Научная статья на тему 'TALABALARGA INGLIZ TILINI O’QITISH METODIKASI'

TALABALARGA INGLIZ TILINI O’QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

13
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chet tili / axborot-kommunikativ texnologiyalar / rasmiy ta’lim / norasmiy ta’lim / til portfellari / gipnopediya / «Silent way» / «Totalphysical response» / «Sugesto pedia» / Pimslerning til o‘rgatish metodi / Ilona Davidovaning ekspress metodi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Aleksandra Vasilevna Burtseva, Firyuza Orazovna Orazova

Mazkur maqolada so‘nggi yillarda ta’lim sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar, xorijiy tillarni o‘rgatish bilan bog‘liq ijtimoiy zarurat, rasmiy va norasmiy til o‘rganish markazlari faoliyati tahlil qilinadi. Xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim tizimida chet tillarni o‘rgatish bilan bog‘liq mualliflik metodikalariga izoh berib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARGA INGLIZ TILINI O’QITISH METODIKASI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

TALABALARGA INGLIZ TILINI O'QITISH METODIKASI

Aleksandra Vasilevna Burtseva

CHDPU Biologiya yo'nalishi 21/4 guruh talabasi

Firyuza Orazovna Orazova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada so'nggi yillarda ta'lim sohasidagi amalga oshirilgan islohot-lar, xorijiy tillarni o'rgatish bilan bog'liq ijtimoiy zarurat, rasmiy va norasmiy til o'rganish markazlari faoliyati tahlil qilinadi. Xorijiy tajribalar asosida oliy ta'lim tiz-imida chet tillarni o'rgatish bilan bog'liq mualliflik metodikalariga izoh berib o'tiladi.

Kalit so'zlar: chet tili, axborot-kommunikativ texnologiyalar, rasmiy ta'lim, norasmiy ta'lim, til portfellari, gipnopediya , «Silent way», «Totalphysical response», «Sugesto pedia», Pimslerning til o'rgatish metodi, Ilona Davidovaning ekspress metodi.

Ta'lim sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar jarayonining o'ziga xos bo'g'ini sifatida chet tillarni mamlakat yoshlariga o'rgatish kun tartibidagi dolzarb vazifalar sirasiga kirdi. Bu masalalarni yechishda, bir tomondan, qardosh xalqlar vakillari va respublikada yashayotgan xalqlarning tillarini o'qitishni saqlab qolish, ularni kuchaytirish va kengaytirish, ikkinchidan esa, juda katta qiziqish uyg'otgan xorijiy tillarni, xususan G'arb va Sharq xalqlari tillarini o'qitishni kuchaytirish yo'lidan borilmoqda. O'zbekistonda ta'lim tizimi yetti tilda olib boriladi. Ular: o'zbek, rus, qaraqalpoq, qozoq, kirg'iz, tojik, turkman tillari. Qariyb 90 foiz maktablarda o'qish o'zbek tilida olib boriladi. Mamlakatimizda 5,5 foiz maktablarda o'qish - rus tilida, 2,5 % - qoraqalpoq tilida, 2 foiz - tojik tilida, 0,4 % - qirg'iz tilida, 0,2 foiz - turkman tilida olib boriladi. Ta'lim jarayoni shunday qurilganki, o'quvchilar o'z ona tili bilan birgalikda, bir necha boshqa chet tillarini o'rganish imkoniyatiga ham egadirlar. Shuning uchun keng aholi qatlamlari ichida o'z ona tilidan tashqari, rus tili va bir necha xorij tillarini bilganlar soni kundan kun ko'payib bormoqda.

Ingliz tilini o'qitish va bu tilni keng miqyoda o'rganilishi mazkur tilni jaxon ilm-fani, iqtisodiyoti, madaniyatida yetakchi bo'lgan muloqot vositasiga egalik qi-lishni anglatadi. Shu nuqtai nazardan, ushbu tilni o'qitishda zamonaviy ta'lim metodlarini qo'llanilishi dolzarbdir. [2] Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Pre-zidentining 2021 yil 19 mayda «O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni

April 23-24, 2024

685

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

o'rganishni ommalashtirishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora tad-birlari to'g'risida»gi qarori [1] bizning mamlakatimizda ham bu borada ishlar yangi bosqichga ko'tarilganini hamda jamiyatimizni dunyo hamjamiyatiga integratsiya-lashuvi sari izchil odimlayotganini anglatadi.

