Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA KOREYS TILLARIDA QO‘SHMA SO‘Z VA SO‘Z BIRIKMASI'

O‘ZBEK VA KOREYS TILLARIDA QO‘SHMA SO‘Z VA SO‘Z BIRIKMASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
67
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Isrofilova Vazira Ilxomovna

Ushbu maqola o‘zbek va koreys tillaridagi qo‘shma so‘z hamda so‘z birikmalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda qo‘shma so‘zlar hamda ularning hosil bo‘lishi, ta’rifi va xususiyatlari haqida gap boradi. Bundan tashqari o‘zbek va koreys tillaridagi qo‘shma so‘zlarning o‘xshash jihatlari, ularning yasalish yo‘llari va ulardan qayerda va qay tarzda foydalanish kabi masalalar ham ochiq berilgan. Shuningdek, qo‘shma so‘z va so‘z birikmalarining bir-biriga munosabati va ular orasida farq haqidagi ma’lumotlar ham keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA KOREYS TILLARIDA QO‘SHMA SO‘Z VA SO‘Z BIRIKMASI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O'ZBEK VA KOREYS TILLARIDA QO'SHMA SO'Z VA SO'Z BIRIKMASI

Isrofilova Vazira Ilxomovna

Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti E-mail: vazirailhomovna@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqola o'zbek va koreys tillaridagi qo'shma so'z hamda so'z birikmalariga bag'ishlangan bo'lib, unda qo'shma so'zlar hamda ularning hosil bo'lishi, ta'rifi va xususiyatlari haqida gap boradi. Bundan tashqari o'zbek va koreys tillaridagi qo'shma so'zlarning o'xshash jihatlari, ularningyasalishyo'llari va ulardan qayerda va qay tarzda foydalanish kabi masalalar ham ochiq berilgan. Shuningdek, qo'shma so'z va so'z birikmalariningbir-birigamunosabati va ular orasidafarqhaqidagi ma'lumotlar ham keltirib o'tilgan.

Kalit so 'zlar: qo'shma so'z, qo'shma so'zlar ta 'rifi, semantik ma'no, birikma, so 'z birikmasi.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7634365

COMPOUND WORDS AND PHRASES IN UZBEK AND KOREAN LANGUAGES

Annotation. This article is devoted to compound words and phrases in Uzbek and Korean languages, it talks about compound words and their formation, definition and characteristics. In addition, similar aspects of Uzbek and Korean compound words, ways of forming them, and where they are used in a gay way are also given openly. Also, information on the relationship between compound words and phrases and the difference between them is also given.

Keywords: compound word, definition of compound words, semantic meaning, combination phrase.

Qo'shma so'zlar deganda ikki va undan ortiq so'zlar yig'indisidan hosil bo'lgan yakka struktur-semantik birlikni hosil qilgan so'zlar tushuniladi. Masalan, jigarrang, xalqsevar, uchburchak, ko'zoynak va boshqalar. Qo'shma so'zlarning yasalishida asos bo'lgan so'zlar o'z ma'nolarini qisman yoki butunlay yo'qotadilar. Ya'ni ko'pgina hollarda ikki so'zning birikishidan butunlay yangi lug'aviy ma'no hosil bo'ladi. Bunga misol tariqasida "oshqozon" so'zini oladigan bo'lsak, osh va qozon so'zlari alohida so'z sifatida o'z lug'aviy ma'nolariga ega. Lekin ularning qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan qo'shma so'z mazkur so'zlarning o'z ma'nolaridan butunlay farqlanuvchi yangi bir ma'noni, ya'ni ovqat hazm qilish a'zosi ma'nosini anglatadi. Qo'shma so'zlar biron o'rin-joyga mansublik, biron narsaga mo'ljallanganlik, o'xshatish qiyoslash, xoslik, biror belgini anglatishlik, miqdorga nisbat berish hamda boshqa ma'nolarni anglatishi mumkin. Qo'shma so'zlarning yuzaga kelishi ega-

