0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
BO'LAJAK TARBIYACHILARNING AXBOROT BILAN ISHLASH
KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING YONDASHUVLARI Begmuratova Dilnoza Amaliddinovna
GulDU, tayanch (PhD) doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10142470
Annotatsiya. Ushbu maqola talabalarda axborotlar bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirishning yondashuvlariga, talabalarning axborot bilan ishlash, bolalarga etkazish lozim bo'lgan axborotlarni qayta ishlash va etkazish masalalariga bag'ishlangan.
Kalit so'zlar: bo'lajak tarbiyachilar, axborot, kompetentlik, axborot kompetentsiyalari, maktabgacha tarbiya, moddiy-texnik baza, ta'lim va tarbiya, tarbiyalanuvchi, ijodiy yondashuv, ta'lim oluvchi, komponent.
Bugungi kunda axborot zamonaviy hayotning ajralmas qismiga aylandi. Shu bilan bir paytda, axborot bilan ishlash kompetentsiyalari jahon ta'lim jarayonining ustuvor strategiyalaridan biriga aylanmoqda.
Tarbiyachilik kasbi, ommaviy, zamonaviy pedagogik kasblardan biri hisoblanadi. Zamonaviy ma'noda tarbiyachi, kelajak avlodni hayotda rivojlanishi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan holda tarbiyani amalga oshiradigan shaxs hisoblanadi. Bo'lajak tarbiyachi quyidagilarga ega bo'lishi kerak. Xayrixox, samimiy, do'stona, xushmuomala, hazil tuyg'usiga ega bo'lishi, sabr-toqatli bo'lishi, bolalar bilan munosabat o'rnata olishi, nizolarning oldini olish va ularni hal qila olishi, o'z-o'zini tarbiyalash orqali o'z bilimlarini to'ldirib borishi, zamonaviy axborot va axborot oqimlari bilan ishlay olishi, maktabgacha tarbiya va ta'lim usulini egallagan bo'lishi lozim.
Maktabgacha tarbiyaning asosiy vazifasi bolalarni sog'lom va etuk qilib tarbiyalash, ularni maktabga pedagogik, xam psixologik tarbiyalashdan, ularning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. Faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida bo'lajak tarbiyachi, diqqatli, mas'uliyatli, sezgir bo'lishi, bolalar bilan ishlashga moyil bo'lishi shart hisoblanadi [1]. Shunday ekan, talaba axborotlar bilan ishlash uchun aqliy faoliyatning o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lishi talab qilinadi. Og'zaki mantiqiy xotira, faoliyat maqsadlarining xususiyatlari, bolaga etkazishi lozim bo'lgan axborotlarni qayta ishlash va taqdim etish kompetentsiyalarini egallagan bo'lishi kerak. Bu borada pedagog olim N.N.Djamilovaning tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida vujudga keladigan ijtimoiy vaziyatlar to'g'risidagi fikrlaridan bilib olish mumkin bo'ladi [ 2].
Talabaning vujudga keladigan turli stresslarga chidamligi, o'z hatti-harakatlari va his-tuyg'ularini boshqara olishi muhim jihatlardan bo'lib, kuchli asab tizimiga ega bo'lishi talab etiladi. Talabalar kelajakda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jismoniy kuch ishlatmay mehnat qilishlari barobarida, doimo psixo-emotsional stress sharoitlarida faoliyat olib borishlarini nazardan chetda qoldirmasliklari kerak.
Zamon talabadan axborot texnologiyalari, elektron ta'lim mahsulotlarini tanlash; kasbiy faoliyatida ishlatish, ularni moslashtirish va pedagogik jihatdan rivojlantirish kabi bir qator ko'nikmalarni o'zlashtirishni talab etmoqda.
