Научная статья на тему 'PEDAGOGLARNI TAYYОRLASHDA MUSTAQIL FAOLIYATNING AXAMIYATI VA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH'

PEDAGOGLARNI TAYYОRLASHDA MUSTAQIL FAOLIYATNING AXAMIYATI VA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
77
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kreativlik / didaktik / ontogenez / mustaqil ta’lim / yaratuvchilik jarayoni. / creativity / didactic / ontogenesis / independent education / creative process.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N. Imamova

Maqolada bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlashda kreativlikni rivojlantirishning axamiyati, bo‘lajak pedagoglarni mustaqil ta’lim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirishning mavjud holati tahlil qilingan, va kreativlikni rivojlantirishga oid ilmiy pedagogik va psixologik adabiyotlari o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF INDEPENDENT ACTIVITY AND CREATIVITY DEVELOPMENT IN TRAINING TEACHERS

The article analyzes the importance of creativity development in the training of future educators, the current state of development of creative qualities of future educators in the process of independent education, and scientific pedagogical and psychological literature on the development of creativity is studied.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGLARNI TAYYОRLASHDA MUSTAQIL FAOLIYATNING AXAMIYATI VA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PEDAGOGLARNI TAYYОRLASHDA MUSTAQIL FAOLIYATNING AXAMIYATI VA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

Imamova N.Z

Nizomiy nomidagi TDPU https://doi.org/10.5281/zenodo.7263882

Annotatsiya. Maqolada bo'lajak tarbiyachilarni tayyorlashda kreativlikni rivojlantirishningaxamiyati, bo'lajakpedagoglarni mustaqil ta'lim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirishning mavjud holati tahlil qilingan, va kreativlikni rivojlantirishga oid ilmiy pedagogik va psixologik adabiyotlari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: kreativlik, didaktik, ontogenez, mustaqil ta'lim, yaratuvchilikjarayoni.

ЗНАЧЕНИЕ РАЗВИТИЯ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ И ТВОРЧЕСТВА В ПОДГОТОВКЕ УЧИТЕЛЕЙ

Аннотация. В статье анализируется значение развития творческих способностей в подготовке будущих учителей, современное состояние развития творческих качеств будущих учителей в процессе самостоятельного обучения, изучается научная педагогическая и психологическая литература по вопросам развития творческих способностей.

Ключевые слова: творчество, дидактика, онтогенез, самостоятельное обучение, творческий процесс.

IMPORTANCE OF INDEPENDENT ACTIVITY AND CREATIVITY DEVELOPMENT

IN TRAINING TEACHERS

Abstract. The article analyzes the importance of creativity development in the training of future educators, the current state of development of creative qualities of future educators in the process of independent education, and scientific pedagogical and psychological literature on the development of creativity is studied.

Key words: creativity, didactic, ontogenesis, independent education, creative process.

KIRISH

Ijtimoiy - iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar turli jabxalarda kreativ fikrlay oladigan kadrlarni ishlab chiqarishni har tomonlama maqullaydi. Janubiy Koreya Respublikasi, Germaniya, Fransiya va Yaponiyada talim oluvchilarning fikrlash erkinligini taminlash, mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda buning yangilangan didaktik tizimini Life Skills yani "Xayotiy ko'nikmalar"ga bog'langan kompetensiyaviy yondashuv asosida talim oluvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmini amaliyotga tatbiq etish bo'yicha tizimlashtirilgan ishlar olib borilmoqda.

Dunyo bo'ylab yetakchi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar tomonidan mustaqil fikrlash salohiyatini oshirish borasidagi bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, AQSHda joylashgan Sonoma davlat universiteti mustaqil fikrlashni rivojlantirish bo'yicha zamonaviy tadqiqotlar olib boradi va ozi shu tajribalar asosida erishilayotgan natijalar yuzasidan ma'lumotlarni tarqatmoqda. Bundan tashqari, bu markaz, har yili tanqidiy fikrlash va ta'limni isloh qilish yuzasidan o'tkaziladigan xalqaro konferensiyaga homiylik qiladi. U AQSh ta'lim vazirligi, kollejlar kengashi, Milliy ta'lim assotsiatsiyasi, va ko'plab kolledj, universitet va maktablar bilan intellektual standartlarga asoslangan tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yordamlashish uchun ishlar olib boradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bunda, muayyan holatlarda mustaqil fikr yuritish insonning mustaqil ta'lim olishi bilan bog'liq holda qaraladi. Iodkorlik faoliyati esa, asosan, inson qo'li bilan yaratiladigan moddiy buyumlar yaratishni va takomillashtirish bilan bog'liq faoliyat sifatida o'rganilgan. Mustaqil va kreativ fikrlash talabalarning xulqida, ularning kundalik muloqotida, kasbiy faoliyatida qay darajada namoyon bo'lish masalalari yetarlicha ochib berilmagan.

