Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za
BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O'QITISH
Ibodat Ikrom qizi Xusenova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda
xorijiy til yo'nalishi talabasi
Ilmiy rahbar: Sh.D.Razakova Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich talim fakulteti nemis tili
o'qituvchisi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada aynan nima uchun boshlang'ich ta'limda ingliz tili o'qitilishi , boshlang'ich ta'limda ingliz tili o'qitish konsepsiyalari,usullari va tamoyili to'g'risida to'lliq ma'lumot berib o'tilgan. Yana maqolada boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'qitish davomida qo'llash mumkin bo'lgan metod va texnologiyalar haqida so'z bo-radi. Ma'lumki, darsning turli xil o'yinlar asosida o'tilishi o'quvchilarning darslarga puxta tayyorlanishi, bilim olishga ishtiyoqi oshishida, malaka va ko'nikmalari shakllanishida yordam beradi.
Kalit so'zlar: konsepsiya, ingliz tili, nutq, ta'lim, usul, tamoyil. metod, interaktiv. "verbalizatsiya","korrelatsiya","Quiz show".
TEACHING ENGLISH IN PRIMARY CLASSES
ANNOTATION:
In this article, information was provided about the methods and results of teaching English in education, the decisions, methods and results of English language in education. Also, the article talks about methods and technology that can be applied to learning English in auxiliary classes. It is known that conducting lessons on the basis of various games can help the students to prepare thoroughly for the lessons, with the help of their passion for learning, skills and a lot of help.
Keywords: keywords: concept, English language, speech, education, method, principle. Method, interactive. "verbalization", "correlation", "Quiz show".
KIRISH
Ilmiy manbalarda boshlang'ich ta'limda xorijiy tillarni o'qitish konsepsiyalari va bir necha o'nlab tamoyil (pritsip)larni olg'a surilgan. Til o'rganish aqliy faoliyat bo'lganligi tufayli uning psixologik asoslari mavjud. Aqliy faoliyat ruhshunoslikda
April 23-24, 2024
750
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za
ilmiy jihatdan tekshiriladi. Shu munosabat bilan ingliz tili o'qitishning psixologik tamoyillarini tadqiq etish ehtiyoji tug'iladi. Ilmiy manbalarda ingliz tili o'qitishning ikkita psixologik tamoyillari ishlab chiqilgan. Psixologik tamoyillar «verbalizatsiya» (o'zga til amalda faqat og'zaki nutq orqali o'rganiladi) va «korrelatsiya» (ingliz tili materialining muayyan chegarasi aniqlanadi, birinchi galda nutq malakalarini hosil qilish uchun mo'ljallangan til birliklari majmuyi shakllanadi) nomlarini olgan. Ingliz tili o'qitishning tilshunoslik asoslari birmuncha tadqiq etilganligiga qaramay, metodi-ka fanida ingliz tili o'qitishning lingvistik tamoyillari masalasiga kam e'tibor qaratil-gan. Ta'lim tizimidagi boshqa fanlardan ingliz tilining farqi bir paytning o'zi da, un-ing ham ta'lim maqsadi, ham ta'lim vositasi ekanligida namoyon bo'ladi. Ingliz tilida nutqiy malakalar (tinglab tushunish, gapirish, o'qish, yozuv)ni egallash ta'limdan ko'zlanadigan maqsad bo'lishi bilan birga, o'rganilayotgan til yangi va foydali axbo-rot olish, yetkazish vositasi maqomini ham oladi.Boshlang'ich ta'limdan ingliz tilini o'qitish juda ham foydali hisoblanadi.Masalan inson til o'rgansa uning dunyoqarashi kengayadi.Yuqori sinfga o'tkanida murakkab fanlarni o'zlashtirishga qiynalmaydi,bir tilni yoshligidan mukammal o'rgangan odam boshqa tilni o'rganishi oson bo'ladi xotirasi ham mustahkam bo'ladi.
