Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARINI MILLIY JIHATLAR BILAN TASHKIL ETISH'

BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARINI MILLIY JIHATLAR BILAN TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
665
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Methodology / subject / tool / grammar / technology / pedagogy. / Metodika / predmet / vosita / grammatika / texnologiya / pedagogika.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Norqulova Yulduz

Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitishda milliy jihatlar bilan tashkil etish va har metodlardan foydalanish haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATIONALLY ORGANIZATION OF MOTHER TONGUE IN ELEMENTARY SCHOOLS

This article provides a brief overview of the national aspects of mother tongue teaching and the use of different methods in primary school teaching.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARINI MILLIY JIHATLAR BILAN TASHKIL ETISH»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

NATIONALLY ORGANIZATION OF MOTHER TONGUE IN ELEMENTARY SCHOOLS Anorqulova Yulduz

TDPU 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6468261

Annotation: This article provides a brief overview of the national aspects of mother tongue teaching and the use of different methods in primary school teaching.

Keywords: Methodology, subject, tool, grammar, technology, pedagogy.

BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARINI MILLIY JIHATLAR BILAN TASHKIL ETISH

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitishda milliy jihatlar bilan tashkil etish va har metodlardan foydalanish haqida qisqacha ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Metodika, predmet, vosita, grammatika, texnologiya, pedagogika.

Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya'ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilmdir.

Boshlang'ich sinf ona tili darslarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib, eng samarali ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish eng muhim vazifalardan biridir. Buning uchun esa, avvalo, pedagogik texnologiyaning mohiyatini bilish va anglash zarur.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta'lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasining ko'tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirilib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Ona tili - nutq, o'qish va yozish sohasidagi ko'nikma va malakalar o'quvchilar o'quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o'qish ko'nikmalarini egallash bilan birinchi navbatda, o'z ona tilini o'rganishi zarur.Chunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir.Ona tili boshqa fanlarni o'qitish vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o'rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg'otishda ham alohida rol o'ynaydi. Til muhim tarbiya vositasidir.Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o'qigan bola o'zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi.Muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlang'ich sinfda asosiy o'rinni egallar ekan, har bir o'quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash zarur.

Bu metodlarni ona tili darslarida milliy jihatlar bilan ham tashkil etish deb ham atashadi. Milliy jihatlar deganda-ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan dars jarayonlari tushuniladi. Bu jarayonlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta'lim oluvchi markazda bo'lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:

- ta'lim samarasi yuqoriroq bo'lgan o'qish-o'rganish;

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

- ta'lim oluvchining yuqori darajada rag'batlantirilishi;

- ilgari orttirilgan bilimning ham e'tiborga olinishi;

- o'qish shiddatini ta'lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;

-ta'lim oluvchining tashabbuskorligi va mas'uliyatining qo'llab-

quvvatlanishi;

- amalda bajarish orqali o'rganilishi;

- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

boshlang'ich ta'limda axborot-kommunikatsion vositalaridan foydalanish jarayonida o'quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirib, uni mustahkamlab borish lozim. Albatta bu ishlarni oiladan boshlash kerak, ya'ni oilada farzandlarimizdagi ma'naviy sifatlarni tarbiyalashdan boshlash zarur, chunki ularga berilgan tarbiya o'zlari bilan o'sib takomillashib boraveradi. Shuning uchun ham farzandlarimiz ma'naviyatini shakllantirish va uni yuksaltirishni avvalo oiladan, keyin esa bosqichma-bosqich uzluksiz ta'lim tizimida olib boriladi.

Boshlang'ich ta'limda ona tili darslarida milliy jihatlar bilan tashkil etishda, dars mazmuniga Vatan tuyg'usi, milliy g'urur, an'ana va milliy qadriyatlarimizni o'quvchilar ongiga singdirish hamda muomala madaniyati, ovqatlanish, kiyinish, saranjom-sarishtalik, odobli, mehnatsevar bo'lish kabi insoniy sifatlarni shakllantirib borish lozim.

O'quvchilarning mustaqil , tanqidiy holda mantiqiy fikrlash ko'nikmalarni rivijlantirishda ona tilining ifoda imkoniyatlarini o'zlashtirish jarayoni muhim ahamiyatga ega. Bola o'z shakillanishi jarayonida atrof muhiddagi voqea hodisalarni u yoki bu mavzuga aloqador bo'ladi. Bu aloqadorlik natijasi narsa buyum voqea-hodisalarning nomlari va ularning hususiyatlari bilimga intiladi.

Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi har bir inson uchun hayotda bilishi shart hisoblangan to'g'ri so'zlash, ifodali o'qish, o'z fi krini mustaqil bildira olish, og'zaki va yozma nutq hamda savodxonlikning imkon qadar yuqori darajasini egallashlarida ko'prik vazifasini bajaradi. Bu ham uning zimmasidagi

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

mas'uliyatning bir ko'rinishidir. O'qituvchi xalqi shunday xalqki, u har bir o'quvchisini o'z farzandidek qabul qiladi, uning yutug'idan to'libtoshib faxrlanadi, iztirobiga bab-baravar sherik bo'ladi. Ba'zi hollarda ayrim o'quvchilarning og'ir oilaviy sharoiti, ota-onasi qaramog'ida emasligi va bu uning tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatayotganligi, ba'zan bolalar tarbiyasi faqat maktabdagina nazorat ostida bo'lishi, bunday o'quvchilarning muntazam darslarda qatnashmasligi kabilar o'qituvchilarimiz dilini xiralashtiradigan jihatlar hisoblanadi, chunki o'qituvchi uchun bolaning begonasi bo'lmaydi, u barchasini o'z farzandidek ko'rib yashaydi.

Adabiyotlar

1. K. Qosimova, S. Fuzailov, A. Ne'matova. Ona tili (2-sinf uchun darslik). — T.: Cho'lpon, 2005.

2. Ozbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000- y.

3. M. Umarova, Sh. Hakimova. O'qish kitobi (3-sinf uchun darslik). — T.: Cho'lpon, 2008

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.