Научная статья на тему 'XORIJIY TILLARNI YANGI O’RGANISHGA KIRISHGAN YOSHLARNING YO’L QO’YADIGAN BA’ZI XATOLARI, MUAMMOLI VAZIYATLARI VA ULARNING TAHLILI'

XORIJIY TILLARNI YANGI O’RGANISHGA KIRISHGAN YOSHLARNING YO’L QO’YADIGAN BA’ZI XATOLARI, MUAMMOLI VAZIYATLARI VA ULARNING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
937
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bir tomonlama maqsad / gapirshdan qo’rqish / o’rganish uslublari / o’qituvchiga bog’lanib qolish / til muhiti. / one-sided purpose / fear of speaking / learning methods / contact with the teacher / til environment.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Baxromjon Joraboyev

Bugungi tez rivojlanib borayotgan globallashuv zamonida xorijiy tillarni puxta egalagan yosh kadrlarga bo’lgan talab kun sayin oshib bormoqda. Bu esa yoshlar orasida xorijiy tillarga qiziquvchilarning ortishiga va chet tillarini o’rganishning keng ommalashuviga zamin bo’lmoqda. Ammo o’quvchi yoshlar tomonidan xorijiy tillarni o’rganish jarayonida bir qator xatolarga yo’l qo’yilishi yohud ba’zi muammoli vaziyatlarga duch kelinishi sababli ularning yangi o’rganilayotyan tillarga bo’lgan ishtiyoqining tezda yo’qolib qolishi holati ham uchraydi. Mazkur maqolada xorijiy tillarni yangi o’rganishga kirishgan yoshlar yo’l qo’yadigan ba’zi xatolar, muammoli vaziyatlar va ularning tahlilini ko’rib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME MISTAKES, PROBLEMS AND ANALYSIS OF YOUNG PEOPLE WHO STARTED LEARNING FOREIGN LANGUAGES

In today's rapidly evolving globalization, the demand for young people fluent in foreign languages is growing day by day. This has led to an increase in interest in foreign languages among young people and the widespread popularity of learning foreign languages. However, there are cases when young people make a number of mistakes in learning foreign languages or face some problems, and their interest in new languages quickly disappears. In this article, we will look at some of the mistakes, problems, and analysis of young people who are just starting to learn foreign languages.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TILLARNI YANGI O’RGANISHGA KIRISHGAN YOSHLARNING YO’L QO’YADIGAN BA’ZI XATOLARI, MUAMMOLI VAZIYATLARI VA ULARNING TAHLILI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

XORIJIY TILLARNI YANGI O'RGANISHGA KIRISHGAN YOSHLARNING YO'L QO'YADIGAN BA'ZI XATOLARI, MUAMMOLI VAZIYATLARI VA

ULARNING TAHLILI

Baxromjon Jo'raboyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Bugungi tez rivojlanib borayotgan globallashuv zamonida xorijiy tillarni puxta egalagan yosh kadrlarga bo'lgan talab kun sayin oshib bormoqda. Bu esa yoshlar orasida xorijiy tillarga qiziquvchilarning ortishiga va chet tillarini o'rganishning keng ommalashuviga zamin bo'lmoqda. Ammo o'quvchi yoshlar tomonidan xorijiy tillarni o'rganish jarayonida bir qator xatolarga yo'l qo'yilishi yohud ba'zi muammoli vaziyatlarga duch kelinishi sababli ularning yangi o'rganilayotyan tillarga bo'lgan ishtiyoqining tezda yo'qolib qolishi holati ham uchraydi. Mazkur maqolada xorijiy tillarni yangi o'rganishga kirishgan yoshlar yo'l qo'yadigan ba'zi xatolar, muammoli vaziyatlar va ularning tahlilini ko'rib chiqamiz.

Kalit so'zlar: bir tomonlama maqsad; gapirshdan qo'rqish; o'rganish uslublari; o'qituvchiga bog'lanib qolish; til muhiti.

SOME MISTAKES, PROBLEMS AND ANALYSIS OF YOUNG PEOPLE WHO STARTED LEARNING FOREIGN LANGUAGES

Bakhromjon Juraboev

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

In today's rapidly evolving globalization, the demand for young people fluent in foreign languages is growing day by day. This has led to an increase in interest in foreign languages among young people and the widespread popularity of learning foreign languages. However, there are cases when young people make a number of mistakes in learning foreign languages or face some problems, and their interest in new languages quickly disappears. In this article, we will look at some of the mistakes, problems, and analysis of young people who are just starting to learn foreign languages.

