Научная статья на тему 'PEDAGOGIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA TASHABBUSKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI'

PEDAGOGIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA TASHABBUSKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
330
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
talabalar / tashabbuskorlik / tashkilotchilik / rivojlantirish / pedagogik mexanizm / sifatlar / kompetensiya / yondashuv. / students / initiative / organization / development / pedagogical mechanism / qualities / competence / approach.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N. Djamilova

Maqolada pedagogika oliy ta’lim tashkiloti talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirishning mohiyati bayon etilgan, shuningdek muammoning olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridagi tahlili keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL MECHANISMS FOR THE DEVELOPMENT OF INITIATIVE AMONG STUDENTS OF PEDAGOGICAL HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS

The article reveals the essence of the development of initiative among students of a pedagogical higher educational institution, and also analyzes the problem in ongoing research work.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA TASHABBUSKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PEDAGOGIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARI TALABALARIDA TASHABBUSKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

Djamilova Nargiza Nuritdinovna

Nizomiy nomidagi TDPUprofessori,p.f.d (DSc) https://doi.org/10.5281/zenodo.7191397 Annotatsiya. Maqolada pedagogika oliy ta 'lim tashkiloti talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirishning mohiyati bayon etilgan, shuningdek muammoning olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridagi tahlili keltirilgan

Kalit so'zlar: talabalar, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, rivojlantirish, pedagogik mexanizm, sifatlar, kompetensiya, yondashuv.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ РАЗВИТИЯ ИНИЦИАТИВЫ У СТУДЕНТОВ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ Аннотация. В статье раскрывается сущность развития инициативы у студентов педагогического высшего учебного заведения, а также проводится анализ проблемы в проводимых научно-исследовательских работах.

Ключевые слова: студенты, инициатива, организация, развитие, педагогический механизм, качества, компетентность, подход.

PEDAGOGICAL MECHANISMS FOR THE DEVELOPMENT OF INITIATIVE AMONG STUDENTS OF PEDAGOGICAL HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS Abstract. The article reveals the essence of the development of initiative among students of a pedagogical higher educational institution, and also analyzes the problem in ongoing research work.

Keywords: students, initiative, organization, development, pedagogical mechanism, qualities, competence, approach.

KIRISH

Jahonning rivojlangan mamlakatlarida ta'lim sifati kadrlarning tashabbuskorlik qobiliyatlari, ularning innovatsion, kreativ faolligining rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Jumladan, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Fransiya kabi mamlakatlarda talabalarning tashabbuskorlik qobiliyatlarini ijtimoiy-psixologik treninglar, ishbop o'yinlar, teleko'rsatuvlar, debatlar asosida rivojlantirish amaliyoti keng joriy etilgan. Ta'lim jarayonini baynalminallashtirish asosida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyatlararo munosabatlarda raqobatbardosh, kreativ, tashabbuskor kadrlar tayyorlashga ustuvorlik berilgan.

Jahonda ta'limning globallashuvi jarayonida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlarini, talabalarning shaxsiy autopsixologik qobiliyatlari, kognitiv-ijodiy faoliyatlarini o'zaro muvofiqlashtirib takomillashtirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ilmiy-pedagogik izlanishlarning istiqbolli yo'nalishlari bo'lajak kadrlarda kasbiy tashabbuskorlikni rivojlantiruvchi pedagogik-psixologik imkoniyatlarni kengaytirishda, ularda tashabbuskorlik madaniyatini loyihalashtirishni tadqiq qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizda yoshlarni madaniyat, teatr, sa'natga qiziqtirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, kompyuter texnologiyalari va Internetdan foydalanish, kitobxonlikni targ'ib qilish, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish maqsadida beshta muhim tashabbus ishlab chiqilgan bo'lib, u, o'z navbatida, talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishni taqozo etmoqda. Shuningdek, mamlakatimiz ta'lim tizimida raqobatbardosh

