Научная статья на тему 'TA’LIM KLASTERI MUHITIDA TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI'

TA’LIM KLASTERI MUHITIDA TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

36
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativlik / ijodiy faoliyat / amaliy kreativ fikrlash ko„nikmalari / xalqaro standartlar / kreativ sifatlar.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Mo’tabar Sayfullaevna Meylieva

Maqolada bo'lajak o'qituvchilarda тa'lim klasteri muhitida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari va tarkibiy qismlari haqida batafsil bayon etilgan. Shu bilan birga bo'lajak o'qituvchilarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish bosqichlari, omillari ham yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM KLASTERI MUHITIDA TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI»

jort^

gL

TA'LIM KLASTERI MUHITIDA TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Mo'tabar Sayfullaevna Meylieva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada bo'lajak o'qituvchilarda Ta'lim klasteri muhitida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari va tarkibiy qismlari haqida batafsil bayon etilgan. Shu bilan birga bo'lajak o'qituvchilarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish bosqichlari, omillari ham yoritilgan.

Tayanch so'zlar: kreativlik, ijodiy faoliyat, amaliy kreativ fikrlash ko'nikmalari, xalqaro standartlar, kreativ sifatlar.

Zamonaviy bo'lajak o'qituvchilarda Ta'lim klasteri muhitida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi dolzarb ahamiyatga ega ijtimoiy-pedagogik va ustuvor masala sifatida kreativlik, kreativ qobiliyatlar, intellekt, intellektual faoliyat, ijod, ijodkorlik, intellektual ijodkorlik, qobiliyatlar, intellektual-ijodiy qobiliyatlar, ijodiy tasavvur, intellektual-ijodiy jarayon, faoliyat kabi tushunchalarni o' rganadi.

Intellektual-ijodiy qobiliyatlar - bu shaxsning ta'sirchanligi, predmetni idrok qilishining kuchliligi va yaxlitligi, u to'g'risida keng ma'lumotlarga ega bo'lish, tafakkur o'zgaruvchanligi va tezkorligi (tez, xilma-xil, o'ziga xos), mantiqiy va savodli mulohaza yuritish, tizimli harakatlar, sintez-tahlil-sintez, ijodiy ifodalay bilish, umumlashtirish va xulosalash, o'z fikriga ega bo'lish, ishni oxirigacha yetkazish, ishchanlik, o'z bilimlarini boshqalarga yetkaza olish kabi asosiy kreativ fazilatlar majmui bo'lib, nafaqat yuksak ijodiy rivojlanishni, balki umuman shaxs rivojlanishining muhim omili, har qanday faoliyatdagi muvaffaqiyatning garovi, kishilar bilan muloqot, kundalik faoliyatdagi yutuqlar omilidir.

Bo'lajak o'qituvchilarda Ta'lim klasteri muhitida talabalarning ijodiy qobiliyatining asosiy mezonlarini egiluvchanlik (aqliy tafakkur), tezkorlik (vaqt birligidagi g'oyalar soni), o'ziga xoslik (tafakkur, yangi g'oyalar), metafora (g'ayrioddiylik, g'aroyiblik), g'oya va tafsilotlarni idrok qilish, sezuvchanlik, qiziquvchanlik (hayratlanish qobiliyati, sinchkovlik, ochiqlik), aniqlik (aniq fikrlash qobiliyati), takomillashtirish, ijod mahsuliga tugallanganlikni baxsh etish, dadillik kabilar tashkil qilib, ular

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

850

jort^

gL

zarur motivatsiya asosidagina rivojlanadi. U faol idrok qilish faoliyati asosida intellekt (aqliy qobiliyatlar tuzilmasi, aqliy operatsiyalar, dadil mulohazalar tizimi) bilan bog'liq holda rivojlanadi hamda vaziyatlarga samarali individual yondashuvlarda namoyon bo'ladi.

