa avlod boshidan kechirgan xodislardan tubdan farq qilib, yosh avlodni tarixga murojaat qilishga, taqqoslashga, undan qandaydir xulosalar chiqarishga, saboqlar olishga undaydi. Chunki, ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichida yoshlar tarixiy tafakkurida yangi innovatsiyalarga asoslangan kelajakni yaratish ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda ta'lim muassasasi bitiruvchilarining raqobatbardoshligini oshirish, pedagog kadrlarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish orqali yoshlarni vatvanparlik ruhida tarbiyalash, ijtimoiy ma'suliyat, fuqorolik burchi va milliy g'urur tuyg'usini tarkib toptirishdan ta'lim jarayonini loyihalashtirishning zamonaviy metodik ta'minotini yaratish, talabalarning shaxsiy-kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek oliy ta'lim tizimining ta'lim sifatini ta'minlash jarayonidagi ijtimoiy rolini oshirish masalalari dolzarb yo'nalishlardan biri sifatida o'rganilmoqda.

Tarixiy ong va tarixiy tafakkur tiplari nazariyasini yaratgan nemis olimi Yorn Ryuzen,[5. B.8-27] tarixiy ongning milliy madaniy mansublik shakllanishidagi hal qiluvchi ahamiyatini o'rgangan amerikalik Samuel Xantington, ,[6. B.635] XX asrda tarixiy ongni o'rganish metodologiyasini ishlab chiqqan fransuz faylasuf va sotsiologi Raymon Aron ,[7. B.196] xizmatlari ajralib turadi. Shuningdek, xorijda shaxs tarixiy ongini shakllantirish va rivojlantirishga oid tadqiqotlarda masalaning quyidagi nazariy va amaliy jihatlari qamrab olingan: a) etnik- madaniy, fukarolik va milliy identiklikni rivojlantirishda tarixiy tafakkurning ustuvor ahamiyati belgilangan (the Department of Integrated Studies in

Education at McGill University - Kanada); 6) 2011 yilda Stefan Levek tomonidan Ottava universitetida tashkil qilingan Virtual tarix labaratoriyasida talabalarning tarixiy tafakkurini shakllantirish uchun yangi axborot texnologiyalari, innovatsion yondashuvlarga asosiy e'tibor qaratilgan (the Virtual History Lab (VH Lab) at the Faculty of Education, University of Ottawa -Kanada); v) tarixiy tafakkurning rivojlanishida tarixiy me'moriy obidalarning o'rni ochib berilgan (The Bartlett School of Architecture - UCL - London's Global University - Angliya); g) xalkning tarixiy ongi va tafakkuri yo'qolib borishi va uning o'rnida yangi tarixiy ongning shakllanish jarayonlari o'rganilgan (FUER (zur Forderung und Entwicklung von reflektiertem Geschichtsbewusstsein) -Germaniya); d) yoshlar tarixiy tafakkurini rivojlantirishga yordam beruvchi sinfdan tashqari tarix, tarixiy uchrashuvlar, muzeylarlarda tarixni o'rganish va xokazo usullar ishlab chiqilgan (Centre for the Study of Historical Consciousness; The Historical Thinking Project - Kanada).

Ta'limda bo'lajak o'qituvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirishda aynan o'yin tarzida modellashtirish muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy didaktik ta'minot vositasida bo'lajak o'qituvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishning uslubiy yondashuvlar, psixologik-pedagogik shart-sharoitlari va tarixiy tafakkurni shakllantirish tamoillarini hsobga olgan holda forsayt texnologiyasidan foydalanish maqsadga muofiq bo'lar edi.

Forsayt texnologiyasi- Farsayt- bu qabul qilingan qarorlar sifatini oshirirish va hamkorlikdagi harakatlarni tejlashtirishga qaratilgan kelajakka qarashni shakllantirishning tizimli, hamkorlikdagi j arayoni.

Ushbu mashq talabalarni o'tmish hayotini tahlil qilib, buguni va kelajagi to'g'risida o'ylashga, kelajakni tasavvur qilish va rejalashtirishga imkon beradi.