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kadrlarni tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirishning normativ-huquqiy bazasi yangilandi, moddiy-texnik infrastrukturasi yaratildi. Oliy ta'lim muassasalarini strategik rivojlantirishning «yo'l xarita»lari ishlab chiqildi, xorijiy davlatlarning etakchi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo'shma fakultetlar, universitet filiallari tashkil etildi va etilmoqda. Ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar bo'lajak kadrlarda tashabbuskorlikni rivojlantirish, ularning kreativ salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Natijada pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik strategiyasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Uzluksiz ta'limda talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy, estetik, ekologik, badiiy, valeologik, tarixiy tafakkur bilan aloqadorligi B.Adizov, Sh.Mardonov, O.Musurmonova, U.Maxkamov, S.Nishonova, X.Rashidov, D.Ro'zieva, R.Safarova, B.Xodjaev, Sh.Sharipov, D.Sharipova, Sh.Shodmonova, N.Egamberdieva, F.Yuzlikaev, E.Yuzlikaevalar tomonidan tadqiq etilgan.

Talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning yosh davrlari va kasbiy kamolot bilan bog'liq o'ziga xosliklari bo'yicha A.Akilova, A.Ortiqov, R.Isyanov, X.Qosimova, N.Muslimov, D.Xikmatuliev, T.Chabrova, R.Yuldashevlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. B.Ananev, A.Asmolov, L.Bojovich, N.Kuzmina, D.Pojarskiy5lar tomonidan tashabbuskorlikni rivojlantirishning psixologik va akmeologik xususiyatlari tadqiq etilgan. Talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning innovatsion modellari xorijlik olimlardan G.Bailey, R.Costello, M.Fullan, D.Jacobsen, D.Ritchie, L.Smith, & P.Keithlar tomonidan o'rganilgan.

Talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: talabalarda tashabbuskorlik qobiliyatini rivojlantirishning aksiologik va antropologik komponentlari va etnik-hududiy omillari milliy mentalitet va ijtimoiy hamkorlik tamoyillarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan (The Center for Social Sciences in Seoul National University); talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari va integral diagnostik tizimi shaxslararo samarali muloqot texnikasini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan (Moskva davlat universiteti); talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish modellari «Liderlik maktabi» konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan (New York City Leadership Academy); talabalarda tashabbuskorlik Talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: talabalarda tashabbuskorlik qobiliyatini rivojlantirishning aksiologik va antropologik komponentlari va etnik-hududiy omillari milliy mentalitet va ijtimoiy hamkorlik tamoyillarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan (The Center for Social Sciences in Seoul National University); talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari va integral diagnostik tizimi shaxslararo samarali muloqot texnikasini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan (Moskva davlat universiteti); talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish modellari «Liderlik maktabi» konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan (New York City Leadership Academy); talabalarda tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish (Toshkent davlat pedagogika universiteti)

Jahonda pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirish bo'yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligini ta'minlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish; talabalarda tashabbuskorlikni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

rivojlantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish; talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning konseptual asoslarini takomillashtirish; talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik diagnostik apparati va metodikalar majmuini takomillashtirish.

