Научная статья на тему 'TOSHKENT VILOYATI TA’LIM TIZIMINI O‘QITISHDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH MASALALARI'

TOSHKENT VILOYATI TA’LIM TIZIMINI O‘QITISHDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vatanparvarlik / sanʼat sohasi / estetik ehtiyojlar / madaniymaʼrifiy faoliyat / konstitutsiya / mustaqillik / tarbiya / patriotism / art / aesthetic needs / cultural and educational activity / constitution / independence / education

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Madiyor Doniyor O‘G‘Li Mehritillayev

Mazkur maqolada mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga oid tushunchalar, qarashlar haqida so„z boradi. Bugungi kunda yoshlarimizga qaratilayotgan e‟tibor xususida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article talks about concepts and views on raising the young generation in our country in the spirit of love for the Motherland, forming a sense of patriotism in young people. We are thinking about the attention paid to our youth today.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT VILOYATI TA’LIM TIZIMINI O‘QITISHDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH MASALALARI»

TOSHKENT VILOYATI TA'LIM TIZIMINI O'QITISHDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH MASALALARI

Madiyor Doniyor o'g'li Mehritillayev

CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti TAR (M) 23/1 guruhi magistranti

Mazkur maqolada mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga oid tushunchalar, qarashlar haqida so„z boradi. Bugungi kunda yoshlarimizga qaratilayotgan e'tibor xususida fikr yuritiladi.

Kalit So'zlar: vatanparvarlik, san'at sohasi, estetik ehtiyojlar, madaniy-ma'rifiy faoliyat, konstitutsiya, mustaqillik, tarbiya.

This article talks about concepts and views on raising the young generation in our country in the spirit of love for the Motherland, forming a sense of patriotism in young people. We are thinking about the attention paid to our youth today.

Keywords: patriotism, art, aesthetic needs, cultural and educational activity, constitution, independence, education

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng ma'naviy-ma'rifiy ishlarga davlatimiz siyosatining muhim ustivor masalalaridan biri sifatida qarala boshladi. Yurtimizda mustaqillik shamollari esa boshlagan davrdanoq, kishilar ongi, dunyoqarashi, tafakkuri, maqsad va intilishlarida, bir so„z bilan aytganda ma'naviymafkuraviy olamida, ruhiy tabiati va hatto qiyofasida ulkan o'zgarishlar paydo bo'la boshladi. Chunki, mustaqillik erkinlik, milliylik, vatanparvarlik darvo'zalarini ochib, insonlarni ezgulik sari boshladi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy etuk va jismonan sog'lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo'lgan dolzarb masalalar, ayniqsa,

uyushmagan yoshlarning hayotda o„z o'rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo'llab quvvatlash,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

kasbga yo'naltirish va bandligini ta'minlash, tashabbuslarini

|_May, 2024

Multidisciplinary Scientific Journal

rag'batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan dalolat bermoqda", - deb bu borada qilishimiz lozim bo'lgan ishlar haqida aniq vazifa va ko'rsatmalarni berib o'tdilar.[1] Bu so'zlar zamirida hali oldimizda bu sohada juda ko'p ishlarni qilishimiz lozimligini hayotni o'zi isbotlamoqda. Maqsadimizga erishish yangi demokratik jamiyatni qurish, islohatlarning taqdirini qanday kuchlarga ega ekanliklarimizga, yoshlarimiz qanday madaniy va professional saviyaga erishganligiga, qanday g'oyalarga e'tiqod qilishiga, ma'naviy jihatdan qanchalik boyishiga bog'liqdir"- deydi O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov. Shu bois yoshlarning ma'lumot olish imkoniyatini oshirish, milliy umuminsoniy tiklanish g'oyasini amalga oshirishga qodir yangi avlodni tarbiyalash eng muhim vazifalarimizdan biridir. Shuning uchun bugungi kunda o'zbek xalqining asrlar davomida shakllangan umuminsoniy ma'naviyatini va milliy qadriyatlarini singdirish yoshlarni vatanparvar, barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash madaniyat va san'at sohasining asosiy masalalaridan biri sifatida qaralmoqda. Chunki, madaniyat va san'at jamiyat hayotining muhim ajralmas qismi bo'lib, u inson ruhiyatiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega. Milliy vatanparvarlik haqida so'z borganda, bu o'zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon, insof, mehr-muhabbat, oqibat, shavqat, or-nomus, ona yurtiga, o'z eliga sadoqat axloqiy-ma'naviy qadriyatlar, g'oyalar, qarashlar yig'indisi tushuniladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODALOGIYASI

Mustaqillikga erishganimizdan keyin harbiy-vatanparvarlik ruhini tarbiyalash borasida kopgina ishlar qilindi. Jumladan, ommabop kitob va risolalar, ilmiy va o'quv uslubiy qo'llanmalar chop etildi. R.Y.Qurbonovning "Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy goyaning o'rni", Kalkanov E.T.—Vatanparvarlik shakllanishi va amal qilishining bog'liqlik qonuniyatlari (ijtimoiyfalsafiy tahlil) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyalari, S.Astanova, I.Y.Inoyatov, M.X.Abilovning izlanishlari ham ilmiy e'tiborga molikdir. Bu kitob, risola va dissertatsiyalarda asosiy e'tibor vatanparvarlikning mazmun-mohiyatiga, ho'zirgi kunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga qaratilgan. Ammo sohaga oid metodologik masalalar, xususan, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shu vaqtga qadar alohida dolzarb mavzu sifatida o'rganilmagan.

Ta'lim muassasalarida ham Vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish, tarbiyalash ta'limining asosiy mazmunini tashkil etmoqda. Vatanparvarlik his-tuyg'ularini shakllantirishda O'zbekistonning davlat ramzlari bayroq, gerb, madhiya, o'zbek tili, Konstitutsiya va boshqa shu

millatga, shu zaminga xos, mos bo'lgan tuyg'ular, fazilatlar

|_May, 2024

Multidisciplinary Scientific Journal

o'tkazilayotgan madaniy-ma'rifiy faoliyatda o'z aksini topmoqda. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasi davlat darajasidagi masalalardan bo'lganligi bois, bunday maqsadlarga aniq rejalashtirilgan yo'l xaritalarida belgilangan vazifalardan iborat ishlarni hayotga tatbiq etish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining barcha shakllari bitta maqsadga yo'naltirilgan bo'lib, yoshlarni vatanga muhabbat, armiyaga xizmat qilish burchi va vatan himoyasiga doim tayyor turishdan iboratdir. Vatanparvarlik ruhini tarbiyalashda badiiy kitob va adabiyotlar, kino, teatrlar hamda tasviriy san'atning o'rni katta. Ushbu manbalarda keltirilgan qahramonlar kim va ularni nima uchun buyuk deymiz. Vatanimiz uchun ular nimalar qilganlar, bularni biz manbalar bilan tanishib olganimizdagina bilishimiz mumkin.

Adabiyotlar yoshlarni Vatanni himoya qilishning ming yillik an'analari haqida o'ylashga majbur etadi, Vatanning mustaqilligi uchun tarixiy janglar qahramonlari bilan faxrlanish hissini uyg'otadi. Xalqning buyukligini ko'rsatadi, Vatanni himoya qilishga chorlaydi, dushmanga nafrat uyg'otadi. Adabiyot yoshlarga Vatan uchun kurash ahamiyatini ochib beradi, yoshlarga butun yuragi bilan bu kurash chiroyi va oliyjanobligini ochib beradi. Malika Tomaris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, A.Temur, Ulug'bek, Bobur, S.Raximov, L.Alieva, K.Suyunova obrazlari yoshlar uchun ma'naviy namuna hisoblanadi.

Xalqning o'z mustaqilligi uchun kurashiga bagishlangan adabiy asarlar yoshlarga urushlarning yuzaga kelishi sabablarini tushunish, O'zbekiston xalqlarining o'z mustaqilligi uchun qahramonona jasoratlari ma'naviy sabablarining chuqur asoslarini tushunishga yordam beradi. Urush haqidagi bizning asarlarimiz qahramonlar ma'naviy dunyosini og'ir sinovlarda ochib beradi, yoshlar ongida Vatan va butun dunyoda tinchlik himoyachilari namunasini yaratib va o'rgatib qolishiga intiladi.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida yoshlarga tegishli bo'lgan qonunlar ham mavjud bo'lib, bu qonunlar yoshlarning vatan oldida bo'lgan burchini bajarishiga qaratilgan. Jumladan, 41-moddada: "har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir";

45-moddada: "Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg'iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir";

