INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
SAF MASHQLARINI O'RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI
QO'LLASH USLUBLARI Pirnapasova Risolat Ramatillayevna
UrDU Akademik litsey Jismoniy tarbiya o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7067756
Annotatsiya. Ushbu ishda Saf mashqlarini o'rgatishda pedagogik texnologiyalarni qo'llash metodikasi mavzusi keng yoritilgan va ish ilg'or xorijiy tajribalar asosida tayyorlangan. Mavzu yuzasidan keys, turli dars ishlanmalari va test hamda nazorat savollari ishlab chiqilgan. Xulosa qismida Saf tayyorgarligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash bo'yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: mashqlar, texnologiya, uslub, innovatsion, metodika, jismoniy tarbiya,
sport.
МЕТОДИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ РЯДОВЫМ УПРАЖНЕНИЯМ
Аннотация. В данной работе широко освещена тема «Методика применения педагогических технологий в обучении строевых упражнений» и работа подготовлена на основе зарубежных опытов. По теме работы разработаны различные кейсы, разработки занятий, тесты и контролные вопросы. В заключителной части даны рекомендации по путям устранения воздействий, возникающих в период обучения навыков действий строевые упражнение.
Ключевые слова: упражнения, технология, способ, инновационная, методика, физическое воспитание, спорт.
METHODS OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING
ORDINARY EXERCISES
Abstract. In this work, highlighting the theme of "Using metods of pedagogical technologie in teaching drilling exsercises" and the paper was prepared on the basis of foreign expe^nce. On the subject of the work developed by the different case studiеs, development studiеs, tess and quizzes. In the final part of the recommendations on ways to eliminate the impacs that arise during the period of promoting pure machines in gymnastics.
Keywords: exercises, technology, method, innovative, methodology, physical education,
sport.
KIRISH
"2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida" 02.03.2020 yildagi № PF-5953-sonli va "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 27.02.2020 yildagi № PQ-4623-sonli qarorlari 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasinging ustuvor yo'nalishlarining amalga oshirilishining huquqiy asosiga aylanmoqda.
O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish kelajakda yosh avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish, erkin fikr yuritish qobiliyatlarini shak llantirishga yo'naltirilgan. Bu esa o'z navbatida o'quvchilarning ilmiy bilim darajasini va faolligini kengaytirishni talab qiladi. Ta'lim
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
muassasalarida fanlarni o'qitish jarayonida o'quvchilarning darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga, mustaqilligi va faolligini rivojlantirishga, mantiqiy tafakkurini o'stirishga qaratilgan interfaol ta'lim olishlariga ko'mak beruvchi innovatsion usullardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zero, innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta'lim jarayonida ma'lum o'zgarishlarga, ta'lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo'ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo'ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo'llanilishi o'qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda.
O'sib kelayotgan yosh avlodni har tamonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashda, ularni yoshligidan mehnatga va vatan himoyasiga tayyorlashda jismoniy tarbiya va sportning o'rni juda ham beqiyosdir. Barkamol shaxs deganda ham jismoniy, ham ma'naviy, ham ruhiy tomondan yetuk, intelektual salohiyatli, jamiyatning har bir talabiga javob bera oladigan, uyg'un rivojlangan shaxs tushuniladi. Shu o'rinda fransuz gumanisti Montenning quyidagi qimmatli fikrini keltirishni joiz: "Jismoniy tarbiya va ma'naviy tarbiya bir otning oldingi ikki oyog'iga qoqilgan taqaga o'xshaydi, taqalardan biri tushib qolsa, ot oqsoqlanib yura olmaganidek, bu tarbiyalarning biri inson tarbiyasida orqada qolsa inson ham hayotda oqsoqlanib qoladi". Yana bir fransuz faylasufi Tissoning fikrlari ham jismoniy mashqlarning inson hayotidagi tutgan o'rni beqiyos ekanligini ko'rsatadi. U shunday deb yozgan edi: "Jismoniy mashq har qanday dori -darmonning o'rnini bosa