Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
ME'YOR MUAMMOSINING ILMIY-PSIXOLOGIK TALQINI
Xudoyqulova Z.A.
Al-Beruniy xalqaro maktab psixologi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada psixologiyada keng yoritilmagan ammo shaxsning barcha soha va faoliyat turlaridagi ishtiroki va ijrosi sifatini belgilab beruvchi, uni mo'tadilligini taminlovchi asoslardan biri me'yor tushunchasiga oid qarashlar yoritiladi. Me'yor tushunchasi turli soha va yo'nalish tarmoqlari doirasida, shuningdek uning tub mohiyatini yoritish, va bu orqali me'yor hissi psixologiya faninig chuqurroq va kengroq yoritilishi zarur bo 'lgan jabhalaridan biri ekanligiga doir manbalarni o'z ichiga oladi.
Kalit so'zlar: Me'yor tushunchasi, me'yor hissi, muhimlik, shakllantirish, tartib, yetarlilik, qoniqish.
АННОТАЦИЯ
В этой статье обсуждается концепция нормы, которая не широко освещается в психологии, но является одной из основ, определяющих качество участия и результативности человека во всех сферах и видах деятельности, а также обеспечивающая ее стабильность. Понятие нормы включает источники в различных областях и направлениях, а также для освещения ее сущности, и, таким образом, смысл нормы является одним из аспектов психологии, который необходимо охватить более глубоко и широко.
Ключевые слова: понятие нормы, смысл нормы, важность, формирование, порядок, достаточность, удовлетворенность.
ABSTRACT
This article discusses the concept of a norm, which is not widely covered in psychology, but is one of the foundations that determine the quality of human participation and performance in all spheres and activities, as well as ensuring its stability. The concept of a norm includes sources in various fields and directions, as well as to illuminate its essence, and, thus, the meaning of a norm is one of the aspects of psychology that needs to be covered more deeply and widely.
Keywords: the concept of a norm, the meaning of a norm, importance, formation, order, sufficiency, satisfaction.
KIRISH
Inson hulq-atvorining tartibga solinishi murakkab psixologik mehanizmlar hisobiga amalga oshadi. Bunda albatta ijtimoiy talablar, milliy-madaniy an'analar,
213
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
universal ahloqiy qoidalar va boshqa muhim omillarni ko'rsatish mumkin. Ushbu omillarning mehanizmlarini bilish, inson hulq-atvorini boshqarish va unda bolalikdan ma'qullanadigan xulq ko'nikmalarini shakllantirish uchun o'ta muhim ahamiyatga egadir. Bu borada me'yor hissi shunday dolzarb tadqiqot predmeti sifatida gavdalanadi. Zero, me'yor hissi insonning ichki nazoratchisi sifatida uning atrof-olam bilan bo'lgan ta'sirlashuvi hususiyatlarini belgilab beruvchi psixologik asoslardan biridir.
Me'yor hissi haqida fikr yuritishdan avval, manbalarda me'yor tushunchasiga berilgan ta'riflar bilan tanishsak:
1.Me'yor arabchada "o'lchov, andoza, chegara " ma'nolarini, eski o'zbek-adabiy tilida esa "tartib, daraja" ma'nolarini ifodalashda foydalanilgan.
2.Falsafiy nuqtayi nazardan- dialektikani ifodalovchi kategoriya sanalib, miqdor o'zgarishi obyekt sifatining o'zgarishiga olib keladigan chegara, o'zgarishga olib keluvchi hudud sanaladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Me'yor hissining morfologik ta'rifiga ko'ra, uni o'z orginalligiga ega bo'lgan, his qilinuvchi, ba'zan sezilmas jamiki soha va hissiyotlar markazida turuvchi, nozik chegaralar orqali insonni ma'lum darajalarni egallashini ta'minlovchi psixologik hodisa sifatida tushunish to'g'ri bo'ladi.
Manbalardan me'yor tushunchasiga antik davr falsafasidan boshlab juda chuqur va muhim e'tibor qaratilganligini kuzatishimiz mumkin. Platon "Har narsada o'lchov bor" deyish orqali go'zallik va chiroyni nazarda tutadi. Demokrit "Barcha narsada me'yorni bilish ulkan fazilatdir" deya u ham san'at va estetika doirasida "oltin o'rtalik" yuksak insoniy fazilat va qadriyat darajasida tahlil qilgan. V.I.Petrushkin me'yor tushunchasi doirasidagi fikrlarini havola qilayotganda tabiiy va uzluksiz jarayon sanab, erta yosh bosqichidan sun'iy singdirish va tabiiy amaliyot orqali mustahkamlash zarur bo'lgan tushuncha ekanligi haqida fikr yuritadi [1].