Talabalarga o'tmishdagi hayotini, hozirgi kuni va kelajagini quyidagi chizma asosida tasvirlashlari so'raldi. Ular o'z e'tiborlarini ko'proq "Istakdagi kelajak" kataklariga qaratdi va deyarli hammalari orzusidagi kelajakni katta ijodkorlik bilan tasvirlagan. Biz ularga "Istakdagi

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

kelajak"ka erishish uchun shunday motiv berdik: "Bir vaqtlar hozir hammangizni qo'lingizda turgan, istalgan sotuv rastasidan sotib olishingiz mumkin bo'lgan ruchka ham insoniyat uchun orzu bo'lgan, cho'ntagingizdagi telefonni ihtiro qilish hatto inson zotining xayoliga kelmagan, lekin inson tafakkuri, uning ijodiy tasavvuri juda ulkan ekanki, ko'z ko'rib - quloq eshitmagan narsalarni yaratishga qodir yekan. Buning uchun o'z ustida izlanishi, bor kreativlik sifatlarini yanada rivojlantirishi kifoya qilarkan. Sizlar ham mavjud imkoniyatlardan to'la-to'kis foydalaning. O'zingizni kashf eting!"

Jadval № 1

Ehtimoldagi kelajak

Istakdagi kelajak

1. Talabalarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishda quyidagi muammoli vaziyatlardan foydalanildi:

Amaliy tadqiqot jarayonida talabalardan ta'lim muassasalarining kitob mutolaasi bilan shug'ullanish xonalari bor-yukdigi, muassasa kutubxonalari va axborot-resurs markazlarining tarixiy adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasiga oid bir qator savollarga javoblar olinganda ulardan bor-yo'g'i 37 % i ijobiy javob bo'lib chiqdi xolos. Namangan davlat universitetining tarix yo'nalishi talabalari o'rtasida o'tkazilgan so'rov- anketa savollarida yuqori kurs talabalarining 72 % i tarixiy-badiiy mavzudagi adabiyotlarni yoshlar tarixiy ongini mustahkamlashdagi asosiy vositalardan biri, deb hisoblashlari ma'lum bo'ldi. 55 % respodent esa shu mavzularga oid internet saytlarini ko'paytirish kerakligini ta'kidlashgan.

Tadqiqot jarayonida talabalarlarning tarixiy tafakkurining rivojlantirishga amaliy yordam beruvchi vositalar, milliy urf-odat va marosimlar, an'analar, milliy xalq o'yinlariga bo'lgan munosabatlarini ham o'rgandik. Respondentlarning 9 % i milliy urf-odat va marosimlarni jamiyat taraqqiyotiga desa, yana 9 % i milliy urf-odat va marosimlarni zamonga moslab borish kerak, deb xisoblaydi, 11 % i milliy urf-odat va marosimlar hozirda o'z ahamiyatini yo'qotib bormoqda degan fikrda, 33 % respodent milliy urf-odat va marosimlarning o'z ahamiyatini yo'qotmasligi uchun ularni bolalikdanoq singdirib saqlab qolishni zarurligini, 38 % i milliy urf-odatlarimiz bilan faxrlanaman va uni umuminsoniy an'analarga aylantirish zarur, deb hisoblaydi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra 88 % ota-ona farzandlariga o'z ajdodlari hakida gapirib berishar

ekan.

«O'tmish ajdodlarimizdan mardlik, jasorat ramzi sifatida kimlarni ko'rsatgan bo'lar edingiz?» so'rov-anketasiga respondentlarning 6,5 % i - «Sobir Raximov, To'ychi Eryigitov, Mamadali Topiboldiyev», 3,8 % i - «Ozod Sharafiddinov, Zulfiya, Oydustbiy», 7,6 % i - «Usmon Nosir, Pulatxon, dukchi Eshon, Fayzulla Xo'jayev, Chulpon», 21,4 % i - «Mahmudxo'ja Bexbudiy, Munavvarqori, Fayzulla Xo'jayev, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy» 7,1% i - «Shyerg'ozixon, Po'latxon, dukchi Eshon, Namoz Pirimqulov, Qurbonjon dodhoh», 93,8 % i - «Amir Temur, Islom Karimov, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik» deb javob berishgan. Hozirgi globallashuv jarayonlarini ta'siri ostida yoshlar tarixiy tafakkurining rivojlanishi hamda shakllanishining salbiy tomonga

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

o'zgarganligini biz ushbu so'rov anketasiga berilgan javoblar orqali ham bilib olishimiz mumkin. Respondentlar hamma uchun ma'lum va mashhur bo'lgan shaxslarni bilgan holda, milliy tariximizda muhim o'rin tutgan millat va davlatchiligimiz tarixida ulkan hizmatlar qilgan shaxslar haqidagi bilimlari, ular xaqidagi tasavvurlari pastligini ko'rsatdi. Agar ushbu jarayonni oldi olinmasa, yaqin kelajak avlod o'z tarixiy ajdodlari haqidagi bilimlaridan butunlay mahrum bo'ladi.