olishi mumkin, lekin hech qanday dori-darmon jismoniy mashqning o'rnini bosa olmaydi". Ko'rinib turibdiki, jismoniy mashq inson salomatligining asosiy mezonidir.Yana bir nemis faylasufi Voltershteynning qimmatli fikrlari mavjud: "Baxtimizning o'ndan to'qqiz ulushi sihat-salomatlikga bog'liqdir". Jismoniy tarbiya nazariyashining asoschilaridan biri buyuk faylasuf Abu Ali Ibn Sino "Sog'liqni saqlashning asosiy tadbiri-badan tarbiyadir" degan edi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni ta'minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo'lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog'lom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo'nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selektsiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etilmoqda.Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Respublikamiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 2020 yil 24-yanvarda Oliy majlisga
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
murojaatnomasida jismoniy tarbiya va sport sohasiga to'xtalar ekan jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish yana bir dolzarb vazifa ekanligini qayd etdi: "Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlashga bundan buyon ham katta ahamiyat beramiz. Yosh avlodimiz o'rtasida sportni ommalashtirish maqsadida eng chekka tumanlarda ham bolalar va o'smirlar sport maktablarini tashkil etamiz. Olimpiada musobaqalariga puxta tayyorgarlikni hozirdan boshlashimiz lozim. Yana bir muhim masala mamlakatimizda qishki sport turlari bo'yicha xalqaro talablar darajasida sportchilar tayyorlash samarali tizimini yaratish kerak. Poytaxtimizda barpo etilayotgan "Humo" muz sporti saroyi, shuningdek, yaqinda Toshkent viloyatining Amirsoy dam olish maskanida ishga tushiriladigan zamonaviy majmua ham ayni shu maqsadlarga xizmat qiladi. Afsuski, hozirga qadar yurtimizda Olimpiya yoki Osiyo o'yinlari kabi nufuzli sport musobaqalar o'tkazilmagan. Shu bois yaxshi niyat bilan kelgusida yozgi Osiyo o'yinlaridan biriga mezbonlik qilish bo'yicha istiqbolli reja ishlab chiqishni boshlashimiz kerak. Jismoniy tayyorgarlikka ega bo'lgan, sport gimnastikasiga shaxsiy qiziqishlari va qobiliyatlari bo'lgan bolalarni gimnastika mashg'ulotlariga ko'plab jalb etish zarur. Yana shuni e'tiborga olish kerakki, o'zbek oilalarida gimnastika bilan shug'ullanish milliy an'ana va urf-odat darajasiga ko'tarilgan.O'zbekiston bayrog;ini xalqaro musobaqalarda butun jahon arenalari uzra xilpirashida mamlakatimiz gimnastlarining ham xizmatlari beqiyosdir. Ushbu jarayonlarni uzluksiz rivojlanishini ta'minlashda sohasida ta'limning o'rni beqiyosdir. Shu jihatdan, ta'lim tizimini takomillashtirish orqali har tomonlama etuk, barkamol, mustaqil fikrlashga qodir, irodali, fidoiy va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga katta e'tibor berilmoqda. Bu borada ta'lim turlari to'g'risidagi mutlaqo yangi qoidalar hayotga joriyetildi. Yurtimiz jismoniy tarbiya va uning kelajak avlodni sog'lom qilib tarbiyalashdagi o'rnini hisobga olib ishlarini yanada takomillashtirish, uning zamon talablari darajasida o'quv va moddiy-texnik bazasini yaratish hamda aholining qiziqishini oshirish yo'lida maqsadli davlat miqyosidagi tadbirlar ishlab chiqilib hayotga tatbiq etilmoqda. O'zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va tizimida gimnastikachilarni texnik tayyorgarligini oshirishda innovatsion texnalogiyalarni qo'llashni izlash va uning zamonaviy usullarini keng targ'ib etish va kelgusida ulardan yuqori malakali gimnastlar tayyorlash imkonini beradigan iqtidorli yoshlarni izlab topish va tayyorlash tizimini tobora takomillashtirish ko'zda tutilgan.
Bu ishni qilishdan maqsad va vazifalar: Gimnastika mashg'ulotlari jarayonida talabalarda irodaviy sifatlarni tarbiyalash uchun saf mashqlarning roli va uni o'rgatishga oid tegishli pedagogik texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish. Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda ishining oldiga quyidagi vazifalar qo'yildi:
1. Ish mavzusiga oid adabiyotlarni saralash, ilg'or pedagogik texnologiyalarni o'rganish va tahlil qilish.
2. Talabalarni jismoniy tarbiyalashda saf mashqlarini qo'llanilishini yaxlit tizimini ishlab chiqish.
3. Pedagogik texnologiyalardan foydalanigan holda tegishli ilmiy tavsiyalar ishlab
chiqish.
