Научная статья на тему 'ME’YOR VA ME’YOR HISSI MASALALARINI ILMIY-FALSAFIYO‘RGANISH TARIXIDAN'

ME’YOR VA ME’YOR HISSI MASALALARINI ILMIY-FALSAFIYO‘RGANISH TARIXIDAN Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
49
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Me’yor / falsafa / tarixiy rivojlanish / me’yor hissi / falsafa / kategoriya / ilmiy o’rganish.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xudoyqulova Ziyoda

Me’yor va me’yor hissi masalalari ontogenez va fillogenez rivojlanishidan insoniyat tarixida salmoqli o‘rin tutgan va ularni ilmiy-falsafiy tarafdan o‘rganish har bir zamonning dolzarb masalalaridan biridir. Mazkur maqolada me’yor va me’yor hissi tarixiy tushunchalarining o‘zgarishi, ularning ilmiy va falsafiy tadqiqotlardagi o‘rni, shu bilan bir qatorda, fanlararo yondashuvlar muhokama qilinadi. Me’yorlar ijtimoiy hayotda qanday belgilanishi, axloqiy va estetik me'yorlar o'rtasidagi uzviylik, shuningdek, madaniyat va tarixiy doirada ularning taraqqiyoti haqida mulohazalar bildiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ME’YOR VA ME’YOR HISSI MASALALARINI ILMIY-FALSAFIYO‘RGANISH TARIXIDAN»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

ME'YOR VA ME'YOR HISSI MASALALARINI ILMIY-FALSAFIY-

O'RGANISH TARIXIDAN THE HISTORY OF SCIENTIFIC-PHILOSOPHICAL STUDY OF NORMS

AND THE SENSE OF NORMS ИСТОРИЯ НАУЧНО-ФИЛОСОФСКОГО ИЗУЧЕНИЯ НОРМ И НОРМЫ

ЧУВСТВ

Xudoyqulova Ziyoda Anvarovna

Al-Beruniy International school" ta'lim-tarbiya jarayoni psixologik taminoti bo'limi

boshlig'i o'rinbosari, amaliy psixolog

Annotatsiya: Me'yor va me'yor hissi masalalari ontogenez va fillogenez rivojlanishidan insoniyat tarixida salmoqli o'rin tutgan va ularni ilmiy-falsafiy tarafdan o'rganish har bir zamonning dolzarb masalalaridan biridir. Mazkur maqolada me'yor va me'yor hissi tarixiy tushunchalarining o'zgarishi, ularning ilmiy va falsafiy tadqiqotlardagi o'rni, shu bilan bir qatorda, fanlararo yondashuvlar muhokama qilinadi. Me'yorlar ijtimoiy hayotda qanday belgilanishi, axloqiy va estetik me'yorlar o'rtasidagi uzviylik, shuningdek, madaniyat va tarixiy doirada ularning taraqqiyoti haqida mulohazalar bildiriladi.

Zamonaviy ilmiy tekshiruvlar me'yorlarning subyektvizmi, ijtimoiy holatga bog'liqligi va turli madaniyatlar o'rtasidagi farqlarni o'rganishga yo'naltirilgan. Yangi nazariyalar va metodologiyalar me'yor va me'yoriy qadriyatlarni yanada chuqurroq tushunishga imkon beradi. Ushbu maqola me'yor va me'yor hissi masalalarini ilmiy va falsafiy jihatdan o'rganish tarixini, shuningdek, uning zamonaviy davrdagi ahamiyatini batafsil yoritadi. Oqibatda, bu tushunchalar insoniyatning ma'naviy va ijtimoiy rivojlanishida qanday ahamiyat kasb etishi ko'rsatiladi.

Me'yor va me'yor hissi masalalari insoniyatning falsafiy va ilmiy fikrlarida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Tarix davomida bu masalalar turli nazariyalar va tushunchalar orqali o'rganilgan.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Kalit so'zlar: Me'yor, falsafa, tarixiy rivojlanish, me'yor hissi, falsafa, kategoriya, ilmiy o'rganish.