Shaxs tarixiy ongi rivojlanishida ommaviy axborot vositalarining, madaniyat va san'atning roli beqiyos ekanligi hamma ilmiy adabiyotlarda bot-bot qayd etiladi. Hozirgi globallashuv davrida ular har bir inson, millat yoki butun boshli xalqlarning tarixiy ongi va dunyodarashiga katta ta'sir o'tkazmoqda. Buni biz turli telekanallarda namoyish etilayotgan filmlarning yoshlarga ta'siridan ham ko'rishimiz mumkin. Surov-anketa ishtirokchilarga berilgan «Milliy telekanallarimizda namoyish etilgan yoki etilayotgan film qahramonlaridan qaysilari yodingizda qolgan?» anketa savoliga respondentlarning 9,6 % i - «Jumong, Pulat, Arjun, Krishna, Sagar, Iso Masix, Kosey», 15,5 % i -«Chaplin, Nesh, Gladiatorlar, Kdzrol Artur, Merlin, Kosem», 20,8 % i - «Ulugbek, Alpomish, Sezar, Ibn Sino, Vikinglar, Maksimus», 22 % i - «Kosem, Jumong, Oshin, Jek, Gandi, Robin Gud», 68,4 % i - «Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Ulugbek, Navoiy, Bobur» deb javob qaytarishdi. Jadval № 2

Milliy telekanallarda namoyish etilgan yoki etilayotgan tarixiy film qahramonlarining yoshlar xotirasida saqlanib qolishi.

Milliy telekanallarimizda namoyish etilgan yoki etilayotgan tarixiy filmlar qahramonlaridan qaysilari yodingizda qolgan? O'g'il bolalar Qiz bolalar

Kosem, Jumong, Oshin, Jek, Gandi, Robin Gud 90 7,5% 174 14,5%

Amir Temur, Jaloliddin, Ulugbek, Navoiy, Bobur 357 29,8% 463 38,6%

Ulug'bek, Alpomish, Sezar, Ibn Sino, Vikinglar, Maksimus 143 11,9% 107 8,9%

Jumong, Pulat, Arjun, Krishna, Sagar, Iso Masix, Kosem 49 4,1% 54 4,5%

Chaplin, Nesh, Gladiatorlar, kirol Artur, Merlin, Kosem 90 7,5% 96 8,0%

Ushbu so'rov javoblaridan shuni anglasa bo'ladiki, yoshlarimiz milliy tarixiy qahramonlarimiz haqida berilayotgan badiiy, matrifiy, xujjatli filmlarni xotiralarida yaxshi saqlanib qolgan. Bundan tashqari respondentlar bilan suxbat jarayonida badiiy- ommabop filbmlar yoshlar tarixiy tafakkurini rivojlantiruvchi muhim vositalardan biri ekanligi anglashimiz mumkin.

O'zbek kinosi bugungi kunda asosan melodrama, komediya, ishqiy- sarguzasht kabi arzon, kassabop filbmlar ishlab chiqarish bilan cheklanib qolgan. Xozirda O'zbekiston telekanallarida namoyish etilgan yoki etilayotgan xorijiy mamlakatlarning o'nlab tarixiy seriallari, ularning milliy

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

tarixlariga bulgan munosabatlari naqadar baland ekanligini ko'rsatmoqda.

Qolaversa ushbu filbmlar boshqa millat vakillari orasida keng targ'ib qilinmoqda. Bunday targ'ibotlar kishilar tarixiy dunyokarashiga taъsir etib, ularning tarixiy tafakkurini o'zgartirib yubormoqda. Buning yorqin dalilini biz o'tkazgan sotsiologik tadqiqot natijalari ham ko'rsatib turibdi. O'quvchilarning 68,4 % i tarixiy ajdodlarimiz haqidagi badiiy, maъrifiy, xujjatli filbmlarni tomosha qilish orqali yodda saqlab qolgan.

Ushbu so'rov javoblaridan shuni anglasa bo'ladiki, bugungi kunda o'quvchi yoshlarimiz nafaqat milliy tarixiy qahramonlarni, balki jahon tarixida o'chmas iz qoldirgan tarixiy yoki afsonaviy shaxslar haqidagi ma^umotlarni bilish darajalari yaxshi emas.

O'zbekistonda o'kuvchilar tarixiy ongining yangilanishi va rivojlanishi tadqiq etish natijasida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:

- Kishining yuksak ma^aviyat soxibi bulishi uning tarixiy tafakkuri darajasiga, tarixiy xotirasining boy va teranligiga bevosita bog'liqdir. Farzandlarimizda tarixiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish xar bir ota-onaning, ustoz-murabbiylarning, ziyolilarning muqaddas burchi, davlatning esa, strategik vazifasidir.

