Научная статья на тему 'TALABALARNI MILLIY QADRIYATLAR VA VATANGA SADOQAT RUHIDA TARBIYALASHGA QARATILGAN ZAMONAVIY YONDASHUVLAR'

TALABALARNI MILLIY QADRIYATLAR VA VATANGA SADOQAT RUHIDA TARBIYALASHGA QARATILGAN ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ma’naviyat va ma’rifat / madaniyat / urf-odat / keng ko’lamli o’zgarishlar / yoshlarga oid davlat siyosati.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shomurodova Guliston Tog’aymurodovna, Yusupov Mashrab Ismatillovich

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarini milliy qadriyatlar va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Keltirilayotgan ma’lumotlar oliy ta’lim muassasalarida talabalarini milliy qadriyatlar va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashni takomillashtirish tizimini yanada rivojlantirish shuningdek, talabalarini milliy qadriyatlar va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda xorijiy davlatlar universitetlari tajribalari tahlil qilinib, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarga e’tibor qaratiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI MILLIY QADRIYATLAR VA VATANGA SADOQAT RUHIDA TARBIYALASHGA QARATILGAN ZAMONAVIY YONDASHUVLAR»

TALABALARNI MILLIY QADRIYATLAR VA VATANGA SADOQAT RUHIDA TARBIYALASHGA QARATILGAN ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

*Shomurodova Guliston Tog'aymurodovna, 2Yusupov Mashrab Ismatillovich

1Samarqand davlat tibbiyot universiteti (SamDTU) tibbiy profilaktika fakulteti Yoshlar bilan

ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari 2PhD, Samarqand davlat tibbiyot universiteti (SamDTU) mikrobiologiya, virusologiya va

immunologiya kafedrasi mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.11221623

Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalari talabalarini milliy qadriyatlar va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar tahlilqilinadi. Keltirilayotgan ma'lumotlar oliy ta'lim muassasalarida talabalarini milliy qadriyatlar va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashni takomillashtirish tizimini yanada rivojlantirish shuningdek, talabalarini milliy qadriyatlar va Vatanga sadoqat ruhida

tarbiyalashda xorijiy davlatlar universitetlari tajribalari tahlil qilinib, ushbu vazifalarni amalg a oshirish uchun zarur bo'lgan yo'nalishlarga e 'tibor qaratiladi.

Kalit so'zlar: Ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat, urf-odat, keng ko'lamli o'zgarishlar, yoshlarga oid davlat siyosati.

Аннотация. В данной статье анализируются современные подходы, направленные на повышение эффективности воспитания студентов высших учебных заведений в духе национальных ценностей и верности Родине. Представленная информация является дальнейшим развитием системы совершенствования воспитания студентов в духе национальных ценностей и лояльности к стране, а также анализом опыта зарубежных государственных университетов в воспитании студентов в духе национального ценности и лояльность к стране.

Ключевые слова: Духовность и просвещение, культура, традиции, масштабные изменения, государственная политика в отношении молодежи.

Abstract. This article analyzes modern approaches aimed at increasing the effectiveness of education of students of higher educational institutions in the spirit of national values and loyalty to the motherland. The information provided is the further development of the system of improving the education of students in the spirit of national values and loyalty to the country, as well as the analysis of the experiences offoreign state universities in the education of students in the spirit of national values and loyalty to the country. attention is drawn.

Keywords: Spirituality and enlightenment, culture, tradition, large-scale changes, state policy on youth.

Kirish.Yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e'tiborga olib ta'lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib borish imkoniyatlari yaratilmoqda [7]. Bunga xalq og'zaki ijodi, mutafakkir, ma'rifatparvar olimlarning tarbiyaga, axloq-odobga doir g'oyalari asos qilib olinib, komil insonni kamolga yetkazishga astoydil harakat qilinmoqda. "Kelajak bugundan boshlanadi"-deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko'rsatuvchi ruhiy va ma'naviy