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

kesim munosabatida, boshqaruv, bitishuv hamda moslashuv aloqalarida bo'lgan so'z birikmalariga asoslangan hisoblanadi. Masalan, ega va kesim munosabatiga "kelintushdi", "ko'zoynak" so'zi moslashuvni, "dunyoqarash" so'zi boshqaruvni, "ko'ksulton" kabi so'zlar esa bitishu vni bildiradi. Qo'shma so'z haqida bir guruh o'zbek tilshunoslari o'z fikrlarini bayon qilib ta'rif berishgan. Jumladan, B. Madaliyev ikki yoki undan ortiq o'zaklarning o'zaro birikishidan tuzilib, yaxlit bir ma'noni ifodalovchi so'zlarni qo'shma so'z hisoblaydi. Sh. Raxmatullayev, U. Tursunov hamda J. Muxtorovlar esa qo'shma so'zga quyidagicha ta'rif berishgan: <<ikki va undan ortiq so'zning qo'shilishi orqali yangi so'z yasashga kompozitsiya usuli bilan so'z yasash deyiladi va bu usul bilan asosan qo'shma so'zlar yasaladi. Achchiqtosh, beshariq, qoraqurt kabi so'zlar shular jumlasidandir>>. O'zbek tilshunosligida qo'shma so'zlar asosan, leksikografik hamda struktur-funksional aspektda tadqiq etilgan. Biroq bugungi kun tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri bu qo'shma so'zlarni antroposentrik paradigma tamoyillari asosida ham tadqiq etish hisoblanadi. Bunga sabab qo'shma so'zlar o'zbek tili lug'at tarkibida salmoqli o'rin egallashidadir. Qo'shma so'zlarni o'rganish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarda ularning semantikasini o'rganishga yetarlicha e'tibor qaratilmagan. Aynan mana shu jihat ya'ni uning semantikasini o'ranish, qo'shma so'zning serqirraligi, serma'nodorligi hamda jozibadorligini yaqqol ochib beradi.

Koreys tilidagi qo'shma so'zlar haqida gapiradigan bo'lsak, ularning ham ta'rifi xuddi o'zbek tilidagi berilgan ta'rifga o'xshash hisoblanadi. Ya'ni qo'shma so'z deganda ikki o'zakning birlashishidan hosil bo'lgan bir so'zga aytiladi. Masalan, (sho'rva suvi),

"qaytib ketmoq", ^^^ (kenja aka), ^^^ (bo'yinga taqadigan taqinchoq). Koreys tilida qo'shma so'zlar grammatik jihatdan muhim til birligi hisoblanadi. Chunki so'zdagi birgina interval sababli ma'no butunlay o'zgarib ketishi mumkin. Standart koreys tili lug'atida qo'shma so'zlar "qabul qilingan yoki ruxsat berilgan bosh so'zlar" deb ta'riflanadi. O'zbek tilidan farqli o'laroq koreys tilida oddiy ot turkumidagi so'zlardan qo'shma otlarni yasash mumkin bo'lganligi sababli ikki otning birikishidan hosil bo'lgan so'zlarni qo'shma ot yoki qo'shma so'z ekanligini farqlash qiyin. Buning natijasida esa, qo'shma so'zning qo'shma so'z ekanligi yoki aksincha qo'shma so'z emasligini aniqlash birmuncha qiyinlashadi. Koreys tilidagi qo'shma so'zlar ham xuddi o'zbek tilidagi qo'shma so'zlar kabi so'z birligi sifatida kundalik hayotda turli xil vaziyatlarda foydalaniladi. Ya'ni faqatgina akademik matnlar yoki kitoblarda emas, balki oddiy hayotda ham ko'p ishlatiladi. Lekin shunga qaramasdan, oddiy xalq uchun qo'shma so'zlar biroz muammo tug'dirishi mumkin. Bunga sabab esa, so'zlarni qo'shib yoki ajratib yozish qoidasi hisoblanadi.

