Научная статья на тему 'TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHDA TA‟LIMIY O„YINLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASPEKTLARI'

TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHDA TA‟LIMIY O„YINLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASPEKTLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHDA TA‟LIMIY O„YINLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASPEKTLARI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHDA TA'LIMIY O'YINLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK

ASPEKTLARI

M. H. Ergashova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tillar va maktabgacha ta'lim fakulteti

o'qituvchisi, O'zbekiston

Bugungi globallashuv jarayonda ilm-fan va texnologiyalarning zamonaviy tus olishi birinchi navbatda jamiyat iqtisodiyotining barqarorligiga hamda ta'lim sohasining rivojlanishiga ham o'z tasirini ko'rsatadi. Chunki ta'limi rivojlangan yurt kelajagi farovon hamda uzoq davr mobaynidao'z o'rniga ega bo'ladi.

Mamlakatimizda ta'lim mazmuni va sifati ustuvor masala sifatida qaralmoqda. Ta'lim sohasini rivojlantirish, qisqa vaqt mobaynida samaradorligini oshirish yo'llari izlanmoqda, shuningdek, pedagogik texnologiyalarni joriy etish sohadagi islohotlarning diqqat markazidan o'rin olgan. Talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda ta'lim tashkilotlarida ilmiy hamda amaliy zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Mashg'ulotlar jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash hamda ularda shaxsiy fikrlar orqali amaliy muammolarni hal qilishga qaratilgan metodlarni qo'llash orqali ularda kasbiy sifatlar va pedagogik mahoratini oshirish imkoni yaratilmoqda [1].

Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o'z ustida ishlashi mazmun mohiyatiga ko'ra ong ostida yashirin tarzda namoyon bo'ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlaridan biri bo'lib, u kasbiy kamol topish, rivojlanish g'oyalaridan, to ushbu jarayonning yakunlanishigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olamining o'zaro mutanosib mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi -tug'ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar davomli vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog'liq.

Kasbiy tajriba bilim, ko'nikma va malakaning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijodiy faoliyat ko'nikmalarining o'zlashtirilishi nafaqat amaliy ko'nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo'lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o'zlashtirilishi talab etadi.

Talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish hamda kasbga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otishda ta'limiy o'yinlardan foydalanish ularning intellektual salohiyatini optimallashtirishga yordam beradi [2].

Mashg'ulotlar jarayonini tashkil etishda o'yin texnologiyalarini qo'llash pedagoglarning ishini osonlashtiradi. Mashg'ulot jarayonida qisqa vaqt davomida nazariy bilimlarni samarali egallashga qaratilgan metodlardan foydalanish, yakka va jamoaviy

465

https://tipi.uz/

^_May 3, 2024

International Scientific and Practical Conference

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

iToshkentjq;2odz^

topshiriqlar orqali ulaming dunyoqarashini shakllantirishga asoslangan usullar samarali natija beradi.

O'yin texnologiyalaridan foydalanish orqali ularning mashg'ulotdagi aktivligi oshadi hamda qiziqishining rivojlanishiga fundamental asos qo'yiladi [3, 4]. 3 bo'g'li so'z o'yini.

Maqsad: Ushbu o'yin orqali talabalarda boshlang'ich tushunchalar shakllanadi, diqqat va kuzatuvchanligi ortadi, vaziyatlardan chiqib ketishga va shovqinli vaqtda ham kerakli tushunchalarni topishga intilishi rivojlanadi. Kayfiyati ko'tariladi va jamoaviy birlik vujudga keladi.

O'yinning o'ynalish tartibi guruhdan 1 nafar talaba tanlab olinadi va u tanlangan so'zni eshitib qolmasligi uchun eshikdan tashqariga chiqariladi. Guruhda qolgan talabalar bilan mavzuga oid uch bo'g'inli so'z o'ylanadi, 3 guruhga ajratiladi va har bir guruhga so'zning bo'g'inlari bo'lib beriladi. Misol uchun: mos-la-shuv, ta-bi-at, tad-qi-qot va vahokazo so'zlar tanladi hamda har bir ajratilgan guruhga bo'g'inlar bo'lib olinadi. Shundan so'ng tashqaridagi talaba ichkariga taklif etiladi. Talaba ichkariga kirgach o'qituvchining buyrug'i bilan bo'g'inlar birdaniga talaffuz qilinadi shovqin va baland ovozlar orasidan tanlangan talaba qaysi so'z ekanligini topishi kerak. Wi-fi usuli

Bu texnologiyaning qo'llanilishi xuddi rasmdagi singari bosqichma bosqich nazariy eng kerakli ma'lumotlarni aks ettirishdan iborat.Bu texnologiyaning eng asosiy sharti har bir bosqichning tartib raqamiga mosravishda nazariy ma'lumot keltirishi lozim.

Geyzer usuli

Nazariy ma'lumotlarni bu shaklda ham aks ettirish juda samarali natija beradi. Bu usulni mashg'ulotlar jarayonida ham qo'llash mumkin. Talabalarning lug'at boyligini oshirish hamda ilmiy terminologiyadan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishda

asosiy omil hisoblanadi.

References / Adabiyotlar

1. "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6097-sonfarmoni 29.10.2020 yil

2. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. -T.;2013 yil.

3. https://lex.uz

4. https://www.wikipedia.org/

466

https://tipi.uz/

^_May_3,_2024_

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.