Jahon miqyosidagi pedagogik tajriba va ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish natijasida inson hayoti davomida egallaydigan barcha ma'lumotlarning 70%ni besh yoshgacha bo'lgan davrda olib ulgurishi o'z isbotini topgan [14]. Har qanday oilada tarbiya topayotgan bola, shu vaqt oralig'ida dunyoni tanishni boshlaydi. Fikr yuritadi, atrofini o'rab turgan olam bilan aloqalar o'rnatadi,
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
taniydi, butun hayoti davomida egallaydigan bilimlari yo'lida poydevor yarata boshlaydi. Shuning uchun ham, O'zbekiston kelajagi hisoblangan avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda maktabgacha ta'lim tashkilotlari, uning tarbiyachilari va talabalarning o'rni kattadir.
Kelajakda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib boradigan talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish, talabalarning har qanday vaziyat va jarayonlarda o'zining ijodiy va boshqa qobiliyatlarini namoyon qilishida muhim o'rin egallaydi. Kelajagimiz hisoblangan yosh avlodni bugungi kun zamon talablariga javob beradigan, turli xil vaziyatlarda o'zining mustaqil fikrini ayta oladigan, o'zgarib borayotgan dunyoga o'z qarashlari bilan munosabatda bo'ladigan darajada tarbiyalash uchun talabalardan zamonaviy axborotlar bilan ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishni talab etmoqda. Buning uchun eng avvalo oliy ta'lim muassasalari talabalarining axborotlar bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish talab etiladi. O'zbekistonning kelajagi hisoblangan yosh avlodni voyaga etkazish maqsadida talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish, oliy ta'lim muassasalari pedagoglarining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Ma'lumotlarga qaraganda, (yosh bolalar psixologiyasiga ko'ra) olti yoshgacha bo'lgan bolalarning 40% iste'dod potentsialiga ega ekan [14]. Bolalar kichikligidanoq ijokorlik, yaratuvchanlikka nisbatan moyil bo'ladi. Shuning uchun ham shu yoshdagi kichkintoylarga turli axborotlarni to'g'ri va mazmunli etkazish dolzarb vazifa. Bu vazifani amalga oshirish uchun talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini talab darajasida rivojlanishiga ega bo'lmog'liklari lozim bo'ladi.
Maktabgacha ta'lim konseptsiyasiga ko'ra maktabgacha ta'limning ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat. Bolaning shaxsiy rivojlanishi, uning xissiy farovonligi haqida g'amxo'rlik qilish, qobiliyatlarini shakllantirish. Bu vazifalar shaxsni rivojlantirishning o'ziga xos qimmatli davri sifatida maktabgacha yoshda bo'lgan bolalarga nisbatan munosabat bilan belgilanadi. Maktabgacha rivojlanish davrining qiymati va uning keyingi hayoti uchun doimiy ahamiyati, talabalardan alohida mas'uliyatni talab etadi.
Har qanday jamiyatning ertangi kuni, ulg'ayib kelayotgan yosh avlodga berilayotgan ta'lim-tarbiyaning sifatiga bog'liqligi kundek ravshan. Bugungi kunda rivojlangan davlatlarning taraqqiyot yo'liga qaraydigan bo'lsak, ularning aksariyati ta'limga e'tibor, ilm-fan rivoji bilan shu darajaga erishganini kuzatamiz. Ta'lim sifati oshgan sari, kadrlar salohiyati ham shunchalik kuchayadi. Natijada keng dunyoqarash va bilimli avlod vujudga keladi.
O'zbekistonda ham boshqa sohalarda bo'lgani kabi ta'lim tizimi ham zamonga xamnafas tarzda yangilanib, rivojlanib bormoqda. Zamonaviy fikrlaydigan, dunyoqarashini boyitib borayotgan kadrlar tayyorlanmoqda, bu masala oldimizga ta'lim va tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, o'qitish metodlari, ta'lim standartlarini, darslik va o'quv qo'llanmalarni yangilash vazifasini qo'ymoqda.
