Научная статья на тему 'TIL O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI HAQIDAGI MULOHAZALAR'

TIL O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI HAQIDAGI MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

414
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorijiy til / o‘qitish / metodlar / Stefan Krashen / yangilik / o‘qitish usullari / gapirish ko‘nikmasi / yangilik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mahbuba Firdavsiyevna Ashirova

Ma’lumki, xorijiy tillarni o‘rganish murakkab jarayon. Agar o‘rganilayotgan til ona tili turli tillar oilasidan bo‘lsa, bu holat yana-da qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Shu sababdan mazkur maqolada gapirish ko‘nikmasini shakllantirish usullari tahlil qilingan. Bunda muallif Stefan Krashenning qarashlariga suyangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIL O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI HAQIDAGI MULOHAZALAR»

TIL O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI HAQIDAGI MULO-

HAZALAR

Mahbuba Firdavsiyevna Ashirova

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ma'lumki, xorijiy tillarni o'rganish murakkab jarayon. Agar o'rganilayotgan til ona tili turli tillar oilasidan bo'lsa, bu holat yana-da qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Shu sababdan mazkur maqolada gapirish ko'nikmasini shakllantirish usullari tahlil qi-lingan. Bunda muallif Stefan Krashenning qarashlariga suyangan.

Kalit so'zlar: Xorijiy til, o'qitish, metodlar, Stefan Krashen, yangilik, o'qitish usullari, gapirish ko'nikmasi, yangilik.

ABSTRACT

As you know, learning a foreign language is a difficult process. If the mother tongue belongs to another language family, it can be even more difficult. For this reason, this article analyzes how to develop conversational skills in this situation. At the same time, the author relied on the point of view of Stephen Krashen.

Key words: foreign language, teaching, methodology, Stefan Krashen, teaching methods, colloquial skills, novelty.

KIRISH

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-may kuni chet tillarini o'qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

Mamlakatimizda har yili ilm-fanning bir nechta yo'nalishi tanlab olinib, alohida e'tibor bilan rivojlantirilmoqda. Bu yil fizika va chet tillari ana shunday ustuvor sohalar etib belgilangan.

O'zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borayotgani, barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayayotgani xorijiy tillarni bilishga ehtiyojni oshirmoqda.

Bugungi kunda yurtimizdagi 25 ta oliy ta'lim muassasasida o'qitish chet tilida olib borilmoqda. 2016 yilda ular atigi 7 ta edi. Xalqaro til sertifikati olgan bitiruvchi o'quvchilar soni oxirgi 3 yilda 10 baravarga oshgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi globalashuv jarayonida til o'rganishga bo'lgan talabning oshishi nafa-qat til o'rganuvchilar oldiga, qolaversa, tilni o'rgatuvchilarning ham oldiga katta tal-ablarni qo'yadi, ya'ni bugungi kunda keng tadbiq qilingan 4 ta til ko'nikmalarini rivojlantirgan holda tilni o'rganish ayni vaqtda o'z mevasini be-rib ulgurdi. Biz chet tilni xoh maktabda, xoh mustaqil o'zimiz audio, video yoki turli internet saytlaridan o'rgansak-da maqsad bir narsaga yo'naltiriladi, ya'ni o'rganayotgan tilimizda gapirishga fikrlashga va yangi o'rgangan tilimizda ma'lumotlar almashinishga bo'lgan ehtiyojni qondirish. Shu o'rinda gapirish ko'nikmasini rivojlantirishda AQSHning Janubiy Kaliforniya universiteti professori chet tillarni o'qitish bo'yicha nazariyachi olim Stefan Krashenning qator gipotezalarni keltirib o'tish mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Stefan Krashenga mulohazalariga ko'ra, dastavval o'rganuvchida tilni o'rgan-ishiga ehtiyoj bo'lishi kerak yoki muhit taqozosi, bunday sharoitda til o'rganuvchi majburiyat yuzasidan tabiiy yo'l bilan axbarot almashinuviga bo'lgan shaxsiy ehtiyoji tilda gapirishga undaydi. Bunda til o'rganuvchi yosh bola o'z ona tilini qanday o'rgansa, xuddi shu yo'l bilan tilni o'rganadi va chet tilida gapirishga harakat qildi, ya'ni ota-onasi yaqinlari bilan axborot almashinishga bo'lgan ehtiyoj uni gapirishga undaydi. Tilni bu shaklda o'rganish orqali gapirish ko'nikmasi yaxshi tabiiy rivojla-nadi. Ammo tilni bu usulda o'rganganlarga nisbatan yozma nutq ko'nikmasini gapirish ko'nikmasi kabi yaxshi rivojlanmaganligini kuzatish mumkin.

