Научная статья на тему 'PUBLITSISTIK USLUBDA BA’ZI BIRLIKLARNING YUZAGA KELISH USULLARI'

PUBLITSISTIK USLUBDA BA’ZI BIRLIKLARNING YUZAGA KELISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1327
99
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gazeta tili / publitsistik uslub / ma’no kengayishi / ma’no ko‘chishi / morfologik usul / sintaktik usul / kalkalash. / newspaper language / journalistic style / expansion of meaning / migration of meaning / morphological method / syntactic method / plagiarism.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bozorova, Sabohat

Mazkur maqolada gazeta tilining o‘ziga xos xususiyatlari, publitsistik uslubga oid so‘z va iboralarning yuzaga kelish usullari, semantik-uslubiy taraqqiyot jarayoni, semantik-grammatik yangilanish, gazeta tilidagi baynalmilal so‘zlar, ijtimoiy-publitsistik uslub haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE WAYS OF SOME UNITS TO APPEAR IN THE PUBLICISTIC STYLE

This article discusses the specific features of the newspaper language, the methods of emergence of words and phrases related to the journalistic style, the process of semantic-stylistic development, semantic-grammatical renewal, international words in the newspaper language, and the socio-journalistic style.

Текст научной работы на тему «PUBLITSISTIK USLUBDA BA’ZI BIRLIKLARNING YUZAGA KELISH USULLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

PUBLITSISTIK USLUBDA BA'ZI BIRLIKLARNING YUZAGA KELISH

Mazkur maqolada gazeta tilining o 'ziga xos xususiyatlari, publitsistik uslubga oid so'z va iboralarning yuzaga kelish usullari, semantik-uslubiy taraqqiyot jarayoni, semantik-grammatik yangilanish, gazeta tilidagi baynalmilal so'zlar, ijtimoiy-publitsistik uslub haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: gazeta tili, publitsistik uslub, ma'no kengayishi, ma'no ko'chishi, morfologik usul, sintaktik usul, kalkalash.

This article discusses the specific features of the newspaper language, the methods of emergence of words and phrases related to the journalistic style, the process of semantic-stylistic development, semantic-grammatical renewal, international words in the newspaper language, and the socio-journalistic style.

Key words: newspaper language, journalistic style, expansion of meaning, migration of meaning, morphological method, syntactic method, plagiarism.

Gazeta tilining bosh va yetakchi vazifasi axborot berish; ana shu axborotni tezkor, ta'sirchan yo'sinda aks ettirish esa uning asosiy xususiyatidir. Gazeta ana shu ikki vazifani amalga oshirishda xalq tili xazinasini, uning leksik-grammatik imkoniyatlarini ishga soladi, uni faollashtiradi. Ayni vaqtda hozirgi o'zbek adabiy tili imkoniyatlarining kengayishiga salmoqli hissa qo'shadi.Hozirgi davrda o'zbek tilining o'z ichki imkoniyatlari negizida paydo bo'lgan so'z va iboralar ham tilning boyligini oshirayotgan, ifoda imkoniyatlarini kengaytirayotgan omillardan biri bo'ldi. Albatta, bunday yangi so'z-iboralar hayotimizda paydo bo'lgan biror yangi narsa-hodisa yoki tushunchani ifodalash ehtiyoji tufayli, zarurat natijasida yaratilishi lozim. Chunki bunday zarurat natijasida yaratilmagan so'z yoki ibora tasvirda noaniqlik, sun'iylikni yuzaga keltiradi.

Umumxalq tili bilan individual nutq o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib tursa-da, ularni umumlashtiruvchi, bir nuqta atrofiga birlashtiruvchi, uyushtiruvchi omil ham bor. Bu xalq tilidir. Umumxalq tili neologizmi va individual nutq neologizmi bir

USULLARI

Sabohat Bozorova

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU katta o'qituvchisi sabohatbozorova@gmail.com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