Qo'shma so'zlarga oid bir qancha ishlar yaratilgan bo'lsa-da, hali hanuzgacha ularning semantikasi tahlili borasida bir qancha bahsli masalalar mavjuddir. Tilshunoslik sohasida ko'p bahsli munozaralarga sabab bo'layotgan muammo qo'shma so'z hamda uning so'z birikmasidan farqi bo'lib kelmoqda. Hozirgacha bu yaratilgan tadqiqotlarda bu ikki til birliklari orasida farq haqida aniq bir to'xtamga kelinmagan. Bunga asosiy sabab esa, aynan so'z birikmalaridan qo'shma so'z hosil qilinadi degan fikrning mavjudligidadir. So'z birikmasi deganda ikki va undan ortiq mustaqil so'zning tobe grammatik aloqa (moslashuv, boshqaruv hamda bitishuv) asosida birikishi natijasida hosil bo'lgan, borliqdagi narsa va hodisalarning

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

nomini bildiradigan sintaktik tuzilmaga aytiladi. So'z birikmasi ham xuddi qo'shma so'z singari nutq birligi hisoblanadi. Qo'shma so'z hamda so'z birikmasi o'rtasidagi asosiy farq sifatida qo'shma so'zning ikki yoki undan ortiq negizdan hosil bo'lishi , so'z birikmasi esa bir va undan ortiq mustaqil bo'lgan so'zlarning o'zaro bir-biri bilan aloqaga kirishuvidan hosil bo'ladi. Qo'shma so'zlarning ba'zi komponentlari o'zining leksik ma'nosi bilan hosil qilinsada, bu qismlar orqali hosil qilingan birikma va qo'shma so'z orasidagi ma'nolar orasida keskin farq bo'ladi. Har qanday so'z birikmasi bir va undan ortiq bo'lgan mustaqil so'zning birikuvidan hosil bo'ladi hamda ikki qismdan: hokim va tobe qismdan tashkil topadi. So'z birikmasi o'z navbatida murakkab va sodda so'z birikmalariga ajraladi. Sodda so'z birikmasi bu komponentlarining har biri bir so'z shakliga teng bo'lgan so'zlar tushuniladi. Murakkab so'z birikmasi esa komponentlari yoki ulardan bittasi birdan ortiq so'zdan yoki so'z birikmasidan iborat bo'lgan so'zlarga aytiladi. So'z birikmasi tarkibidagi hokim qismning qaysi so'z turkumidan bo'lishiga qarab so'z birikmasining ikki turi farqlanadi. Bular ot so'z birikmasi hamda fe'l so'z birikmasi. Ot so'z birikmasiga hokim komponenti fe'ldan boshqa turkumga oid so'z bilan ifodalangan so'z birikmasiga aytiladi. Fe'l so'z birikmasi esa hokim qismi fe'l bilan ifodalangan so'z birikmalaridir.

Koreys tilida murakkab ichki tuzilishga ega bo'lgan so'z "birikma" deb ataladi.

Birikmani bevosita komponent orqali tahlil qilganda ular orasida bittasi affiks bo'lsa, bu birikma yasama so'z hisoblanadi. Koreys tilida ham xuddi o'zbek tilidagi singari qo'shma so'z hamda so'z birikmasi orasidagi farq haqida aniq bir ta'rif yo'q. Lekin bu tilda ham qo'shma so'z hamda so'z birikmasi bir-biriga yaqin turadi. So'z birikmasi fikr ifodalamasligi, mazmun hamda ohang tugalligiga ega bo'lmasligi jihati bilan sintaktik birlik bo'lmish gapdan farq qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A. G. Yuldashev. Ideomativ qo'shma so'zlarning lingvokognitiv tadqiqi.-T.2016

2. A. Hojiyev. So'z yasalishi.-T.1989

3. B. Madaliyev. Hozirgi o'zbek tilida qo'shma so'zlar.-T.1966

4. H. Mamatov. O'zbek tilida qo'shma so'zlar.-T.1982

5. Sh. Safarov. Semantika.-T.2013

6. Sh. Safarov. Kognitiv tilshunoslik.-Jizzax 2006

7. t^.2001

8. ^ t^ MA- ## ^.2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.