PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
IJTIMOIY AXLOQ ME'YORLARINING MAZMUN-MOHIYATI
To'raqulov Akbar Rustam o'g'li
O'qituvchi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Sh. Rashidov ko'chasi 360-uy,
Denov 190507. O'zbekiston [email protected] ORCID ID: 0009-0007-2314-8170 https://doi.org/10.5281/zenodo.13309046 Annotatsiya: Ushbu maqolada ijtimoiy axloq me'yorlarining mazmun-mohiyati, ijtimoiylashuvning o'ziga xos jihatlari, talabalarning ijtimoiylashuv jarayonlari, axloqiy tamoyillar xususida ma'lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga axloqiy me'yor munosabatlarining boshqarish usullari, axloqning birdamlik, insonparvarlik, yakuniy maqsad kabi aosoiy tamoyillarining mazmun-mohiyati yoritilgan. Me'yor tushunchasi, axloqiy me'yor tushunchasi hamda ijtimoiy axloq me'yorlari kabi tushunchalarga tavsif berilgan.
Kalit so'zlar: axloq, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy munosabatlar, itjimoiylashuv jarayoni, me'yor, axloqiy me'yorlar, ijtimoiy axloqiy me'yor, axloqiy kategoriyalar, axloqiy tamoyillar, ideal axloq.
KIRISH
O'zbekiston "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" [Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi, 2019: 1] tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Yangi davr shiddati ta'lim-tarbiya tizimiga ham o'zining aniq, qat'iy talablarini qo'ymoqda. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib, xizmat qilishi lozim. Yosh avlodga sifatli ta'lim-tarbiya berishni yo'lga qo'yish, ular jismoniy va ma'naviy sog'lom, vatanparvar insonlar bo'lib ulg'ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarning safarbar etilishi, o'quvchi-yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo'lgan insonlar bo'lib voyaga yetkazish ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi.
2 TADQIQOT METODOLOGIYASI
Bugungi kunda talabalarda ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarga daxldorlik tuyg'usini rivojlantirish orqali kasbiy-ma'naviy sifatlarni tarkib toptirish, ijtimoiy axloq me'yorlarini tarkib toptirish asosida oliy ta'lim muassasalarida itimoiy tarbiya jarayonlarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. O'z navbatida, talabalarning ijtimoiy axloq me'yorlarini shakllantirishda ijtimoiy odoblarni hozirgi zamon talablariga xos bo'lgan shakllarini kengaytirish, talabalarda ijtimoiy muloqotchanlik va kompetentlikni qaror toptirish orqali yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash alohida dolzarblik kasb etadi. Shaxslarda ijtimoiy axloq me'yorlarini shakllanmaganligi natijasida dunyoda yuzaga kelayotgan salbiy oqibatlarni e'tirof etishimiz mumkin. Bugungi kunda bu kabi muammolarni oldini olish va bartaraf etishda shaxslarda ijtimoiy axloq me'yorlarini shakllantirish va rivojlantirish esa dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Avvalo ijtimoiy axloq me'yorlari mazmun-mohiyatini anglash uchun bir necha tushunchalarning ta'rifiga to'xtalamiz: ijtimoiylashuv - biron-bir voqea-hodisa, shaxs yoki harakatning ijtimoiy mohiyat kasb etib, ko'pchilikka daxldor bo'lib, ijtimoiy munosabatlar
mujassamiga aylanib borishini anglatadigan tushuncha. Ijtimoiylashuv jarayoni va uning o'ziga xos xususiyatlari falsafa, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogika, tarix va etnografiya fanlari tomonidan o'rganiladi. Ijtimoiylashuv kishilik madaniyati, xususan, milliy madaniyat an'analarini o'zlashtirib borish jarayoni sifatida ham talqin etilishi mumkin. Madaniy muhitga moslashish jarayoni sifatida ijtimoiylashuv insonning butun umri bo'yi davom etadi, ijtimoiylashuv jarayoni to'xtab qolmaydi. Insonning madaniy an'analarni o'zlashtirish jarayoni uning individualligining shakllanishi bilan
hamohangdir[A.Sherov, A.Xolbekov, M.G'afforova, 2009: 2].