TADQIQOT NATIJALARI

Intellektual rivojlangan, raqobatbardosh barkamol shaxs uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayoni va sifatli pedagogik faoliyatning natijasidir. Shunga ko'ra, talabalarda mustaqillik va o'z-o'zini rivojlantirish imkoniyatini taqdim etadigan, tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi va har bir ta'lim oluvchining kelajakda xo'jalik va madaniy faoliyatni tashkil etishda faol ishtirok etishini ta'minlashga yo'naltirilgan tashabbuskorlik sifatlarini shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish talab etilmoqda. Tadqiqot jarayonida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirish nafaqat psixologik-pedagogik muammo, balki muhim ijtimoiy ahamiyat ham kasb etishi haqidagi xulosaga kelindi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jarayoni ko'p jihatdan talabalarda tashabbuskorlik sifatlarini shakllantirish asosida o'zini-o'zi tashkillashtirish, o'zini-o'zi rivojlantirish, o'zini-o'zi namoyon etish qobiliyatiga ega fuqaroni tarbiyalashga bog'liqdir. Shuningdek, tadqiqot natijalari asosida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirish ijtimoiy buyurtma va malaka talablari natijalarining o'zaro muvofiqligini ta'minlashga yo'naltirilgan, hayotiy zarur, shaxslilik xususiyatlarini namoyon etish asosida ta'lim oluvchi va butun jamoa uchun zarur ijtimoiy qadriyatlarga yo'nalganlikka ega amaliy faoliyatni tashkil etish imkonini beruvchi pedagogik jarayon degan xulosaga kelindi. Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishda axloqiy, irodaviy sifatlar, emotsional xislatlarning namoyon bo'lishi va ko'rinishlari ham tadqiq etildi (1-rasm).

Tahlillar asosida talabalarda rivojlantirilishi lozim bo'lgan tashabbuskorlik sifatlari tizimi aniqlashtirildi: intizomlilik - o'zini-o'zi tashkillashtirish, javobgarlikni his qilish, shaxsiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

maqsadlar va ijtimoiy ko'rsatmalarga bo'ysunishga tayyorlik; mustaqillik - shaxsning ichki pozitsiyasi, o'zgalarning yordamisiz faoliyatni takomillashtirish uchun zarur bilim, ko'nikma va malaka hamda kompetensiyalar tizimi; ishchanlik - o'quv, mehnat va ijtimoiy faoliyatda aniq maqsad asosida harakat qilish, o'zining kuch va g'ayratini safarbar etish; tashabbuskorlik -o'quv va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun yangi g'oya va takliflarni ilgari surish hamda amaliy faoliyatda namoyon etishga qodirlik;

maqsadga yo'nalganlik - hayotiy pozitsiyasini aniq belgilay olish va o'z maqsadiga erishish usullarini modellashtirish qobiliyati; mas'uliyatlilik - jamiyat tomonidan belgilangan xulq-atvor me'yorlariga muvofiq o'z xatti-harakatlari natijalarining to'liq anglanishi, berilgan topshiriq va vazifalarni o'z vaqtida hamda bekamu-ko'st bajarish istagi; mehnatsevarlik -shaxsning mehnat faoliyati jarayoniga ijobiy munosabatining namoyon bo'lish shakli bo'lib, xohish-istak, iroda va faollik kabi xususiyatlarning integrallashuvi; muloqotchanlik -birgalikdagi, hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlik, shaxslararo munosabatga ochiqlik, o'zaro hurmat va samimiylik asosida ichki hissiyot va intilishlarini namoyon etish; olijanoblik - doimiy yordamga, muruvvat va saxovat ko'rsatishga shaylik, boshqalarning yutuqlari va qayg'ulariga hamdard bo'lish; qat'iylik - aniq va to'g'ri qarorlar qabul qilish asosida masalaning echimini topishda jonbozlik ko'rsatishga doir shaxsning irodaviy sifati; tolerantlik - o'zgalarning dunyoqarashi, diniy e'tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an'ana va marosimlariga hurmat-ehtiromda bo'lish, muomala-munosabatda kamsitish va tahqirlashlarga yo'l qo'ymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahalla-ko'yda bunga rioya etish.