Og'zaki nutq konikmasini rivojlanishi haqida Krashen nazariyasiga ko'ra, navbatdagi kontroler - nazoratchi gipotezasida olim til o'rganuvchi tilni faqat qonun qoidalar asosida o'rganish haqida mulohazasida o'rganilayotgan chet tilida gapirayotganda o'rganuvchining ongi ifodalanayotgan fikrni grammatik, fonetik o'rganilgan qoidalar asosida tuzilayotganligini nazorat qiladi, ba'zi o'rganuvchilarga miyaning bunday boshqaruvi chet tilida gapirishga uyalish ikkilanish hissini beradi. Olimning fikricha, ong nazoratini chegaralash, ya'ni xato qilishdan qo'rqmaslik chet tilida gapirish ko'nikmasini yaxshiroq rivojla-nishiga olib keladi. Qisqa qilib aytganda, ongning tilga ko'chayotgan fikri ustidan nazoratini chegaralash, tilga ko'chgan fikr miyada tahlil qilinganda xato kamchiliklar aniqlansa-da, fikrni ifodalashdan uyal-maslik lozim bo'ladi va natijada vaqt o'tib brogan sari kamchiliklar o'z-o'zidan yaxshilanib boradi.

Gapirish ko'nikmasini rivojlantirishda o'rganilayotgan tilning tabiiy oziga xosliklari va ona tili yoki ong ostida fikrlayotgan til bilan bir biriga yaqin aksincha

boshqa boshqa oilalarga xosligi ham muhim rol o'ynaydi. Tajribalardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, masalan: fransuz va o'zbek tillari ikki xil til oilasiga mansub. Fransuz tilidagi rod kategoriyasi, predloglar kabi tushunchalar, qolaversa, gap qurilishiga ko'ra flektiv tillar oilasiga mansub ekanligi ona tili o'zbek tili bo'lgan til o'rganuvchilarda gapirish ko'nikmasini hosil qilishda birmuncha qiyinchiliklar tug'diradi (Ma'lumki, o'zbek tili agglutunativ tillar oilasiga mansub). Bunday vaziyatda yechim sifatida shuni aytish mumkinki, chet tilida gapirish ko'nikmasini shakllantirishda har bir tilning o'z tabiiy yo'l til bilan, til o'rganuvchi bunday nomutanosibliklarni qanday bo'lsa shundayligicha qabul qilishi kerak.

To'rtinchi gipoteza, ya'ni IPUT gipotezasida olim miyani zo'riqtirish haqida gapiradi, bunda faqat bilganlarni takrorlayverishmas, balki o'rganuvchi uchun yangi bilimlarni egallashi, so'zlarni tarjimasini emas, aksincha, so'zlarning o'rganilayotgan tildagi izohini o'rganish orqali til ko'nikmalarini rivojlantirishi lozim bo'ladi. O'zining tilni bilish darajasidan yuqori darajadagi axborotlarni tahlil qilish orqali ongni yanada ko'proq ishlashga majbur qilish ham tilni chuqurroq o'rganishga yordam beradi. Professor Krashen faqatgina gapirish ko'nikmasini shak llantirishda bir vaqtning o'zida e-shitish, yozish va o'qib tushunish ko'nikmasini rivojlantirish kerakligini aytadi.

So'nggi gipoteza hissiyotlar filtri gipotezasi bunda nazariyotchi aytadiki, til ko'nikmalarini rivolantirishda hissiyotlarni filtrlash til o'rganuvchidagi hadik yoki o'ziga bo'lgan ishonchsizlik turli yomon emotsiyalar: stress, tushkunlik gapirish ko'nikmasining shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Aksincha, o'ziga ishonch, xato-lar qilishdan qo'rqmaslik chet tilida gapirishdan zavqlanish va o'zini ruhlantira olish fazilati gapirish ko'nikmasini tez o'zlashtirishga olib keladi. Bundan tashqari, til o'rga-nishda qiziqishlardan foydalanish yoki qiziqishlar ortida quvish ham til ko'nikmalarini egallashda yaxshi samara beradi.

XULOSA

S.Krashe teoriyasiga ko'ra yuqorida keltirilgan gipotezalardan shuni xulosa qilish mumkin, demak chet tilida gapirish ko'nikmasini shakllantirish va rivojlantirish uchun grammatik nuqtayi nazardan juda katta bilimga ega bo'lish shart emas, shuni-ngdek, tilni egallash uchun turli muntazam o'rganayotgan chet tilidagi turli ma'lumot-larni: xabarlarni videolarni, internet ma'lumotlarini, email orqali yozishmalarni tush-unishga va tahlil qilishga harakat qilish; xato qilishda qo'rqmaslik qilingan xatoolarni bartaraf etish orqali bilimlarni boyish va ikkilanmasli o'ziga nisbatan ishonchni shakllantirishi, qolaversa, chet tilida gapirishdan zavqlanish, qiziqqan sohasiga oid ma'lumotlarni chet tilida o'rganish kerak.

REFERENCES

1. Бим И.Л. Методика обучения иностранным языкам как наука и проблемы школьного учебника - М: 1977.

2. Жалолов Ж. Чет тилини укитиш методикаси - Тошкент: 1996.

3. Пассов Е. Условно-речевые упражнения для формирования грамматческих навыков. - М: 1978.

4. Вайсбруд М. Методы обучения. Выбор за вами. 2000, № 2ю

5. Пассов Е. Основы методики обучения иностранным языкам. - М: 1977.

6. Мухдммаджон Ходжаев, Мавлуда К,ахдорова. Чет тили укитиш методикаси. -T.: «Fan va texnologiya», 2012, 148 бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.