Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING O‘RNI'

TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
73
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Innovatsiya / ta’lim / pedagogik texnologiya / interfaol metod / kasbiy mahorat / dars / fikr. / Innovation / education / pedagogical technology / interactive method / professional skill / lesson / thought.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Guluzroxon Odilovna Mamasoliyeva

Ushbu maqolada ta’lim sifatini oshirishdagi innovatsion usullar hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilgan. Dars jarayonini tashkil qilish va turli xil dars ishlanmalaridan foydalanish to‘g‘risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides information about innovative methods of improving the quality of education and the role of primary school teachers. The organization of the lesson process and the use of various lesson developments are discussed.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING O‘RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING O'RNI

Guluzroxon Odilovna Mamasoliyeva

Andijon viloyati Izboskan tumani 10-umumiy o'rta ta'lim maktab boshlang'ich sinf

o'qituvchisi mamasolievakram121 @gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim sifatini oshirishdagi innovatsion usullar hamda boshlang'ich sinf o'qituvchilarining o'rni haqida ma'lumotlar keltirilgan. Dars jarayonini tashkil qilish va turli xil dars ishlanmalaridan foydalanish to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Innovatsiya, ta'lim, pedagogik texnologiya, interfaol metod, kasbiy mahorat, dars, fikr.

ABSTRACT

This article provides information about innovative methods of improving the quality of education and the role of primary school teachers. The organization of the lesson process and the use of various lesson developments are discussed.

Key words: Innovation, education, pedagogical technology, interactive method, professional skill, lesson, thought.

Kirish: Mamlakatimiz kelajagi bugun maktablarda ta'lim tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo'lib yetishishlariga bog'liq. Bu mas'uliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon o'qituvchisi, ayniqsa boshlang'ich sinflarda ta'lim beruvchi o'qituvchilardan o'z kasbiy mahoratlari, ilg'or pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to'liq anglashlari va uni darslarida mohirona qo'llashlarini taqozo etadi. Ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni o'rinli qo'llash, ta'lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilari axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo'llash metodikasini yaxshi egallashlari va o'z faoliyatida ulardan unumli foydalanish yo'llarini bilishlari zarur.

O'qituvchilarning mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish usullaridan biri- dars jarayonida multimediyalardan foydalanishdir.

Dars jarayonida qisman yoki dars jarayonini to'liq qamrab oluvchi multimediyali dars ishlanmalaridan foydalanish mumkin. Yangi o'quv ma'lumotlarini namoyish

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

etilishi, egallagan bilim va ko'nikmalami tekshirib ko'rishga imkon beruvchi materiallarni ko'rsatilishi o'quvchilarni darsni puxta o'zlashtirishlariga yordam beradi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi: Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo'lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o'qituvchi o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarga yetkazadi, o'quvchilar esa uni o'zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo'ladi. O'rganish jarayonida o'quvchilar o'zlashtirishning turli ko'rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o'zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatb iq etishda o'ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o'quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.

Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo'lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to'g'ri, aniq, o'rinli foydalanish ko'nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g'oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o'quvchilarda mustaqil fikrlash, og'zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g'oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o'rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo'ladi.

Maxsus kompetensiyalar boshlang'ich sinf o'qituvchisini boshqa pedagoglardan farqlaydi va qo'shimcha o'rganishni talab etadi. Biz uning mazmunini quyidagicha belgiladik:

a) fanga oid kompetensiya - boshlang'ich ta'lim kursi mazmunining ilmiy asoslariga oid bilimlarini qo'llashga tayyorgarlik, o'quv faniga ijobiy munosabat, o'quv materiali mazmuni bilan o'zaro aloqadorlikda zarur hajmdagi maxsus tushunchalarni ongli egallaganlik, fan bo'yicha ilmiy axborotni tushunish va tizimlashtirish malakasi; o'quv fani mazmunini ta'lim oluvchilarning imkoniyatlariga moslashtirish malakasi.

b) metodik kompetensiya - o'quv fani bo'yicha o'quv materialini rejalashtirish, tanlash, sintezlash va qurishga tayyorlik, o'quv fani bo'yicha mashg'ulotlarning turli shakllarini tashkil etishga tayyorgarlik, ta'lim olishga faoliyatli yondashuvlarni amalga oshirishga tayyorgarlik va boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv ishlarini tashkil etish malakasi, o'qitishning innovatsion texnologiyalarini qo'llashga tayyorgarlik, o'qitishning sog'liqni saqlash texnologiyalarini malakali qo'llash. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi kompetentligi tuzilmasini aniqlashga bunday yondashuvda uni ta'limning yangi mazmunini hamda yangi o'quv rejalari, dasturlarini ishlab chiqishda, darsliklar

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

yozishda foydalanish, shuningdek, bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda unga tayanish hamda yosh mutaxassisning moslashish davrini qisqartirish imkoniyati yuzaga keladi.

Ulug' donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o'qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o'zgarish bo'ldi, desak xato bo'lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg'urib, yurtimizning barcha farzandlari - mening farzandlarim, ular bizlardan ko'ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari kerak, degan g'oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko'rsatadi.

Xulosa: Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topish, mustaqil o'rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o'yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so'zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo'llanmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Jalilova M., Ne'matova G. Takrorlash mashg'ulotlarini "Topqirlar bellashuvi" tarzida o'tkazish. Til va adabiyot ta'limi, 1994. 2-3-soni. 36-37- bet.

2. Адизова Нигора Бахтиёровна. Оксокол Бува, Бола Ва Хон Образлари Кизикмачоклар Талкинида. Journal of innovations in social sciencesjournal of innovations in social sciences. 02 Issue: 01 | 2022.

3. Adizova Nigora Bakhtiyorovna. The Arrival of Great, Child and Khan Images in Interesting. European journal of life safety and stability (ejlss). Www.ejlss.indexedresearch.org Volume 14, 2022 |

4. Nigora Adizova Baxtiyorovna. 3-4-sinf ona tili darslarida qo'llanadigan tayanch kompetensiyalar. Journal of Advanced Research and Stability. Volume: 02 Issue: 01 | 2022

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

5. AB Rakhmonovich, AN Bakhtiyorovna. THE MAIN MOTIVES AND TASKS OF CHILDREN'S FOLKLORE. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL)

6. Нигора Бахтиёровна Адизова, Х,илола Худойбердиева. ^ИЗЩМАЧОКЛАРДА О^СО^ОЛ ВА ХОН ОБРАЗЛАРИ. Scientific progress

7. Nigora Baxtiyorovna Adizova. Boshlang'ich sinf o 'quvchilari nutqini o'stirishda mustaqil ishlarning o 'rni va ahamiyati. Scientific progress

8. NB Adizova, M Raimqulova. Use of alisher navoi's spiritual and enlightenment views in textbooks for grades 1-4. Актуальные вопросы современной науки и образования, 121-123

9. . NA Bakhtiyorovna, NA Bakhtiyorovna. Anvar obidjon is a children's poet. Middle European Scientific Bulletin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.