- global mafkuraviy taxdidlar kuchaygan hozirgi davrda kishilarda, ayniqsa, yoshlarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirib va muttasil rivojlantirib borilsa, begona mafkura va g'oyalar ular ongiga yo'l topolmaydi. Tarixiy tafakkurni shakllantirish taraqqiyotda vorisiylik prinsipini bilishni, nazariy va amaliy faoliyatda undan foydalanishni talab etadi.

- mustakillikning dastlabki yillarida sho'rolar xokimiyatining ham sinfiy, ham milliy siyosati oqibatida biryoqlama shakllangan tarixiy ongga putur yetdi. Jamiyatdagi tub ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar tufayli tarixga o'tmishdagi voqea va xodisalarga baho berish inqilobiy tarzda o'zgardi. Ushbu reallik negizida O'zbekiston yoshlarining tarixiy tasavvur va ongi shakllandi. Mustakillik davrida milliy urf-odat va qadriyatlarning tiklanishi, xalqimizning necha asrlar mobaynida bunyod etilgan, lekin kommunistik mafkuraning tazyiqi ostida unutilgan, oyoqosti qilingan qadamjolar, tarixiy obidalar, meъmoriy yodgorliklar qaytadan taъmirlanishi, eъtibor markaziga aylanishi, buyuk ajdodlarimizning muborak nomlari yana ulug'lanishi odamlarda tarixga yangicha munosabatni jonlantirdi.

- bu umummilliy ommaviy tarixiy tafakkur holati farzandlarimizga, o'quvchi yoshlarga ham o'tmasdan qolmadi. Ularning tarixiy tasavvurlari va tarixiy ongida keskin burilish, yangilanish hosil qildi.

Biz ta'limga yuqorida tafakkurga oid ta'riflardan farqli ravishda Oliy ta'lim talabalari uchun "tarixiy tafakkur va tarixiy baho" tushunchasini ta'lim amaliyotiga tatbiq etishni maqsadga muvofiq deb bildik. Negaki, yoshlar aynan talabalik davridan mustaqil xayotga qadam qo'yadi, nafaqat ta'lim jarayonida, balki kundalik holatlarda ham o'z shaxsiy qarashlarini ustun deb biladi. Biror bir vaziyatga, kutilmagan muammolar jarayonida o'z shaxsiy fikrini, xoh u to'g'ri bo'lsin, xoh noto'g'ri shaxsiy yechimini tadbiq etish muhim deb hisoblaydi. Shu sababli, bu davrda talabalar kutilmagan har qanday vaziyatlarga nisbatan o'z shaxsiy ijodkorligiga, kreativligiga ega bo'lishi lozim. Biz oliy ta^im talabalari ko'proq vaqtini ta^im muassasasida taqsimlanishini hisobga olgan holda talabalarning tarixiy tafakkurini o'qish faoliyati jarayonida rivojlantirish samarali natijaga olib keladi deb hisobladik.Shaxsiy-kreativ kompetensiya rivojlantirish uning jamiyatda o'z imkoniyatlarini to'la ruyobga chiqarishiga taъsir qilib, talabada ma'lum davrda shakllangan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilganligini alohida hisobga olish lozim.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Chunki talabada oliy taъlim muassasasiga kelgunga qadar ma'lum kompetensiyalar shakllangan bo'ladi. Tanlangan metodika ularni rivojlantirishga qaratilishi lozim.

Bugungi kun jamiyatimiz tomonidan yoshlarni, xususan oliy ta'lim talabalarini qo'llab-quvvatlash, ularning o'z iqtidorini, ijodini namoyon etishlari, shaxsiy-kreativlik sifatlarini rivojlantirishlari uchun bir qancha imkoniyatlar yaratilgan bo'lib, ular:

-I- davlat rahbari tomonidan oliy taъlimning sifat va samaradorligini oshirish, talabalarni bilim, ko'nikma va qobiliyatlarini rag'batlantirishga oid bir qancha qaror, farmonlarning qabul qilinishi va amaliyotga tadbiq etilishi;

-I- ilm-fan, texnika va tehnologiyalarning rivojlanib, zamon talablari darajasida takomillashib borishi;

-I- ajdodlarimiz qoldirgan manbalar va xorijiy tajribalardan foydalanish imkoniyatining cheksizligi.

Shunday bo'lishiga karamay oliy ta'lim muassasasidagi ta'lim jarayonida bilim darajasi yuqori, o'rta, past darajadagi talabalar mavjud bo'lib qolmoqda.