Umuman olganda, zamonaviy ta'lim va til o'rgatish metodlarini qo'llash za-monaviy ingliz tilini o'qitish metodikasining sezilarli rivojlanishini anglatadi. Dar-haqiqat, zamonaviy metodlar asosida ingliz tilini tezkor (intensiv) o'qitish talabalarn-ing o'qituvchilar bilan ijobiy aloqalarini kuchaytiradi va ingliz tilini o'rganishni rag'batlantirish xususiyatlarini ham o'zida namoyoni eta oladi. Ingliz tilini tezkor (intensiv) o'qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ingliz tilini o'qitish bilan bevosita bog'liq bo'lgan va kerakli maqsadlarga erishishga olib keladigan usullar, vositalar, materiallar, moslamalar, tizimlar va strategiyalarning innovatsion qo'llanilishini o'z ichiga oladi.

Shu bilan birga, mamlakatda rasmiy ta'lim tizimi bilan birgalikda respublikan-ing barcha hududlarida norasmiy va noformal xorijiy tillarni o'qitish, ularda o'quvchilarni chet tillari bo'yicha testlar topshirishga tayyorlash, yoki o'quvchilarning til malakasini o'stirish markazlari ko'plab ochildi va ular keng faoli-yat olib bormoqda. Shuningdek, ko'pchilik horijiy davlatlarning elchixonalari qoshida ham til o'qitish markazlari ochilgan bo'lib, ular istak bildirganlarni o'z mam-lakati tiliga o'qita boshladi. Mana shunday til markazlari Germaniyaning DAAD, Ko-reyaning KOIKA, Yaponiyaning JICA, Isroilning MASHAW, Hindiston madaniyat markazi, AQShning EDUCATIONAL EXCHANGE PROGRAM, Buyuk Britani-yaning BRITISH COUNSIL kabi tashkilotlari, ularda tashkil qilingan resurs markazlar, madaniyat markazlari, kutubxonalar, internet materiallari, tyutorlik xiz-matlari, stajirovkalar va xorijiy ellarga tanlov asosida o'qishga yuborish xizmatlari, shuningdek Xitoy, Fransiya va boshqa davlatlar elchixonalarida tashkil qilingan til markazlari faoliyat olib bormoqda. Elchixonalar tarkibida tillar bo'yicha turli tan-lovlar, xorijiy stajirovkalar o'tkazish an'anaga aylangan.

Xorij tajribalarini o'rganish mobaynida oliy ta'lim tizimida o'qituvchilar tomonidan chet tillarni o'rgatish borasida bir qancha metodikalar yaratilgan. Shu-lardan biri - "Til portfellari" deb nomlanadi.

Til portfellari. 2010-2011 yillarda tahsil oluvchilarning chet tillarni o'zlashtirishlariga qulaylik tug'dirish maqsadida maxsus til portfellari metodikasi Yevroittifoq amaliyotiga kiritilgan edi. Hozirda mana shunday til portfellari keng rivoj topmoqda. Ya'ni, har bir o'quvchining xorijiy til bo'yicha o'qigan va ishlab chiqqan materiallari mazkur portfelga jamlanadi. Bu til portfellarining eng muhim jihati shundaki, o'quvchi mustaqil ravishda o'zining til bilish dinamikasini kuzatib

April 23-24, 2024

686

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogjka^niVBBiitiii^^^^^^^^lSllli

borishi, zarur o'rinlarda til bilish malakasini kuchaytirish zarurligi anglash imkoniyati tug'iladi. Til portfellari keyinchalik o'quvchining mustaqil o'quv vositasiga aylana boradi hamda uning o'qish va ta'lim olish jarayoniga bevosita aloqadorligi, manfaatdorligini ta'minlovchi bosh unsurga aylanadi.