Ijtimoiy tarbiya — tarbiyaning muhim bir shakli, butun jamiyat, xalq, millat va tabaqaga ko'rsatilgan maqsadga muvofiq ma'naviy ta'sirni ifoda etadigan tarbiyadir. Ijtimoiy tarbiya - shaxs ongu tafakkuri, ma'naviy-ma'rifiy olamini jamiyatning maqsad va vazifalariga uyg'un hamda hamohang ravishda shakllantirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok ettirishga da'vat etadigan barcha ezgu ta'sir hamda omillar majmui. Ijtimoiy tarbiya - tarbiyaviy ta'sirning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan, oila tarbiyasi, mahalla tarbiyasi, maktab tarbiyasi, o'rta maxsus va oliy ta'lim tarbiyasi, mehnat jamoasi tarbiyasi, jamoatchilik tarbiyasi kabi tarbiya institutlarini qamrab oladigan murakkab ma'naviy-ma'rifiy jarayondir. Ijtimoiy tarbiya tizimi samaradorligini oshirish ushbu jarayon tashkilotchilari va targ'ibotchilarining uning maqsad va vazifalari, ustuvor yo'nalishlari, omil va vositalari, usul-uslublari haqida aniq tasavvurga ega bo'lishi, zamon talablari asosida ish olib borishiga bog'liq.
Mamlakatimizda yangi jamiyat asoslari barpo etilayotgan hozirgi sharoitda ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi fuqarolarni insonparvar demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurish ishiga safarbar etish, yagona umumilliy g'oya atrofida birlashtirishdan iborat. Uning asosiy vazifasi esa jismoniy baquvvat, ma'naviy yetuk, ruhan tetik, mustaqil fikrlash, ishlash va yashash
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of
I Li I toe^centurv
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
qobiliyatiga ega bo'lgan, zamonamizning ilm-fan, texnika-texnologiya yutuqlarini, ilg'or kasb-hunarlarni egallagan barkamol insonni shakllantirishdan iborat. Har bir davrning o'ziga xos ijtimoiy tarbiya usullari va vositalari bo'ladi. Qadim zamonlarda ijtimoiy tarbiya yosh avlodning keksa avlod tajribalarini o'zlashtirib olishidan iborat bo'lgan. Ijtimoiy tarbiya asosan mehnat faoliyati (ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik kabi) jarayonida, turli urf-odat va marosimlarni o'tkazish vaqtida amalga oshirilgan. U asosan jismoniy baquvvat bo'lishga qaratilgan. Ijtimoiy tarbiya jismoniy, harbiy, vatanparvarlik, ma'naviy-ma'rifiy, estetik tarbiya singari turlarga bo'linadi. Jismoniy, harbiy, vatanparvarlik tarbiyalari mohiyatida mushtaraklik ham, o'ziga xoslik ham borki, ular shaxsning ijtimoiylashuvini ta'minlaydi. Jismoniy tarbiyada insonning gavda va vujudi chiniqtiriladi, harbiy tarbiyada insonga harbiy bilim va malaka beriladi, vatanparvarlik tarbiyasida insonning ruhi tarbiyalanib, unda ona Vatan taqdiri uchun mas'ullik fazilatlari rivojlantiriladi. Ijtimoiy tarbiyalashda ota-ona mehri, Vatan muhabbati, ustoz-shogirdlik an'analari, milliy qadriyatlar, shuningdek, mahalla va jamoat nazorati ham katta ta'sir kuchiga ega bo'lib, yoshlar kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan davlatlarda ijtimoiy tarbiyani amaliy tashkil etish maxsus kasb darajasiga ko'tarilgan. Janubda ijtimoiy tarbiya bilan shug'ullanuvchi kasb "Ijtimoiy faoliyat" deb yuritiladi.