Keywords: one-sided purpose; fear of speaking; learning methods; contact with the teacher; til environment.

KIRISH

Albatta har bir inson biror ishga qo'l urish orqali ma'lum maqsadga erishishni ko'zlaydi. Shu qatorda ingliz, fransuz, nemis yoki biror sharq tillarini o'rganishga kirishgan yangi til o'rganuvchilar ham mazkur tillarni o'rganish orqali ma'lum bir maqsadga, natijaga erishishni ko'zlaydi. Afsuski ba'zi til o'rganuvchilar shu qadamdayoq xatoga yo'l qo'yadilar va keyinchalik til o'rganish jarayonida bir qator qiyinchiliklarga duch kelishadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Gap shundaki hozirgi kunda aksariyat xorijiy tillarni o'rganuvchi yoshlar mazkur tilni o'rganish orqali bir tomonlama natijaga erishishni ko'zlashadi, ya'ni ular yangi xorijiy til o'rganish orqali faqat kirish testlarida yaxshi natijaga erishish, o'zlari o'rganayotgan til bo'yicha til bilish sertifikatini qo'lga kiritish yoki mazkur tilda shunchaki so'zlashuv ko'nikmasini shakllantirishni maqsad qilishadi. Bu esa o'rganilayotgan tilga yuzaki munosabatni shaklanishiga sabab bo'ladi. O'z o'rnida o'rganilayotgan tilga nisbatan bunday yuzaki munosabat ularning mazkur tilni, undagi o'ziga xos ibora va murakkabliklarni to'liq anglab yetishlariga xalaqit beradi va oqibatda ular ushbu tilni o'rganishdan o'zlari kutganday muvaffaqiyatga erisha olishmaydi. Bu ularning xorijy tillarni o'rganishga bo'lgan ishtiyoqlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi va ular «bu mening ona tilim emas, bu tilni to'liq bilishim shart emas» degan xulosaga kelishadi. Aslida esa til o'rganish jarayoniga nisbatan bunday qarash mutlaqo xato. Xorijiy tillarni o'rganish va o'rganilayotgan tilda ravon gapira olish ushbu tilni o'rganishga jiddiy kirishishni talab etadi. Til o'rganishga yuzaki emas balki jiddiy yondashishgina ushbu tilni, undagi murakkabliklarni to'liq tushunishga va kelajakda ushbu tilda qiyinchiliklarsiz muloqot qilishga yo'l ochadi.

MUHOKAMA

Xoriliy tillarni endi o'rganishga kirishgan o'rganuvchi yoshlarning oldidagi muammoli vaziyatlardan yana biri bu ularning mazkur tilni o'zlashtirish va qo'llash davomida xato gapirib qo'yishdan qo'rqishlaridir. Albatta til o'rganish jarayonida xato qilishdan qochish til o'rganuvchilarda tilga nisbatan mas'uliyatli bo'lish ko'nikmasini shakllantiradi, biroq bu jarayon til o'rganishni sustlashishiga va o'rganuvchi o'quvchining bora-bora bu tilda gapirish ko'nikmasining to'liq rivojlantirishida qiyinchiliklarga uchrashiga olib kelishi mumkin. Odatda til o'rganuvchi o'rganayotgan tillarida suhbatlashish jarayonida grammatik me'yorlarda xato qilishdan qochishga urinishi bilan chalg'ib gapirilayotgan fikrning mazmunini majhullashishiga sabab bo'ladi. Bu esa tinglovchining fikrni to'liq anglab yetolmasligiga olib keladi. Shuni unutmaslik kerakki har qanday yangi boshlangan ishda xato va kamchiliklar bo'lishi bu tabiiy hol. Yangi til o'rganuvchilarning nutqidagi talaffuz buzilishlari va grammatik

xatoliklar doimiy o'z ustida ishlash va mazkur tilda gapirish amaliyotini oshirish orqali o'z yechimini topadi.