Davlatimizda o'tgan vaqt davomida ta'lim tizimida katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar asosida soha tubdan isloh qilindi. Hamma shart-sharoitlarga ega, ta'lim va tarbiya olish uchun qulay, yangi va zamonaviy ta'lim muassasalari qurib, foydalanishga topshirildi. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar va yondashuvlar asosida tegishli fanlar chuqur o'qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi. Bularning barchasi yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishda talabalarga mas'uliyatli vazifalarni echimini topishda axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Shuning uchun xam, talabaning o'z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo'lishi zarur: ijodkorlik, texnik fikr yuritish, o'z kuchiga ishonish, o'z kasb mahoratini tinmay oshirib borish, jarayonlarni emotsional-qat'iylik bilan boshqara bilish, kasbiy
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
kompetentsiyaning yuzaga chiqishi natijalari shular jumlasidandir [4 ]. Talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish, uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rishni, eruditsiyani, qobiliyatlarini talab qiluvchi jarayon hisoblanadi.
Talabaning axborot bilan ishlash kompetentsiyalari, uning kasbiy mahoratining muhim tarkibiy qismi bo'lib, u kelajakda talabaning ta'lim olayotgan sohadagi fanlarga, shuningdek bugungi kunda jahon miqyosida juda tez tarqalayotgan ma'lumotlarga nisbatan ko'nikmalarini hosil bo'lishini ta'minlaydi.
Ilmiy adabiyotlarda, boshqa manbalarda ko'p hollarda "axborot kompetentsiyasi" va "kompyuter kompetentsiyasi" atamalari qo'llaniladi. Axborot kompetentsiyasi tushunchasi ma'lumot olish, uni qayta ishlash, o'zi va boshqa foydalanuvchilar uchun uni qulay shaklda taqdim etish, olingan ma'lumotlarni tushuna olishini namoyish etish, noaniqlik sharoitida xulosalar chiqarish va qaror qabul qilish qobiliyati, ko'nikmalari bilan bog'liq.
O'z navbatida, kompyuter kompetentsiyasi, talabaning olgan ma'lumotlarini qayta ishlash uchun turli xil dasturiy vositalardan foydalanishga tayyorligini anglatadi.
Axborot kompetentsiyasi - axborotni olish, o'zgartirish va uzatish qobiliyati hisoblanadi. Ta'lim muassasalarida kompetentsiyani rivojlantirishning ikkita darajasi mavjud bo'lib, bular -(kasbiy) ya'ni axborotni turli manbalardan olish, qayta ishlash, uzatish, umuman axborot taqdim etish usullarini o'zlashtirish darajasi va kasbga oid axborotlar bilan ishlash usullarini o'zlashtirish darajasi (talaba faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda) hisoblanadi.
Talabalar axborot bilan ishlashda materiallarni saralashadi. Materialni saralash, matnning mantiqiy tuzilishini tahlil qilishga asoslanadi. Matnda argumentatsiya yoki illyustratsiya bo'lishi mumkin bo'lgan asosiy qoidalar va ularning dalillari mavjud bo'ladi. Talaba, ushbu tarkibiy qismlarni matnda ajratib ko'rsatishni va ularni tegishli piktogramma bilan belgilashni o'rganishi, asosiy qoidalarni eslab qolishi, dalillarni tushuna olishi va o'zi bayon qilishi kerak bo'ladi.
Talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish, ularni axborot jamiyatidagi hayotga tayyorlaydi, uning nafaqat turli xil axborotlar bilan ishlash ko'nikmalarini, balki ushbu axborotni qayta ishlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatini ham rivojlantiradi.
Talabalarda axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish darajasini belgilaydigan ko'rsatkichlar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:
- axborotning har qanday vazifa va muammoni hal qilish uchun zarurligini anglash;
- turli xil axborot manbalarida (gazeta, jurnal, adabiyot, Internet va boshqalar) kerakli axborotlarni qidirishni amalga oshirish;
- qidirib topilgan axborotlarni baholash, axborotni analitik qayta ishlash, olingan axborotlarga tanqidiy munosabat bildirish, AKT yordamida yangi axborotlarni yaratish;
- axborotni saqlash va uzatish.