Me'yor tushunchasi qadimgi Hindiston, Xitoy va Yunonistondagi falsafiy qarashlarida shakllana boshlagan. Markaziy Osiyo mutafakkirlari (Ibn Sino, Beruniy va shu kabilar) ham ushbu atamadan asarlarida foydalanganlar [7].
Antik mifologiyada me'yor hudosi Nemizida hisoblangan. Grek donishmandlari uni alohida ulug'laganlar. Sababi, vaziyat, hodisa va holatlarni tahlil qilishda uning o'rni beqiyos hisoblangan [5].
Shekspir dramaturgiyasida ham renessans davridagi ma'lum bir voqea hodisalar
ustidan kinoyali yumor orqali qattiq kulgiga olinadi. "Meyorning me'yori",
"Venetsiyalaik haridor" nomli asarlarini me'yorning yetishmasiligi va me'yordan
214
Scientific Journal Impact Factor
oshish oqibatini jonli ifodalash uchun yaratadi. Undagi bosh urg'u, asosiy diqqat me'yoriy balans va undagi nojoiz va qabullanmas undov, harkat va ruhiy og'riqlar haqida so'z boradi [4]. Guvoh bo'lishimiz mumkinki, me'yor hissi doimo navqiron va e'tibor qaratish muhim bo'lgan hissiy psixologik hodisadir.
Engel Texnologiya Institutida o'quvchilarda haddan ortiq kompyuterga qaramlik kuchayib ketishi oqibatida ijtimoiy-psixologik anonim so'rovnoma o'tkaziladi. Ma'lum bo'lishicha, ulardagi vaqt, fazo, makon, zamon va qoniqish hislarini his qilmasligi oqibatida me'yordan ortiq kompyuter qarshisida muhrlanib qoladilar. Bu yerda ham me'yor hissining muhimligi, uning me'yordan ortig'i oqibatidagi salbiy fizioligik va psixologik o'zgarishlarni ko'rishimiz mumkin [8].
Qonuniy hujjatlar, boblar, moddalar, cheklovlar; tibbiy talablar, dorivor vositalar, mahsus amaliy tajribaviy jarayonlar; arxitektura sohasi; kulinariya; dizaynerlik; matematik fan va sohalar doirasida ham sohaga olib kiruv va ish sifati bilan ta'minlash, shakllantirishga doir chegaralarda ham albatta me'yor asosiy kate goriya sanaladi. Burxonuddin Marg'inoniyning "Hidoya" asarida mazkur tushunchaga "Ortig'ini tark qilish, qoidalarni egallash, cheklanish, ichki o'lchov, hakam, odob va axloq ko'rsatgichi" sifatida izoh beriladi. [2]
Darhaqiqat, me'yor tufayli biz o'zimiz va atrofdagilarga yetishi mumkin bo'lgan va to'g'irlash imkonsiz bo'lish ehtimoli mavjud voqea-hodisalardan ongli muhofazalovchi murakkab va muhim jarayondir.
Ushbu mavzuga diniy yo'nalishda ham e'tibor va misollar yorqin aks ettirilgan. Aslida nafaqat diniy yo'nalishdagi manbalardan balki, ilmiy tadqiqotlardan ham barcha hodisa va jarayonlarda me'yor tushanchasi tufayli foydali chegarani qamrab olish imkoniyat vujudga kelishiga e'tibor qaratilgan.
N.E. Mikaladzening Iso payg'ambar hikoyalari, xabarlari, amallari haqida me'yor doirasida yozilgan "Me'yorning me'yori" pyesasini ilmiy va diniy sharxlab beradi.[6] Bundan ko'rishimiz mumkinki, me'yor hodisasi unversallikga ega bo'lgan har qanday jarayonning sifatli va umum ma'qul holatida davom etishini ta'min lovchi ichki aqliy-hissiy boshqaruvchi ekan.
Ye.G.Sheina va M.V.Sokolova Zamonaviy xorijiy psixologiya va pedagogikada o'yin muhitidagi tavakkal va xavfsizlik muammosi taxlilida haddan ortiq berilish oqibatida, meyoriy chegaralarning o'rnatilmagani, o'zlashtirilmagani oqibatida jismoniy va ruhiy salbiy oqibatlarning yaqqol namoyon bo'lishi yuzasidan emperik tadqiqot va kuzatuv olib boradilar. Bolalar maydonchalarida xavf bilan bog'liq o'yinlardagi bolalar xatti-harakatlarini o'rganish mobaynida o'yin muhitida xavfni baholash, me'yoriy usullarini ishlab chiqishga doir yondashuvlar muhim ekanligini
Scientific Journal Impact Factor
О
ta'kidlaydilar. Buyuk Britaniyaning mahsus ijtimoiy institutidagi kuzatuvlarda ma'lum bo'lishicha, bolalarning o'yin maydonchalarida o'yinlardagi azartdan to'xtolmaslik oqibatida me'yordan ortiq harakatlanadilar va travmali holatlar, oqibatlar bilan yakun topadi. Bundan ko'rinadiki, bolalardagi me'yor shakllanganligi ikki tomonlama o'zaro foydali bo'ladi, ya'ni farzandlardagi me'yor tushunchasi mavjud yoki shakllanganligi ota-onalarda dominant bo'lgan himoya qilish psixologik mehanizmi aktivlashishini kamaytiradi va bolalarda mustaqillik, qoniqish hissi hamda emotsional zo'riqishning oldini olishda yordam beradi[9].