Me'yor va me'yor hissi masalalari insoniyatning falsafiy va ilmiy fikrlarida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Tarix davomida bu masalalar turli nazariyalar va tushunchalar orqali o'rganilgan.Avvalgi jamiyatlar ijtimoiy tartibni saqlash uchun qoidalar va odatlarni ishlab chiqqanlar. Chunki insoniyat rivojlanishi har tomonlama ilgari siljishi hamda jamiyatda hotirjamlik hukm surishi uchun uchun me'yoriy qonun qoidalar, tushunchalar borligi, ularga rioya qilinish juda ham muhim hisoblanadi. Me'yor masalasi taxliliga kirishishdan avval uning tub mohiyati va ma'nosini aniqlashtirib olsak taxlil qilmoqchi bo'lgan mavzuni chuqurroq anchglay olish anchagina osonlashadi. 95O'zbek tilining izohli lug'atida me'yor so'zi arabchadan-o'lchak, asosiy o'lchov, andoza kabi ma'nolarda keltirilib bu so'z huquqiy, miqdoriy, hissiy, ijtimoiy chegaralarni o'lchashda ishlatiladigan so'zdir. Shuningdek, diniy manbalardan aynan shu tushuncha yuzasidan malumotlar izlanganda esa mo'tadillik so'zi orqali topishimiz mumkin chunki mo'tadillik so'zi ham arabcha- o'rtacha, me'yoriy, biror tomonga yon bosmaydigan degan ma'nolarni anglatadi.

Me'yor - bu biron-bir jarayon, faoliyat yoki hodisa uchun belgilangan standart yoki normalar to'plami. Bu so'z ko'pincha sifat, miqdor, vaqt, san'at va boshqalarda belgilangan chegaralarni ifodalaydi. O'zbek tilida "me'yor" so'zi vaqt o'tishi bilan ijtimoiy-tadqiqot kontekstida rivojlangan. U, asosan, belgilangan yoki qabul qilingan ko'rsatkichlar to'plamiga nisbatan qo'llaniladi. Tarixiy jihatdan, so'zi turli ijtimoiy va iqtisodiy tizimlarda aniq belgilanadigan normativlarni belgilaydi.

Me'yor so'zi turli tillarda turlicha ifodalansada dunyoning har qaysi nuqtasida umum mazmun kasb etadi. Quyida dunyo xalqlari orasida eng ko'p qo'llaniluvchi tillarda "me'yor" so'zi qanday ifodalanishi va uning lug'aviy manosini ko'rib chiqamiz:

95 Y36eK TH^HHHHr roox^u nyFam: 80000 gaH opTHK; cy3 Ba cy3 6upHKMacH. II. E-M/ Taxpup xaftbaTH: T. Mup3aeB (pax6ap) Ba 6om^.; Y3P ®A Tun Ba aga6ueT hh-th. - T.: "Y36eKHCTOH mh^hh энцнкroпедннсн" ^aB^aT hjmhh HampueTH, 2006.- 6276. (585 6.)

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

- Arab tilidagi ma'nosi: (mayar) - lug'aviy manosi: me'yorga asoslangan, standart yoki norma sifatida ifodalanadi.

- Xitoy tilidagi ma'nosi: (biäozhün) - lug'aviy manosi: standart yoki me'yor demak.

- Ingliz tilidagi ma'nosi: Standard - lug'aviy manosi: Belgilangan yoki qabul qilingan me'yor, norma yoki o'lchov sanaladi.

- Rus tilidagi ma'nosi: Стандарт (standart) - lug'aviy manosi: Qabul qilingan, tasdiqlangan norma yoki qoidalardir.

- Italyan tilidagi ma'nosi: Normativa - lug'aviy manosi: Me'yorlar, qoidalar jamlanmasi.

- Nemis tilidagi ma'nosi: Standard- lug'aviy manosi: Umum qabul qilingan me'yor yoki shakl.

- Fransuz tilidagi ma'nosi: Norme- lug'aviy manosi: Qoidalar yoki me'yorlar yig'masi.

- Turk tilidagi ma'nosi: Standart - lug'aviy manosi: Ma'qullangan me'yor yoki norma.

Yuqoridagi ifodadan ko'rishimiz mumkinki dunyoning qaysi nuqtasida bo'lmaylik, har qanday vaziyat va sohada me'yoriy yondashuv yashash sifati va rivojlanish tezligini oshirishga katta yordam beradi.