negiz asosida - umumxalq tili materiallari asosida yaratiladi, umumxalq tili qonuniyatlariga tayanadi, ehtiyoj natijasida yuzaga keladi, mazmunni aniq, ixcham ifoda etishga xizmat qiladi. Individual nutq neologizmi ma'lum muallif asarlarida mavjud bo'lib, o'rni va vaqti bilan ularning ayrimlari individual ijod doirasidan chiqib, umumxalq tili materialiga, umumxalq tili boyligiga aylanishi mumkin. Demak, gazeta publitsistikasi neologizmlarining xarakterli xususiyatlaridan biri shuki, bir so'z yoki ibora yangi ma'no kasb etadi: so'z yoki iboralarda semantik-uslubiy va semantik-grammatik yangilanish yuz beradi. Natijada ular ma'lum davr mobaynida faol qo'llanuvchi dolzarb, ta'sirchan vositalarga aylanib, asta-sekin betaraflasha boradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiq etilayotgan mavzu dastlab Boboyeva A., Alekseyev V.A., Boguslavskiy V.M., Abdusaidov A., Rahmonov M., Vovchok D.P.,Muraveva V.N., Qurbonov T., Ernazarov T., Aliyev T., Vasileva N.S., Gorbachevich K.S., Emelyanseva L.P., Zilbert B.A., Kostomarov V.G., Koxtev I.N., Kurbanov T.I., Muxammedov S., Oberderfer A.R., Solganik G.Y., Turdialiyev B., Bogolovskaya I., Tarasenko A.K., Stamenov M.I. kabi olimlarning ilmiy izlanishlarida atroflicha o'rganilgan.

Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, chog'ishtirma metodlardan foydalanildi. O'rganilgan nashrlar tahlili asosida mavzu to'liq yoritildi.

NATIJALAR

Publitsistik uslubga oid so'z va iboralar bir necha lisoniy usullar bilan yuzaga keladi. Quyida shu masalaga qisqacha to'xtalamiz.

l.So'z ma'nolarining kengayishi. Hozirgi gazeta publitsistikasi nutqida qo'llanayotgan ayrim leksik vositalarda semantik-uslubiy taraqqiyot jarayonini kuzatish mumkin. Chunki hayotda so'zga nisbatan tushuncha ko'p. So'z esa tushunchaga nisbatan kamdir. Shuning uchun so'zlarning ma'nosi kengayishi yoki ko'chishi mumkin. Bu taraqqiyot til va tildan tashqari omillar asosida, real muhitda ro'y beradi. Misol sifatida xalq nutqida azaldan qo'llanib kelayotgan "telbalik", "jilovlash", "yumshatish", "maydon", "darvoza", "poyga" kabi so'zlarni keltirish mumkin. Ma'lum lug'aviy ma'noga ega bo'lgan bunday leksik vositalar hozirgi publitsistik nutqda ishtirok etib, ijtimoiy-siyosiy ma'no qirralarini yuzaga keltiradi. Bu so'zlarning mazmuni kengaygan. Endilikda ularning zimmasiga ijtimoiy-siyosiy ma'no anglatish vazifasi ham yuklangan. Hozir bu so'zlar xuddi shu vazifada publitsistik nutqda tez-tez qo'llanadi.Masalan, "yumshatish" so'zi kundalik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

turmushda, qishloq xo'jaligida va siyosatda qo'llanadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, bu jarayonda tarjimaning ahamiyati ham kam emas. Hayotdagi aniq voqealar bilan bevosita bog'liq holda qo'llanayotgan bunday so'z va tarjimalar o'zbek tilidagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish zaminida (so'z ma'nolarining kengayishi, ma'noda ko'chishlar tufayli) yuzaga kelgan. Bu xil so'z va iboralar fikrni obrazli, ta'sirchan va ayni paytda aniq ifodalashga xizmat qiladi. Chunki bular bir tildan ikkinchi tilga shunchaki tarjima bo'lmay, balki o'zbek tilining ichki imkoniyat va xususiyatlarini hisobga olgan holda, xuddi mana shu imkoniyatlarga tayangan holda yuzaga keladi. Shuning uchun tarjima aynan (so'zma-so'z) yoki aynan emasligidan qat'i nazar, tasvirga singishi, ifoda obyektiga mos kelishi shartdir.

Xalqaro munosabatlarga doir kontekstlarda faol qo'llanayotgan "keskinlikni yumshatish", "vaziyatni yumshatish", "tinch-totuv yashash" kabi terminologik iboralar ham rus tilidagi "разрядить напряженность", "разрядить обстановку", "мирное сосуществование" kabi iboralarning tarjimasidir. Rus tilidan juda o'rinli tarjima qilingan bunday iboralar hozirgi kunda turli davlatlarning o'zaro tinch-totuv yashashi ma'nosida keng qo'llanmoqda: "keskinlikni yumshatish uchun kurashib", "xalqaro keskinlikni yumshatish ishiga katta hissa qo'shmoq" va