Ushbu ko'rsatkichlar asosida axborot kompetentsiyasining birinchi, ikkinchi va uchinchi darajalarini ajratish mumkin bo'ladi.
Birinchi daraja talabaning:
- axborot etishmasligini va bu muammoni hal qilish zarurligini anglamasligi;
- axborotni qidirib topish uchun o'qituvchi tomonidan taklif qilingan bitta axborot manbasidan foydalanishi;
- olgan axborotini tushunishini namoyish etishi;
- yangi axborotni yaratish jarayonida AKT vositalaridan foydalanish borasida qiyinchiliklarga duch kelishi bilan tavsiflanadi.
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
Ikkinchi daraja talabaning:
- vazifani echimini topish uchun qanday axborotga ega va qanday axborotga ega emasligini anglab etishi;
- o'qituvchi tomonidan taklif qilingan bir nechta axborot manbalaridan foydalanishi;
- olingan axborotni hal qilinayotgan muammo kontekstida izohlashi;
- AKT vositalaridan foydalanishi, standart operatsion ko'nikmalarni namoyish etishi bilan tavsiflanadi.
Uchinchi daraja talabaning:
- vazifani echish uchun qanday axborotga ega va qanday axborotga ega emasligini anglashi;
- belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi axborot manbalarini mustaqil tanlay olishi; olingan axborotga tanqidiy munosabatda bo'lishi;
- yangi axborotni yaratish uchun AKT vositalarini mustaqil tanlashi, bir qancha dasturlar vositalarini integratsiya qila olishi bilan tavsiflanadi:
Pedagog olimlarimizdan Sh.Sodiqova maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari to'g'risida fikr yuritib, inson butun umri davomida o'zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o'ziga munosib o'rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to'g'ri ko'rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to'g'ri hal etish uchun uning xulqiga ta'sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur [5] deb ta'kidlaydi.
Talabalar tomonidan bolalarni sog'ligini saqlash va mustahkamlashga, ularni jismoniy rivojlanishiga yo'naltirishda axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish metodlarini quyidagi vazifalarda ilgari surish mumkin.
Shunday qilib, talabaning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish, axborotlardan oqilona usullarda foydalanish, axborotni ongli ravishda idrok etish, fikrlarni aniq shakllantirish va mantiqiy fikrlashga imkon beradi, bu esa o'z navbatida kelajakda, albatta talabaning axborot bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlanishiga yordam beradi.
Xozirda, ta'lim sohasida talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish muammosi mavjud. Ko'plab mualliflarning tadqiqotlari, tizimlashgan holda maqsadga yo'naltirilgan metodik ishlar, talabalarni axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini oshishiga, uni yanada yuqori, kasbiy rivojlanish darajasiga olib chiqishida etarlicha imkoniyatlarga ega ekanligini ko'rsatmoqda.
Adabiyotlar tahlili, talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladigan metodik ishlarga bir nechta yondashuvlar mavjud ekanligini ko'rsatmoqda.
K.Yu.Belaya tadqiqotlarida, ushbu tushunchani ta'lim jarayonini jadal faoliyat ko'rsatishida, uni yangilanib borishini ilmiy jihatdan ta'minlovchi, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda, ta'lim sohasini shakllantirishda ta'lim tuzilmasining muhim ta'lim komponenti deb ko'rsatadi[6]. E.Z.Imamov, M.Fattaxovlar "Axborot" so'zining faqat inson tafakkuriga va muomilaga bog'liq dastlabki "bilim, ma'lumot, xabar, yangiliklar" kabi mazmuni ma'lum jihatdan kengayadi va umumiylashadi deb fikr yuritishadi [7].
Umuman olganda talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish metodikasi haqida so'z borganda, buni fan taraqqiyoti va ilg'or pedagogik tajribalarga asoslangan,
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
har bir talabaning kasbiy mahoratini oshirishga, pedagogik jamoaning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga shuningdek, o'quv jarayonini sifati va samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan, o'zaro bog'liq bo'lgan choralar tuzilmasi deb tushinish mumkin.