jarayonning mezonini belgilaydi [2]. Bu borada ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish va jahon talablari darajasiga olib chiqish, ta'limni ilg'or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogik tajribalar asosida olib borish ayniqsa muhimdir [6,8]. Xalq an'analari, urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni ko'proq o'z millatini sevishga g'ururlanishga sharqona g'oya va ta'limotlarni o'rganib ularni kelajakka tatbiq etishga zamin yaratiladi [1]. Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o'ziga xosligini tiklash, umumta'lim maktablarida o'quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma'naviy yetuk millat qadriyatlarini to'g'ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ladi [5]. Demak, jamiyat ma'naviyatining o'sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib, qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog'liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixi yashash tarzi, ma'naviyati, madaniyati orqali namoyon bo'ladi. Ta'lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy tarixni ifodalaydi. Ma'naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya an'analari, axloq-odob aqidalari, e'tiqod, madaniy-ma'rifiy jarayonlar majmuasidir [4,6].

Muhokama va natijalar: Davlatimizda yoshlarning ma'nan boy va komil inson bo'lib shakllanishiga tegishli islohotlar huquqiy asoslar: farmon hamda qarorlar bilan belgilab qoyildi. Jumladan: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2019-yil 3-maydagi PQ- 4307-son qarori; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son qarori; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26- martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-5040-son qarori; 2023- yil 28-yanvar kuni O'zbekiston Prezidentining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risidagi farmoni shular jumlasidandir.

Oliy ta'lim muassasalarida talaba-yoshlarni ma'naviy-axloqiy tamoyillar asosida tarbiyalashda inobatga olinishi lozim bo'lgan jihatlar:

- ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar ta'sirchanligini oshirish;

- talaba-yoshlarda zamonaviy bilimlarni egallash, media madaniyatni rivojlantirish;

- kasbiy-ma'naviy ko'nikmalarni mustahkamlash, o'zini-o'zi tarbiyalashga o'rgatish;

- faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish;

- ilmiy, ma'naviy-axloqiy, siyosiy dunyoqarash va sog'lom diniy e'tiqodni shakllantirish;

- ayrim talaba-yoshlarimizdagi loqaydlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etish;

- talabalarda g'oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash;

- kelajakka ishonch va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg'usini kuchaytirish.

Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslari Ma'naviy yetuk millat qadriyatlarini to'g'ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Demak, jamiyat ma'naviyatining o'sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib, qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Qadriyatlar ta'rifidan

kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni ma'naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya an'analari, axloq-odob aqidalari, e'tiqod, madaniy-ma'rifiy jarayonlar majmuasidir deyishimiz mumkin. Ma'naviy qadriyatlar-bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo'lib, insonni o'rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o'zlashtirish natijasida vujudga keladi. Ta'lim tarbiya jarayonida ma'naviy qadriyatlar ijtimoiy -tarixiy hodisani ifodalaydi. Bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko'tarishga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta'lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo'l ochib berdi va quyidagi tartibda belgilandi:

1.Tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganligi.

2. Tarbiyaning insonparvarlik qoidalari.

3. Tarbiyaning hayot bilan va mehnat bilan bog'liqligi.

4. Tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarining ustuvorligi.

Psixologlarning fikriga ko'ra, yetuklik davri 18-20 yosh bo'lib, fiziologik imkoniyatlar

yuksak darajada rivojlanadi. Inson a'zolarining tashqi ta'siriga javobi, qon bosimining optimal darajasi ortadi, qon kislorod bilan to'yinadi. Insonda uquvlilikning qulay imkoniyatlari paydo bo'ladi. O'quv axborotni qabul qilish, eslash va xotirada saqlab qolish qobiliyati shakllanadi. Ana shu davrdan insonda psixologik funksiyalarning o'sishi boshlanib, uquvlilik imkoniyatlari pasaymaydi. Insonning yetuklik davri quyidagi qonuniyatlar bilan farqlanadi:

1.Turli funksiyalarning rivojlanishi bir tekis va bir vaqtda amalga oshmaydi. Masalan, xotira bir bosqichda esa tafakkur amalga oshadi, tez sur'atlar bilan o'sadi.