Tadqiqotimizda alohida e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan bir kancha ijtimoiy muammolar mavjudligini aniqladik:

- talabalarning yashash tarzining bir xil emasligi (shahar-qishloq; ziyoli-oddiy oila kabi);

- o'tmish hayoti davomida etarlicha bilim, ko'nikmalarni egallamaganligi;

- fikr-mulohazalari, tafakkur yuritish qobiliyatlari, xayotiy qarashlaridari tafoutlar (sodda, o'rta, yuqori);

Talabalar subъyektiv sabablarga ko'ra quyidagi xususiyatlarni ko'rsatish mumkin:

- turli vaziyatlarga nisbatan lokaydlik;

- o'z shaxsiy fikrining mavjud emasligi yoki noto'g'ri yoki barqaror emasligi;

- o'z o'tmish tajribalarini tahlil etgan holatda bugungi kun va kelajak uchun aniq maqsadni belgilamaganligi;

Talabalarning shaxsiy-kreativ kompetensiya rivojlantirishga ta'sir qiluvchi obъyektiv sabablar ham mavjud:

- pedagogning o'zida kreativ sifatlarning rivojlanmaganligi;

- pedagogik faoliyat uchun yetarlicha kasbiy kompetentlikning (ijtimoiy kompetentlik, shaxsiy kompetentlik, maxsus kompetentlik, texnologik, ekstirimal kompetentlik ,[8. B.6]) shakllanmaganli gi;

- talaba shaxsini ta^im jarayonining sub'yekti sifatida ko'ra olmasligi, uning qarashlarini e^tiborsiz qoldirish;

- auditoriyada talabalar sonining ko'pligi va ular bilan alohida, maxsus shug'ullanish uchun vaqtning yetishmasligi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- ijodiy topshiriklarni, muammoli masallarni berilishi yoki berilmasligi;

- shaxsiy-kreativ kompetensiya rivojlantiruvchi manbaaning mavjud emasligi.

Maqsadni qo'yish va maqsadga erishir yo'lida har qanday obъyektiv-subъyektiv sabablar

yuzaga kelmasin, "o'z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo'lgan ishonch bizni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo'lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda. Bu intilishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib, buyuk xalq harakati tobora kengayib bormoqda. Bunday qudratli safda bo'lishning o'zi katta baxt, katta sharafdir". ,[9. B.13] Uchinchi Renessansni qurishda, albatta, shaxsiy-kreativ kompetensiyaga ega yoshlar va ularning amaliy

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

faoliyati zarur. Shu nuqtai nazardan, talabalarning shaxsiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirish ijtimoiy-pedagogik jihatdan zaruriyat ekanligiga ishonch hosil qilindi.

Xulosa

Ta'limda bo'lajak o'qituvchilarning tarixiy tafakkurni zamonaviy didaktik ta'minot asosida rivojlantirish jarayoni o'zida xujjatlashtirilgan tarixiy faktlar va ularning badiiy - tarixiy asarlarda aks ettirilishini taqqoslashga o'rgatishni ta'minlaydi. Taqqoslash natijasida talabalar tahliliy faoliyatni amalga oshiradilar hamda tarixiy hodisani ongli ravishda idrok etish malakalarini shakllantiradilar. Zamonaviy didaktik ta'minotlar bilan ishlash tarixiy muommolarni turli jihatlardan tahlil qilish imkonini beradi va uni hal qilish bo'yicha o'z qarashlarini shakllantirishga hissa qo'shadi.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli "O'zbekiston Respublikasi oliy ta^im tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni. 9-b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 18 iyuldagi "O'zbekiston tarixi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2562-son qarori. 4-b.

3. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri.-T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,1993.-222 b.

4. Xodjayev B. Razvititiye istoricheskogo mbishleniya u studentov obrazovatelbnbich shkol.-Latviya: LAB LAMBET Akademik Publishing,2018-C.112.

5. Ryuzen Y. Utrachivaya posledovatelbnostb istorii // Dialog so vremenem. Albmanax intellektualbnoy istorii. M., 2001. Vbip. 7. S. 8—27;

6. Xantington S. Kto mbi?: Vbizovbi amerikanskoy natsionalbnoy identichnosti / S. Xantington; Per. s angl. L. Bashkirova. - Moskva: OOO «Izdatelbstvo AST»: OOO «Tranzitkniga», 2004. - 635 s.

7. Aron R. Izmereniya istoricheskogo soznaniya. Moskva: «URSS». 2014.196 s.

8. N.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Sayfurov, A.To'rayev. pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. Toshkent, "Sano standart" nashriyoti, - 2015 yil, - b. 6.

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2010 yil, - b. 13.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.