O'z navbatida MDH pedagog-olimlaridan L.A.Baxturina, A.I.Vasileva, I.I.Kobitinalar, talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish bo'yicha metodik ishlarni, talabalarni bolalar bilan ishlashning metodlariga o'rgatuvchi amaliy ta'lim berishning "kompleks va ijodiy jarayoni" [8] deb talqin qilishadi. Tadqiqotchilar D.Ashurova, U.Bekmurodovlar inson o'z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o'z o'rnini egallashi, o'z sohasi, kasbi bo'yicha raqobatbardosh bo'lishi uchun zarur bo'lgan kompetentsiyalarga ega bo'lishi lozimligini ta'kidlaydilar [9].
Metodik ishlarning asosiy ma'nosi, bola shaxsini har tomonlama va uyg'un holda rivojlanishini va tarbiyachini kasbiy mahoratini ko'tarish maqsadida, pedagogik faoliyatni tashkil qilish, nazorat va tahlil qilishni anglatadi.
Mazkur tadqiqot doirasida, talabalarni axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish metodikasi ta'rifi sifatida bir qator olimlarning, jumladan A.Sh.Muxsieva [10], K.A. Vishnevskaya, S.G. Farxutdinova [11] larning metodik ishlar, fan yutuqlariga asoslangan, har bir tarbiyachining malakasi va kasbiy mahoratini har tomonlama oshirishga, xodimlarning ijodiy potentsialini rivojlantirish va oshirishga, shuningdek ta'lim jarayonini takomillashtirishga, maktabgacha yoshdagilarning rivojlanishini optimal darajasiga erishishni maqsad qilgan harakat va tadbirlar degan ta'riflarini, A.Qarshiev [12] ning o'quvchilarning axborot bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish metodikasi, Yu.Maxmutazimova [13]ning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o'quv-tarbiya jarayonlarining barcha bosqichlarini jadallashtirishi to'g'risidagi, D.Axmadjonov [14]ning bo'lajak o'qituvchilar kompetentsiyalarini takomillashtirish shakl va usullari, R.Kuchkarbaev [15] ning kasbiy kompetentsiyalarni rivojlantirish to'g'risidagi tadqiqotlarini qayd etishimiz mumkin.
Metodik ishlarning tizimlashgan komponenti bo'lib maqsad hisoblanadi. Metodik ishlarning maqsadi bo'lib, pedagogning, tashkilot pedagogik jamoasining kasbiy kompetentsiyalari darajasining o'sishi va bolaning shaxs sifatida to'laqonli rivojlanishi uchun tashkilotda ta'lim-tarbiyaviy jarayonni sifatini takomillashtirish xizmat qiladi.
Yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqib, talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirishning metodik ishlarini asosiy maqsadlarini quyidagilardan iborat deyish mumkin.
- maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berish, tarbiyalash va rivojlantirishning eng oqilona metod va usullarini o'zlashtirish;
- ta'lim tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va olib borishda, pedagogning umumdidaktik va metodik tayyorgarligi darajasini ko'tarish;
- pedagogik jamoa a'zolari o'rtasida tajriba almashish.
Nazariy tahlillarimiz, axborot jamiyatiga o'tish doirasida, talabalarni axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish, metodik ishlarning ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi deb xulosa qilishimizga asos bo'ldi.
Talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish metodikasi masalalari, oxirgi o'n yillarda sezilarli darajada o'sib, vaqt oralig'ida o'ziga xos sakrashni amalga oshirdi. Shunday bo'lsada maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ko'pgina xodimlari, ayniqsa "eski maktab" vakillari "eskicha" ishlashni davom ettirishmoqda.