"Axloq (arab. xulqning ko'pligi; lot. moralis - xulq-atvor) - ma'naviy hayot hodisasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma'naviyat sohasiga oid tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turushi, ijtimoiy va shaxsiy hayotidagi o'zaro munosabat, shuningdek, jamiyatga bo'lgan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me'yor va qoidalar yig'indisi. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo'lishi kerak. Shunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo'ladi, Vatani, xalq uchun jonini fido etishga ham o'zini ayamaydi. Axloq talablari kishilarning fa'l-atvori va faoliyatida o'z ifosadini topadi. Axloq hodisa sifatida ijtimoiy faoliyatni tartibga solishning boshqa shakllaridan o'z talablarining asoslanishi va amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Axloq me'yorlari hamma uchun barobardir, lekin ular hech kimning buyrug'i bilan joriy etilmagan burch, majburiyat tarzida namoyon bo'ladi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi, tartib-qoidalarining yig'indisi sifatida gavdalanadi. Demak, jamiyatga, oilaga, mehnatga bo'lgan munosabatda axloq belgilari namoyon bo'ladi. Inson xatti-harakati va xulqidagi yo'nalishlar, eng muhim belgilar mujassamlashib, shaxs faoliyatida, uning kamol topishida axloqning asosi bo'lib xizmat qiladi. "Xalqimiz axloqiy tafakkur bobida boy merosga ega"[A.Sherov, A.Xolbekov, M.G'afforova, 2009: 2].
www.in-academy.uz
Ma'rifatparvar olim A.Avloniy shunday ta'rif bergan: "insonlarni yaxshilikg'a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg'an kitobni axloq deyilur. O'z aybini bilib, iqror qilub tuzatmakg'a sa'y va ko'shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidir"[A. Avloniy, "Turkiy guliston yoxud axloq" 2019: 3]. Forobiyning fikricha, "inson bilimli va namunali axloq egasi bo'lgandagina ijobiy xislatlari bilan barchaga o'rnak bo'la oladi. Axloqiy tarbiya esa, jamiyat ma'naviy hayotidagi muhim ijtimoiy hodisa bo'lib, odob-axloq tizimini, axloqiy fazilatlarini zamon talablari asosida har qaysi avlod ongiga singdirish shakli bo'lib, o'sib kelayotgan yosh avlodda xulq odob me'yorlariga mos keladigan, zamon talablariga beradigan, insoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan ilmiy va amaliy harakatlar tizimi tushuniladi" [A.Sherov, A.Xolbekov, M.G'afforova, 2009: 2].. Alloma Voiz Koshifiy esa, insonning qadr-qimmati, uning mol-mulki yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki ma'naviy qiyofasi, axloqiy sifatlari bilan o'lchanadi, deb ta'kidlaydi.
Axloqiy me'yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo'lgan ma'naviy kamolotga erishib bo'lmaydi.
Axloq - shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlarni boshqarish mexanizmi. Axloq shunchaki munosabatlarni tartibga keltirish uchungina emas, balki ularni uyg'unlashtirish uchun ham zarur.
Munosabatlarni boshqarish ikki xil usul bilan amalga oshiriladi:
1) xulq-atvorni rag'batlantirish
2) jazolash.
Axloq jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soladi va ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari ifodalanadigan maqsadlarni ilgari suradi.
Axloq tushunchalari umumiy xarakterga ega, ular alohida munosabatlarni emas, hamma sohasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Bunday tushunchalar axloqiy kategoriya deb ataladi. Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o'zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydi. Bu axloqiy ideal deb ataladi.
Ezgulik, tartiblilik, haqqoniylik, rostgo'ylik, adolatlilik, mehnatsevarlik, jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlarni o'zida birlashtirgan shaxs tavsifi axloqiy tamoyillar deb ataladi.
Axloqning asosiy qirralari (tamoyillari) - birdamlik (shaxsiy manfaatlarning umumiylikning yuqori ko'rinishi sifatidagi ijtimoiylikka bo'ysundirilishi) va insonparvarlik (shaxsga o'z-o'zicha qadriyat va yakuniy maqsad sifatida munosabatda bo'lish). Axloqiy ongning o'ziga xos tushunchalari sifatida yaxshilik va yomonlik, burch, vijdon, sha' n, qadr-qimmat kabilarni keltirib o'tish mumkin. Yuqorida aytilganlarni e'tiborga olib, axloqning, jamiyat a'zolarining faoliyatiga
yo'nalganligi va uni boshqarilishi ma'nosida faoliyatli tavsifini ko'rsatib o'tish to'gri bo'ladi.
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
Axloqiy me'yorlar har bir inson va jamiyat uyg'unlikda mavjud bo'la olishiga intilgan kishilik jamiyatining ko'p asrlik tajribasi natijasidir.