Buyuk qomusiy olimlar Xoja Afzal, Jalol Hoqiy, Bahovuddin Naqshband, Abu Mansur Moturidiy, Abu Nasr Forobiy, Mirzajon Sheroziy, Abu Ali ibn Sino, Shayx Xovandi Tahur, Mir Sayid Jurjoniy, Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniylarning ilmiy meroslari talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish muammolarini hal etishda kerakli ma'lumot bo'lib xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOOGIYA.

Talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish borasida Z.Nishonova, N.Alavutdinova, L.Grash, V.Karimova, M.Zayniddinova, K.Kenjabaeva, B.Xodjaev, S.Novoselova, Sh.Nurullaeva, M.Saidov, R.Sunnatova, Q.Husanboevalar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan.

P.Ya.Galperin, Ya.A.Ponomarev, I.Goldsteyn, M.Kortezzi, V.Kalveyt, T.V.Kudryavseva, A.Matyushkin, A.I.Leontev, G.Noyner, R.Fisher, S.L.Rubinshteyn, Yu.S.Stolyarov, D.Xamblin, V.S.Shubinskiy, A.F.Eskulovalar shaxs mustaqil fikrlash va ijodkorlik husuiyatlarini faollashtirishning pedagogik-psixologik omillari ustida ilmiy faoliyat olib borishgan.

MUHOKAMA

Ta'limda mustaqil ta'lim olishning ahamiyati ortib borishi kelgusida pedagoglarning mustaqilligi, ijodiy qobiliyatliligi va faolligini oshirishga olib keladi. Kredit-modul tizimida oliy ta'lim muassasi talabalari har doim o'qituvchi va kursdoshlaridan maslahat olish va yordam olish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'zaro yordamlashish jamoadagi hamjixatlikni mustaxkamlab, bir -biriga xurmat tuyg'usini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shu o'rinda xurmatli prezidentimiz Shavkat Miromonovichning quyidagi gaplarini keltirib o'tish o'rinlidir: "Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz."

Bu istak esa yoshlar ta'lim - tarbiyasi bilan shug'ullanayotgan kasb egalarini yuksak kasbiy tayyorgarlikka, g'oyaviy - siyosiy e'tiqodga, tashkilotchilik va menejment malakalariga ega bo'lish kerakligini taqozo qilmoqda. Bu hol uzluksiz ta'lim tizimi va kasb-hunar ta'limi muassasalari yangilanayotgan, ta'lim - tarbiyaning mazmuni, usullari, shakli, vositalari majmuiga, o'quv - tarbiya jarayoniga o'zbekona urf - odatlar faol kirib borayotgan bir sharoitda yuz bermoqda. Diyorimizda bo'layotgan bu kabi yangilanishlar har bir o'qituvchini novatorlikga, sharqona ish yuritishga, ishbilarmonlikka, tadbirkorlikka, ma'naviy - ma'rifiy ishlarning faol ishtirokchisi bo'lishga chorlaydi.

Oliy ta'iim tizimida ham chuqur islohatlar amalga oshirilmoqda. Oliy ta'lim tizimidagi davlat ta'lim standartlari takomillashtirildi, ya'ni bunda talabalarning bilimi, ko'nikma hamda malakalarini shakllantirishdan boshlab talabalarda ta'lim yo'nalishi hamda mutaxassisligi yuzasidan kasbiy kompetensiyani shakllantirish va takomillashtirishga qaratilmoqda. Xozirgi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

zamonaviy jamiyat uchun umuman yangicha qiyofadagi kadr talab qilinmoqda. Mutaxassis faol ijodiy fikrlovchi, izlanuvchi, ilmiy axborot va yangiliklarni mustaqil ravishda izlab topuvchi hamda ularni o'zining kasbiy faoliyatida qo'llay oluvchi mutaxassis bo'lib shakllanishi kerak.

