Научная статья на тему 'O'ZBEK TILIDA SO'ZLARNING SEMANTIK TARAQQIYOTI'

O'ZBEK TILIDA SO'ZLARNING SEMANTIK TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1676
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so‘z / nutq / birlik / talqin / semantika / onomastika / denotativ / konnotativ / signifikativ / polisemiya.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Durdonaxon Abdullayeva, Nargizaxon Rustamovna Umarova

Maqolada so‘z va uning mantiqiy imkonyatlarini chuqur o‘rganish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida milliy yuksalish shartlari hamda tilimizga oid ilmiy tadqiqotlar faoliyatining samarasi kelajagimizni belgilab beruvchi asosiy omil ekanligi ta’kidlanadi. Lingvistik jihatdan mazkur nutq birligi tadqiqida so‘zning semantik xususiyatlari, semantik maydon qamrovi, onomastik holati, ma’no yoki tushuncha ifodalashdagi denotativ va konnotativ funksiyalari, mazkur funksiyalarning signifikativ va struktural shakllari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK TILIDA SO'ZLARNING SEMANTIK TARAQQIYOTI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'ZBEK TILIDA SO'ZLARNING SEMANTIK TARAQQIYOTI

Durdonaxon Abdullayeva Nargizaxon Rustamovna Umarova

FarDU Lingvistika (o'zbek tili) 2-kurs FarDU dotsenti, filologiya fanlari doktori magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada so'z va uning mantiqiy imkonyatlarini chuqur o'rganish Yangi O'zbekiston taraqqiyotida milliy yuksalish shartlari hamda tilimizga oid ilmiy tadqiqotlar faoliyatining samarasi kelajagimizni belgilab beruvchi asosiy omil ekanligi ta'kidlanadi. Lingvistik jihatdan mazkur nutq birligi tadqiqida so'zning semantik xususiyatlari, semantik maydon qamrovi, onomastik holati, ma'no yoki tushuncha ifodalashdagi denotativ va konnotativ funksiyalari, mazkur funksiyalarning signifikativ vastruktural shakllari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: so'z, nutq, birlik, talqin, semantika, onomastika, denotativ, konnotativ, signifikativ, polisemiya.

KIRISH

Ilm-fan taraqqiyoti va jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy xodisalarning, iqtisodiy jarayonlarning misli ko'rilmagan tarzda tezlashuvi deyarli barcha sohaga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Kishilik jamiyati glaballashuv jarayoni bilan yuzma-yuz kelib, turli sohalarda yuzaga kelayotgan yangilik, kashfiyot va innovatsiyalarni idrok etish bilan birga ulardan unumli foydalanmoqda. Insoniyat tarixida yuzaga kelgan hamda kashf etilgan jamiki narsa va hodisalar borki, ular o'z ma'no va tushunchasiga ega bo'lishi, mazkur ma'no va tushunchalar esa so'z orqali ifodalanishi tabiiy holdir. Dunyodagi jamiki narsa, hodisa, holat, harakat, munosabat, moddiy va ma'naviy ne'mat sifatida ijtimoiy borliq hamda ijtimoiy ong mahsuli kabilar o'z ma'no va tushunchasiga, o'z vaqtida ular esa biror bir so'z bilan ifodalanuvchi o'z nomiga ega.

ADABIYOTLAR SHARHI

Lingvistikada so'z va uni ilmiy jihatdan o'rganish alohida o'rin egallaydi. So'z lisoniy jihatdan til va nutqning eng muhim, asosiy va markaziy birligi sifatida qaraladi. Til va nutqning o'ziga xos bo'lgan ko'plab xususiyat va hodisalarini tilshunoslik jihatidan o'rganish so'zni ilmiy tadqiq etish bilan boshlanadi. Nutq birligi bo'lgan so'z nutq faoliyati bilanbevosita bog'lanadi, nutq jarayonida voqelanadi. Shuning uchun so'z nutq birligi, nutq «boyligi» hisoblanadi. So'z real birlik, xususiylik, aniklik sifatida mavjud bo'ladi. Boshkacha izohlaganda, "Leksema - til birligi tayyor va turlicha imkoniyatlar majmuasi bo'lsa, so'z uning voqelanishi, ro'yobga chiqishi, aniq, shakl,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

mazmun va vazifa kashf etgan moddiy ko'rinishidir. Xar bir leksema nutqda muayyan so'z sifatida namoyon bo'ladi" [2:141].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Til va nutqning asosiy birligi bo'lgan so'zning ma'no va funksiyalari haqida fikr yuritish, mushohada qilish lisoniy tadqiqotlarga qiziqqan har qanday falsafiy yo'nalishlarga xos bo'lgan xususiyatdir. Shu nuqtai nazardan nemis tilshunos olimi X.Kronasser semantika tarixiga bag'ishlangan asarida qadimgi yunon falsafasi namoyondalaridan Platon (miloddan avvalgi 427-347 yy.) va Aristotel (miloddan avvalgi 384-322 yy.) ijodida ma'no mohiyati tasnifi va talqiniga bo'lgan ilk urinishlar kuzatilishini ta'kidlab o'tadi [4:18].

Til inson tafakkur qobiliyatini shakllantiradigan va tinimsiz boyitadigan manba sifatida mashhur tilshunos olim Ferdinand de Sossyurning til haqidagi "Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir" ta'rifini yodga olamiz [1:23]. Mazkur ta'rifda urg'u berilgan "tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar" - nutqning asosiy birligi sifatida ma'no ifodalovchi so'z va so'zlar ekanligini yana bir bor ta'kidlash zarur.