Mavzuga oid adabiyotlarni o'rganish: kuzatish, suhbat, ahamiyatiga qarab saralash. Ishni tayorlashda foydalanigan adabiyotlar va normativ-xuquqiy xujjatlarning tahlili: "2017-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risi"da 02.03.2020 yildagi № PF-5953-sonli va "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 27.02.2020 yildagi № PQ-4623-sonli qarorlari 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasinging ustuvor yo'nalishlarining amalga oshirilishining huquqiy asosiga aylanmoqda.
TADQIQOT NATIJALARI
O'yinli texnologyalar. O'yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiravchi faoliyati tashkil etadi. O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o'qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.
Psixologlarning ta'kidlashlaricha, o'yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda o'z o'rnini barqaror qilish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.O'yin ijtimoiy tajribalami o'zlashtirish va qayta yaratishga yo'nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o'z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
D.N. Uznadzening ta'rificha, o'yin shaxsga xos bo'lgan ichki immanent psixik (ruhiy) xulq shaklidir.L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalami o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.A.N. Leontev o'yinga shaxsning xayolotdagi amalga oshirib bo'lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari) ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar ta'kidlaydilarki, o'yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog'liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o'yin o'ziga xos bo'ladi.O'yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag'ishlangan bo'ladi. Ular quyidagilar: maftunkorlik; kommunikativlik; o'z imkoniyatlarini amalga oshirish; davolovchilik; tashxis; millatlararo muloqot; ijtimoiylashuv.
Tadqiqotchilar o'yin xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. O'yinlaming muhim qirralari Shmakov tomonidan yoritilgan. U erkin rivojlanuvchi faoliyatni farqlaydi. Bunday faoliyat faqat natija (tadbir) tufayti bahra olish uchun emas, balki xohishlariga ko'ra, faoliyat jarayonining o'zidan bahra olish uchun qo'llanadi.
Pedagogik texnalogiyalar va ilg'or xorijiy tajribalar. O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy islohotlar, demokratik o'zgarishlar ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishni, akademik litseylarda o'qitiladigan jismoniy tarbiyada darslarida "Gimnastika" ni quyi o'rganishni yanada takomillashtirish va uning o'qitish jarayonida ilg'or ta'lim texnologiyalarini tatbiq etishni talab qiladi. Zero "Ta'lim O'zbekiston halqi ma'naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini bahsh etadi. O'sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo'ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o'tadi". Bazalari jarayoni yangi o'quv uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan to'liq ta'minlanadi", deb ta'kidlanishi bejiz emas. Bu ta'kid ta'lim ishlarini yanada jadallashtirishni, o'qituvchi-o'quvchi (talaba) hamkorligiga asoslangan o'qish-o'qitish ishlarini yangi pog'onaga ko'tarishni, o'qituvchi-o'quvchi (talaba)larda mustaqil bilim olish hamda ijodiy fikrlashning ko'nikma va malakalarini shakllantirish, o'qitishning zamonaviy, ilg'or pedagogik texnologiyalarga asoslangan shakl, metod va vositalardan to'liq foydalanish yordamida tashkil etishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni yo''lga qo'yish lozimligini taqozo etadi. Bu hol uzluksiz ta'lim tizimini umumiy o'rta, o'rta maxsus va oily ta'limning o'quv-tarbiya jarayoni ilg'or ta'lim texnologiyalarni qo'llash
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
orqali amalga oshadi. Darhaqiqat, ilg'or ta'lim texnologiyasi o'quvchi (talaba)ni o'qitish ob'ektidan, o'qitish subektiga aylantirib, uni mustaqil, ijodiy fikrlash, masala va muammolarga erkin, o'zining ilmiy ma''lumotlariga asoslangan holda yondasha oladigan bilimdon, ishbilarmon, tadbirkor, tashabbuskor yoshlarni tayyorlash uchun zamin yaratadi.