NATIJA

Chet tillarini o'rganishga kirishayotgan yangi o'rganuvchilar yo'l qo'yadigan yana bir xatolardan biri bu o'rganuvchilarning o'qituvchi ko'magiga haddan ortiq bog'lanib qolishi va o'z ustida ishlashdan qochishlaridir. Albatta til o'rganish jarayonida o'qituvchining tushuntirish va yordamlariga tayanish optimal holat, ammo o'ranuvchilarning o'z ustida ishlashdan qochishi yohud o'z ustida kam ishlashi, mustaqil ishlash jarayonida yuzaga keladigan til o'rganish bilan bog'liq kichik murakkabliklarga yechim topishga urunmasliklari bora-bora o'rganuvchilarning til o'rganish ko'nikmalarining sekinlashishiga va kam natija berishiga olib keladi. Shuni unutmaslik kerakki xorijiy tilga doir ko'nikmalarni aynan bir shaxsning nutqiga tayanib qurib bo'lmaydi, chunki odatda o'qituvchilarning o'sha xorijiy tildagi nutqi o'sha xorijiy tilda so'zlashuvchi tub aholi nutqi bilan ancha farqqa ega bo'ladi. Bunday muammolarga duch kelmaslikning eng to'gri yo'llaridan biri bu o'sha tildagi kinolarni ko'rish va podkast va radio eshtirishlarni tinglashdir.

Xorijiy tillarni yangi o'rganuvchilarga bog'liq muammoli vaziyatlardan biri bu xorijiy tillarni o'rganishga mo'ljallangan o'quv dasturlarining haddan ortiq ko'pligi va yoshlarning odatda o'qitish dasturlarining o'ziga mosini tanlash va keyinchalik o'qitish dasturlariga ko'nikib ketolmaslikdir. Ba'zida xorijiy tillarni o'rganishda qaysi usul samaraliroq? o'qituvchi bilan yuzma-yuz holda alohida o'rganish yoki guruhlarga birikkan holda? degan savol til o'rganishga endi kirishgan yoshlar oldida paydo bo'ladi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki xorijiy tillarni o'rganishga qaratilgan yuqoridagi ikki usul ham o'ziga xos ustunlik va kamchiliklarga ega. Misol uchun xorijiy tillarni guruhlarga birikkan holda o'rganish orqali xorijiy tilda gapirish ko'nikmasining tez shakllanishiga, darsda o'tilgan ma'lumotlarni o'zaro savoljavoblar orqali yanada mustahkamlab olishiga erishish mumkin. Biroq xorijiy tillarni guruhlarda o'rganish davomida ajratilgan vaqtning ba'zida barcha o'quvchilar bilan ham ishlashga yetmasligi, dars yuzasidan berilgan axborotlarning barchaga birday tushunarli bo'lmasligi kabi muammolarga duch kelishi ham mumkin[1, 2-bet]. Xorijiy tillarni o'qituvchi bilan yakka holda o'rganish jarayonida esa o'rganuvchi til yuzasidan o'zida paydo bo'layotgan barcha savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo'lishi, mavzuning nisbatan tushunarli bo'lishi va dars jarayonida ortiqcha narsalarga chalg'imasligi kabi qulayliklarga ega bo'ladi. Lekin til o'rganishning bu ushbu tilda gaplashish ko'nikmasining rivojlashiga to'sqinlik qiladi. Bu muammo borasida Toni Robins «Eng yaxshi usul va qoidalar ham movaffaqiyatning atiga 20 foizini tashkil etadi, qolgan 80 foizi inson psixologiyasiga bog'liqdir»[2, 73-bet] deb takidlaydi. Shuni unutmaslik kerakki muvaffaqiyatning asosiy garovi bu tinimsiz mehnat va harakatdir. Til o'rganish

jarayonida vujudga keldigan muammoli vaziyatlardan yana biri bu yangi til muhitiga moslasha olmaslik, o'sha tilni his qilishda qiynalishdir. Odatda bunday muammo ushbu tilda so'zlashuvchilarning yoki ushbu tilni biluvchilarning til o'rganuvchi atrofida yo'qligidir. Bu muammo ortidan til o'rganuchi yangi o'gan so'zlar va ma'lumotlarini tezda yodidan chiqarib yuborishiga olib kelishi mumkin. Bu muammoni hal qilishning maqbul usuli bu o'rganilayotgan til muhitini o'rganuvchi tomonidan yaratilishidir. Bu borada til o'rganuvchi eng avvalo kuundalik hayotda eng ko'p foydalanadigan buyumlarning nomini eslab qolishga harakat qilishi va iloji bo'lsa bu buyyumlarni yangi o'ranilayotgan tildagi nomini ularning o'ziga yozib qo'yishi anchayin foydali. Bu usul xorijiy tildagi predmetlar nomini oson o'zlashtirilishi va xotirada uzoq saqlashiga yordamlashadi. Bundan tashqari xorijiy tildagi musiqalarni tinglash va ushbu musiqa matnini olgan holda musiqa eshtish davomida so'zlar talafuzini kuzatish eshtish va talafuz ko'nikmasini anchayin muvaffaqiyatli shaklanishiga ko'maklashadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, xorijiy tillarni o'rganish jarayonida xatolarga yo'l qo'ymaslik va muammolarga duch kelmaslik uchun til o'rganishga nisbatan masuliyatliroq bo'lish, muntazam o'z ustida ishlab borish lozim. Nafaqat til o'rganish, balki har qanday vazifada muvaffaqiyatga erishish uchun doimiylikka amal qilish lozim. Shundagina o'rganilayotgan tilni to'liq egallashga erishish mumkin.