So'zning ma'no jihati haqida fikr bildirishdan avval, har bir tilda "ma'no" uchun keltirilgan izohlar va ularning talqin qilinishidagi farqlar mavjudligini, ayrim tillarda mazkur tushuncha ikki xil ma'noda qo'llanilishi uchrasa, boshqa tillarda uch va undan ortiq ma'noda ishlatilishini kuzatishimiz mumkin. Aytaylik, o'zbek tilida ushbu tushuncha quyidagicha izohlanadi: " Ma'no - [mazmun, tushuncha, g'oya]: 1. So'zning mazmun tomoni, so'z bilan ifodalangan tushuncha... 2. ayn. mazmun. 3. Ba'zi xatti-harakat va shunga ko'ralardan anglashiladigan narsa; ifoda. 4. Biror narsaning mohiyati, nima ekanligi; mohiyat. " [3:566].

So'zning ma'no ifodalashini lisoniy sathda tadqiq qilishda mazkur lingvistik holatning keng va tor qamrovligi, so'zning leksik va gramatik ma'nolarini farqlash, o'z va ko'chma ma'no turlarining sathi, so'zning semantik maydoni, so'zning ma'no ifodalashdagi denotativ va konnotativ funksiyalari batafsil izohlanadi.

So'z ma'nosining ifodalanishida uning narsa va tushuncha bilan bog'liqligi yuzasidan qarashlar lingvistikada keng ommalashgan. Bu jihatdan so'z ma'nosining narsaga, tushunchaga va boshqa so'z ma'nosiga munosabati tufayli uning funksiyasi ham farqlangan. Natijada so'z ma'nosining denotativ, signifikativ va struktural funksiyalari shakllangan. Masalan, so'zma'nosining asosiy funksiyalari sifatida: ma'no1

- narsa1 (yoki ma'no2 - narsa2) - denotativ funksiya; ma'no1 - tushuncha1 (yoki ma'no2

- tushuncha2) - signifikativ funksiya; ma'no1 - ma'no2 (yoki ma'no2 - ma'no1) -struktural funksiya tarzida izohlanadi [5:72]. Aslida so'zlar ma'no ifodalashiga ko'ra turli strukturaviy tuzilishlarga egadir. Shu tufayli so'zning narsa va tushuncha bilan bog'lanishiga shartli ravishda qaramoq zarur. Chunki barcha so'zlar ham narsa, hodisa yoki belgi nomini anglatmaydi, ya'ni hamma so'zlar atash, nominativ funksiyasiga ega

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

emas. So'zlar ichida otlar (narsa), fe'llar (harakat), sifatlar (narsa belgisi) va ravishlar (harakat belgisi) ma'no ifodasiga ko'ra atama, nomlash funksiyasini bajaradi. Biroq, yordamchi so'zlar o'z ifodasiga ko'ra nominativ funksiya bajarmaydi. Bu xususda tilshunos olim N.Uluqov mustaqil va yordamchi so'zlarning lug'aviy ma'nosi, nominativ funksiyasi va morfologik holati yuzasidan ularning o'zaro farqlarini quyidagicha izohlaydi:

1. Mustaqil so'zlarning xususiyatlari: lug'aviy ma'noga ega; nominativ vazifa bajaradi; morfologik jihatdan o'zgaradi; gapda mustaqil holatda gap bo'lagi bo'lib kela oladi.

2. Yordamchi so'zlarning xususiyatlari: lug'aviy ma'noga ega emas; turli yordamchi ma'no va vazifalarda qo'llanadi; morfologik jihatdan o'zgarmaydi; gapda mustaqil gap bo'lagi vazifasida kela olmaydi [4:140].

Yuqorida keltirilgan tahlil va misollardan shu narsa ayon bo'ladiki, ma'lum bir so'z ma'nosini aniqlash yoki belgilash ma'lum bir lug'atlar kesimida keltirilgan lug'aviy ma'nolar bilan chegaralanib qolmasdan, mazmun, kontekst, ko'lam doirasi, obrazlilik, jargon, professionalizm kabi xususiyatlarni kasb etishi bilan bir qatorda, tushuncha, konsept sifatida o'z mazmun-mohiyatiga egaligi ham mazkur birliklarning qo'llanilish ko'lami, qolaversa semantik maydonining naqadar kengligidan dalolatdir. XULOSA VA MUNOZARA

Tilimizda mavjud so'zlarni semantik jihatdan puxta o'rganish va til birligi sifatida leksema, nutq birligi sifatida esa so'zlarning ma'no sathini ilmiy tadqiq qilish mantiqiy aniqlik va mukammallikni o'rtaga chiqaradi. Nutqda ifodalovchi ma'no, tushuncha va nominativ funksiyasiga ko'ra so'z qo'llash me'yorlariga rioya qilish, aniqlikni ta'minlash har jihatdan jamiyat oldiga qo'yilgan maqsad sari intilishda taraqqiyotni kafolatlaydi. Mashhur faylasuf Rene Dekart ta'kidlaganidek: "Agar siz so'z ma'nolarini aniqlab olsangiz, dunyoni yarim chalkashliklardan xalos qilgan bo'lasiz".

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. A.A.Abduazizov. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. T.,2010.

2. Golovin BN.Tilshunoslikka kirish. "Oliy maktab" nashriyoti. M., 1977 yil.

3. I.Yo'ldoshev, O'.Sharipova. Tilshunoslik asoslari. T.,2017.

4. N.Mahkamov, I.Ermatov. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. "Fan", T., 2013.

5. N.Uluqov. Tilshunoslik nazariyasi. T., 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.