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
Shuning uchun ham talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish bo'yicha metodik ishlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu o'rinda, talabalarni kasbiy standartlariga mos xolda, axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish bo'yicha metodik ishlar, quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
- ushbu yo'nalishda tayyorgarlik darajasi borasida talabaga o'z-o'zini tahlil qilishiga yordam ko'rsatish;
- talaba yoki guruhning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish bo'yicha muammolarini metodik birlashmalar doirasida har tomonlama tahlil qilish, shuningdek ularni ta'lim muassasasi darajasida echimini topishning imkoniyatlarini aniqlash;
- kasbiy standartlar talabga mosligini tahlil qilish, ushbu muammoni echish variantlarini ma'muriyat pozitsiyasidan kelib chiqqan holda muhokama qilish;
- barcha manfaatdor tomonlarning tahlil natijalari va takliflarini birgalikda muhokama qilish, shuningdek har bir talaba uchun muammoni bartaraf etishning optimal yo'llarini ishlab chiqish, boshqacha qilib aytganda, talabaning individual ta'lim-tarbiya metodik traektoriyasini tuzish;
- dolzarb nuqtani yoki har bir talabaning axborot bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish darajasini alohida va jamoada ham davriy tahlil qilish, rejani o'z vaqtida tuzatib borish.
O'z navbatida shuni ta'kidlash lozimki, metodik ishlarning barcha shakllari (ham tizimli, ham epizodik, jamoaviy va individual) talabalarning tayyorgarlik darajasi, ish staji, ma'lumoti va maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish shartlarini, mezonlarini hisobga olgan holda tashkil etilsa va o'tkazilsa samaradorligi yuqori bo'ladi. Talabalarni axborot bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish bo'yicha metodik ishlarni shakllarini tanlash va kombinatsiyalashning mezonlari bo'lib, muhokama qilinayotgan masalaning xozirgi xolatini tahlil qilish hisoblanadi.
Talabalarni axborot bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish bo'yicha metodik ishlarning eng samarali usuli sifatida amaliy seminarlar (masalan, "multimediyali taqdimotni qanday tashkil qilish", "Power Point dasturidagi maxsus effektlar va boshqalar"), internet-klub (elektron pochtani yaratish, axborotni asosiy qidiruv tizimi orqali qidirish, ijtimoiy tarmoqlarda guruhlar tashkil qilish va boshqalar), birinchidan talaba axborotlardan faol foydalanuvchi hisoblansa, ikkinchidan ta'lim oladigan doirada juftlikda ishlash usullari samaradorligi amalda o'z isbotini topgan.
Talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish bo'yicha metodik ishlar uni tashkil etgan komponentlarning rivojlanishiga aniq yo'naltirilgan hollarda yanayam samarali bo'ladi. Ya'ni:
- motivatsion, axborotga bo'lgan qiziqishni nazarda tutuvchi, kasbiy faoliyatida axborot vositalarini qo'llashga bo'lgan ehtiyojni tushunib etishi.
- kognitiv, axborot to'g'risidagi umumiy bilimlarning mavjudligi va to'laqonli ekanligi, ulardan pedagogik jarayon davomida foydalanish va qo'llash imkoniyatlarini aks ettiradi.
- faoliyat, axborotni ta'lim maqsadlarida tanlash va qo'llash ko'nikmalarini egallashga tayyorligi qobiliyatini aks ettiradi.
- refleksiv-baholovchi, axborot bilan ishlash sohasidagi shaxsiy sifat va imkoniyatlarini baholash, shuningdek kasbiy faoliyatda axborot bilan ishlash jarayonida o'z-o'zini tahlil qilish asosida bilimlari, ko'nikma va malakalarini takomillashtirishni o'z ichiga oladi.
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
Talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini metodik ishlar asosida rivojlantirishning muhim shartlaridan biri bo'lib, oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini texnik vositalar: kompyuter, printer, skaner, nusxa olish apparatlari, multimediyali proektorlar, interaktiv doskalar bilan jihozlash, internet tarmog'iga ulash va boshqalar hisoblanadi.