MUHOKAMA

Tadqiqot natijalariga ko'ra, tashabbuskorlikka doir kompetensiya o'zida bilim, ko'nikma va malakalarni aks ettirishi aniqlandi. Tashabbuskorlikka doir bilimlar tashabbuskorlik sohasiga doir ma'lumotlar, tasavvurlar, shaxs va jamoaning o'ziga xosliklari haqidagi bilimlar hamda tashabbuskorlikka qo'yiladigan talablar majmuini o'zida ifoda etadi. Tashabbuskorlikka doir kompetensiyaning muhim komponenti bo'lgan tashabbuskorlikka doir ko'nikmalar ishni rejalashtirish, individual va jamoa ishini uyg'unlashtirish, motiv hosil qilish, guruh faollari bilan ishlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va hisobga olish, o'zini-o'zi nazorat qilish, jamoa a'zolari o'rtasida vazifalarni taqsimlash va o'z vaqtida ularning funksiyalarini maqbullashtirish kabi muhim jihatlarni o'z ichiga qamrab oladi. Tashabbuskorlik qobiliyati o'zaro bir-biri bilan aloqador quyidagi komponentlarga yaxlit tizim sifatida qarashni talab etadi: tashabbuskorlik tuyg'usi - intuitsiya, psixologik eruditsiya va novatorlik uyg'unligi; emotsional-irodaviy ta'sir ko'rsatish - jamoani muammolar echimini izlab topishga jalb etish, ularning kuch va imkoniyatlarini to'g'ri baholay olish, hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish; tashabbuskorlik faoliyatiga moyillik - emotsional his-tuyg'u, faollik ko'rsatish, qat'iy hayotiy pozitsiyasini tarkib toptirish. Tashabbuskorlikka doir kompetensiyaning mohiyati unga doir faoliyat tavsifi bilan o'zaro bog'liq bo'lib, faoliyatni tashkil etish shakllari, tashkiliy tuzilmalar birligi sifatida namoyon bo'ladi. Tashabbuskorlik faoliyati deganda umumiy maqsadga erishish uchun ta'lim oluvchilar guruhini uyushtirishga yo'naltirilgan o'zaro aloqador harakatlar tizimi tushuniladi. Tajriba-sinov ishlari natijasida talabalarda tashabbuskorlikka doir kompetensiyalarni shakllantirish mezonlari sifatida quyidagilar aniqlandi: motivatsion (tashabbuskorlikka doir kompetensiyalarni egallash, tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshirishga doir motivlar tavsifi); kognitiv (shaxs va jamoaning o'ziga xosliklari, tashabbuskorlikka doir va o'quv faoliyatining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

maqsad, vazifalarini tushunish, tashabbuskorlikka doir faoliyat mazmuni, tuzilishi va texnologiyasiga doir bilimlar); faoliyatga doir (ishni rejalashtirish, individual va jamoa ishini uyg'unlashtirish, motiv hosil qilish, guruh faollari bilan ishlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va hisobga olish, o'z-o'zini nazorat qilish); shaxsiy-individual (ijtimoiy ta'sir ko'rsatishga qobiliyatlilik, talabchanlik, tanqidiylik, qabul qilingan me'yorlardan og'ishishni tahlil etish qobiliyati).

XULOSA

Tadqiqot jarayonida auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar jarayonida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar jarayonida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishda quyidagi tizimga asoslanildi: auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarni loyihalash va rejalashtirish; ularning metodik ta'minotini yaratish; bunda mashg'ulotlarni tashkil etishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalaridan foydalanish; mashg'ulotlar jarayonini interfaol yondashuv asosida tashkil etish; mashg'ulotlar jarayonida diagnostik va korreksion metodikalardan samarali foydalanish. Shuningdek maqsadga yo'naltirilgan pedagogik ta'sir ko'rsatish jarayoni (oila, ta'lim, ommaviy axborot vositalari), makro va mikroijtimoiy hayot faoliyati sharoitlari tashabbuskorlikni rivojlantirishning manbai hisoblanadi. O'quv jarayonining tarbiyaviy imkoniyatlari, oliy ta'lim muassasasi va guruh an'analari, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalar amaliyoti, talabalarning o'z-o'zini boshqaruvi, talabalarning madaniy ommaviy va ijodiy faoliyati, sport-sog'lomlashtiruvchi tadbirlar talaba yoshlarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning an'anaviy vositasi bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Абулханова-Славская К.А. Развитие личности в протсессе жизнедеятелности. М.: Наука, 2000. - 246 с. 27.