"Me'yor" tushunchasi falsafada muhim kategoriya sifatida qaralib, u haqidagi ilk yondashuvlar qadimiy Hind falsafasida, vedalar va upanishadlar davrida (taxminan miloddan avvalgi 1500-500 yillar) shakllangan. Vedalarda bu tushuncha odob-axloq qoidalari (rita) bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. Xitoy falsafasida esa bu tushuncha Konfutsiy davridan (miloddan avvalgi VI-V asrlar) boshlab rivojlangan. Konfutsiy va uning izdoshlari "me'yor"ni insonparvarlik va adolat (ren va yi) bilan bog'liq deb hisoblaganlar.

Yunon falsafasida bu tushuncha miloddan avvalgi V-IV asrlarda, ayniqsa, Platon va Aristotel davrida yanada rivojlangan. Platon adolat (dikayosune) va yaxshilik (agathos) tushunchalarini chuqur tahlil qilib, ularni rivojlantirgan bo'lsa,

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Aristotel "me'yor"ni o'rta yo'l (mesotes) va adolat (dikaiosyne) tushunchalari bilan bog'liq ko'rgan. O'rta Osiyo mintaqasida "me'yor" tushunchasi zardushtiylik, islom va boshqa dinlar hamda falsafiy oqimlar ta'siri ostida shakllangan. Xususan, IX-X asrlarda musulmon falsafachilari, masalan, Al-Farobiy, Beruniy va Ibn Sino bu tushunchaga katta hissa qo'shganlar. Ular o'z asarlarida tabiiy va ma'naviy, ruhiy "me'yor" haqida chuqur mulohazalar bildirganlar va bu atamadan o'zlarining tabiiy-falsafiy asarlarida keng foydalanishgan.96

"Me'yor"ni falsafiy kategoriya sifatida ko'rib chiqqanlardan biri Germaniyalik faylasuf Gegel bo'lgan. Miloddan avvalgi IV asr boshlaridan boshlab, ayniqsa, qadimgi Gretsiyada, falsafachilar, masalan, Sokrat, Platon va Aristotel, xulq-atvor va etik "me'yor"larni tahlil qila boshlaganlar. Ular uchun xulq-atvor "me'yor"lari insoniyatni yaxshilash va adolatli jamiyatni barpo etish uchun asosiy ahamiyatga ega edi.

Miloddan avvalgi 300-yillarda Aristotelning ahloqqa bag'ishlangan uchta asaridan biri bo'lgan "Nikomax etikasi"da "me'yor" tushunchasi alohida o'rin tutadi. Aristotelning ta'kidlashicha, faqatgina me'yorga amal qilish insonni jismoniy va ma'naviy kamolotga erishtiradi. U "me'yor"ning yetishmovchiligi yoki ortib ketishi insondagi ma'lum sifatlarning yo'qolishi yoki noto'g'ri aks etishiga olib keladi. Bu fikr orqali Aristotel qutblar o'rtasidagi oltin o'rtalikning ahamiyatini yoritadi va o'zining misollari orqali bu konsepsiyani tushuntiradi. 97Masalan, u mardlikni oltin o'rtadagi fazilat deb oladi; bu fazilatning bir qutbida qo'rquv sifatidagi yetishmovchilik, ikkinchi qutbida esa be'mani qahramonlikka intilish mavjud. Ushbu misoldan ko'rinib turibdiki, "me'yor" tushunchasining insonda mavjudligi uning ma'naviy kamoloti, ruhiy barqarorligi va jamiyat bilan munosabatlarining mustahkam, oson va sifatli kechishini ta'minlaydi.

96 MabHaBuaT: acocuH TymyHH&iap rooxOT ^yraru/ Y3P npe3HgernH xy3ypugaru ^aB^ar Ba ^aMHHT ^ypunumu aKageMuacu, Y36eKHCTOH $aräacy$^apu mhothh ^aMHara; Taxpup xanbaTu: X.CyrnoHOB Ba 6om^.;Ty3yBHH Ba Macbyn Myxappup K^.Ha3apoB. - T.: Fa$yp Fy^OM HOMugaru HampHëT-Mar6aa u^ogun yfiu, 2010 hh^.760 6. (370-371 66.)

