Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSIDA LOYIHALASHTIRISH'

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSIDA LOYIHALASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
224
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / interfaol ta’lim / samaradorlik / loyiha / texnologiya / interactive / learning / forms of interactive learning / types of interactive learning / interactivity

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Alisher Yarashevich Alimov

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish jarayonida darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida loyihalashning muhim masalalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In article is explained the importance of teaching elementary math in education using interactive methods and teaching by positions of modern requirements

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSIDA LOYIHALASHTIRISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSIDA LOYIHALASHTIRISH

Alisher Yarashevich Alimov

Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi

ayaa1968@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika o'qitish jarayonida darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida loyihalashning muhim masalalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, interfaol ta'lim, samaradorlik, loyiha, texnologiya

ABSTRACT

In article is explained the importance of teaching elementary math in education using interactive methods and teaching by positions of modern requirements

Keywords: interactive, learning, forms of interactive learning, types of interactive learning, interactivity

KIRISH

Mamlakatimizda xalq ta'limi tizimini rivojlantirish ustuvor yo'nalish sifatida qaralmoqda. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida Prezidentimiz farmoni qabul qilingan. Shu asosda sifatli ta'limni amalga oshirish uchun umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 1-4-sinflarida o'quvchilarni ilg'or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo'yicha o'qitish ko'zda tutilgan. Ko'rinib turibdiki, ta'limning sifatini oshirish omillaridan biri o'qitishning uslubiy taminotini yaxshilashdan iborat. Darslik va o'quv-uslubiy qo'llanmalar rivojlangan davlatlarning ilg'or tajribalarini tahlil qilgan holda yaratilmoqda. Shunga mos holda zamonaviy ta'limni ham sifatli yo'lga qo'yish lozim. Yani o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini oldindan loyihalangan, aniq maqsad sari yo'naltirilgan metodika asosida amalga oshirish lozim. Xususan, ta'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardan biri zamonaviy ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishga e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, boshlang'ich sinf matematika darslarini o'qitish jarayonida innovatsion usullardan foydalanish o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirib samarali natijalarga olib kelmoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiyani qo'llash natijasida o'quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

bayon qilish, o'z faoliyatini boshqara olish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Loyihalash texnologiyasi 1920 yillarda amerikalik faylasuf va pedagog J.Dyu va uning shogirdi V.X. Kilpatrik tomonidan ishlab chiqilgan loyihalash metodi asosida vujudga kelgan. Dj. Dyu o'qitishni o'quvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan holda o'quvchilarning muayyan maqsadga yo'naltirilgan faoliyatini faollashtirish orqali tashkil etishni taklif etgan. Buning uchun o'quvchilarga o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini amaliyotga qo'llash, ulardan kelgusi hayotda foydalanish yo'llarini ko'rsatish, ya'ni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'liq holda o'qitish lozimligini uqtirgan. Bu jarayonda o'quvchilar tanish vaziyatdagi ahamiyatga molik muammolarni avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikmalarini amaliyotga qo'llab hal etish orqali yangi bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtiradilar.

Bu borada pedagog olimlar B.P.Bespalko, M.V.Klarin, V.Slastenin, M.O.Ochilov, N.Saidahmedov, K.Zaripov va boshqalar tomonidan yaratilgan adabiyotlar orqali ushbu texnologiya to'g'risida ilmiy yondashuvlarni bilib olishimiz mumkin.

Loyihalash texnologiyasida o'quvchilar muammolarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun o'qituvchi ularga tegishli ko'rsatmalar berishi, foydalaniladigan manbalarni tavsiya etishi, o'qitishdan ko'zlangan natijaga erishish yo'llarini ko'rsatishi, buning uchun muammoni hal etishda o'quvchilarning faoliyatini loyihalashi lozim.

Loyihalash texnologiyasining asosiy g'oyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik bo'lgan muammoni hal etish jarayonida ko'zlangan natijaga erishishdir. Agar nazariy muammoni loyihalash lozim bo'lsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo bo'lsa, amaliyotga qo'llash masalasi bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim. O'quvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini egallagan bo'lishlari, muammoni anglash va uni hal etish yo'llarini izlashlari bu borada avval o'zlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat bog'lanishlarini tasavvur qilishlari zarur.