Axloq-odob qoidalari insonning ichki ma'naviy dunyosini shakllantirishga qaratilib bu orqali tashqi muloqotni tartibga solish va umum me'yoriy o'lchovlar orqali jamiyatdagi hotirjamliklar barqaror saqlanadi. Psixologiyadagi "Gedonik yugurish yo'lakchasi" tushunchasidan ma'lumki, agar shaxsda muayyan me'yorlar shakllantirilmasa unda unda to'xtash signali ya'ni normadan oshganlikni idrok qilish, yetarlilik, qoniqish susayadi. Feofilov L.G. "Odamlar o'rtasidagi munosabatlarda xushmuomalalik, kamtarlik, vijdonlilik, mas'uliyatlilik, yordamga shaylik kabi sifatlarni egallash jamoat va jamiyatda tez qabul qilinish va o'rin topishdagi muhim sifatlardir"-deya e'tirof etadi. Ya'ni jamiyat a'zosi mazkur sifatlarga monand bo'lmagan harakatlarni amalga oshirsa atrof -muhit tomonidan tanqidiy munosabat bildiriladi va me'yoriy sifatlar talab qilina boshlanadi. Bundan ko'rinadiki nafaqat ichki balki tashqi olam bilan ham sog'lom muhit va munosabatlarni shakllantirishda me'yoriy chegaralar eng katta tayanch va ko'mak sanaladi[10].
Yuqoridagi misol va fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagicha xulosaga kelishimiz mumkin.
1) me'yor hissi keng qamrovli va dolzarb tadqiqot predmeti bo'lib, antik davr falsafiy ta'limotlaridan to hozirgi kungacha inson haqidagi fan diqqat markazida bo'lib kelmoqda;
2) me'yor hodisasi insonning chuqur ichki kechinmalari bilan bog'liq ravishda fiziologik darajadan tortib ijtimoiy munosabatlarigacha uning xavfsizligini ta'minlovchi muhim omil sanaladi.
REFERENCES
1.Григорева О.Н. Развитие чувства меры как фактор становления музыкално-эстетического вкуса учащихся// Искусство и образование. - М., 2011. №4. -
XULOSA
С.95-101.
Scientific Journal Impact Factor
о
2.Бурхонуддин Маргиноний. Хддоя. Шарх бидоятил мубтади. - Т.: "Нйо1-Nashr", 2020. - 704 б.
3.Державин Г.Р. Сочинения: в 7 т. / Г. Р. Державин; объясн. примеч. и предисл. Я. Сочинения Державина [Текст] : в 7 т. / с объясн. прим. [и предисл.] Я. Грота. - 2-е акад. изд. (без рис.). - Санкт-Петербург : типография Императорской Академии наук. (Вас. Остр., 9 лин., № 12), 1868-1878. - 24 см.
4.Ищук-Фадеева Н.И. Категория меры у Шекспира ("Венецианский купец" и "мера за меру")// Знание. Понимание. Умение. -2013. - № 4. - С.160-165.
5. Новая философская энциклопедия в 4-х томах/ Научно.-ред. совет: В. С. Стёпин, А. А. Гусейнов, Г. Ю. Семигин, А. П. Огурцов. - М.: Мысль, 2000. — Т. 1—4. 2659 с.
6. Микеладзе Н.Э. Притчи Иисуса, деяния и послания апостолов в идейной и образной структуре пьесы «Мера за меру»// БШ&а ЫАегагиш. - 2020. - Т . 5. -№ 1. - С. 94-117.
7.Фалсафа: комусий лугат (Тузувчи ва масъул мухаррир К^. Назаров). — Т.: «Шарк нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси Бош тахририяти— 496 бет.
8.Шиндел С.В., Семенова Т.В. Опыт профилактики компьютерной зависимости молодежи на примере Энгелсского технологического института// Социално-экономическое развитие России: Сб. матер. Всероссийской науч.-прак. конф., 2019. - С. 69-73.
9. Шеина Е.Г., Проблема риска и безопасности игровой среды в зарубежной психологии . Современная зарубежная психология 2016, Том 5. №1.
10.Феофилов Л. Г. Ф42 Умеете ли себя вести?— К.: О-во «Знание» УССР, 1990.— 48 с.— (Сер. 5 «Вдумчивым, любознательным, сообразительным (ВЛС)»;№ 8)