97 Aristotel. Nikomax Etikasi. Tarjimon: U. To'ychiev. - Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. - 352 b.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Aristotelning ta'limoti nafaqat uning zamondoshlari, balki keyingi avlod buyuk shaxslariga ham ta'sir ko'rsatgan. Masalan, Iskandar Zulqarnayn, Beruniy, va Ibn Sino kabi buyuk Sharq allomalari Aristotelning o'gitlaridan ilhomlangan. Qadimiy davrning daho mutafakkiri Aristotelning "Axloqi kabir" va "Poetika" risolalaridagi muhim parchalardan biri "Tugun va Yechim" deb nomlanadi. Bu konsepsiya inson tafakkurini chuqur o'rganishga undaydi, chunki har qanday masalani tadqiq qilishda tugunli nomalumlikdan boshlanib, uning ildizini tahlil qilish va shu topilgan boshlang'ich tugun uchidan yechim topishga qadar yo'l yurgan holda masalani hal qilish, insoniyatning rivoji va kamolotiga xizmat qiladi.

Psixologik nuqtai nazardan ham ildiz, tugun va yechim formulasini qo'llab tadqiq qilish zarur. Ayniqsa, "me'yor" tushunchasi shunday masalalardan biri bo'lib, uni chuqur o'rganish insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O'rta asrlarda diniy masalalardagi turli yondashuvlar "me'yorlar" va axloqiy qoidalar ijtimoiy hayotda katta rol o'ynagan. Diniy tushunchalar, masalan, axloqiy qadriyatlar va jamiyatda xulq-atvor me'yorlarini belgilashda asosiy manba bo'lib kelgan.

XVIII-XIX asrlar davomida, ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar natijasida me'yorlar yangi tushunchalar va normativlar bilan boyitilgan. Bu davrda inson huquqlari, adolat va tenglik kabi me'yorlarni o'rganishga katta e'tibor qaratilgan. XX va XXI asrlarda ijtimoiy psixologiya, antropologiya va pedagogika fanlari me'yorga katta e'tibor qaratib, bolalarning me'yorlarni o'rganishi va rivojlanishi jarayonlarini chuqur tahlil qilgan. Bu sohalar orqali "me'yor" masalalari insoniyat tarixining har bir bosqichida o'rganilib, zamonaviy jamiyatda ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

P.S. Gurevichning "Mera: filosofskiy aspekt" kitobida me'yor tushunchasining tarixi va shaxs rivojlanishidagi ahamiyati haqida keng qamrovli ma'lumotlar keltirilgan. Kitobda "me'yor" tushunchasining qadimgi davrdan hozirgacha qanday rivojlanganligi va turli faylasuflar tomonidan qanday tushunilganligi haqida batafsil bayon etilgan.98 Gurevichning fikricha, "me'yor" insonlar o'rtasidagi munosabatlar va ijtimoiy normativ xulq-atvor bilan bog'liq bo'lib, bu orqali shaxs o'z-o'zini va dunyoni yaxshiroq anglaydi, yashashni osonlashtiradi. Bu fikrdan kelib chiqib aytish

98 Гуревич, П. С. Мира: философский аспект. - Москва: Политиздат, 1988. - 256 с.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

mumkinki, etnik, ijtimoiy, huquqiy, axloqiy, tibbiy, ma'naviy, tarixiy, diniy va kasbiy sohalarning har birida "me'yor" masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.99

Bu esa "me'yor" tushunchasi inson hayotining sifatini oshirish, tafakkur va tiyraklikni rivojlantirish, diqqatni jamlash va insoniy maqsadlarni anglash uchun necha asrlardan buyon turli fan arboblari, faylasuflar, huquqshunoslar va tibbiyot xodimlari tomonidan turli nuqtai nazarlardan o'rganilib kelinayotganligini ko'rsatadi. Yuqorida keltirilgan manbalardan ko'rinib turibdiki, "me'yor" va "me'yor hissi" masalalari tarixdan beri ilm ahlini o'ziga jalb qilib kelgan va ularning zamonaviy hayotda ham dolzarb ekanligini ko'rsatmoqda.

Me'yor tushunchasi ahamiyati va aktualligi insoniyat rivojining turli jabhalarida o'rnatilgan oltin o'rtaliklar ijtimoiy tartibni, shaxslararo munosabatlarni va ilmiy yangiliklarni oldinga siljitishda yordam berib kelayotgan eng muhim kategoriyalardan biri hisoblanadi. Bu tushuncha zamon zayliga ko'ra yanada mukammallashib boraveradi, va "me'yor" tushunchasi bilan tanishlik insonlarga yengil va sifatli hayot kechirishga yordam beradi.