64-moddada: "Ota-onalar o'z farzandlarini voyaga

yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar";

|_May, 2024

Multidisciplinary Scientific Journal

66-modda: "Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida gamxo'rlik qilishga majburdirlar";

117-moddada: "O'zbekiston Respublikasining o'n sakkiz yoshga to'lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar" kabi me'yorlar belgilab qo'yilgan.[2]

Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarda vatanparvarlikni shakllantirishda har bir o'qituvchi quyidagi shartlarni e'tiborga olishi lozim:

• bilim egallashga ehtiyojni sezish va o'z bilimi va qobiliyatini namoyon qila olish ko'nikmasiga egalik bolishi;

• o'ziga nisbatan talabchan, xatti-harakatlaridagi kamchiliklarni bartaraf eta olish;

• vatanparvarlik sifatlariga ega bolish; mehribonlik, g'ururli bo'lish;

Sanab o'tilgan sifatlarni o'quvchi ishlar ongiga singdirish uchun quyidagi shart-sharoitlarga amal qilish zarur:

• o'quvchilarda vatanparvarlikni shakllantiririshni ijtimoiy hayot sharoitlari bilan bog'lab olib borish;

• o'quvchilarni ijtimoiy yo'naltirish, ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan amaliy faoliyatni tashkil etish;

• ijtimoiy onglilik ijtimoiy hayot vaziyatlaridan to'g'ri yo'l topib chiqa olish ma'naviyatlilik, komillik belgisi ekanligini tushuntirish.

Ushbu fikrlarning xulosasi o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, jahon hamjamiyatida ijtimoiy siyosiy vaziyatlarning keskinlashayotgan bir sharoitida yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1. Yoshlarni milliy g'oya va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish;

2. Qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo'lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo'lish tuyg'usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo'lgan ishonchni kuchaytirish;

3. Milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma'nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O'zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko'nikmalarni mustahkamlash;

4. Yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro'y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko'nikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni hosil qilish;

May, 2024

253

5. Har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga yega yoshlarni tarbiyalash;

6. O'zbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo'lish — bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va ta'sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish.

Vatanparvarlik mavzusida juda ko'p olim-u ulamolarimizning ijod namunalari-yu, bu haqdagi fikrlari bizgacha yetib kelgan. Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Mirzo Ulug'bek va boshqa ajdodlarimizning ijod namunalari ho'zirgi kungacha, ya'ni bizning zamonamizda ham o'ziga xos o'rin egallagan bo'lib, yoshlar tarbiyasida ibrat, namuna sifatida qo'llanib kelinmoqda. Vatan tushunchasini har kim har xil ma'noda, o'zining tushunish darajasida talqin qiladi. Bu - insonning tug'ilgan, kindik qoni to'kilgan joydir, bolalik, yoshlik davri o'tadigan, ta'lim-tarbiya topadigan, safar qilsa, mudom qo'msaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi yo'lida xizmat qilish, uni yomon ko'zdan, qora kuchlardan himoya qilish, uning sha'nini himoya qilish - bularning barchasi siz-u bizning oldimizda turgan mas'uliyatli vazifalardandir. Vatan tushunchasini, uni sevish, ardoqlash, himoya qilish tuyg'usi nafaqat insonda, balki hayvonot olamida ham kuzatish mumkin. Baliq suvga, hayvon o'zining iniga, hasharot uyasiga intiladi. O'sha tafakkur qilmaydigan jonzotlar ham, hasharotlar ham o'zining uyini taniydi, uni quradi, unda jufti bilan yashab, naslini davom ettiradi, zarur paytda uni himoya qiladi. Shunday ekan, aqlu zakovat, tafakkur ato etilgan, borliqdagi mavjudotlarning gultoji bo'lgan insonda esa bu tuyg'u yuksak darajada rivojlangan bo'lishi lo'zim. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami kundan-kunga kengayib bormoqda. Davlatimiz rahbarining sayi-harakatlari, tashkbbuslari bilan yurtimiz hayotida misli ko'rilmagan darajadagi taraqqiyotning pog'onalarini ko'rib guvohi bo'lib turibmiz. Insonlarning tinch-hotirjam yashashi, ularning manfaatlarini himoya qilish, yurtimizni jahon arenasiga chiqarish, obro'yini ko'tarish, Prezidentimizning ta'birlari bilan aytganda, -xalqni rozi qilish" yo'lida qilinayotgan barcha ishlar, islohotlar jamiyatimiz taraqqiyotida muhim strategik masala sifatida qaralmoqda. O'zbekistonni yanada rivojlantirishning Harakatlar Strategiyasida belgilangan beshta ustivor yo'nalishlari mazmunida ham shu yurtda yashayotgan xalqimizning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, ularning farovon turmush tarzini yaxshilash, yurtimizning jahon hamjamiyati oldida nufuzi, obro'yini oshirish va boshqa masalalar turibdi. Bunday ulug' ishlarni amalga oshirishda vatanparvarlik tuyg'usi kuchli insonlarning fidoiyligi muhim

