Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF INGLIZ TILI O‘QITUVCHISINING DARS ISHLANMALARINI TUZISH'

BOSHLANG’ICH SINF INGLIZ TILI O‘QITUVCHISINING DARS ISHLANMALARINI TUZISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

5
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang’ich sinf / ingliz tili / bolalar / o‘rgatish.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ibodat Ikrom Qizi Xusenova, Rajapova Sevara Davron Qizi, Nargiz Shuxratovna Artikova

Mazkur maqola boshlang’ich sinflarda bolalarga ingliz tili tez oson o‘qitishning samarali metodlari haqida atroflicha yoritilgan .Ushbu maqolada bolalarga ingliz tili o‘rgatisning tarixi,qaysi davlat bog’liqligi xususida batafsil ma’lumot berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF INGLIZ TILI O‘QITUVCHISINING DARS ISHLANMALARINI TUZISH»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niversite^

BOSHLANG'ICH SINF INGLIZ TILI O'QITUVCHISINING DARS ISH-

LANMALARINI TUZISH

Ibodat Ikrom qizi Xusenova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'imda xorijiy til (ingliz tili) yo'nalishi talabalari e-mail: [email protected] Rajapova Sevara Davron qizi

e-mail: [email protected]

Ilmiy rahbar Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi Nargiz Shuxratovna Artikova e-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA:

Mazkur maqola boshlang'ich sinflarda bolalarga ingliz tili tez oson o'qitishning samarali metodlari haqida atroflicha yoritilgan .Ushbu maqolada bolalarga ingliz tili o'rgatisning tarixi,qaysi davlat bog'liqligi xususida batafsil ma'lumot berilgan

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf,ingliz tili,bolalar, o'rgatish.

Kirish

Chet til ta'limida sifat va samaradorlikni ta'minlash maqsadida chet tillarni o'rgatish yoshini qisqartirish tajribasi ommalashib bormoqda. Bunga «the younger the better-early is better» mazmunidagi tushunchaning keng tarqalganligi sabab bo'ldi. Boshlang'ich ta'lim o'quv dasturiga ingliz tilini kiritish qarori quyidagi xulosalarga asosalanib ma'qullangan

Bugungi kunda boshlang'ich ta'limda ingliz tilini o'qitish metodikasi «(In-ter)Cultural Awareness», «Language Awareness» va «Humanity» ta'lim konsepsiya-lari asosida rivojlantirilmoqda. Aynan boshlang'ich ta'limdan ingliz tilini o'qitish juda ham foydali va ahamiyatli masalan, kichik yoshdagi bolalar yaxshiroq va osonroq o'rganishadi,uzoqroq o'rganish davri maktab ta'limi yakuniga qadar mala-kalarning yuqoriroq darajada egallanishiga olib keladi. Chet til, xususan, ingliz tilini kichik yoshdan o'rganish va o'rgatish ham o'z tarixiga ega. Kichik yoshdan inliz tili o'rganish va o'rgatish dastlab yuqori tabaqa 7 oilalarda tajriba qilingan bo'lsa (Anna-and-the-King-of-Siam), 1950 - yillarda AQSH va Yevropa mamlakatlarida ommaviy tus oldi va o'n yil ichida «Foreign Language in Elementary School» dasturi asosida

April 23-24, 2024

268

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

ta'lim oluvchi o'quvchilar soni bir millionga yetdi. Fransiya, Shvetsiya va Gollandi-yada esa 1950-yillar o'rtalarida «English without a book» dasturi asosida ingliz tili 3 -sinfdan o'qitila boshlangan.

O'zbekistonda «Humanity» (Shaxsga yo'naltirilgan) konsepsiyasi qabul qilin-gan va unga muvofiq boshlang'ich ingliz tili ta'limida o'quvchiga ta'lim jarayoni va madaniyatlararo kommunikatsiya (muloqot)ning markaziy sub'yekti maqomi beri-ladi, uning qiziqish va ehtiyojlariga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Ingliz tilida nutqiy faoliyat yuritish o'quvchi shaxsini shakllantirishga yo'naltiriladi, ya'ni o'rganilayotgan til sohibi yaratgan madaniy merosni o'zlashtirishga erishiladi. Tinglab tushunish, gapirish, o'qish, yozuv jarayonida o'quvchi oldin egallagan ijtimoiy, madaniy, lisoniy, emotsional tajribasini boyitadi.

