Научная статья на тему 'TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISHGA QO‘YILUVCHI TALABLAR'

TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISHGA QO‘YILUVCHI TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogik mahorat / kasbiy tayyorgarlik / ontogenez / o‘yin / pedagogik texnologiya / kasbiy sifat / o‘yin texnologiyalari / kasbiy mahorat / ta’limiy o‘yinlar / ta’limiy o‘yinlardan foydalanish / oshirishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish metodikasi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ergashova Munisa Hoshim Qizi

Maqolada ta’lim tarbiya jarayonining mazmuni hamda ta’lim sifati unga ta’sir etuvchi omillar haqida so‘z yuritilgan. O‘yin texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim oluvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kasbiy mahoratini takomillashtirish haqida dastlabki fikrlar keltirilgan. Bundan tashqari maqolada, talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish metodikasi haqida so’z yuritila qolmasdan, kasbiy tayyorgarligini oshirishda ta’limiy o‘yinlarning amaliyotda qo’llanilishi ham, alohida kasb etilishi yozma tarzda yaxshilab tushuntirilgan desak mubolag’a bo’lmaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISHGA QO‘YILUVCHI TALABLAR»

TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHDA TA'LIMIY O'YINLARDAN FOYDALANISHGA

QO'YILUVCHI TALABLAR

Ergashova Munisa Hoshim qizi

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti "Tillar va maktabgacha ta'lim" fakulteti

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214605

Annotatsiya. Maqolada ta'lim tarbiya jarayonining mazmuni hamda ta'lim sifati unga ta'sir etuvchi omillarhaqida so'z yuritilgan. O'yin texnologiyalaridan foydalanish orqali ta'lim oluvchilarning kasbga bo'lgan qiziqishini oshirish, kasbiy mahoratini takomillashtirish haqida dastlabki fikrlar keltirilgan. Bundan tashqari maqolada, talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda ta'limiy o'yinlardanfoydalanish metodikasi haqida so'z yuritila qolmasdan, kasbiy tayyorgarligini oshirishda ta'limiy o'yinlarningamaliyotdaqo'llanilishiham, alohidakasb etilishi yozma tarzdayaxshilab tushuntirilgandesakmubolag'a bo'lmaydi.

Kalit so'zlar: pedagogik mahorat, kasbiy tayyorgarlik, ontogenez, o'yin, pedagogik texnologiya, kasbiy sifat, o'yin texnologiyalari, kasbiy mahorat, ta'limiy o'yinlar, ta'limiy o'yinlardanfoydalanish, oshirishda ta'limiy o'yinlardanfoydalanish metodikasi.

Аннотация. В статье рассказывается о содержании образовательного процесса, а также о факторах,влияющих на качество образования. Представлены предварительные мысли о повышении интереса обучающихся к профессии, совершенствовании профессионального мастерства за счет использования игровых технологий. Кроме того, не будет преувеличением сказать, что в статье, не говоря уже о методике использования обучающих игр в повышении профессиональной подготовки учащихся, в письменной форме досконально разъяснено как практическое применение обучающих игр в повышении профессиональной подготовки, так и отдельная профессия.

Ключевые слова: педагогическое мастерство, профессиональная подготовка, онтогенез, игра, педагогическая технология, профессиональное качество, игровые технологии, профессиональное мастерство, учебные игры, использование обучающих игр, методика использования обучающих игр при повышении.

Annotation. The article talks about the content of the educational process and the factors affectingthe quality of Education. Early ideas have been made about increasing the professional interest of those educated through the use of gaming technologies, improving their professional skills.In addition, the article does not exaggerate to say that both the application of educational gamesin practice and the particular profession in the development of professional training are thoroughly explained in writing, without mentioning the methodology of using educational games in improvingthe professional training of students.

Keywords: pedagogical skills, professional training, ontogenesis, game, pedagogical technology, professional quality, game technologies, professional skills, educational games, educational games, methodology for the use of educational games in increasing.

Dunyo tamaddunining rivojlanishiga zamonaviy bilim va intellektual salohiyatga ega bo'lgan yoshlarsiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababli ham yoshlarning iqtidorini aniqlash va uni rivojlantirish doim muhim masala bo'lib kelgan. Jahonga yuz tutgan jamiyatlarning barcha

sohalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi , fan va texnika hamda tibbiyot sohalarining gullab yashnashi uchun ham har bir shaxsning intellektual va kreativ salohiyatini kasbiy faoliyatida muomalaga kiritishini talab etadi. Ushbu o'lchov normalari, ayniqsa, ta'lim uchun dolzarb masala bo'lib, uning eng muhim vazifalaridan biri, har bir kishiga o'z moyilligini to'liq ochib berish va kreativ qobiliyatni rivojlantirish imkoniyatini berishdir. Mamlakatimizda ta'lim mazmuni va sifati ustuvor masala sifatida qaralmoqda. Ta'lim sohasini rivojlantirish, qisqa vaqt mobaynida samaradorligini oshirish yo'llari izlanmoqda, shuningdek, pedagogik texnologiyalarni joriy etish sohadagi islohotlarning diqqat markazidan o'rin olgan. Talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda ta'lim tashkilotlarida ilmiy hamda amaliy zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Mashg'ulotlar jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash hamda ularda shaxsiy fikrlar orqali amaliy muammolarni hal qilishga qaratilgan metodlarni qo'llash orqali ularda kasbiy sifatlar va pedagogik mahoratini oshirish imkoni yaratilmoqda [1].

Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o'z ustida ishlashi mazmun mohiyatiga ko'ra ong ostida yashirin tarzda namoyon bo'ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogeneziningmuhim davrlaridan biri bo'lib, u kasbiy kamol topish, rivojlanish g'oyalaridan, to ushbu jarayonning yakunlanishigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olamining o'zaro mutanosib mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi - tug'ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar davomli vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog'liq.

Ta'lim jarayoni bu o'qituvchi va o'quvchilarlarning o'zaro birgalikdagi hamkorlik faoliyati hisoblanib,bu jarayonda shaxsning intellektual taraqqiyoti va tarbiyaviy jarayonlari uzviy bog'liq holda amalga oshiriladi. Faoliyat jarayonida o'qituvchi pedagog o'zining bilimini,ko'nikma va malakalarini mashg'ulotlar vositasida talabalarga yetkazadi. O'rganish jarayonida talabalar o'qituvchi pedagog tomonidan berilayotgan bilimlarni izchil o'zlashtirib o'rganish davomida ulardan foydalanish qobiliyatiga ega bo'lishadi. Ta'lim jarayonida o'yinli texnologiyalardan foydalanish talabalarning faolligini jadallashtirishdan iborat.

Hozirgi kundagi global o'zgarishlar fan va texnika,axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin yangicha tus olib borishi XXI asr pedagoglaridan yuksak intellektual aqliy sallohiyatni,nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallagan bo'lishni,kuchli irodani,pedagogik-psixologik bilimlarni,o'z kasbining sir sinoatini chuqur egallagan bo'lishi,huquqiy-siyosiy savodxonlikni,fikrlash doirasining keng qaromliligini hamda mulohazali bo'lishni taqazo etadi. Har bir jamiyatda ta'lim jarayonining qatnashchisi mustaqil fikr yurita oladigan,shaxsiy fikri va dunyoqarashiga ega bo'lgan,yuksak tafakkurli kadr bo'lib shakllanishi uchun o'qituvchi pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi yuqori darajada bo'lishi lozimli dolzarb masala bo'lmoqda.

Kasbiy tajriba bilim, ko'nikma va malakaning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijodiy faoliyat ko'nikmalarining o'zlashtirilishi nafaqat amaliy ko'nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishniemas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo'lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o'zlashtirilishi talab etadi.

Talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish hamda kasbga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otishda ta'limiy o'yinlardan foydalanish ularning intellektual salohiyatini optimallashtirishga yordam beradi [2].

Mashg'ulotlar jarayonini tashkil etishda o'yin texnologiyalarini qo'llash pedagoglarning ishini osonlashtiradi. Mashg'ulot jarayonida qisqa vaqt davomida nazariy bilimlarni samarali egallashga qaratilgan metodlardan foydalanish, yakka va jamoaviy topshiriqlar orqali ularning dunyoqarashini shakllantirishga asoslangan usullar samarali natija beradi.

O'yin texnologiyalaridan foydalanish orqali ularning mashg'ulotdagi aktivligi oshadi hamda qiziqishining rivojlanishiga fundamental asos qo'yiladi [3, 4].

Bo'lajak o'qituvchi-pedagog o'yin texnologiyalaridan foydalanib dars mashg'ulotlarini o'tkazishda yangicha yondashuvlar asosida tayyorgarlik ko'rishi va uni o'tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi:

- O'yinli ta'lim texnologiyalarni dars mashg'ulotlarida qo'llayotganda mavzularning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo'lishi lozim;

- Jamiyat va kundalik hayotda uchrashi mumkin bo'lgan muammolarga ular o'yin davomida javob izlashlari;

- Jamoaviy birlikni ta'minlovchi o'yin turlarini tanlash;

- Tanlanayotgan o'yin turi milliy tarbiya tamoyillariga va sharqona odob-ahloq normalariga mos kelishi;

- O'yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda va izchillikda bo'lishiga alohida e'tibor berish;

- Individual ya'ni shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalaridan foydalanish;

- Dam olish daqiqalarini tashkil etish jarayonida ham o'yin texnologiyalaridan foydalanish;

- Mashg'ulotlar davomida musiqiy didaktik prinsiplarga amal qilish.

Xulosa qilib aytganda,ta'lim va tarbiya jarayonida nafaqat ta'lim oluvchiga ta'limning yo'naltirilishi, balki o'qituvchining pedagogik faoliyatga psixologik tayyorligi muhimdir. Shunday ekan biz o'qituvchilar hozirgi yangi davr talabi asosida darslarni tashqi zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil qilishimiz oldimizdagi yuksak vazifalardan biridir. Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo'li oliy ta'limda yangicha, ya'ni tizimli kompeks yondashuvni joriy etishdir. Talabalardan bilim va ko'nikmalarni alohida-alohida emas, balki yaxlitlikda egallash talab etiladi. Mazkur talab bilan birgalikda o'qitish metodlarini tanlash tizimi ham o'zgaradi. O'qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo'llash ta'lim jarayonida qo'yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi. REFERENCES

1. "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash" to'g'risigi PF-6097-sonfarmoni 29.10.2020 yil

2. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. -T.;2013 yil.

3. https://lex.uz/

4. https://www.wikipedia.org/

5. Лобашев В.Д., Талых А.А., Зименкова Ф.Н. Элементы творческой деятельности в технологическом образовании студентов // Педагогика и психология образования, - М: МПГУ, №4, 2016.- С.59-65.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.