2.Yoshiga qarab turli funksiyalar o'zaro bog'liq holda muvofiqlashgan xususiyat kasb

etadi.

3.Yetuk inson aqlining funksional o'sish darajasi yosh evolyutsiyasining har xil bosqichida yetarli darajada yuqori bo'ladi.

4.Mazkur funksiyalar dinamikasida hech qanday pasayish bo'lmaydi.

5.Yetuklik davrida uquvlilik kamaymaydi.

Demak, yoshlik davrida o'spirinlikda tarkib topgan eng yaxshi xislatlar to'liq shakllanadi. Bu, ayniqsa, kasb tanlashda namoyon bo'ladi. Umumiy o'rta ta'lim maktabida va oilada to'g'ri kasb tanlashga yo'naltirilgan yoshlar institutda o'zlari tanlagan kasblarining yetuk mutaxassisi bo'lish uchun harakat qiladilar, o'qib-o'rganadilar. Milliy qadriyatlar intellektual meros hamda tarbiya manbayi bo'lib, har tomonlama kamol topgan jamiyat va oilada o'z mavqeyiga ega bo'lgan shaxsni shakllantirishda asosiy bilimlar majmuyi sifatida xizmat qiladi. Milliy istiqlol g'oyasinni ishlab chiqish ham, uni aholi, jumladan, yoshlar ongi va qalbiga singdirish asosiy vazifa hisoblanadi.

Talaba yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashning o'ziga xos xusisiyatlaridan biri shundan iboratki, madaniy merosga bo'lgan hurmatni shakllantirish, har tomonlama ularni Vatanimiz ertasini himoya qilishlarida intellektual salohiyatini oshirish bugungi kunning eng asosiy masalalaridan biri ekanlini unutmagan holda ularga madaniyatimizga, manaviyatimizga, ozbekona ruhda tarbiyalashning eng yuksak samarali vazifalaridan biri ekanligini ota-onalar, keng jamoatchilik, ilm-fan fidoyilari bilan birgalikda xizmat qilish eng asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Yoshlarni Vatanarvarlik ruhida tarbiyalashda siyosiy, madaniy axborotlardan, adabiyotlardan keng foydalanish asosiy vazifalarni tashkil etadi. Bugungi kunda global ommalashuv jarayonida umum-insoniy g'oyalar bir darajaga ko'tarilgan paytda inson omili va

tabiat omili ortasida yuzaga kelayotga turli ijtimoiy hodisalarning bugungi kunga aloqadorligini inobatga olgan holatda har qachongidan ham sergak turish va yoshlar ongida millatimiz mintalitetimiz madaniyatimizga xos tarzda tarbiyaning uzluksiz tarzda shakllanishiga keng ahamiyat qaratishimiz lozim. Bunda yoshlar Yangi O' zbekistonning strategik ahamiyatini oshirish bilan birgalikda bu yo'lda kerak bo'lsa urf-odatimiz, madaniyatimiz, marosimlarimiz tarbiya shakllarimiz eng asosiy vazifa bolib xizmat qilishini unutmasligimiz lozim.