Me'yor va me'yor hissi masalalarini ilmiy-falsafiy o'rganish natijasida bir qator yangi nazariyalar va tushunchalar paydo bo'lgan. Yosh avlod olimlari va falsafachilari me'yor va me'yor hissini o'rganishda yangi nazariyalar ishlab chiqmoqda. Masalan, postmodernizm davrida me'yorlarning nisbiyligi va ijtimoiy kontekstga bog'liqligi haqidagi fikrlar shakllangan. Bugungi kunda me'yor va me'yor hissi masalalari psixologiya, sotsiologiya, antropologiya va boshqa fanlar bilan bog'liq holda o'rganilmoqda. Bu interdisiplinar yondashuv yangi fikrlar va metodlarni ishlab chiqishga imkon yaratmoqda.

Axloqiy va estetik me'yorlarni o'rganish zamonaviy falsafiy muhokamalarda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalalar insonlarning ijtimoiy hayotidagi rolini va ularning qaror qabul qilish jarayonidagi ta'sirini o'rganishga qaratilgan. Me'yor va me'yor hissi masalalarining madaniy va ijtimoiy kontekstdagi o'zgarishlari, turli madaniyatlar va tarixiy davrlardagi me'yorlarning farqlanishi haqida yangi tushunchalar paydo bo'lgan. Me'yor va me'yor hissi masalalarining evolyutsiyasi

99 Гуревич П.С. Основы философии: Учеб. пособие. — М.: Гардарики, 2000. - 438 с.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

haqida yangi ilmiy tadqiqotlar ham olib borilmoqda. Bu tadqiqotlar "me'yor"larning vaqt o'tishi bilan qanday o'zgarishini va insoniyat rivojlanishiga qanday ta'sir ko'rsatishini o'rganadi.100

Me'yor va me'yor hissi masalalarini ilmiy-falsafiy o'rganish natijasida paydo bo'lgan yangiliklar bu masalalarning murakkabligi va ko'plab omillar bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Yangicha yondashuvlar va tadqiqotlar bu masalalarni chuqurroq tushunishga yordam beradi va insoniyatning ma'naviy rivojlanishida muhim o'rin tutadi.

Adabiyotlar ro'yhati:

1. Арасту. Ахлки кабир. Таржимонлар Уммат Туйчиев ва Маркам Махмуд. - Тошкент: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2018 йил.- 352б. (49-50 бб.)

2. Узбек тилининг изохли лугати: 80000 дан ортик суз ва суз бирикмаси. Ж. II. Е-М/ Тахрир хайьати: Т. Мирзаев (рахбар) ва бошк.; УзР ФА Тил ва адабиёт ин-ти. - Т.: "Узбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2006.- 627б. (585 б.)

3. Фалсафа кискача изохли лугат / Муаллифлар: М.Н.Абдуллаева, М.Абдурашидов, У.Абилов ва бошк.: Масьул мухаррир: А.Жалолов. - Т.: «Шарк», 2004.- 384 бет. (204-205 бб)

4. M. J. Houghton. The Structure of Social Theory. M. Harrap. London, UK 1995, 250 pages.

5. Гуревич П.С. Основы философии: Учеб. пособие. — М.: Гардарики, 2000. - 438 с.

6. Гуревич, П. С. Мира: философский аспект. - Москва: Политиздат, 1988. - 256 с.

7. Aristotel. Nikomax Etikasi. Tarjimon: U. To'ychiev. - Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. - 352 b.

100 Шарк хикоят ва ривоятлари: Биринчи китоб / нашрга тайёрловчи, сузбоши ва изохлар муаллифи Э. Очилов. - Тошкент: «Sharq», - 2014. - 528 б.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

8. Маьнавият: асосий тушунчалар изошли лугати/ УзР Президенти хузуридаги Давлат ва жамият курилиши академияси, Узбекистон файласуфлари миллий жамияти; тахрир хайьати: Х.Султонов ва бошк.;тузувчи ва масьул мухаррир ^Назаров. - Т.: Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2010 йил.760 б. (370-371 бб.)

9. Шарк хикоят ва ривоятлари: Биринчи китоб / нашрга тайёрловчи, сузбоши ва изохлар муаллифи Э. Очилов. - Тошкент: «Sharq», - 2014. - 528 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.