2. Абулханова-Славская К.А. Стратегия жизни. - М.: Мысл, 2000. - 188 с.

3. Базавлуская, Л. Формирование организаторской културы у будущих менеджеров. Автореф. ... дис. - Челябинск, 2011. - 28 с. 50

4. Адизов Б.Р. Бошлангич таълимни ижодий ташкил этишнинг назарий асослари. Пед.фан.док.дисс. - Бухоро, 2002. - 276 б.

5. Марданов ШД. Педагог кадрларни таълимий кадриятлар асосида тайёрлаш ва малакасини оширишнинг педагогик асослари. Пед.фан.док.дисс. - Тошкент, 2006. -302 б.

6. Мусурмонова О. Юкори синф укувчилари маънавий маданиятини шакллантиришнинг педагогик асослари. Пед.фан.док.дисс. - Т., 1993. - 364 б.

7. Махкамов У.И. Юкори синф укувчиларида ахлокий маданиятни шакллантиришнинг педагогик асослари. Пед.фан.док. дисс. - Тошкент, 1998. - 287 б.

8. Нишонова С. Шарк уйгониш даври педагогик фикр тараккиётида баркамол инсон тарбияси. Пед.фан.док.дисс. - Тошкент, 1998. - 288 б.

9. Рашидов Х.Ф. Особенности развития среднего специального, профессионального образования в Узбекистане. - Ташкент: Фан, 2009. - 287 с.

10. Рузиева Д. Олий таълим муассасаси талабаларида миллий ифтихор туйгусини шакллантиришнинг илмий-педагогик асослари. Пед.фан.док.дисс. - Тошкент, 2007. -255 б.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

11. Сафарова P.F. Миллий тикланиш шароитида Узбекистон мактабларида она тили таълими назарияси ва тарихи: Пед.фан.док.дисс. - Тошкент, 1998. - 255 б.

12. Ходжаев Б. Умумтаълим мактаби укувчиларида тарихий тафаккурни модернизациялашган дидактик таъминот воситасида ривожлантириш. Пед.фан.док.дисс. - Тошкент, 2016. - 312 б.

13. Bailey, G.D. (1997). What Technology Leaders Need to Know: The Essential Top 10 Concepts for Technology Integration in the 21st Century. Leading and Learning with Technology. 25 (1), pp. 57-62.

14. Costello, R. W. (1997). The leadership role in making the technology connection. T.H.E. Journal, 25, pp. 58-62.

15. Fullan, M., (2001). Leading in a Culture of Change. JosseyBass, San Francisco.

16. Jacobsen, D. M. (2001b). Building Different Bridges: Technology Integration, Engaged Student Learning and New Approaches to Professional Develop.

17. Ritchie, D. (1996). The Administrative Role in the Integration of Technology. NASSP Bulletin, 80, pp. 42-52.

18. Smith, L. & Keith, P. (2011). Anatomy of educational innovation: An organizational analysis of an elementary school. New York: Wiley.

19. Джамилова Н.Н Педагогические механизмы развития инитсиативности у студентов педагогических вузов. Монография. - Ташкент: Инновация Зиё, 2020. - 237 с.

20. Джамилова Н.Н. Талабаларда ташаббускорликни ривожлантиришнинг консептуал асослари // Педагогика. - Тошкент, 2018. - 4-сон.

21. Джамилова Н.Н. Компетентностный подход как консептуалная основа формирования инитсиативности у студентов // Педагогика. - Ташкент, 2018. - № 1. - С. 36-40 (13.00.00.№6).

22. Муслимов Н.А. Касб таълими укитувчисини касбий шакллантиришнинг назарий-методик асослари: Пед. фан. док. ... дисс. - Т., 2007. - 315 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.