Tilimizdagi quyidagi so'zlarda ham ma'no kengayishi, ma'no ko'chishi yuz berganini kuzatamiz: endilikda ular yangi, qo'shimcha mazmun kasb etgan. Aslida, "tomon " so'zi dastlab ma'lum bir yo'nalishni, tomonni anglatgan bo'lsa, hozir gazeta publitsistikasida ma'nosi kengayib, ijtimoiy-siyosiy mazmunni ham qamragan: har ikkala tomon (har ikkala mamlakat), barcha manfaatdor tomonlar, ikki tomonlama munosabatlar va boshqalar. Yoki "kurash" so'zini olaylik. Bu so'z dastlab sportga oid bo'lgan bo'lsa, hozir ijtimoiy-siyosiy ma'noga ham ega: tinchlik uchun kurash, mustahkam tinchlik va taraqqiyot uchun kurash, keskinlikni yumshatish uchun kurash, yuqori hosil uchun kurash, ulkan xirmon uchun kurash va boshqalar. Shuningdek, "maydon", "shov-shuv", "jilovlash" kabi so'zlarning mazmun doirasi, ma'no qirralari ham kengaygan. Endilikda bular ijtimoiy-siyosiy mazmun ham kasb etgan: "qurollanish poygasini jilovlash" kabi. Bular va shunga o'xshash ma'nosida ko'chish yuz bergan boshqa leksik vositalar ham dastlab tor doirada (o'z ma'nosida) qo'llangan. Keyinroq ma'no ko'chishi, ma'no kengayishi yuz bergan va natijada bular ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi matnlarda faol qo'llanuvchi vositalarga aylangan: "qurollanish poygasini jilovlash ", "texnika jilovi", "texnika jilovkori", "traktorlar jilovini mahkam tutgan" va boshqalar. Ma'lumki, "jilov", "jilovlash" yoki "jilovlamoq" kabi so'z va iboralar azaldan xalq nutqida bor edi, ya'ni "jilovlash"

h.k.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kabi turg'un so'z va iboralar shu nutq jarayonida yaratilgan emas, balki xalq tilining lug'at boyligidan tayyor holda olib ishlatilgan, albatta. Ammo hozir nolis oniy sabablar tufayli bu xil so'z va iboralarning vazifasi hamda ma'nosi kengaygan: "jilov", "jilovlash", "jilovlamoq" so'zlarining ma'nosida uch marta ko'chish yuz berganligini kuzatish mumkin. Dastlab bu so'z o'z ma'nosida (otning jilovi, jilov -yuganning charm tizgini) qo'llangan: otning jilovidan ushlamoq kabi. Keyinroq bu ma'no kengayib, "jilovlash" yoki "jilovlamoq" so'zi "tiymoq" ma'nosida ham qo'llanadigan bo'lgan. Keyinchalik bu so'z ishtirokida "katta toshqinni, selni jilovlash" shuningdek, "texnikaning jilovi" kabi ma'nolar ham yuzaga keldi. Yuqorida qayd etilgan dastlabki ma'nolarga motivlashish asosida xalqaro mavzulardagi materiallarda "qurollanish poygasini jilovlash' kabi ma'nolar ham yuzaga kelib, faol qo'llanmoqdaki, bu mazkur so'z yoki iboraning ma'nolar tuzilishidagi rang-barang tovlanishlar, ma'no ko'chishi va ma'noda qayta ko'chish tufayli yuzaga kelgan taraqqiyotdan dalolatdir.

Tor doiradagi ilmiy tushunchalarga oid so'zlar, terminlar ham maxsus sohalardagi ilmiy tushunchalarnigina bildirib qolmasdan, ijtimoiy-publitsistik uslubda qo'shimcha ma'no olib, faol qo'llanuvchi nutqiy elementlarga aylangan. "Publitsistika taraqqiy qila borgani sayin terminlar o'zlarining dastlabki terminologik ma'nolaridan yiroqlashib yangi ma'nolarda qo'llana boshladi, ya'ni ular determinlashdi".1

Bu jarayon mexanizm, aksioma, atmosfera, reaksiya, nota kabi so'zlarda aniq ko'zga tashlanadi. Ko'plab bunday terminlar kengaygan va ko'chma ma'nolarda qo'llana borgan. Shu tariqa ilmiy terminlarning ba'zilari mazmunan kengayib yoki ko'chma ma'nolarda ham ishlatilib, ma'lum ijtimoiy vaziyatlarni aniq ifoda etadi va nutqqa katta ijtimoiy ta'sirchanlik bag'ishlaydi.