Shunday qilib, ushbu tadqiqotimiz doirasida, talabalarni axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish borasidagi metodik ishlar asosiga, fanning yutuqlariga, ta'lim jarayonining pedagogik tajribalari va konkret tahliliga asoslangan, har bir talabaning malakasini va kasbiy mahoratini har tomonlama oshirishga, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va oshirishga, ta'lim jarayonini takomillashtirishga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishni optimal darajasiga etkazishning o'zaro bog'liq choralari, harakat va tadbirlar tizimi deyish mumkin.
Tadqiqotimiz davomida olib borilgan nazariy tahlillar, axborot jamiyatiga o'tish doirasida, talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish, metodik ishlarning ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi deyishga asos bo'ldi.
Yuqorida bildirib o'tgan fikrlarimizdan kelib chiqqan holda, xulosa qilish mumkinki, talabalarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirish, ularga yangi ijtimoy-iqtisodiy sharoitlarda o'zlarini yanada qulayroq xis qilishiga imkoniyat yaratib beradi.
REFERENCES
1. Мавлонова P, О. Тураева, К. Холикбердиев. Педагогика. Тошкент «Укитувчи» 2001. 514-б. 39-б.
2. Джамилова. Н.Н. Педагогическая система формирования и развития организаторских качеств у обучаемых в процессе непрерывного образования. -T.: «Fan va texnologiya», 2014, 236 стр. С.4.
3. Азизов О.Э. Булажак тарбиячиларнинг коммуникатив компетенцияларини укув-илмий жараёнларда ривожлантириш. "Science and Edication" Scientific Journal / Impact factor 3.567 (SJIF) December. 2022 /Wolume 3 Issue 12.
4. Куйсинов О.А. Условия и этапы развития профессионально-педагогического творчества будущих учителей. Таълим ва инновацион тадкикотлар. (2021 йил №3).
5. Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika: Darslik. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - Toshkent: «Tafakkur вo'stoni». 2013 - 288-b. 42-b.
6. Белая К.Ю. Дошкольное образовательное учреждение - управление по результатам / К. Ю. Белая// Журнал Дошкольное образование. - 2005. - №3 - С. 17-24.
7. Э.З.Имамов, М.Фаттахов. Ахборот технологиялари. Тошкент, «Молия» нашриёти, 2002 й. 140 б. 12-б.
8. Васильева А.И. Старший воспитатель детского сада [Текст]: Под ред. А.И. Васильвой, Л.А. Бахтуриной, И.И. Кобитиной. М.: Просвещение, 1990. - 196 с.
9. Д.Ашурова., У.Бекмурадов. Узбекистонда хорижий тиллар илмий - методик журнали. 2018. №4 (23). 192-б.
10. Mukhsieva A.Sh. Pedagogical model of the development of social competences in students. Europen Science. №1. (57).
11. Вишневская К.А., Фархутдинова С.Г. Теоретические основы управления методической деятельностью в образовательном учреждении / Наука, образование, общество: тенденции и перспективы развития [Текст]: материалы Междунар. науч.-практ. конф. Чебоксары, 2015 г./ ЦНС «Интерактив плюс», 2015. - С. 89-93.
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
12. ^аршиев А.А. Укувчиларнинг ахборот билан ишлаш компетенциясини ривожлантириш методикаси. ("Информатика ва ахборот технологиялари" фани мисолида) Педагогика фанлари буйича фалсафа (PhD) диссертацияси автореферати. Чирчик. 2021. 20-б. 11-б.
13. Махмутазимова Ю. Булажак тарбиячилар ва тарбияланувчиларнинг коммуникатив компетенцияларини ахборот-коммуникация технологиялари ёрдамида ривожлантириш. Экономика и социум. №10 (89). 2021.
14. Ахмаджонов Д.Б. Булажак укитувчилар компетенцияларини такомиллаштириш шакл ва усуллари. Academic Research in Edicational Sciences. www.ares.uz.
15. Толипов У., Усмонбоева М. Педагогик технологияларнинг тадбикий асослари - Т.: 2006.