O'zbekiston Respublikasi oliy ta'limi kadrlar tayyorlashda mehnat bozorining talablaridan kelib chiqqan holda islohotlar sari yuksalmoqda. Ayni damda o'sib kelayotgan yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash g'oyasining oliy vazifasi ta'lim-tarbiya beruvchi tarbiyachilarni raqobatbardosh, kompetentli tarbiyachilarni tayyorlashdan iborat. Tezlikda o'zgarib borayotgan jamiyatimizdagi maktabgacha ta'lim muassasalarida ishlay oladigan, kasbiy faoliyatdagi turli muammo va masalalarni mustaqil va ijodiy yecha oladigan tarbiyachilarga yurtimizda talab tobora kuchayib bormoqda.

Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari mutaxasisslari tomonidan bo'lajak pedagoglarni tayyorlashda, talabalarni pedagogik faoliyatga yo'naltirilgan holda o'z kasbiy fanlaridan qo'llaniladigan o'qitish shakllari mazmuni, va metodlari bo'yicha ta'lim beriladi va ularda kasbiy kompetentliklari shakllantira boriladi. Shu tufayli, oliy ta'limni rivojlantirish, yangilash, takomillashtirishda zamonaviy extiyojlarini ta'minlay oladigan mutaxassislarni tayyorlashning asosiy usullaridan biri kasbiy mukammallik nuqtai nazaridan yondoshuv bo'lib hisoblanadi.

Kasbiy rivojlangan pedagoglarni tayyorlash berish raqobatbardoshlikda ularning butun dunyo standardartidan qolishmasligi, oliy ta'lim muassasalarida tayyorlanayotgan pedagog kadrlarning raqobatbardoshligini ta'minlab beradi.

Kompetentlikning o'zi tarbiyachida umumiy dunyoqarashning yuqoriligi va madaniyatning yuksakligi, pedagogika-psixologiya, menejment va menejment nazariyasining ilmiy asoslari bo'yicha kompetensiyaning mavjudligi, mavjud bilimlarini amaliyotda rivojlantirishga ma'suliyat, sotsial va psixologik-pedagogik креативность как свойство целостной личности [А. М. Матюшкин, 1989; Е. Л. Яковлева, 1997; Дж. Батгерворд, 2000; Г. Шсптенлоэр, 2000].tajriba metodlarini bilish, pedagogik va boshqaruv ko'nikmalarining zaruriy majmuasiga ega bo'lishni nazarda tutadi, ya'ni kompetentlik - shaxsning yaxlit bir butun, ko'p omilli,murakkab va ko'pqirrali sifatidir.

Jahon oliy ta'limida o'quv faoliyati mustaqil ta'lim jarayonida talabalarning liderlik qobiliyatlarini rivojlantirishning ijodkorlik mexanizmlari ta'limga tatbiq etilgan. Bu borada oliy ta'lim muassasalarida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil ta'lim jarayonini loyixalashtirish, talabalarning vaqtini tejash va undan unumli foydalanish, elektron axborot ta'lim manbalarini yaratish, ilg'or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, talabalarda ijodiy fikrlash, amaliy ko'nikmalarni shakllantirish bo'yicha yirik loyihalarni amaliyotga tadbiq etishga doir tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

XULOSA

Ijodkor shaxsning shakllanishi hamda rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o'zgarishining o'zaro mutanosibligi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda insonning -tug'ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, avlodlar almashinuvini taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog'liq.

Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o'zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur'ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va ijodkor

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy hodisalarga bog'liq. Bugungi kun sharoitida sharoitda pedagogning ijodkorlik sifatlariga ega bo'lishi taqozo etadi.

REFERENCES

1. Xasanova Sh.T va boshqalar. Features of organizing steam education in Uzbekistan Solid State Technology Volume: 63 Issue: 1s Publication Year: 202018031808.

2. Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Yangi pedagogik texnologiyalar. - T.: Yangi asr avlodi, 2003. - 190 b.

3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). - T.: "Iste'dod" jamg'armasi, 2009. - 160 b.

4. Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. - T.: O'qituvchi, 2004. - 104 b.

5. Ana Dzingel, 2018 g. STEAM Play & Learn: 20 Fun Step-by-step Preschool Projects about Science, Technology, Engineering, Arts, and Math!

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.