NATIJALAR

Adabiyotlar tahliliga ko'ra ta'lim jarayonini loyihalash borasidagi shaxsiy mulohazalarimizni bayon etmoqchimiz. Muayyan o'quv mashg'uloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi:

1-bosqich. O'quv dasturi va reja bo'yicha matematika darsligining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir manbalarni o'rganish, chunonchi, materiallarni yig'ish va ularning g'oyasi (mohiyati) bilan tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan g'oyalarni umumlashtirish, turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

O'quv dasturi va reja bo'yicha matematika darsligining mavzusi mazmuniga doir manbalar mohiyatini o'rganib chiqish o'qituvchi uchun o'quvchilar e'tiboriga taqdim etilayotgan mavzu xususida ularga batafsil, mukammal ma'lumotlarni bera olish, ta'limning umumiy jarayonini tasavvur etish imkonini beradi.

2-bosqich. O'quv dasturi va reja bo'yicha matematika fanining mavzusi yuzasidan yagona, umumiy maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad doirasida kichik bo'lim (band)lar bo'yicha hal etiluvchi xususiy maqsadlarni ham belgilash, ta'lim maqsadiga erishish yo'lda ijobiy hal etib borilishi lozim bo'lgan vazifalarni ishlab chiqishga yo'naltiriladi.

Dars maqsadi va vazifalarining aniq, puxta belgilab olinishi o'qituvchi, shuningdek, o'quvchilar faoliyatini muayyan yo'nalishga solish, ta'lim maqsadiga erishishda vaqtdan unumli foydalanish, ta'lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan didaktik va tarbiyaviy muammolarning oldini olish, mavjud shart-sharoitlardan oqilona foydalanishga zamin hozirlaydi.

3-bosqich. O'quv jarayonining mazmunini ishlab chiqishdan iboratdir. O'quv jarayoni o'quv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi muayyan mavzu bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini ifoda etish imkonini beradi. Ta'lim mazmunida, shuningdek, o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan tushuncha, ko'nikma hamda malakalarning hajmi ham o'z ifodasini topa olishi lozim. Zero, ta'lim mazmunining g'oyaviy jihatdan mukammalligi o'quvchilar tomonidan muayyan bilim, ko'nikma va malakalarning o'zlashtirilish darajasi bilan belgilanadi. Uchinchi bosqich samarasi o'quvchilar tomonidan ma'lum tushunchalarning o'zlashtirilishi, ko'nikma va malakalarning shakllanishini ta'minlovchi shartlarning ishlab chiqilganligida namoyon bo'ladi.

4-bosqich. Ta'lim jarayonining shakli, metod va vositalarini tanlash kabi harakatlar amalga oshiriladi. Darsning shakli, metod va vositalari ta'lim jarayonining muvaffaqiyati ta'minlanishiga olib keladi. Ular yordami bilangina o'quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) borasidagi nazariy bilimlar tahsil oluvchilarga uzatiladi, o'quvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar qabul qilib olinadi.

Dars uchun eng maqbul deb topilgan shakl, metod va vositalarning belgilanishi ta'lim jarayonining qariyb 90% dars samaradorligini kafolatlaydi. Yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati aynan mana shu bosqichda ochib beriladi. Tahsil oluvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr yuritishga yo'naltiruvchi ta'lim shakli, metod va vositalarining to'g'ri tanlanishi mashg'ulotlarning qiziqarli, bahs-munozaralarga boy bo'lishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki beradi. Mana shu holatdagina o'quvchilar tashabbusni o'z qo'llariga oladilar, o'qituvchining zimmasida esa ularning faoliyatini ma'lum yo'nalishga solib yuborish, umumiy

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

faoliyatni nazorat qilish, murakkab vaziyatlarda yo'l-yo'riq ko'rsatish, maslahatlar berish hamda ular faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi.

5-bosqich. Ushbu bosqichda o'quvchilar tomonidan bilim, ko'nikma va malakalarning o'zlashtirilishi uchun yetarli deya belgilangan vaqt hajmi, ya'ni, muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan ma'lum tushuncha, ko'nikma va malakalarning o'quvchilar tomonidan qancha vaqt oralig'ida o'zlashtirilishi mumkinligi aniqlanadi.

6-bosqich. Ushbu bosqichda matematikadan mavzuga mos mashq (topshiriq)lar tizimi ishlab chiqiladi. Bosqich natijasi sifatida ishlab chiqilgan mashq (topshiriq)lar tizimining samaradorligiga alohida ahamiyat berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti hisoblanadi. Mazkur bosqichda ishlab chiqilgan mashqlar tizimini quyidagi guruhlarga bo'lish maqsadga muvofiqdir:

a) dars jarayonida o'quvchilar tomonidan yechilishi (hal etilishi) lozim bo'lgan misol va masalalar;

b) darsdan tashqari sharoitlarda bajarilishi ko'zda tutilgan misol va masalalar (uy vazifalari).

