Научная статья на тему 'TALABALARNI MA’NAVIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ASARLARINING O‘RNI'

TALABALARNI MA’NAVIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ASARLARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviyat / axloq / tarbiya / ta’lim / ma’naviy tarbiya / shaxs / fazilat / rivojlantirish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Dilorom Adilova Nurillaevna, Erimbetov Muhammad

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir Z.M.Boburning boy ma’naviy merosi va pedagogik qarashlari orqali zamonaviy shaxs fazilatlarini rivojlantirishga oid ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI MA’NAVIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ASARLARINING O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE INNOVATIVE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION: NEW APPROACH AND RESEARCH

OCTOBER 5, 2024

TALABALARNI MA'NAVIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR

ASARLARINING O'RNI

1Dilorom Adilova Nurillaevna, 2Erimbetov Muhammad

1PhD. Nizomiy nomidagi TDPU, Umumiy pedagogika kafedrasi v.b dotsenti

2TDPU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13911348

Annatotsiya. Mazkur maqolada buyukmutafakkir Z.M.Boburning boy ma'naviy merosi va pedagogik qarashlari orqali zamonaviy shaxs fazilatlarini rivojlantirishga oid ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, axloq, tarbiya, ta'lim, ma'naviy tarbiya, shaxs, fazilat, rivojlantirish.

Аннатоция. В данной статье представлена информaтция о развитии современных качеств личности посредством богатого духовного наследия и педагогических взглядов великого мыслителя З.М.Бабура.

Ключевые слова: духовность, нравственность, воспитание, образование, духовное образование, личность, добродетель, развитие.

Abstract. This article provides information on the development of modern personality qualities through the rich spiritual heritage and pedagogical views of the great thinker Z.M. Babur.

Keywords: spirituality, morality, upbringing, education, spiritual education, personality, virtue, development.

O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida ham ta'lim-tarbiya jarayonlariga milliy, ma'naviy-axloqiy va insonparvarlik qadriyatlarini keng joriy etish alohida belgilab qo'yilgan. Jumladan, ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi, ta'lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi, ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati[1] kabilar muhim tamoyillar sifatida belgilab berilgan.

Oliy ta'lim tizimini istibolli rivojlantirish konsepsiyasida ham yurtparvar, tashabbuskor, zamonaviy bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirgan, insoniy fazilatlarga ega yoshlarni professional kasb egasi sifatida tayyorlash, bu borada yangicha yondashuvlarni talab etadigan ta'lim-tarbiya usullaridan foydalanish; ularda sog'lom turmush tarziga rioya etish, tinchlikparvarlik va millatlararo totuvlik, vijdon erkinligi, barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilish kabi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy-axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish[5] kabi qator vazifalarning belgilab berilganligi milliy va zamonaviy pedagogik merosni keng tadqiq va targ'ib etishni taqozo etadi.

Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, ma'naviyat qadriyatlar qaror topar ekan, u insonni o'zligini anglashi, o'z-o'zini bilishi, olamni qadriyatli idrok etishi va baholash etaloni bo'lib xizmat qiladi. "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir, - deb alohida ta'kidlab o'tgan Prezident Sh.Mirziyoyev. - Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat" [2].

Z.M.Bobur ijodi ana shunday milliy va ma'naviy qadriyatlarni o'zida qilganligi bilan ahamiyatlidir. U talantli shoir, adib va olim edi. Bobur o'zining juda qisqa umri davomida juda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE INNOVATIVE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION: NEW APPROACH AND RESEARCH

OCTOBER 5, 2024

katta adabiy va ilmiy meros qoldirdi. Bobur o'z asarlarida ta'kidlaganidek, insondagi eng yomon illatlardan biri - behamiyatlik, ya'ni jonini g'amini yeb, o'zining eng yaqin kishilarini halokatga tashlab xiyonat qilishdir. Bu haqida "Boburnoma"dan shunday satrlarni o'qiymiz: "Biz G'ozixonni qo'rg'onda, deb uylagan edik, biroq bu nomussiz nomard otasi, aka-ukasi, onasi va opa singillarini Malo'tga tashlab, o'zi sanoqli kishilari bilan toqqa qarab qochibdi.

Mabin on behamiyatro hargiz, Nahohad did ro'y nekbaxti. Tan osoni guzinad xeshtanro, Zanu farzand bigzorad ba saxti. (Mazmuni: unday behamiyatni ko'rma, u hech qachon xushbaxtlik yuzini ko'rmaydi. U o'z jonini qutqarib, xotin bola-chaqasini yomon holda qoldiradi) [3, 195-b.].

Bobur o'z asarlarida zo'ravonlik, o'g'rilik, qaroqchilik va ta'magirlikni qattiq qoralaydi va bundaylarga nisbatan ba'zan beshafqat bo'lishni targ'ib qiladi. Masalan, Boburning askarlaridan biri birovning bir ko'za yog'ini tortib olgani uchun uni jazolagani diqqatga sazovordir. Shuni ham ta'kidlab o'tmoq zarurki, garchi Bobur yomonlik jazolanishi kerak deb uqtirgan bo'lsa ham, insonparvar sifatida u o'z faoliyatida yomonlikni yaxshilik bilan yengishga harakat qilgan. Bunga uning o'zining gunoh qilgan ayrim beklari, amirlari, qarindosh-urug'lari, hatto, ayrim hollarda o'z dushmanlarga nisbatan ham muruvvat ko'rsatib, yaxshilik qilganligini misol qilib ko'rsatish mumkin.

Bobur vaqtini behuda o'tkazmaslikni qo'yidagicha ifodalaydi: "G'aflat uyqusidan uyg'on, gar tilar bo'lsang murod. Kim yetar maqsadiga, har kim bo'lsa ul bedorroq".

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, Z.M.Bobur asarlari talaba-yoshlarni mehnatsevar, fidoiy, barchaga yaxshilik qilishishni oliy saodat deb bilishga undaydi. Garchand birovlarga yaxshilik tilagan shaxsda adovat va yovuzlik bo'lmaydi. Bu kabi qadriyatlarni yoshlar qalbida singdirish muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni (23.09.2020) // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020.

2. Yangi O'zbekiston: kuchli iqtisodiyot va kuchli ma'naviyat. / "Yangi O'zbekiston" gazetasi. - №24 (280). - 2021 yil 3 fevral.

3. Bobur Zahiriddin Muhammad. Boburnoma. Rahmonov Vahob, Shamsiev Porso, Mirzaev Sodiq, Mano Eyji, Hasanov Saidbek, Abdug'afurov Abdurashid, Alimov Bobur, Ahmedov Ahror, Jalilov Sayfiddin, Ibrohimov Ansoriddin, Is'hoqov Fathiddin, Mashrabov Zokirjon, Otajonov Ne'matulloh, Rustamov Alibek, Sulaymonova Fozila. - T.: Sharq, 2002. - 336 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.