Научная статья на тему 'MILLIY DASTUR LOYIHASIGA ASOSLANGAN BOSHLANG‘ICH SINF “ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLIKLARIDAGI INTEGRATSIYA VA BADIIY MATNLAR TAHLILI ORQALI O‘QUVCHILARNING IJODKORLIGINI YUZAGA CHIQARISH'

MILLIY DASTUR LOYIHASIGA ASOSLANGAN BOSHLANG‘ICH SINF “ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLIKLARIDAGI INTEGRATSIYA VA BADIIY MATNLAR TAHLILI ORQALI O‘QUVCHILARNING IJODKORLIGINI YUZAGA CHIQARISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
82
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich sinflar / ona tili va o’qish savodxonligi darsligi / badiiy matnlar / integratsion ta’lim.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Ruxsora Haydar Qizi Raximova, Nigora Azamat Qizi Nishonova

Hozirgi kunda boshlang'ich maktab ta'limini integratsiya qilish haqida so‘z boradi.Boshlang’ich sinf “ ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklaridagi badiiy matnlar tahlili va matnlar orqali o’quvchilarning ijodkorligini yuzaga chiqarish haqida fikr mulohazalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY DASTUR LOYIHASIGA ASOSLANGAN BOSHLANG‘ICH SINF “ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLIKLARIDAGI INTEGRATSIYA VA BADIIY MATNLAR TAHLILI ORQALI O‘QUVCHILARNING IJODKORLIGINI YUZAGA CHIQARISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MILLIY DASTUR LOYIHASIGA ASOSLANGAN BOSHLANG'ICH SINF "ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI" DARSLIKLARIDAGI

INTEGRATSIYA VA BADIIY MATNLAR TAHLILI ORQALI O'QUVCHILARNING IJODKORLIGINI YUZAGA CHIQARISH

Ruxsora Haydar qizi Raximova Nigora Azamat qizi Nishonova

Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) yo'nalishi II kurs magistrantlari

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda boshlang'ich maktab ta'limini integratsiya qilish haqida so'z boradi.Boshlang'ich sinf " ona tili va o'qish savodxonligi" darsliklaridagi badiiy matnlar tahlili va matnlar orqali o'quvchilarning ijodkorligini yuzaga chiqarish haqida fikr mulohazalar berilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinflar, ona tili va o'qish savodxonligi darsligi, badiiy matnlar, integratsion ta'lim.

Ta'limni integratsiyalash fikri xalq ta'limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshlandi. Agar kichik maktab ta'limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllantirishni taqozo etsa, integratsiyaning asosi qilib, turli fanlarni o'rganish obyektlari bo'lgan ba'zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish mumkin. Hozirgi kunda bir qator o'quv predmetlari uchun umumiy bo'lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o'rnatish psixologik va metodik asos bo'lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o'lkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o'rgatilishi va zarur o'qitish vositalari bilan ta'minlanishi kerak. Biz fanlararo yondashuvni umumta'lim hamda maxsus fanlarni integratsiyalashda pedagogika fani uchun eng optimal yo'nalish sifatida qaraymiz. Badiiy matnlar bilan ishlashda muallifning so'z qo'llash mahorati amaliy topshiriqlar orqali ochib berilgan. Xususan, hissiy va estetik ta'sir zarur omillardan sanaladi. Badiiy asar shunaqa ko'p qirrali ijod namunasiki, uni mutolaa qilishda idrok qilish uchun tushunishning o'zi yetarli bo'lmaydi. Katta-yu kichikka asarni idrok qilish birdek murakkablik tug'dirishi shubhasiz. Asar yoki hikoyada tasvirlangan voqeaga biror munosabatning yuzaga kelishi uni idrok qila olish belgilaridan biridir. Ruhshunos olimlarning tadqiqotlari natijasida kichik yoshdagi o'quvchilarning asar qahramonlarini idrok etishi va baholashidagi munosabatlarining ikki xilligi aniqlangan: birinchisi, adabiy qahramonga hissiy-emotsional munosabat; ikkinchisi esa oddiy tahlil- sujetni