MUHOKAMA
Shu o'rinda e'tirof etib o'tish joizki, ta'lim texnologiyalari yoki o'qitishni texnologiyalashtirish g'oyasi bu yangi g'oya emas. Bundan taxminan 300 yillar oldin yunon faylasufi Arastuning tarbiya inson shaxsini shakllantirishga qaratilishi lozim. Suqrotning ta'lim-tarbiyada izchillik, ketma-ketlik, shaxsiy xulosalarga tayanish, Aflotunning ta'lim kasbiy ko'nikma, bilimlarni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan bo'lishi lozim degan fikrlarni ilgari surgan davrda hamda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning ta'lim inson (bola, ta'lim oluvchi) tabiatdan kelib chiqib, umumiy rivojlanish qonuniyatlariga tayanishi, bunda "Hamma narsa aniq va ravshan rivojlanib borishi", shundagina o'qitish jarayoni yaxshi sozlangan soat va avtomat mexanizmi kabi bexato yurishi yo'lga qo'yilib, barcha ko'zlangan maqsadga erishish mumkin bo'ladi, bu esa insonga quvonch va yaxshi kayfiyat baxsh etadi", degan g'oyani ilgari surgan vaqtdan boshlab qo'llana boshlangan edi. Ammo bu g'oya o'zining ilmiy asosi va amaliy yo'nalishini XX asrning ikkinchi yarmida to'liq topa oldi. Bu g'oya mazmunida;
a) ta'lim maqsadini aniqlashtirish;
b) maqsadga erishishning optimal (eng qulay) yo'l va vositalarini belgilash;
v) maqsadga erishishni kafolatlaydigan o'qitish modelini (model-O'zbekiston milliy insiklopediyasida tavsiflanishicha lotincha "modulus" so'zidan olingan bo'lib, biror ob'ektlarning obrazi yoki namunasi degan ma'noni anglatadi) loyihalashtirish degan fikr yotadi.
XX asr o'rtalariga qadar o'qitish jarayoniga texnologik yondashuvga bo'lgan intilish, an'anaviy o'quv jarayonini texnika vositalari bilan ta'minlash doirasida qo'llanilgan edi. XX asrning dastlabki yillaridan boshlab pedagogic matbuotda "Pedagogik texnologiya", "Ilg'or pedagogik texnologiyalar", "Zamonaviy pedagogik texnologiyalar", "Yangi pedagogik texnologiyalar", "Ta'lim texnologiyalari", "O'qitish texnologiyasi" kabi so'z birikmalari, pedagogik atamalar tez-tez ko'zga tashlanadigan va mohiyatan hamda mazmunan bir ma'noni anglatadigan tushunchalar paydo bo'la boshladi. Bunday atalishining ma'lim sabablari mavjud. Ma'lumki, texnologiya tushunchasi asosan moddiy ishlab chiqarish, xomashyo, materiallar, yani fabrikalar yoki mahsulotlarni qayta ishlash sohalari (sanoat, transport, qishloq xo'jaligi, maishiy xizmat ko'rsatish va boshqa tarmoqlar)da tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi. Shunga ko'ra texnologiya yoki texnologik jarayon, xom-ashyo va boshqa mahsulotlarni qayta ishlov berish jarayoni, usullari, vositalarini ishlab chiquvchi hamda takomillashtiruvchi fan sifatida yuritiladi. Bunday jarayon moddiy ishlab chiqarishda kam vaqt sarflab, sifatli, tejamli mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Mazkur tushunchani o'qitish jarayoniga ko'chirsak, u o'qituvchi (pedagog)ning o'qitish shakllari, usullari, vositalaridan unumli foydalanib, kam jismoniy kuch va aqliy salohiyat sarflagan holda bilim oluvchilarga muayyan sharoitlarda jamiyat uchun zarr bo'lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy-shaxsiy sifatlarni jadal tarzda shakllantiruvchi jarayon deb jamlasak maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki texnologiyalar har qanday ijtimoiy sharoitga moslasha oladigan xodisa sanaladi. Shu bois, o'quv jarayonida teskari aloqani o'rnatish, xatolarni tezroq tuzatish, maqsadga erishishni tezlashtirish mumkin bo'ladi. Ilmiy adabiyotlarda ta'kidlanishicha "O'qitish texnologiyasi" ilk bor Yunesko konferensiyasida
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