Ma'lumki, an'analar xalqning tarixiy shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va ajdodlardan avlodlarga muqaddas meros sifatida o'tib kelayotgan bebaho ma'naviy boylik hisoblanadi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchi bo'lib qolyapti. An'analar barhayot bo'lishi uchun, eng avvalo, uni kelajagimiz bunyodkorlari yoshlar egallashi lozim. Ana'anaviy xalq bayramlarining tiklanishi o'zbek madaniyati tarixida muhim voqea bo'lib qolmoqda. Bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o'zida mujassamlashtirgan madaniyatning yirik va muhim shakli hisoblanadi. Shu yo'l bilan azaliy bayramlarning tiklanishi bilan xalq madaniyatining eng qimmatli tomonlarini jonlantirishga zamin yaratildi. Xalq an'analarining tiklanishi borasida so'z borganda, yoshlar kamolotida muhim o'rin tutadigan xalq o'yinlariga alohida to'xtalish lozim. Bizga meros bo'lgan ajdodlarimizning eng qadimiy an'anaviy, ko'pgina madaniyat shakllari raqs, teatr va sportga xos marosimlar shu o'yinlar zaminidan kelib chiqqan va tarixiy jarayonda avlod ajdodlarimizning sog'lomlashtiruvchi vositasi bo'lib kelgan. Qalblarda vatanga muhabbat jo'sh urib turmasa, unga oshuftalik qalbni bo'lmasa, vujudingda Vatanga farzandlik burchi mas'ullik torlarini chertmasa, "Vatanim sajdagohim, iqbol maskanim" deyilgani bilan bizdagi mehr-u sadoqat bo'shliqqa o'xshab qolaveradi. Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz yoshlarimizning baxtu-saodati ularning yorug' kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy qadriyatlar va urf-odatlardan foydalanish bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayoni oldida turgan eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda yaratilgan bu betakror an'ana va marosimlar, milliy qadriyatlar urf-odatlarni o'rganish hamma davrlarda ham olimlar oldiga bir qator muhim vazifalarni bajarish zaruratini qo'ygan. Shu jaryonda har bir shaxsda milliy ma'naviyatni, milliy ong, milliy shuur, milliy tuyg'uni barkamollikka ko'tarish omillari faollik jarayoniga ko'chadi. Bu ulug'vor maqsadlarni amalga oshirish uchun jamiyatimiz o'zining real imkoniyatlariga ega. Avvalo, ozod va mustaqil Vatanda xalqni farovonlikka yetaklovchi va ma'lum ma'noda munosib turmushni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratildi. Davlatimizda fidoyi, ishchan, tashkilotchilik salohiyati baland malakali kuchlar ulg'aydi. Ular siymosi, faoliyatida milliy ma'naviyatning barqaror mag'zi, yaratuvchan kuchi mavjud.

Yoshlarga milliy qadriyatlarni ta'limdan tashqari ishlar orqali singdirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarga e'tibor qaratilishi lozim: Birinchidan,yoshlarni erkin fikrlashga o'rgatish, hayot mazmunini tushunib olishiga ko'maklashish, o'z-o'zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg'otish; Ikkinchidan, talabalarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, vatanimizning boy ma'naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, o'stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish; Uchinchidan, har bir o'smirning bilimdonligini va ijodiy

imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilish. Yoshlar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo'llab-quvvatlash uchun shart sharoit hozirlash; To'rtinchidan, insonparvarlik odobi me'yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunish, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga qarshi kurasha olish), muomala odobi kabi tarbiya vositalarini keng qo'llash; Beshinchidan, yoshlarimizni erkin va mustaqil fikrlashga o'rgatish. Ta'limdan tashqari tarbiyaviy ishlar talaba-yoshlarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo'sh vaqtlarida o'quv-tarbiya jarayonini to'ldiradi. Bu jarayonlarni tashkil etish yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.

Shu fazilatlarni yoshlar onggiga singdirish har bir ota-ona va tarbiyachi-murabbiylarning asosiy vazifalaridir. Xalqimiz urf-odatlari, an'analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Odamlarning bir-biriga mehr oqibati, oqilona munosabati, to'g'ri muloqoti, iltifoti, xalqimizning ichki go'zalligini, boy ma'naviy va ruhiy qiyofasini ifodalaydi. Eng muhimi, xalqimizdagi mehr-muruvvatlilik, saxiylik, mehmondo'stlik, xushmuomalalik, mehr-oqibatlilik, andishalilik, samimiylik, to'g'rilik, intizomlilik, mehnatsevarlik, o'zini tuta bilishlik, tejamkorlik, sabr qanoatlilik kabi his tuyg'ular va hislatlar bugungi kunda barkamol avlod tarbiyasida ibrat-namuna vazifasini bajaradi