May, 2024

254

ahamiyat kasb etadi. "Vatan" - arabcha so'zdan olingan bo'lib, - "Ona yurt" degan ma'noni anglatadi.

Vatan insonning kindik qoni to'kilgan, avlod va ajdodlari tug'ilgan joyi, ijtimoiy muhiti va inson, uning hayoti va ma'naviy tushunchalarni anglatadi.[3]

-Vatanparvarlik - deganda Vatanga sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo'lishga undaydigan ma'naviy - axloqiy fazilatlar tushuniladi. Vatanparvarlik - ota-bobolarimizdan meros qolgan zaminni sevish, yurtning o'tmishi va kelajagi, xalq urfodatlarini, kuy-qo'shiqlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish demakdir". [4]

Yoshlar tarbiyasi masalasi davlatimiz siyosatining ho'zirgi kunda eng muhim strategik vazifalaridandir. Yoshlar tarbiyasi tarbiyalash va ularning shaxsini har tomonlama kamol toptirish barcha umumta'lim maktablari zimmasiga yuklatilgan. Bu vazifalar o'quvchilarda barcha qobilyatni o'sishiga, ijodiy intilishni vujudga keltirishga asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Ilg'or g'oyalarni davrimizda ro'y berayotgan o'zgarishlarni, shuningdek, tarixiy mavzularni zamonaviy ruhda tushuntirish o'g'il va qizlarda g'oyaviy e'tiqodni ma'naviy dunyoqarashni tarbiyalash uchun boy manba bo'lib hisoblanadi. Shundagina yosh avlod ruhiga his-hayajonli ta'sir ko'rsatadigan ularda mardlik, jasurlikni, tashabbuskorlikni tarbiyalaydigan mustahkam milliy tarbiya tizimi tarkib topadi. Vatanparvarlik tushunchasi ko'pincha harbiy faoliyatga nisbatan ishlatiladi. Bir jihatdan olib qaralganda, bu to'g'ri. Ammo, biz bu tuyg'uni faqat harbiylarga nisbatan ishlatsak, biz vatanparvarlikning tor ma'noda qo'llagan bo'lamiz. Vatanparvarlikni barcha faoliyat doirasida ko'rish maqsadga muvofiqdir. Vatan tushunchasi keng va tor ma'nolarda qo'llash mumkin. Keng ma'nodagi

tushunchasi: Vatan - bir xalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azalazaldan iqtiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, tor ma'nodagisi esa kishi tug'ulib o'sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutiladi.[5] O'zbeklarda falonchi vatanli bo'ldi, deyilganda o'sha odam uy-joyli, boshpanali bo'ldi degan ma'no ham shu nuqtai nazardan aytilgan bo'lsa kerak.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ho'zirgi kunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlar qalbida milliy g'urur, vatanni sevish, tarbiyani yuksaltirish kelajakda vatanimiz qanday darajada rivojlanishida hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Mamlakatimiz aholisining 60 % dan ko'prog'ini yoshlar tashkil etadi. Shuning uchun yoshlarga qaratilayotgan e'tibor bugungi kunda juda katta. Zero kelajak yoshlar qo'lida.

May, 2024

255

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyundagi "Yoshlarga oid davlat siyosati" to'g'risidagi Farmoni. O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati" to'g'risida"gi Qonun (0'RQ-406-son). 2.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.O'zbekiston 2008 3.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi 2017 yil 7 fevral, PF-4947-son farmoni.

4.Sayfullayev B., Rustamov V. (2016). Madaniy tadbirlarni tashkil etish

mahorati .To shkent, 2016

5.www.ziyo.uz

|_May, 2024

Multidisciplinary Scientific Journal

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.