Gipnopediya (qadimgi grek - unvo^ uyqu va naiSsia o'qitmoq so'zlaridan olingan) tabiiy uyqu sharoitida ma'lum bir axborotlarni miyaga yetkazish va uzatish metodikasi. Axbrotlarni uzatish biror bir shaxs, yoki magnit lentasi orqali yuboriladi [5]. Gipnopediyaga nisbatan ikki qarama-qarshi munosabat mavjud. Bir tomondan, ba'zi olimlar uning imkoniyatlariga juda ishonmasdan, shubha bilan qaraydilar. Ikkinchi turdagi olimlar esa, gipnopediya axborot texnologiyalari rivoji bilan axborot uzatishning eng maqbul, kam xarj, sifatli va samarali usuli bo'lib qolishiga komil ishonch bildiradilar. Biroq bugungi kunda gipnopediyaning keng va turli pred-metlarni o'qitishdagi o'rni haqida gapirishga hali erta. Aslida uyquda ma'lum bir ax-borotlarni uxlayotgan odam tafakkuri va xotirasiga uzatish amaliyoti qadimdan mavjud bo'lgan. Masalan, qadimga yogalar va faqirlar Hindistonda, lebashlar Efio-piyada, shuningdek, budda monaxlari bu usulni ko'p qo'llaganlar. Zamonaviy ilmda esa usulni birinchi bor 1923 yilda AQShda D.A.Finney tomonidan Pensakoladagi dengiz maktabida qo'llaganligi haqidagi axborotlar rasmiy gazetalarda saqlanib qol-gan. Sobiq Sovet Ittifoqida bu usul bilan maxsus shug'ullanishgan. Shu bois, 1936 yilda A.M.Svyadosh amaliy tajribalar o'tkazgan. Gipnopediyaga nisbatan so'nggi eng yirik qiziqishlardan biri o'tgan asrning 50- 60 yillarida paydo bo'ldi. Gipnopediya tarafdorlaridan biri kievlik olim Leonid Bliznichenko ingliz tilidagi so'zlarni eslab qolishda gipnopediyaning imkoniyatlarini tahlil qilib chiqqan. Bu masalada ko'proq e'tibor xorijiy til fonetikasiga, ya'ni, to'g'ri talaffuz qilish imkoniyatlariga qaratilgan. Kiev Oliy muhandislik radiotexnik bilim yurtida tashkil qilingan tajriba-sinov ishlari asosida talabalarda ingliz tili fonetikasi bo'yicha muammolar bo'lmagan va o'quvchilar leksikasini o'rganish va xotirada saqlab qolishga juda tez va yengil o'rganganlar. Gipnopediyaga bo'lgan zamonaviy baho shundan ibratki, uning usul-larini chet tilini bir boshdan va tamomila o'rganishda mazkur metodni qo'llab bo'lmaydi, biroq tafakkur osti va xotira bilan bog'liq ravishda mazkur metodikani qo'shimcha usul sifatida qo'llash mumkin. Ya'ni, gipnopediya xorijiy tillarni shunchaki o'rgatuvchi metod emas, balki xorijiy tilni o'rganishda uning tovushlar va leksik qatlamini bilish, qabul qilishni yengillashtiruvchi usul sanaladi.

Olib borilgan izlanishlar va tajribalar natijasiga ko'ra "Silent way" (jimlik metodi) o'tgan asrning 60-yillarida vujudga kelgan. Bu usulda xorijiy tilga tabiiy im-koniyat sifatida qaraladi. Chunki har bir insonda barcha tillarga bo'lgan til o'rganish qobiliyati mavjud bo'ladi. Til o'rganish qobiliyati insonlarda tabiiy ravishda mavjud

April 23-24, 2024

687

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogjka^niVBBiitiii^^^^^^^^lSllli

bo'ladi. Shunga ko'ra, agar inson xorijiy tilni o'rganmoqchi bo'lsa, unga halaqit ber-maslik, balki unga shartsharoit yaratib berish zarur bo'ladi. Shu bois, mazkur metod tarafdorlari fikri bo'yicha chet tili o'qituvchisi o'quvchining imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga shart-sharoit yaratishi darkor, bilaks o'quvchini boshqarishi emas. Mazkur metod bo'yicha o'quvchining uzoq vaqt "jim" o'tirishiga imkon yaratiladi. U o'zi gapirib ketmagunicha, undan gapirish talab etilmaydi. Bu go'daklarning o'z ona tilida gapirib ketishi shart-sharoitiga o'xshab ketadi. Chunki go'daklar ham garchi birovlarning barcha gaplarini tushunsalar ham uzoq vaqt o'zlari gapirmaydilar. Shu bilan birga, o'qituvchi ham gapirmaydi. Balki so'zlarning turli simvollarini ko'rsatish orqali til boyligi ko'paytiriladi. Simvollar keyinchalik so'zlar bilan uzviy bog'liqlikda xotirada saqlanib qoladi.

"Total-physical response" (jismoniy jihatdan axborotga nisbatan ta'sir ko'rsatish metodi). Mazkur metodning talabiga binoan bolaning shuuridan o'zidan o'tkazilmagan har qanday axborot xotirada saqlanib qolmaydi. Shu bois ham xorijiy tilni o'rganish uchun til axborotini inson o'z shuuridan o'tkazishi lozim. Shunga ko'ra, avval talaba yetarli hajmdagi xorijiy til bo'yicha axborotlar bilan qurollantiri-ladi. Keyin, qariyib yigirma soat talaba faqat berilgan axborotlar majmuasidan iborat xorijiy til materialini muntazam eshitib boradi. Shundan so'nggina, talabadan olingan axborotlarga nisbatan jismoniy javob berish talab etiladi. Javob berish tana hara-katlari orqali kechadi. Masalan, "Stend up!" deyilganda talabalar turadi, "Sit down!" deyilganda talabalar o'tiradi. Binobarin, uzoq vaqt talaba avval eshitib, keyin o'z harakatlari orqali axborotni o'zlashtirib olganidan so'nggina mana shu axborot bilan faol munosabatlar o'rnatiladi. Mazkur metodda talabalar keyinchalik nafaqat o'qituvchi bilan, balki faol tarzida o'zaro ham keng muloqotga kirishadilar.