Xulosalar. Xulosa qilib aytganda mustaqil vatanimizga har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, yuksak ma'naviy xislatlarga ega, iymon-e'tiqodi butun, o'z xalqi, o'z ona Vataniga fidoyi, barkamol insonlarni tarbiyalash davlat siyosatida ustuvor masalalardan biri sifatida qarala boshlandi. Hozirgi zamon ta'lim-tarbiyasi, istqlol mafkurasi ana shu merosdan oziqlansa, uning eng yaxshi sahifalarini, qoidalarini qabul qilsa, o'z oldiga qo'ygan maqsad-vazifalarini sharaf bilan bajarishi mumkin. Chunki, xalq odobnomasi va ibratnomasining bu ikki teran, boy, serma'no, azmunli sohasi-xalq og'zaki ijodi va xalq pedagogikasi an'analari-insonni har tomonlama tarbiyalash, kamolga yetkazish, ma'naviyatimizning ustivor, iymon-e'tiqodimizning butun bo'lishligini, qadrli qadriyatlarimizning qadrlanishi garovidir. Yuqoridagi ma'lumotlardan quyidagicha xulosa qilish mumkin:

1. Mustaqil fikrlashga yo'l qo'yish: Talabalarni mustaqil fikrlash va o'z fikrlarini ifoda qilishga o'rgatish milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning muhim qismidir. Talabalar o'z fikrlarini milliy qadriyatlar, adabiyot, tarix va madaniyat bo'yicha ifodalash orqali milliy identitetlarini rivojlantirishadi.

2. Milliy qadriyatlar bilan bog'liq ko'rgazmalar va sayohatlar: Talabalar uchun milliy qadriyatlar bilan bog'liq ko'rgazmalar va sayohatlar tashkil qilish milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning amaliy jihatlarini oshiradi.

3. Milliy sport va o'yinlar: Milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning bir qismini milliy sport va o'yinlar tashkil qiladi. Milliy sport tadbirlarida qatnashish, milliy o'yinlar o'ynash orqali talabalar milliy qadriyatlarini his qilishadi. Bu tarz faoliyatlar talabalarga hamkorlik, sportni rivojlanish va milliy qadriyatlar haqida o'rganish imkonini beradi.

4. Milliy qadriyatlar bilan bog'liq tadbir va festival tashkil qilish: Milliy bayramlar, festival va tadbirlar talabalarga milliy qadriyatlarini tushunish, qadriyatli rivojlanish va milliy g'oya va qoidalar asosida hamkorlik ruhini rivojlantirishga yordam beradi. Bu tadbirlar talabalarga milliy adabiyot, musiqa, o'yinlar va milliy ovqatlarni ko'rish imkonini beradi.

5. Milliy o'yinlar va g'oyalar: Milliy o'yinlar va g'oyalar talabalarni milliy qadriyatlar bilan yaqinlashishga olib keladi. O'zbek milliy o'yinlari, g'oyalar va maktab o'yinlari orqali talabalar milliy qadriyatlarini his qilishadi va hamkorlik ruhini rivojlantirishadi.

6. Milliy liderlarni o'rganish: Talabalarga milliy liderlarning hayoti, ijodlari va qadriyatlari haqida o'rganish, ularning milliy qadriyatlarini tushunish va ularga murojaat qilish imkonini beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ilm-fan Yutuqlari - Taraqqiyotning Muhim Omili 31.12.2016. Istochnik: www.press-service.uz

2. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T.: «O'zbekiston», 2016.

3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz. - T.: «O'zbekiston», 2017.

4. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi - T.: «O'zbekiston», 2017.

5. Mirziyoev Sh.M Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo lishi kerak. -T.; «O'zbekiston», 2017.

6. Mamarasulova, N. I., Yusupov, M. I., Sh, S. H., YANGI ELEKTRON, O. Q. T. B., & QANDAY IMKONIYATLAR, B. E. R. D. I. PEDAGOGS jurnali -2022. Т, 9(2), 19-23.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-60-sonli "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi qarori: https://lex.uz/ru/docs/-5841063

8. Yusupov, M. I., Sh, S. H., Mamarasulova, N. I., MASOFADAN, T. O. Q. M. E., & PLATFORMASINING, A. V. A. PEDAGOGS jurnali -2022. Т, 9(2), 47-50.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.