Publitsistik matnlarda uchraydigan yuqoridagi kabi leksik vositalarda ro'y bergan semantik-uslubiy taraqqiyot qandaydir bo'sh zaminda, butunlay yangidan yuzaga kelgan hodisa emas. Bu rivojlanish, so'zlarning evolyutsion taraqqiyoti til va tildan tashqari omillar ta'sirida, tildagi azaldan mavjud elementlarning o'zaro bog'lanishi asosida, ma'lum nutqiy sharoitlarda vujudga kelgan: "tinchlik yo'lida", "hamkorlik yo'lida", "hamdo'stlik yo'lida", "iqtisodiy munosabatlar", "do'stona munosabatlar" singari iboralar yangi semantik-uslubiy o'zgarishlar natijasida yuzaga kelgan.

1 Щелепина О.Е. Детерминологизация - источник расширения словарного состава // Вестник Львовского университета. №6 .-Львов.1969.- С.99-101.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Morfologik usul. Shunisi xarakterliki, gazeta tilida o'zbekchada avvaldan mavjud bo'lgan qo'shimchalar bilan bir qatorda rus tilidan va u orqali Yevropa tillaridan o'tgan baynalmilal suffiks va prefikslar ham faol ishtirok etadi: bu qo'shimchalar bilan yasalishning aksariyati o'zbek tilida emas, balki rus tilida sodir bo'lgan. Gazeta tilidagi baynalmilal so'zlar bevosita rus tilidan va rus tili orqali boshqa tillardan o'tgan. Ularning ko'pchiligi o'z morfologik ko'rsatkichlari bilan o'zlashgan. Shunga ko'ra, o'zbek tiliga ko'pgina yangi affikslar (-izm, -ist, -or, -tor, -ik, -al, -ion,-anti va boshqalar) kirib kelgan.

3. Sintaktik usul. Bunda, asosan, gazeta nutqiga xos so'z birikmalari yaratiladi: ishlab chiqarish, dolzarb masalalar, sifat ko'rsatkichlari, amaliy tadbirlar, xalq xo'jaligi, jumhuriyatlararo moddiy manfaatdorlik, xalqaro musobaqalar, xalq iste'moli mollari, qo'shma korxonalar, qishloq xo'jalik texnikasi, eng yaxshi texnologiya asosida, mahalliy sanoatni rivojlantirish, ilg'orlar tajribasi, vatanparvarlik harakati, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va boshqalar.

4. Boshqa tillardan so'zlarni aynan olish yo'li bilan: kompleks, ekspozitsiya, fermer, birja, valyuta, rol, kosmos, aviator, samolyot, poezd, parovoz, gazeta, jurnal, respublika, janr, opera, poema, gumanizm, texnika, mashina, kultivator, traktor, seyalka, pritsep, bunker, kartogramma va boshqalar.

5. Kalkalash yo'li bilan:

a) to'liq kalka usuli bilan: ishlab chiqarish (производство), ishsizlik (безработица), turg'unlik (застой), bayramoldi (предпраздничный), saylovoldi yig'ilishlari (предвыборные собрания), qayta qurish (перестройка), jahonga tinchlik (миру мир), barqarorlashtirish (стабилизация), tenglik (равенство), erkinlik (свобода), ozodlik, mustaqillik (суверенитет, независимость), ommaviy axborot vositalari (средства массовой информации);

b) yarim kalka usuli bilan. Bunda, asosan, so'z birikmalari yasaladi: tinchlik dasturi, chempionat o'yinlari, mamlakat chempionati, xalqaro turnir, jamoa safi, xalq demokratiyasi, nazorat-yig'uv sexlari, O'zbekiston Respublikasi, oliy liga kabi. Bunday vositalar gazeta tilining jamiyat rivoji bilan bog'liq ravishda taraqqiy etib kelayotganidan dalolat berib turadi.

Til taraqqiyotining ikki omili - ichki va tashqi omillar tufayli gazeta tilida yuzaga kelgan ba'zi so'z, atama va iboralar, ularning ayrim shakllarining o'ziga xos holatlarini ko'rib o'tdik. Bu xil so'z, atama va iboralar hamda ularning variantlari

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

reallikdagi voqea-hodisalarning mohiyatini ochish, bayon qilish jarayonlarida ro'y beradigan turli fikr hamda tushunchalarni ifodalaydi. Shuning uchun bu so'z, atama, birikma hamda iboralar tizimida konkret tushunchalarni anglatuvchi vositalarni ham, mantiqiy umumlashtirishlar va abstraksiyalash jarayonlarining mahsuli sifatida yuzaga keladigan umumiy va abstrakt ma'nolarni hozirjavoblik bilan aniq anglatuvchi so'z va atamalarni ham ko'plab uchratamiz. Binobarin, hozirgi o'zbek adabiy tili me'yorlari ham bunday qo'llanishlarni taqozo etadi.