Language Awareness» - konsepsiyasi «Holistic approach» nomi bilan ham ataladi va u ingliz tilini yangi bilimlarni egallash vositasi sifatida o'zlashtirilishi lo-zimligini targ'ib etadi. Ya'ni boshlang'ich ingliz tili ta'limining maqsadi ingliz tili vositasida hayot haqidagi yangi bilimlarni o'zlashtirishdir. Lekin M.Villiams va R.Bednlar Vigotskiyning nutq rivojlanish ontogenezi haqidagi nazariyasini «Holistic approach» deb nomlashni ma'qul ko'rishgan. Ularning taxminicha, Vigotskiy o'rganilishi lozim bo'lgan bilimni kichik qismlarga ajratib, malaka va Williams M, ko'nikmalar sifatida taqdim etish fikrini ma'qullamagan bo'lardi. Sababi Vigotskiy har qanday o'rganiladigan qismning asosini mazmun tashkil etishi lozimligini uqti-radi. Ushbu xulosa ta'sirida Yevropa mamlakatlari, Qo'shma Shtatlar va ingliz tili ikkinchi davlat tili bo'lgan mamlakatlarda CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvi ommalashmoqda

Ilmiy manbalarda boshlang'ich ta'limda xorijiy tillarni o'qitish konsepsiyalari va bir necha o'nlab tamoyil (pritsip)larni olg'a surilgan. Masalan, Yevropa Itti-foqining Ta'lim va madaniyat tadqiqotlar dasturi doirasida 2005-2006 yillarda ba-jarilgan «Good Practice and Main Principles» mavzusidagi loyiha doirasida bajaril-gan ilmiy tadqiqotda boshlang'ich 12 xorijiy tillarni o'qitishning asosiy tamoyillari muhimlik mezoni asosida quyidagi tartibda umumlashtirilgan:

1) mazmunli kontekst va o'quvchi yoshiga mos mavzu tanlash (didaktik);

2) ingliz tili o'rganishga ijobiy yondashish(pedagogik);

3) xolistik o'rganish (metodologik);

4) ingliz tili amaliy mashg'ulotlarida o'quvchilarning yoshga oid psixologik va jismoniy yetuklik darajalarini to'liq inobatga olish (psixolingvistik);

5) o'quvchilarni o'zgalarga nisbatan bag'rikenglik va turli qadriyatlarni hur-mat qilish ruhida tarbiyalash (pedagogik);

6) vizual yondashuvga ustuvor ahamiyat bergan holda boshqa nutq analizator-

April 23-24, 2024

269

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

larining to'liq ishtirokida o'rganish (psixologik masalalarni metodologiyaga tatbiq etish);

7) ingliz tili o'rganishga motivatsiya uyg'otish (ichki turtkini qo'zg'atish) (psixolingvistik);

8) shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, o'quvchining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish (pedagogik);

9) nutq hosil qilinishi uchun tinglab tushunish mashqlariga ustuvor ahamiyat qaratish (didaktik);

10) mashg'ulotlarni imkon qadar o'rganilayotgan chet tilda tashkil etish (peda-gogik);

11) o'quvchilarning ingliz tilio'rganish strategiyalari va usullarini hisobga olish (didaktik).

Boshlang'ich sinflarda ingliz tili o'qitishning pedagogik tamoyillari o'zbek va rus tilidagi ilmiy manbalarda dadidaktik tamoyil sifatida mufassal bayon etilgan. Le-kin xorijiy adabiyotlarda pedagogik tamoyil alohida tadqiq etiladi. Biz pedagogik tamoyillarni umumlashtirishda uch tildagi ilmiy manbalardan foydalandik.

1. O'sib kelayotgan avlodni har tomonlama kamolotga yetkazish. Ingliz tili vositasida o'zlashtiriladigan axborot va ingliz tili o'rganish mobaynida olinadigan aqliy va nutqiy ko'nikma hamda malakalar o'quvchilarni tarbiyalaydi.

2. O'quvchilarni o'rganilayotgan tildan foydalanishga rag'batlantirish.

3. O'quvchilarning individual xususiyatlarini e'tiborga olish.

4. O'quvchilarni atrofdagilarga nisbatan bag'rikenglik va turli qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.

5. Darslarda bilimlarning mustaqil fahmlab o'rganilishi uchun optimal vaziyat yaratish.

6. O'quvchilarda o'zlashtirish ko'rsatkichlarini mustaqil va o'zaro aniqlab bor-ish malaka va ko'nikmalarini shakllantirish.

7. O'quvchilarga o'z bilimlarini o'rganilayotgan tilda namoyon qilish imkoni-yatini yaratish.

8. Darslarni kompetensiyalar egallanishiga mo'ljallangan integrativ yondashuv asosida tashkil etish

REFERENCES

1. Jalolov J.J. Ingliz til o'qitish metodikasi: Chet tillar oliy o'quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik. - T.: O'qituvchi, 2012. - 432 b

2. Birdsong D., Bialystok E., Hakuta K. Second Language Acquisition and the Critical Period Hypothesis. - L.: Lawrence Erlbaum associates publishers

April 23-24, 2024

270

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogjka^niVBBiitiii^^^^^^^^lSllli

3. Birdsong D., Bialystok E., Hakuta K. Second Language Acquisition and the Critical Period Hypothesis. - L.: Lawrence Erlbaum associates publishers

271

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.