Chet tilni muloqot vositasi sifatida o'zlashtirish uchun tabiiy muhit mavjud. Chunki birinchidan, vaqt cheklanmagan, ikkinchidan, jonli nutq vaziyatlarida axbo-rotning to'g'ri talqin etilishini ta'minlovchi omillar mavjud, uchinchidan, o'rganilayotgan chet tilda muloqot qilinayotganturli ijtimoiy vaziyatlarga tushib qolish kuchli ehtiyoj va yuqori motivatsiyaga sabab bo'ladi, to'rtinchidan, o'rganilayotgan chet tilda e'tibor shaklga emas, mazmunga qaratiladi, ingliz tili jonli muloqotda tajribada sinab ko'rib, mustaqil fahmlab o'rganiladi. Eng asosiysi, fikr ifodalashga shaxsiy tashabbus ko'rsatiladi. Shu sababdan, tabiiy ta'lim sharoitida ingliz tili o'zlashtiriladi.Yoshligida til o'rganilsa diqqat e'tibor uning mazmuniga qaratiladi bu esa yanada yaxshiroq o'rganish uchun asos bo'ladi.
Sun'iy muhitdagi ta'lim sharoitda esa ingliz tili o'rganiladi. Ya'ni boshlang'ich ta'limda ingliz tili o'qitish metodikasida til o'zlashtirish va til o'rganish atamalari farqlanadi. «Ingliz tili o'rganish» metodik termini ushbu tilda gapirish, tinglab tushunish, o'qish va yozuv ko'nikma va malakalarining egallanishi ma'nosini ifoda-laydi.
Ta'lim sharoiti tushunchalardan kelib chiqib zamonaviy metodikada kichik maktab yoshida ingliz tilini tabiiy muhitda o'zlashtirish va uni maktab sharoitid o'rganilishining ob'yektiv qonuniyatlarini ilmiy jihatdan asoslovchi nazariyalar ishlab chiqilgan. Bolalarni yoshligidan til o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish mumkin.Masalan,turli xildagi qiziqarli o'yinlar uyushtirish kerak.O'qituvchi
April 23-24, 2024
751
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^avlat^edagogjka^niVBBiitiii^^^^^^^^lSllli
qanchalik interaktiv yondashsa o'rganish samaradorligi shunchalik ortadi.Quyida bolalarni til o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish usullari,metodlari to'g'risida batafsil yoritib berilgan.
Ingliz tilini o'zlashtirish va o'rganish nazarivalari
Nazariyalar Mutanosiblik Tillararo
Qiyoslash mezoni Ingliz tili o'zlashtirish Ingliz tili o'rganish
Mavqeyi Qardosh xalq tili, qo'shni davlat tili, ikkinchi til Chet til
Maqomi SHaxsning ijtimoiylashuvi, tabiiy nutq vaziyatlarida muloqot va ayrim o'quv predmetlarini o'rganish vositasi Ta'lim maqsadi va vositasi, o'qitish vositasi, ta'lim jarayonida muloqot vositasi
Motivatsiya ]chki motivatsiya Tashqi motivatsiya
Tashabbus Jonli nutq vaziyatlarida to'satdan paydo bo'lgan fikrni ifodalashga shaxsiy tashabbus ko'rsatiladi Rejalashtirilgan maxsus ssenariy asosida fikr ifodalash usullari o'qituvchi undovi bilan mashq qilinadi
Kompetensiyalar Pragmatik kompetensiya sezilarli darajada yuqori o'zlashtiriladi Kompetensiyalar teng o'rganiladi
Xitoy ixtirochilaridan biri Masru Ibuka mashhur " Uchdan keyin juda kech" kitobida yozganidek, "... bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkin..." Yana shunga e'tibor qaratish kerakki, 6-7 yoshdagi bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushunib emas, mexanik yodlaydi. Shuning uchun ingliz tilini o'rganayotgan boshlang'ich sinf o'quvchilariga darslarni grammatika mavzularini o'rgatishdan boshlamaslik zarur. Aks holda ularning dastlabki qadamiyoq muvaffa-qiyatsiz boshlanish ehtimoli katta bo'ladi. Misol uchun, bu jarayon bolalarning char-chashi va til o'rganishga bo'lgan qiziqishi susayishiga olib kelishi mumkin. Boshlang'ich sinfdagi bolalarga ingliz tilini o'qitish mas'uliyatli vazifa hisoblanadi. Shu sababli boshlang'ich sinflarga ingliz tilini qiziqarli va samarali o'rgatish uchun quyidagi innovatsion metodlardan foydalanish mumkin: «frTayyorlangan dars materi-allari:
O'quvchilar ingliz tilini o'rganishda innovatsion metodlarga asoslangan holda tayyorlangan dars materiallaridan foydalanishlari mumkin. Bu materiallar interaktiv o'yinlar, video darsliklar, onlayn resurslar va boshqa multimedia vositalaridan iborat bo'lishi mumkin.