So'zlarning o'zaro aloqasi lisoniy va tildan tashqari holatlar ishtirokida hosil bo'ladi. Bu jarayonda tildan tashqari omillar - "mutlaq nominativ elementlar" tushunchasi asos bo'lsa, lisoniy hodisalar leksik vositalarning boshqa leksik vositalar bilan o'zaro aloqasi natijasida ro'y beradigan nisbiy mazmundagi turli birikmalarning hamda ularning o'zaro variantdorligining yuzaga kelishiga sababchi bo'ladi. 2 Bu variantlarning aksariyatida bitta umumiy mazmun, bir xil vazifa tufayli funksional bir xillik, vazifadoshlik mujassamlashadi: oblast - viloyat, muzofot; respublika -jumhuriyat; aktiv - faol; aktual - dolzarb; adres - manzil, makon; grajdan -fuqaro; massiv-daha, mavze; programma - dastur, ministrlik - vazirlik; faktor -omil; traditsiya - an 'ana; arxitektura - me'morchilik; kollektiv - jamoa; kollektiv xojaligi - jamoa xojaligi; internatsional - baynalmilal; peshqadam - ilg'or; qatnashmoq - ishtirok etmoq; progressiv insoniyat - taraqqiyparvar insoniyat -taraqqiyparvar kishilar; protsent - foiz; hissa qo 'shmoq - ulush qo 'shmoq; salmoqli hissa qo 'shmoq - munosib hissa qo 'shmoq - katta ulush qo 'shmoq; yuqori ko 'rsatkichlarga erishmoq - ulkan marralarni qo 'lga kiritmoq; o Z imkoniyatlarini hisoblab - oZ imkoniyatlarini hisoblab ko 'rib - o'z imkoniyatlarini hisoblab chiqib - ichki imkoniyatlarni hisoblab chiqib - ichki imkoniyatlarni hisobga olgan holda -o'z imkoniyatlarini atroflicha hisoblab chiqib - o'z imkoniyatlarini har jihatdan puxta chamalab - o'z imkoniyatlarini chamalab chiqib - o'z imkoniyatlarini chamalab ko 'rib va h.k.

Hozirgi nutq madaniyati sohasining dolzarb vazifalaridan biri gazeta tilidagi so'z va atamalarning, ba'zi birikmalarning funksional-uslubiy holatlarini, nutq turlarida qo'llanish xususiyatlarini o'rganish hamda uni to'g'ri tatbiq etishdan iboratdir. Binobarin, bu gazeta tilida so'z va atamalarni, ularning dublet hamda variantlarini o'z o'rni va me'yorida ishlatish, kerakli joylardagina qo'llash mezonlari bilan uzviy bog'liqdir.

2 Проблемы структуры слова и предложения .- Пермь, 1974.- С.98-103.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Бобоева А. Газета тилининг табиийлиги учун // Мухбир.- Тошкент, 1971.№ 11

2. Бобоева А. Газета тили // УзСЭ.- Тошкент, 1972.№ 3.

3. Бобоева А. Газета тилида таъсирчанликни таъминловчи айрим нущий воситалар // Узбек тили ва адабиёти.- Тошкент, 1976.№ 1.

4. Бобоева А. Газета тилининг баъзи грамматик-услубий хусусиятлари хдаида // Мухбир.- Тошкент, 1976.№ 7.

5. Боголовская И., Тарасенко А.К. Приёмы актуализации на уровне фразеологии функционирование языка в различных типах текста.-Пермь, 1989.

6. Васильева Н.С. К вопросу о языковых клище // Язык и общество.№6.-Саратов: изд-во Саратовского университета,1982.

7. Проблемы структуры слова и предложения .- Пермь, 1974.- С.98-103.

8. Солганик Г. Я.Язык газеты //Язык и стиль средств массовой информации и пропаганды.-М.: МГУД980.-С.26-27.

9. Стаменов М.И. Лингвистические критерий оценки газетного текста. Автореф. дисс... канд. наук.- М., 1982.

10. Щелепина О.Е. Детерминологизация - источник расширения словарного состава // Вестник Львовского университета. №6 .-Львов. 1969.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.