Научная статья на тему 'INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLAR'

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1126
177
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metod / ekspress-metod / an’anaviy / muammoli yondashuv / Grammatik xato.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Avezov Elyor Erkinboyevich, Sultanova Mexruza Shonazar Qizi, Qilicheva Maqsuda Qurbonovna

Ushbu maqolada o‘quvchilarga ingliz tili darslarida innovatsion metodlardan foydalanish usullari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLAR»

JffiTALQINVA *<il]

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

ilmiy-uslubiy jumaU

I\Y:i 1/ TTT l\l n'nTTT«TTnA TlVlVnVAT«TniV \Iimni Ali

INGLIZ TILINI O'QITISHDA INNOVATSION METODLAR

#

>

Avezov Elyor Erkinboyevich Sultanova Mexruza Shonazar qizi Qilicheva Maqsuda Qurbonovna

Xorazm viloyati Bog'ot tumani 49-son maktab ingliz tili o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7249230

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'quvchilarga ingliz tili darslarida innovatsion metodlardan foydalanish usullari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: metod, ekspress-metod, an'anaviy, muammoli yondashuv, Grammatik xato.

' >1> W4 >

y

»

Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko'nikmasi proffessional ta'limning ajralmas qismlaridan biri bo'lib bormoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko'rsatkichi yuqori bo'lganligi sababli, ularda

&

w-

til o'rganishga bo'lgan talab yuqoridir. Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy ta'limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Bugungi kunda turli darajadagi til bilimiga ega kishilar uchun o'quv materiallarining katta to'plamlari mavjud. Ushbu maqsadga yetishishda muvaffaqiyatga erishish, o'qituvchilarning amaliy uslublari va

malakasiga bog'liq. Axborot texnologiyalari va zamonaviy o'qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi. Turli usullarni birlashtirib o'qituvchi muayyan ta'lim dasturlarini yechishga qodir bo'ladi.

>

Bunda o'qitish va o'rganishning bir necha metodlaridan foydalanish samarali natija beradi. O'qitish kichik bosqichlarda amalga oshiriladi va o'quvchining mavjud bilim tizimiga asoslanadi. Zamon ilgarilab borgani sari har sohada yangilik ko'payib bormoqda. Til o'rgatishda ham turli uslublar paydo bo'lmoqda. Ingliz tilini o'rgatishda o'rganuvchining salohiyat va darajasi, yoshidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich o'rgatish yaxshi natija beradi. Bunda o'quvchilar boshlang'ich bosqichda o'qitish, o'rta bosqichda o'qitish, yuqori bosqichda o'qitish asosida guruhlarga bo'linadi. Har bir bosqich uchun o'qituvchi tomondan maxsus dastur

ishlab chiqiladi.

........... , _ , . ,........

Boshlang'ich bosqichda talaffuzga muhim e'tibor beriladi. O'quv jarayonining

KAoliInnicliirln A^m+ii\ooAonr a'fiKAmi A^mumliinrnn- -fol o-pfiirrt rro noro+iclii 1 ^aroV

boshlanishida o'qituvchi asosiy e'tiborni o'quvchining talaffuziga qaratishi kerak. Grammatika va lug'at asosiysi hisoblansada, ma'ruzachi talaffuzi noto'g'ri bo'lsa, buning hammasi befoyda. Native speakerlar agar so'zlovchi so'zlarni to'gri talaffuz qilsa nutqni grammatik xatolar bilan ham tushunishlari mumkin. Shuning uchun o'qitishda dastavval asosiy e'ribor talaffuzga qaratiladi. Bunda native speakerlarning turli xil audiolaridan faydalanish yaxshi natija beradi. O'qituvchi dars davomida

U>,* ^ «KQs

JffiTALQINVA M.^;

\-#TADOIQOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmly-uslubty juniali

miiif-iwuuif juman

harflar, so'zlarni to'gri talaffuz qilishni o'rgatishi kerak. Shuningdek boshlang'ich

#

bosqichda og'zaki nutqqa va o'qish texnikasini o'stirishga katta e'tibor beriladi. Bunda chet tilini o'qitishning nutq faoliyati turlari bo'yicha ko'rib chiqadigan bo'lsak, ularni o'rgatishda quyidagi vazifalarni bajarish zarur:

a) O'qish mexanizmini hosil qilish;

b) Og'zaki o'qish texnikasini o'stirish;

c) O'qiganini tushunishga o'rgatish.