Insoniyat hamisha eng muhim maqsadlardan biri sifatida kishilarning hamkorlikdagi yashashida uyg'unlikka intilib kelgan. Axloq me'yorlari insonning yaxshilik va yomonlikni chegaralash, ezgulik nima ekanini aniqlashga intilishlari natijasida yuzaga kelgan.
Axloq me'yor va qadriyatlardan iborat. Axloqning uchinchi elementi ideallarni esa, shaxs o'zida tarkib toptirishni xohlagan me'yor va sifatlar tarzida ajratib ko'rsatish mumkin.
Me'yor - bir turdagi xulq-atvor, takrorlanadigan vaziyat, talab, standart, taqlid uchun misol, ijtimoiy fikr, did, qoida, urf-odat shaklidagi namuna. Me'yorlar ajdodlarning katta ijobiy ahamiyatga ega tajribasini o'zida mujassamlaydi, zero ularda u yoki bu xulq-atvorning ko'plab avlodlar tajribasida sinalgan maqsadga muvofiqligi aks etadi.
Yuqorida keltirilgan ta'riflardan kelib chiqib shuni ayta olamizki, ijtimoiy axloq me'yorlari - shaxsning jamiyatga ijtimoiylashuv jarayonlarida xulq-atvorning o'ziga xos bo'lgan ideal obrazlarda namoyon etuvchi ko'rsatkich. Bugungi kunda talabalarimizda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o'zini-o'zi o'qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi ta'lim sifatiga ham zarar ko'rsatmoqda. Shu sababli, yoshlarga ta'lim-tarbiya berish jarayonida ijtimoiy tarbiya hamohangligi asosida ijtimoiy axloq me'yorlarini shakllantirish lozim.
3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Talabalarda ijtimoiy axloqni shakllantirishda buyuk mutafakkir ajdodlarimizning asarlari, shuningdek, yaqin tarixda ijod qilgan allomalarimiz asarlarining asarlari, tarixiy manbalar o'rin tutadi. Bularga misol tariqasida qadimiy manba hisoblangan "Avesto" asari, Imom Buxoriy, qomusiy olimlarimizdan Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruni, Yusuf Xos Xojib, Abulqosim Zamahshariy, Ahmad Yassaviy, Alisher Novoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kani matafakkirlarimiz va yaqin tarixda ijod qilgan Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy Cho'lpon kabi ma'rifatparvarlik harakati namoyondalari axloqiy ta'limotlari hamda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Ijtimoiy odoblar" ham talabalarda ijtimoiy ahloqni rivojlatirishda muhim manba bo'lib muhim manba bo'lib ximzat qiladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Shaxsning ruhiy va jismoniy yetukligining mezoni axloq va axloqiy me'yorlar bo'lib, uning ishtirokisiz ma'naviy kamolotga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham ma'naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi. Ma'naviyat va axloq o'z navbatida ijtimoiy tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni taqozo etadi. Ma'naviy qadriyatlar mushtarakligida shaxs ongini shakllantirish masalalarini, yoshlarning milliy tarbiyasi, oilaning
www.in-academy.uz
ma'naviy asoslari, mustaqillik ma'naviyati va tarbiya asoslari, o'quvchida milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur iftixor tuyg'ularining shakllanishi, bu jarayonda milliy ma'naviyatning o'rni va roli tahlil etilgan, o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashni shakllantirish masalalari, milliy ma'naviy merosimizni yoshlar ongiga singdirish yo'llari tadbiq etgan. Har tomonlama yetuk va sifatli kadrlarni yetishtirishda boshlang'ich ta'lim asosiy poydevor ekanligiga ham e'tiborni qaratiladi.
ADABIYOTLAR:
[1] Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarori (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi 03.01.2020-y., 09/20/1059/4265-son, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
[2] "Ma'naviyat asosiy tushunchalar lug'ati". A.Sherov, A.Xolbekov, M.G'afforova va boshq. T.: 2009 yil. 233 bet.
[3] Abdulla Avloniy "Turkiy guliston yoxud axloq". YOSHLAR NASHRIYOT UYI. T.: 2019 5 bet.