yangradi. Shu tashkilot tomonidan nashr qilingan "Yashash uchun o'qish" nomli ma'ruzada yuqoridagi atama ta'limiy jarayonni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuch sifatida aniqlandi. "Qanday o'qitish kerak?" nomli ma'ruzada esa birinchi marta unga ta'rif beriladi. Unda o'qitish texnologiyasi informatsion inqilob natijasida paydo bo'lgan va didaktikada foydalaniladigan inson o'rtasida aloqa (muloqot) usul va vositalar yig'indisi sifatida tavsiflanadi. Endi Yunesko bergan ta'rifning mazmunini ko'rib chiqaylik; "Ta'lim texnologiyasi - ta'lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda, butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yaratish, qo'llash va aniqlash tizimidir" Ta'rifga ko'ra, o'qitish shakllari (dars, seminar, ma'ruza va h.k.larni eng qulay, ya'ni o'qituvchi uchun ham, ta'lim oluvchi uchun ham kam vaqt ichida, ko'zlangan natijaga erishish uchun o'qituvchi o'quvchi faolligi, o'qitishning texnika vositalaridan foydalanishini, avvalo, yaratish amalda qo'llab, qo'lga kiritilgan natijani tahlil qilish va yutuq hamda nuqsonlarni aniqlash degan ma'no yotadi. Demak, o'qitish jarayoniga yaxlit, tizimli yondashgan holda maqsadga erishish ko'zda tutiladi. Bunda o'qitish texnologiyasi, ta'lim jarayonining yaxlit ko'rinishi (o'qituvchi-ta'lim oluvchi hamkorligi) bo'lib, faoliyat davomida ko'zlangan natijaga erishishni ta'minlaydi. Ma'lumki didaktika, ya'ni o'qitish, ta'lim berish jarayoni ham ma'lum element (mexanizm)lardan tashkil topgan holda amalga oshadi. Bunda ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, ta'lim shakllari, ta'lim metodlari, ta'lim vositalari, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilardan iborat bo'ladi. XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ish natijasi shuni ko'rsatadiki, talabalarning saf mashqlarni o'rgatish orqali irodaviy sifatlarini tarbiyalash maqsadida olib borilgan ishimiz talabalarni har tomonlama jismonan, ruhan, aqlan o'sishi, shuningdek pedagogning innovatsion faoliyati - yangilikni qo'llashga tayyorgarligi; pedagogik yangiliklarni qabul qilishi; novatorlik darajasi; kommunikativqobiliyatning rivojlanganligi, ijodkorligi bilan belgilanadi.
Ta'limning pedagogik texnologiyalari, interfaol metodlar: "Keys-stadi" (yoki O'quv keyslari), "Blits-so'rov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Munosabat", "Reja", "Suhbat", Strategiyalar: "Aqliy hujum", "Bumerang", "Galereya", "Zig-zag", "Zinama-zina", "T-jadval", Grafik organayzerlar: "Baliq skeleti", "BBB", "Kontseptual jadval", "Venn diagrammasi", "Insert", "Klaster", "Nima uchun?", "Qanday?" ta''lim sohasi yoki o''quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalardir.
Yaxshi ishlab chiqilgan dastur talablari va mavzular mazmunini o'zlashtirish soha bo'yicha bo'lajak mutaxassis kadrlarning ma'naviy-madaniy xislatlarini shakllantiradi, talabalarni tanlagan kasbiga bo'lgan qiziqishini kuchaytiradi, zarur maxsus bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish imkonini beradi. Dastur mazmuni, mohiyati va mavzulari ma'ruza, amaliy hamda seminar mashg'ulotlari davomida yoritiladi va talabalar tomonidan o'zlashtiriladi.
Dastur doirasida o'tkaziladigan mashg'ulotlar tarkibida talabalar uchun chegaralangan o'quv amaliyoti rejalashtirilgan bo'lib, ushbu amaliyot talablarini o'zlashtirish talabalarga yuklatiladi. Kasbiy-pedagogik bilim, malaka va ko'nikmalarni shakllantiradi hamda talabalarni malakaviy amaliyot jarayonida mustaqil faoliyat ko''rsatish imkonini kuchaytiradi. O'zlashtirish jarayonini nazorat qilish bilim, malaka va ko'nikmalarni reyting ball tizimi, o'yin malakalari texnikasi bo''yicha me'yoriy mashqlar va o'quv amaliyoti talablarini bajarish, mavzular
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
bo'yicha test sinovlari o'tkazish hamda uy vazifalarini baholash yordamida olib boriladi. Dasturning amaliy ijrosini ta'minlashda an'anaviy va noan'anaviy tarzda o'rgatish texnologiyalari va vositalaridan foydalaniladi.