"Sugesto pedia" - xorijiy til materialiga chuqur kirib borish metodi. Mazkur metod o'tgan asrning 70-yillaridan keng tarqala boshladi. Mazkur metod tarafdor-larining fikriga ko'ra, inson har qanday boshqa xorijiy tilni o'rganishi mumkin. Agar u mana shu til o'rganish jarayonida boshqa odamga aylansa. Ya'ni, guruhdagi barcha talabalar o'zlariga yangi, xorijiy til mamlakatiga doir ismlarini qabul qiladilar, o'zlari uchun yangi biografiyalarni o'ylab chiqaradilar. Yangi til mamlakatida yashashni fan-taziya qila boshlaydilar. Shu bois, talabalarda illyuziya, ya'ni yangi mamlakatda yashayotgan yangi inson qiyofasi vujudga keltiriladi. Bu yangi mamlakatda gapirish, yashash lozim, gapirishni esa o'rganish darkor. Bu yaratilgan erkinlik sharoitida tala-balarning til o'rganish imkoniyatlari juda kengayadi, ular erkin muloqotga kirish-ganidan so'ng esa, o'z kuchlariga ishonch bir necha barobar ortadi.

Pimslerning til o'rgatish metodi (Pol Pimsler) asosiy to'rt kategoriyadan iborat bo'lgan tizimga asoslanadi. Ular - antitsipatsiya, tizimlangan interval takrorlar, so'z

April 23-24, 2024

688

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

yadrosi va cheklangan ta'lim. Antitsipatsiya asosida o'quvchi xorijiy til materialini bir vaqtning o'ziga ham ko'radi, ham eshitadi, ham talaffuz qilishga o'rganadi, ham o'z xotirasida uni jonlantirishga urinadi. Mazkur metod asosidagi darsliklar Pimsleur Language Programs markazi tomonidan ishlab chiqilib Simon & Schuster nashriyoti tomonidan nashr qilinadi. Har bir dars 30 minutlik kassetada jamlangan audio-darsdan iborat. Bugungi kunda mazkur metod asosida turli kommunikatsion ish-lanmalar keng ko'lamda ishlatiladi. Ular ichida audio va video kassetalar, internetga joylangan ochiq darslar, SD disklar mavjud. Pismslerning metodi ko'pchilik zamonaviy metodlar kabi ko'proq xorijiy tilda so'zlashish va muloqot qilishga o'rgatadi, lek-in o'quvchi diqqatini xorijiy tilda yozish va o'qish malakalariga yo'naltirmaydi.

Ilona Davidovaning ekspress metodi. Mazkur metod Rossiyada 1990- yil-lardagi ijtimoiy hayotda hozirjavoblik bilan yaratilgan metodlardan biri sanaladi. Un-da kassetalar, ya'ni, audio yozuvlarni eshitish asosida til malakalari shakllantiriladi. Ularda turli mavzularga oid til materiallari eshitish uchun taqdim etiladi. Hozirda mana shunday materiallarning yangi axborot texnologiyalari asosida ham eshitish, ham talaffuz etishga asoslangan analoglari ishlab chiqilgan. Bunda takrorlash asosida xorijiy til materiallarini muntazam eshitish til malakalarining ma'lum darajada shakllanishiga olib keladi. Bu metod ko'proq xorijiy til leksikasi darajasini oshirishni istagan o'quvchilar uchun mos keladi.

Tahlillardan ma'lum bo'ldiki, xorijiy tillarni o'qitish jarayonini mutlaqo zamonaviy omilsiz tashkil etib bo'lmaydi. Shu sababli xorijdagi samarali metodikalarni o'rganish va shu asosda o'qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatini milliy qadriyatlarga tayangan holda tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir-ga, xorijiy tillarni o'rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko'rsatmoqdaki, ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg'or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to'liq javob bermayapti. Ta'lim asosan an'anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o'rganishni tashkil qilish, shuningdek, o'qituvchilar malakasini uzluksiz oshirish hamda ta'lim jarayonini zamonaviy o'quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlashni har tomonlama takomil-lashtirish taqozo etiladi.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 yildagi " O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5117-son qarori, Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 20.05.2021 y., 07/21/5117/0472-son.

April 23-24, 2024

689

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

2. Turdiboyeva G.A. 2022. Ingliz tilini o'qitishda aqlli texnologiyalarni qo'llanilishining ahamiyati. Arxiv 2, 1 (apr. 2022).

690

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.