O'quvchilar e'tiboriga havola etilayotgan mashqlar bir-birini to'ldirishi, o'zaro aloqadorlik, bog'liqlik va eng muhimi evolyutsion xususiyat kasb eta olishi lozim.

7-bosqich. Ushbu bosqichda tahsil oluvchilarning umumiy faoliyatlarini nazorat qilish va test tizimini ishlab chiqish kabi vazifalar amalga oshiriladi.

Nazariy va amaliy jihatdan to'g'ri bo'lgan test tizimining ishlab chiqilishi tahsil oluvchilarning mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan muayyan tushunchalarni o'zlashtirish, shuningdek, amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantira olganlik darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini beradi. Test tizimini ishlab chiqishda testlarning izchil, uzviy hamda bir-biri bilan uyg'un bo'lishlariga ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir.

Ta'lim jarayonini loyihalashda har bir holatning puxta bajarilishiga erishish amaliy faoliyat (o'quv jarayoni)ning muvaffaqiyatini ta'minlashga olib keladi.

MUHOKAMA

Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida o'quvchilarning hamkorlikda ta'lim olish xususiyatlari tadqiqot qilindi. An'anaviy pedagogika va metodikani tanqidiy tahlil qilish bilan birga undagi g'oyalar zamonaviy pedagogik texnologiyalarga singdirilib yangi pedagogik texnologiyalar yaratildi. O'quvchilarning hamkorlikda ta'lim olish xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan hamkorlikda ta'lim olish tamoyillari va ta'limda loyihalashtirish metodlari topildi. Tajribalarimizda o'quvchilarning hamkorlikda ta'lim olish va ta'limni loyihalashtirish yordamida o'quv jarayonlarida pedagogik texnologiyalar qo'llanildi. O'quvchilarning o'quv va tarbiyaviy jarayonlarini akslantiruvchi jadvallar qayta tuzildi. O'quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatlari

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

yaratildi. Shu bilan birga o'quvchilaming jamoa bo'lib ta'lim olishlari metodi ishlab chiqildi. O'quvchilarning jamoa bo'lib ta'lim olishlari, darsdan tashqari vaqtdagi o'zaro muloqot va munozara asosida bilimlar olish tamoyillari o'rganildi. Ayniqsa, kichik guruhlarda ishlash yaxshi natijalarga olib kelishi kuzatildi. Ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash imkonini beruvchi amaliy dasturlardan, jumladan, internet tarmog'idan va multimedia materiallaridan foydalanish yo'llari izlandi. Ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash muammolari o'rganib chiqildi va bular pedagogik tajribadan o'tkazilmoqda.

XULOSA

Shunday qilib, loyihalash metodi o'z tabiatiga ko'ra o'qitish jarayonida muammoli vazyatlar yaratilishini taqozo etib, ijodiy va izlanuvchanlikni qamrab oladi. Ushbu holat aniq hayotiy va amaliy natijaga yo'naltirilgan bo'ladi. Ikkinchi tomondan, har xil sharoitlarni va faktorlarni hisobga oluvchi natijani olish uchun kerak bo'ladigan muammolarni ishlab chiqish o'quvchi uchun ham ahamiyatli bo'ladi. Loyihalash faoliyati o'quvchilar bilan ishlashni tashkillashtirishning eng ommabop shakllaridandir. Loyihalash metodi o'quvchilarni faqatgina matematik bilimlarini rivojlantirib qolmasdan, balki ularning olgan bilimlarini kundalik hayotda qo'llashga ham yordam beradigan metod hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida. 2023-yil 28-fevral

2. Тожиев М., Алимов А.Я., Кучкаров Д.У. Педагогик технология таълим жараёнига татбиги (Бошлангич таълимда математика укитиш методикаси фани дарсларининг лойихдси) -Тошкент. "Тафаккур" нашриёти. 2010, -148 б.

3. Muslimov, N., Usmonboeva, M., Sayfurov, D., & To'raev, A. (2015) Innovatsion ta'lim texnologiyalari. Sano-standart.

4. Tolipov, O'.Q., Ro'ziyeva, D.I. (2020) Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Fan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.