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

o'zini qayta hikoya qilish.Anglashiladiki, badiiy matn tahlili orqali uni idrok qilish birlamchi ahamiyat kasb etar ekan, boshlang'ich sinf o'quvchilari origan matnlariga shaxsiy munosabatlarini bildirishda so'z boyliklari, tushuncha va tajribalari kamlik qilishi ayon. Axloqiy tarbiyaviy so'z va tushunchalardan nari o'tmagan kichkintoylarga badiiy matn tahlili jarayonida qahramonlarning teran xarakter xususiyatlarini ochib beradigan sifatlarni ta'kidlab aytish, ma'nolarini kengroq izohlash o'qish darslarining va muallimlarning hamda ota-onalarning vazifalaridir, albatta.

Masalan, 2-sinf Ona tili va oqish savodxonligi darsligida Shukrullo Abdullayevning "Yalqov va Qunduz" hikoyasi berilgan: Bir kuni Yalqov do'sti Qunduzning oldiga kelib dedi:

- Menga o'rmondagi eng qo'li yengil tabibni topib ber. Keyingi vaqtlarda tobim yo'q, yurishga toqatim, turishga madorim, gapirishga istagim yo'q. Qaniydi

senga o'xshab bardam va tetik bo'lsam. Qunduz Yalqovning aslida soppa-sog'ligini, uning birdan bir kasali tanballik ekanini bilgani uchun shunday dedi:

- Senga o'zimning tabiblarimni tavsiya qilaman. Ular tufayli men doim sog'lomman.

- Men ularni taniymanmi?

- Albatta, taniysan. Ularning biri - O'rmon tabib. Men uning bag'rida yayrab yashayman. Musaffo havosidan to'yib nafas olaman. Mevalaridan to'yib yeyman. Ikkinchisi - Daryo tabib. Uning suvlarida miriqib cho'milaman. G'uborlarim tarqab, yengil tortaman. Uchinchisi va eng saxovatlisi - Quyosh tabibdir. U faqat meni emas, butun olamni o'zining issiq tafti bilan davolaydi. Barchaga hayot, umid bag'ishlaydi. Bu tabiblar doim biz bilan birga. Negadir, sen buni his qilmayapsan. Menimcha, sen dangasalik kasaliga chalingansan. Bilib qo'y, bu kasallikni faqat mehnat va harakat bilan yengish mumkin. Ana shundagina tabiatdagi tabiblar senga ham yordam beradi"1.

Bu badiiy matndagi qahramonlar xususiyatlarini ochishda elementar tahlilga tanlab o'qish asosida tarmoqlash usulida foydalanib o'rgatilishi mumkin. Bunda o'qituvchi o'quvchilarga bergan savollariga javobni doskada idrok xaritasi, yoki tarmoqlash usulida yoritib boradi. Matn oxiridagi savollarning o'zini bersa ham maqsadga muvofiq. Masalan, Yalqov Qunduzga qanday shikoyat bilan kelibdi? Ayting-chi, "qo'li yengil tabib" qanday bo'ladi? Qunduzning tabiblarini ayting. Yalqovning kasalini nima bilan davolash mumkin ekan? Bu savollarning javobidan doskada quyidagi jadval hosil bo'ladi:

1 Ona tili va o'qish savodxonligi. 2-qism [Matn]: darslik 2-sinf uchun / K. Mavlonova [va boshq.]. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. - B.38.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Qoli yengil tabidan hamma darrov shifo topadi