REFERENCES

1. F.M.Muhammadjonov. «O'rta maktab o'quvchilarining ingliz tilini o'rganishda duch keladigan qiyinchiliklar». Maqola.

2. T. Robins «Maqsadga qanday erishiladi» 2013. 3.Z.Po'latova. «Xorijiy tillarni o'rganishdagi muammolar». Maqola.

3. Сергеева, Э. С. (2021). Категория пространства в художественной литературе. Экономика и социум, (1-2), 957-960.

4. Сергеева, Э. С. (2020). Образ культурного пространства романов Л. Соловьева «Повесть о Ходже Насреддине» И А. Волоса «ВОЗВРАЩЕНИЕ В ПАНДЖРУД». Экономика и социум, (11), 1283-1286.

5. Сергеева, Э. С. (2020). Приём понимания как один из способов интерпретации художественного текста. Academic research in educational sciences, (4).

6. Shayxislamov, N. (2021). O'QUVCHILARNING YOZMA SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA YOZMA ISHLARNING O'RNI. Scientific progress, 2(1), 1659-1664.

7. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili darslarini o 'qitishda kakografiya usulini qo 'llash. Янги Узбекистонни курит ва ривожлантиришда ёшларнинг фаоллиги, 317320.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

8. Shayxislamov, N. (2020). Proverb as an object of linguistic analysis. Yoshlaming innovatsion faolligini oshirish, ma'naviyatini yuksaltirish va ilm-fan sohasidagi yutuqlari, 31-33.

9. Шайхисламов, Н. (2020). Понятие заглавия с позиции когнитивной стилистики. Студенческий, 28(144), 32-33.

10. Shayxislamov, N. Z. (2020). Pxisolingvistikada assotsiativ metod asosida nutqning o 'rganilishi. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqodlar va metodlar, 3742.

11. Шайхисламов, Н. З. У. (2021). КОГНИТИВ ТИЛШУНОСЛИК ТУГРИСИДА ТУШУНЧА ВА УНИНГ УНИВЕРСАЛ ТАБИАТИ. Scientific progress, 1(5).

12. Shayxislamov, N. (2021). BADIIY NUTQDA "ISHLAMAYDIGAN" SO 'ZLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI. Scientific progress, 1(6).

13. Jarasbayev, N. (2021). O'ZBEK FOLKLORSHUNOSIGI, TARIXI VA UNING ADABIYOTDAGI O'RNI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(5), 1325-1331.

14. Носирова, Т. (2020). АЖДОДЛАР МЕРОСИ-КАМОЛОТ БЕШИГИ. Science and Education, 1 (Special Issue 3).

15. Sobitova, T. (2020). Yoshlar manaviyatini yuksaltirishda xalq ogzaki ijodining orni. Тил ва адабиёт таълими, 5(5), 26.

16. Sobitova, T. (2020). " ORZIGUL" DOSTONIDAGI MA'NAVIY VA LAFZIY SAN'ATLAR. ILMIYAXBOROTNOMA, 60.

17. Shayxislamov, N. (2021). Lingvokulturologiya-zamonaviy tilshunoslik yo'nalishi sifatida: tarixi va nazariyasi. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlar: muammo va yechimlar, 61-62.

18. Хасанова, Л. (2021). " ХАЗОЙИН УЛ-МАОНИЙ" КУЛЛИЁТИДА ИТ ОБРАЗЛАРНИНГ ТАСВИРЛАНИШИ ТАМОЙИЛЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 1098-1111.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.