•frKreativ o'yinlar va mashqlar: O'quvchining qiziqishlarini yanada oshirish uchun turli xil o'yinlar orqali dars o'tish mumkin. Misol uchun, "Simon says" yoki " Find the hidden objects" kabi o'yinlar orqali o'quvchilar ingliz tilini amaliyotda o'rgana oladilar.
•frBirlashgan taqiqlovchi faoliyat: O'quvchilar ingliz tilini amaliyotda
April 23-24, 2024
752
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^avlat^edagogjka^niVBBiitiii^^^^^^^^lSllli
qo'llashdan zavqlanadigan taqiqlovchi faoliyatga qatnashishi uchun birlashgan taqiqlovchi mashqlar ishlatilishi mumkin. Masalan, bir nechta o'quvchilar bir- biriga savollar berib, javob berishni talab qiladigan " Quiz Show" tuzish mumkin.
«^Texnikaviy vositalardan foydalanish: Innovatsion metodlardan biri hammasi biri texnikaviy vositalardan foydalanishdir. O'quvchilar interaktiv darsliklar, onlayn lug'atlar va tarjimonlar, mobil ilovalar va boshqa texnikaviy vositalardan foydalanib, o'zlarining ingliz tilini o'rganishini osonlashtirishlari mumkin. «frKommunikativlik va amaliyot: O'quvchilar ingliz tilini o'rganishda innovatsion metodlardan foydalangan holda kommunikativlikni rivojlantirishga ham e'tibor berish kerak.
Hozirgi zamonaviy davrda sinf mashg'ulotlarini ijodkorona yondashuvlar aso-sida ko'ramiz. Pedagog- o'qituvchilarning bilimi, qobiliyati, mahoratlarini aniqlashda dars mashg'ulotlarigi yondashilgan tamoyil-prinsiplar yoki tanlagan usulining sama-radorligi mashg'ulot yakuni va o'quvchilarning dars davomida erishilgan ko'rsatgichlari asosida belgilanadi.
Xulosa qilarkanmiz, ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo'llash davomida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari bilan birgalikda nutqi ham rivojlanadi. Ta'lim tizimi o'z oldiga barkamol va yetuk shaxsni tarbiyalashni maqsad qilib qo'ygan ekan, kelgusida biz bo'lajak o'qituvchilar yanada mukammalroq me-todlar ustida ishlash orqali o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin
REFERENCES
1.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.:O'zbekiston NMIU, 2014. - 76 b.
2. O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'g'risidagi Qonuni. - T.: Sharq, 1998. - 23 b.
3. O'zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim tizimining Davlat ta'lim standartlari. -Xalq ta'limi. - № 4. - 2013. - B. 4-32.
4.J.Jalolov. "Ingliz tilini o'qitish metodikasi" (darslik), Toshkent -2012
753
April 23-24, 2024