O'zbekistonda ta'lim tizimini sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta'lim muassasasida o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, talabalar, ilmiy-pedagog kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari ta'lim tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy vazifalari sifatida belgilandi. Bugungi kunda jahonda ta'limga kreativ yondashuv asosida bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, pedagog kadrlarning kreativ sifatlarini rivojlantirish orqali ijodiy ta'lim jarayonini loyhalashtirishning zamonaviy metodik ta'minotini yaratish, talabalarda kasbiy faoliyat sohalariga yo'naltirilgan kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek oliy ta'limning ta'lim sifatini ta'minlash jarayonidagi ijtimoiy rolini oshirish masalalari dolzarb yo'nalishlardan biri sifatida tadqiq etilmoqda. Ana shu nuqtai-nazardan ilg'or xorijiy tajribalar asosida zamonaviy ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, innovatsion ta'lim muhitini shakllantirish, interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalarini amaliyotga keng tatbiq etish asosida Bo'lajak o'qituvchilarda Ta'lim klasteri muhitida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini yanada takomillashtirish muhim o'rin tutadi.

Pedagog olimlardan O.Musurmonova, N.Egamberdiyeva, E.Yuzlikayeva, Sh.Sharipov, Sh.Shodmonovalarning ilmiy izlanishlarida talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy-innovatsion tayyorgarligini shakllantirishdagi o'ziga xos jihatlari, kreativlik sifatlarini rivojlantirishga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi, shuningdek, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish yo'llari va shakllari, mavjud pedagogik shart-sharoitlari, didaktik ta'minoti, shuningdek pedagogik kreativlik mazmuni yoritib berilgan. So'nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta'lim tizimida o'quvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko'plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko'rish

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

851

jort^

gL

mumkin. Patti Drapeau nuqtai nazariga ko'ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o'quv topshirig'i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko'plab g'oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to'g'ri g'oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko'p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo'lmaydi.

Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash ijodkorlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Patti Drapeau "Agarchi o'zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq ijodkorlik tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va ijodkorlik bo'lganingiz yoki bo'lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g'oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir", - deb ta'kidlaydi.Ken Robinsonning fikriga ko'ra, "kreativlik - o'z qiymatiga ega original g'oyalar majmui" sanaladi. Gardner esa o'z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: "kreativlik - shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo'lib, u o'zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma'lum amaliy qiymatga ega bo'lishi lozim" Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda "kreativlik" tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: kreativlik (lot., ing. "create " - yaratish, "creative" -yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati Aytib o'tilganidek, barcha shaxslarda bo'lgani kabi pedagoglarda ham kreativlik sifatlari o'z-o'zidan rivojlanmaydi. Shunga ko'ra tadqiqotlarda shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning bir qator yo'llari yoritiladi.

Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish. Kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish. Kreativ potensial bilish jarayoniga yo'naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog'liq. Pedagogning kreativ potensiali an'anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo'ladi:

- tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi;

- yangi g'oyalarni yaratish qobiliyati;

- bir qolipda fikrlamaslik;

- o'ziga xoslik;

- tashabbuskorlik;

- noaniqlikka toqat qilish.

Pedagog kreativlik potensialiga ega bo'lishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga e'tiborini qaratishi zarur:

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

852

jort^

- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;

- yangi-yangi g'oyalarni yaratishda faollik ko'rsatish;

- ilg'or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o'rganish;

- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.

Har bir pedagogning o'zini o'zi rivojlantirishi va o'zini o'zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog'liq. Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o'zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta'minlanadi.

Kreativ shaxsning shakllanish bosqichlari:

1-bosqich: Pedagogik, psixologiya, falsafa, estetika kabi fanlar (turkum fanlar)ning nazariy-metodologik asoslarini o'zlashtirish.

2-bosqich: O'zlashtirilgan nazariy bilimlarni uzlukli va uzluksiz pedagogik amaliyot davrida, shuningdek, amaliy mashg'ulotlar va mustaqil ta'lim jarayonida amaliyotga tadbiq etish ko'nikmalarini hosil qilish.

3-bosqich: Mustaqil ravishda o'qib-o'rganish va ijodiy izlanish asosida hosil qilingan amaliy ko'nikmalarning malakalarga aylanishiga erishish.

4-bosqich Mavjud nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarga tayangan holda kasbiy faoliyatni samarali tashkil etishga psixologik jihatdan tayyorlanish.

Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog'liq bo'ladi. Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin. O'qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi.

Talabalarda kreativlikni rivojlantirish ta'lim mazmunini o'zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o'qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi.

Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi:

bo'lajak o'qituvchilarda Ta'lim klasteri muhitida talabalarning ijodiy faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta'lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta'minlash; talabalarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, talabalar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g'oyalarni bag'rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o'quv jarayonidagi faolligini ta'minlash, har bir talabada uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

853

jort^

gL

toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag'baüantirish; o'quv jarayonini talaba shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va intellektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish; talabalarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash; kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo'lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashg'ulot shakllari va metodlarini tanlash va tatbiq etish.

Tadqiqot natijalariga ko'ra talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi ish shakllaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega:

- ma'lumotlarni tahlil etish, tezkor qarorlar qabul qilish, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi treninglarni tashkil etish;

- tasavvurlarni va obrazli qarashlarni shakllantirishga yo'naltirilgan ijodiy mashqlar, topshiriqlarni bajarish;

- keyslar bilan ishlash; - guruhiy ish shakllari va debatlarni tashkil etish;

- o'quv loyihalarini tayyorlash; - portfoliolarni shakllantirish; - kastinglar uyushtirish;

- to'garaklar faoliyatini yo'lga qo'yish. Talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillar:

-kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish, kreativ faollikni shakllantirish, o'quv jarayonini izlanuvchilik hamda muammoli tadqiqotchilik yo'nalishlarini kuchaytirish;

- talabalarning muammolarni ijodiy yechish va yaratuvchilik faoliyatlarini rivojlantirish vaziyatlarini tashkil etish;

- talabalarning kreativ faoliyat tajribasiga kasbiy zaruriyat va istiqboldagi kasbiy faoliyat mazmunining tarkibiy qismi sifatida yondashishlariga erishish;

- talabalarning kasbiy ko'nikma va layoqatlarini rivojlantirish jarayonini interfaol metodlar va texnologiyalar ustida ishlash asosida rivojlantirishga yo'naltirish, ularda mustaqil ijodiy faoliyat ko'rsatish, mustaqil bilim olish, o'zo'zini tarbiyalash, o'z-o'zini bilish, o'z mavqeiga ega bo'lish, talabalarning mustaqil ishlash layoqatlarini faollashtirish, bu jarayonda ularning kreativ fikrlashlariga erishish; -talabalarning kreativ layoqatlarini namoyon qilishlari uchun qulay ijodiy hamkorlik muhitini vujudga keltirish kabilardan iboratligi aniqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, talabalarning pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishlarini tizimli tarzda o'rganish

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

854

g

m

lozim. Shuningdek, talabalarning kreativ qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan g'oyalar, konsepsiyalar hamda ilg'or pedagogik tajribalar asosida o'qitish jarayonini tashkil etish kreativlikni rivojlantirishga nisbatan mazmunlifaoliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Talabalarning kreativlik ko'nikmalarini rivojlantirish asosida ulardagi ixtisoslashgan ya'ni pedagogik kreativlik kompetentligini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish, bunda zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalari, innovatsion strategiyalar, interfaol ta'lim metodlari va texnologiyalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni. - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

2. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: O'zbekiston, 2017. - 488 b.

3. Davlatova M.M. Razvitie kognitivntix sposobnostey v obrazovatelnoy deyatelnosti studentov pri samostoyatelnom vtipolnenii imi uchebntix proektov. - 353-373 b.

4. Muradova D.D. Organizatsiya i provedenie selenapravlennoy rabotti po razvitiyu kreativnogo mtishleniya obuchayu^ixsya// «O'zbekiston Respublikasi biologik xilma-xilligining ekologik muammolari». Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - Navoiy, 2006. -433- 434 b.

5. Djuraev R.H. Ta'limda interfaol texnologiyalar. - Toshkent, 2010. - 87

6. Rakhmanova Mukaddas. "Scientifik and pedagogisal bases of preparation of students for development of sosial astivitu in the prosess of professional and pedagogisal edusation" // Volume: 7 Issue: 11 November 2021 SJIF Impast Fastor 2021: 8.047|| ISI Value: 1.188. 2021 EPRA IJMR | www.eprajournals.som | Journal DOI URL: https://doi.org/10.36713/epra2013 B.283-287.

7. Raxmanova M.Q. Problems of Improving Sosial Sompetense of Students in the Prosess of Higher Pedagogisal Education // Sentral asian journal of literature, philosophy and sulture 12 Des 2022 B.48-52

8. Raxmanova M.Q. O'quvshilar kasbiy ta'limining psixologik jihatlari va motivlari // O'zMU xabarlari. 2021. -№1/3/ - B. 114-116.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.