Zamon o'zgarishi, jismoniy madaniyat, davr o'zgarishlariga qarab o'zi ifodalaydigan manfaat, maqsad muddaolarni amalga oshirishga oqilona yo'llarini tavsiya eta boshladi. "Saf mashqlarini pedagogik texnalogiyalarni qo'llash uslublari" mavzusiga oid olib borilgan ish natijalarida talabalarda yangi bilim va ko'nikmalar hosil bo'lganligi hamda jismoniy tarbiya darsiga bo'lgan qiziqishlarini o'stirishga, ularning kelgusida vatan mudofaasiga tayyorlashda, harbiy vatanparvarlik hislatlarini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
AMALIY TAVSIYALAR
Olib borilgan barcha ishlar davomida qo'yilgan kamchiliklar va xatolarni kuzatgan holda, talabalarga quyidagi yangi mashqlar tavsiya qilindi.
Berilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar talabalarni bundan keyingi mashg'ulotlarida xatolarni takrorlamasliklari uchun yordam beradi.
1. Qomatni ushlashni doimo nazorat qilish.
2. Qadamlarni sanab yurish orqali ko'nima hosil qilish.
3. Buyruqlar bilan o'tkaziladigan o'yinlar o'nash.
4. Diqqatni oshiruvchi o'yinlarni qo'llash
5. Odatiy yurishda ham safda yurish qoidalari asosida harakatlanishni odatga aylantirish va hokazolar.
REFERENCES
1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birgaquramiz.Toshkent "O'zbekiston" - 2017 y.
2. Sh.Mirziyoev Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikdabarpo etamiz. "O'zbekiston" NMIU, 2016 y.
3. Sh.Mirziyoev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi "O'zbekiston" NMIU, 2016y.
4. Musayeva S. A., Usmonova D. I., Usmanov F. S. Problems with Marketing Research in the Furniture Market //Eurasian Journal of Academic Research. - 2021.
5. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
6. O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni.T.,2015 y. 5sentabr.
7. Azimovna M. S., Shokhrukhovich U. F. Development Prospects of Business Subjects in the Republic of Uzbekistan //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. - 2022. - T. 1. - №. 4. - C. 13-19.
8. Ataev A.K. Bolalarni chaqqon, epchil, baquvvat qilib tarbiyalash. T., "O'qituvchi"., 1981.
9. Karimov M. O'zbekistonda gimnastikaning rivojlanishi tarixi. Samarqand., O'zDJTI nashr, 2002.
10. Usmonxo'jaev T.S., Rahimov M.M., Adiev A.N. O'zbek xalq o'yinlari. T., "O'qituvchi", 2004.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
11. Azimovna M. S., Ilkhomovna U. D., Shokhrukhovich U. F. The Concept of Marketing Policy in Trade and Service Enterprises //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE. - 2022. - Т. 3. - №. 8. - С. 1-5.
12. Usmonxo'jaev T.S. Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari. T., "O'qituvchi", 2005.
13. Yo'ldoshev X.K., Salomov R. Jismoniy tarbiya. T., "O'qituvchi"., 2005.
14. Morgunova I.I. Gimnastika va uni o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma Tashkent, Ilm-ziyo - 2011 y
15. Сушко Г.К Гимнастика и его преподования. Учебное пособие. T. ILM-ZIYO.-2012r
16. Tulenova X.B., Malinina N.N., Inozemseva L.A. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni (URM) o'rgatish metodikasi. Tashkent, 2005 y.
17. Joseph P. Kennedy. Rhythmic gymnastics. Rhythmic Gymnastics Quick Start GuideAugust 2008.
18. www.tdpu.uz
19. www.pedagog.uz
20. www.ziyonet.uz
21. www.edu.uz
22. www.lex.uz
23. www.bilim.uz
24. www.gov.uz