Til o'rganish va o'qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyos. Texnologik m. vositalardan foydalanish chet tili o'rganishning har bir aspect (o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish)ida foydalaniladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirib bo'lmaydi. Tinglab tushunish-til o'rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o'quvchi bir paytning o'zida so'zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so'z boyligi va uning ma'nolariga e'tibor berishi talab qilinadi. Ta'lim jarayonida

>7 n m rvnnx n\ / favMAlAm\rn1nr/ion TAirnnlntiifinno r»'m ix n 1 I nr Ii o m nvKAm+

zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o'quvchilar ham axborot-

>

kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'rgatish va o'rganish eng samarador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: -

»

kompyuterlardan foydalanganda o'quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko'rishi ham eshitishi mumkin; - chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniyedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; - CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik

vositalardan foydalanish o'quvchilarning chet tilini o'rganishlari j arayonini

. . ...............

qiziqarliroq va samaraliroq bo'lishini ta'minlaydi.

Bugungi kunda maktablarda interfaol o'yinlar orqali dars o'tish an'anaga aylanib bormoqda. Ma'lumki, darsning turli xil o'yinlar asosida o'tilishi o'quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko'nikmalarini oshirish va kuchli bo'lishlarini ta'minlaydi. O'yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o'quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi.

"Muammoli vaziyat yechimi" (Creative Problem Solving) bu usulni qo'llash J-jt uchun hikoyaning boshlanishi o'qib beriladi qanday yakun topishi o'quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi; - "Quvnoq topishmoqlar" (Merry Riddles)

o'quvchilarga topishmoqlar o'rgatish Ingliz tilini o'rgatishda muhim ahamiyatga ega,

j 1 > ^^ ular o'zlariga notanish bo'lgan so'zlarni o'rganadilar va o'ylab topishmoq javobini

topadilar; - "Tezkor javob" (Quick answers) o'tilgan dars samaradorligini oshirishda

yordam beradi; - "Chigil yozdi" ("Warm-up exercises") o'quvchilarni darsga

qiziqtirish uchun sinfda har xil o'yinlardan foydalanish - "Pantomima" (p antomime)

„ , • , • •...... , A , 1 „„I ________„1 J „ ____

bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo'lgan darsda yoki yozma

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

¡ImlyuHuOiy jumali i»--r

M3

Miiiif-iwuuif juiiian

4 -Зж I 1>

mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo'ladi; - "Hikoya

#

zanjiri" (a chain story) usuli o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirishda yordam beradi; Savol - javob mashqlaridan foydalangan holda o'quvchi nutqini kuchaytirish, xotirasini yaxshilash, takrorlash natijalariga erishiladi. Matnlar ichidan chiqqan yangi so'zlar yod olinadi. Savol-javob qilish natijasida o'sha so'zlarning xotirada takrorlanishi hamda nutqda qo'llay bilish ko'nikmalari shakllanadi. Bundan tashqari darslarda turli xil o'yinlarni tashkil etish o'quvchini til o'rganishga bo'lgan

! Ш-

qiziqishini orttirib, o'rganish sur'atini oshiradi. "Hot ball" o'yinida o'quvchilar aylana bo'lib oladilar, koptokni bir-birlariga yangi so'zlardan birini aytib otadilar. Ishtirokchilar bir-birlarining aytgan so'zlarini takrorlamaydi, takrorlagan yoki so'z

ayta olmay to'xtab qolgan holda o'yindan chiqariladi. Shu tarzda o'yin davom ettiriladL

O'rta bosqichda grammatika birinchi bosqichga nisbatan chuqurlashtirilib o'rgatiladi, o'tilgan grammatik qoidalar asosida o'quvchilarga mashqlar, testlar berilib bilimlari sinaladi.

Kompyuter, telefonlardagi til o'rgatuvchi programmalar ham boshlang'ich va o'rta bosqichda til o'rgatishga yaxshi yordam beradi. Talk (English speaking practice), Daily English, Learn English (English master), How to speak real English

»

kabilarni misol qilsak bo'ladi. Bu programmalar shunday tuzilganki, ularda reading(o'qish), listening(eshitish), test bo'limlarining barchasi o'rin olgan.

O'rganilgan yangi so'zlarni telefon diktafoniga yozdirib bo'sh vaqtlarda eshitish takorlash uchun yana bir yaxshi usul. Bundan tashqari ingliz tilidagi subtitrli

filmlarni, multfilmlarni ko'proq ko'rsatish ham til o'rgatishda samarali usullardan

\ "ÏOxl.............Лм^А "ïi;

hisoblanadi.

Ta'lim jarayonida o'tkaziladigan treninglarda nutq ko'nikmalarini shakllantirishga va ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirishga yetarli e'tibor berilishi kerak. Bundan tashqari ta'limda har bir darsning muvaffaqiyati ko'p jihatdan mashg'ulotni to'g'ri tashkil etishga bog'liqdir. Dars o'qituvchi va o'quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o'quvchilar mustaqil erkin fikrlay oladilar, irodalari tarbiyalanadi.

* ; i>

»

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Tojiboeva D. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma. - T.: «Fan va texnologiya», 2007.

2. Weinreich U. Languages in Contact. - New York, 2007.

У Л J^Sw-

Ы >

Ы> q >■:>

>q ] - > >

а j

u>,* ^ * •>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.