Yoki, rasmli klaster asosida matn mazmunini ochib berish ham mumkin. Albatta, badiiy matn bo'yicha tahlil qilish va uni idrok etishda o'qituvchining badiiy asarni tushunish mahorati, san'at asarining o'ziga xos xususiyatlarini anglash darajasi ham muhim. Har qanday badiiy asar janriy xususiyatiga qarab kompozitsion tuzilishga ega boladi. Aytaylik, kirish, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim kabi qismlar o'zaro bog'liq bo'lish bilan birga, sujet rivojida asosiy qahramonlarining yangi qirralari ochib beriladi. Badiiy matn tahlili jarayonidagina bu jihatlar ko'zga yaqqol ko'rinadi. Badiiy matn tahlili orqali oquvchilarda adabiy-estetik zavq malakasini shakllantirish va o'stirish ta'lim-tarbiyada muhimlik kasb etadi. Badiiy matn tahlili jarayonida muallif fikrini, tasavvuri, hissiyoti va xulosalarini anglash mumkin. Bunda ma'lum maqsadlar ham ko zlanadi, albatta. Kichkintoy o quvchilar ham badiiy matnni mutolaa qilish paytida asar bilan tanishsa, tahlil qilish uning poetic vositalarini ham ilg'ay boradi. Oqish orqali o'quvchi tafakkuri rivojlansa, matn tahlili orqali ma'no mohiyatiga kirib boradi. Nazarimizda, boshlang'ich sinflardayoq badiiy matn tahlili bo'yicha o'qituvchining alohida tayyorgarligi talab etiladi. Bunda quyidagilarga e'tibor qara tish zarur:

- badiiy matn tahlilining maqsad mazmunini aniqlash;

- matn tahlili bosqichlarini ishlab chiqish;

- matnni tushunib, idrok qilishga yo'naltirilgan ijodiy topshiriqlar tizimini tayyorlash;

- badiiy matn tahlilini qanday metodlar asosida o'rganishni rejalashtirish;

- o'quvchilar matn tahlili jarayonida egallaydigan bilim, konikma va malakalarni aniqlash.

Ma'lumki badiiy matnni tahlil qilishda ularni grafik va so'z orqali tasvirlab berishga ham alohida e'tibor qaratiladi. Oqilgan hikoyani so'z orqali ifodalashda turli manzara, portret, qahramonlar ko'rinishi, xarakteri, tabiat tasviri ham so'z orqali teran tahlil qilinishi mumkin. Ya'ni hikoya yoki qissadan parcha berilganda uning har b ir qismiga mos rasmlar ham beriladi. Matn va rasm taqqoslab tahlil qilinsa, keyinchalik o quvchilar tasavvuri rasmdan o zib ketishi ham mumkin. Dasttlab matndagi ayrim so'zlar doskaga foydalanish uchun yozib qo'yilsa, so'z bilan tasvirlash qayta

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

hikoyalashga aylanib ketmaydi. Boshlang'ich sinflarda kitobxonlik madaniyatini o'stirishning asosiy vositasi o'qish va savodxonlik darslaridagi badiiy matn ustida ishlashdan boshlanar ekan, badiiy asarni tez va to'g'ri, ifodali o'qish ko'nikmasini tarbiyalash ham muhim. Oquvchilarda asar ustida mustaqil ishlash va uni o'qish malakasini o'stirish asosiy vazifa qilib belgilanadi. Bunda badiiy matnlar bilan birga ilmiy va ommabop asarlar mazmunini to liq tushunishga konikma hosil qiladilar, shuningdek, asar mazmunidagi ta'sirchanlik, obrazlilikni his eta boshlaydilar. Natijada, o'quvchilarning axloqiy va estetik qarashlari boshlang'ich sinflardanoq shakllana boradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o'quvchilar bilim darajasini oshirishda ta'lim mazmunini integratsiyalash yuqori natijalarga olib keladi. Unda nafaqat fanlarni o'zaro boglash orqali, balki o'zaro uyg'unlashishi mumkin bo'lgan va bolaga ijobiy ta'sir etadigan ob'ektlar orqali ham bolalarni har tomonlama rivojlantirishni ta'minlashga ko'maklashishi mumkin. Buning uchun ta'limni zamonaviy talqin asosida tashkil etish zarurdir. Shu bilan birga, ularni o'zaro bog'liqlikda o'rganish bilan bog'liq imkoniyatlar ro'yobga chiqarilishi lozim. Bunday imkoniyat jumladan fanlararo yondashuv asosida ta'minlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Ishmuxammedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar).-T.: Iste'dod, 2008. - 180 b.

2. Yo'ldoshev J.G', Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. T., «Fan va texnologiya», 2008, 132 bet.

3. Ona tili va o'qish savodxonligi. 2-qism [Matn]: darslik 2-sinf uchun /

K. Mavlonova [va boshq.]. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. - B.38.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.