Научная статья на тему 'AYRIM XORIJIY DAVLATLAR MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INGLIZ TILI O’RGATISH METODIKASI'

AYRIM XORIJIY DAVLATLAR MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INGLIZ TILI O’RGATISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

22
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o'quv dasturi / savodxonlik / kichik bolalar maktabgacha ta’lim / metod / bolalar / xorijiy davlatlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yulduz Erkin Qizi Mahmudova, Zilola Tursunboy Qizi Rozikova

Ushbu maqolada ayrim rivojlangan davlatlar maktabgacha ta’lim tizimida ingliz tilini o’rgatish metod va dasturlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan.Maqola nega aynan maktabgacha yoshdagi bolalar ingliz tilini o’rganish sabab va maqsadlarini tahlil etib bu borada o’rganilgan ma’lumotlarni taqdim etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AYRIM XORIJIY DAVLATLAR MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INGLIZ TILI O’RGATISH METODIKASI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

AYRIM XORIJIY DAVLATLAR MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA IN-

GLIZ TILI O'RGATISH METODIKASI

Yulduz Erkin qizi Mahmudova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti xorijiy til va adabiyoti(ingliz tili) yo'nalishi 2-bosqich talabasi E-mail: [email protected] Ilmiy rahbar: Zilola Tursunboy qizi Rozikova Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi E-mail: rozikova1625@gmail .com

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada ayrim rivojlangan davlatlar maktabgacha ta'lim tizimida in-gliz tilini o'rgatish metod va dasturlari to'g'risida ma'lumotlar berilgan.Maqola nega aynan maktabgacha yoshdagi bolalar ingliz tilini o'rganish sabab va maqsadlarini tahlil etib bu borada o'rganilgan ma'lumotlarni taqdim etadi.

Kalit so'zlar: o'quv dasturi, savodxonlik, kichik bolalar maktabgacha ta'lim, metod,bolalar, xorijiy davlatlar

ANNOTATION:

In this article, there are facts about the methods and programs of learning English in the preschool education system of developed countries.The article also provides information about the reasons and goals of preschool children learning English

Keywords: curriculum, literacy, perspective, social skills, preschool education, foreign countries, children

So'nggi bir-necha yil ichida chet-tilini o'rganish kundalik zaruriyatlarga aylandi.Chet tillari ichida ingliz tilini Oliy ta'lim, maktablarda balki bog'chalarda ham o'rgatish majburiy qilib belgilandi.Bundan ko'rinib turibdiki,til o'rgatish va o'rganish ta'lim dasturining asosiy vazifalaridandir. Tilni aynan bog'cha yoshidan o'rgatish bu yoshdagi bolalarning til o'rganish va yodida qolish qobiliyati yuqori bo'ladi va bu yoshdagi bolalar (3-5) ko'proq yodlagan va ko'rgan narsalari esidan umuman chiqmaydi. Maktab yoshida til o'rganishga ishtiyoq va xohishi oshishida hm o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Endi esa til o'rgatish metodika va dasturlarini bir-necha xorijiy davlatlar maktabgacha ta'lim tizimida ko'rib chiqamiz. Xitoyda tarbiyachilardan mahoratli bo'lish talab etiladi turli xil sohalarda masalan ular bir vaqtning o'zida rasm chizish,

April 23-24, 2024

356

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

aktyorlik mahorati,psixologiydan ham xabardor bo'lish kerak.Bu esa bolalarga chet tilini bolalarga turli xil usullardan foydalanib o'rgatishga zamin yaratadi. Xitoy tajribasida jumboq o'yinlardan foydalanish ham tilni yaxshi o'zlashtirishda yordam berishini isbotlangan. Agarda chet tilini dars emas,balki o'yin shakliga keltirsak kichik yoshdagi bolalarning qiziqishini yanada orttiradi.Shu bilan birgalikda ularning aktivlik darajasini ham oshiradi. Mavzu asosida o'yin yaratish ham tarbiyachining kreativligiga bog'liq. Misol uchun tarbiyachi "Qopda nima bor" degan o'yinni bolalar bilan o'ynashi mumkin. Xonadagi kichik buyumlarni xaltachaga solib,bolalarga birma-bir olishiga ruxsat beradi va bolalar bu buyumlar nomini ingliz tilida aytib berishadi. Masalan quyidagi savolni bersa bo'ladi: "is it a banana (an apple, an orange ?)". Bunda tarbiyachi baholashga kirishadi va eng ko'p bal to'plagan guruh yoki bolani taqdirlaydi. Shu bilan birga bolalarning qiziqishi o'sib boradi. Bolalar o'rtasida musobaqa judayam muhim,sababi bolalar yoshligidan raqobat tuyg'usini shakllantirib borish kerak bo'ladi. Ana shundagina har bir bolada motivatsiya tilga bo'lgan qiziqish uyg'onadi. Xitoylik insonning barcha qiziqishlari raqobat orqali keladi deb fikr yuritishadi.Buni bolalar timsolida ham ko'rishimiz mumkin,ularda u yo'l orqali jamlikni,raqobat orqali raqibini bilishni atrofni o'rganishni o'rgatadi. Bundan tashqari xitoy ta'lim tizimida multimedia ham muhimdir, ular til o'rgatishga kerak bo'lgan barcha zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlangan. Xitoy ta'limida tarbiyachining kreativ bo'lishi talab qilingani kabi xona ham shunga mos va xos bo'lishi kerakdir. Ingliz muhiti yaratilishi orqali bolalarning xuddi shu atmosferasini his qilish imkonini beradi.

Yaponiya maktabgacha ta'lim tizimiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Yaponiya asosan bolalar bilan uning psixologiyasi, aqliy faoliyati, qiziqishi asosida individual shug'ullanishni yoqlaydi.Yaponiya ta'lim tizimida insoniy fazilatlarini rivojlanish, qadriyatlar bundan tashqari bolalarga til o'rgatishda o'zlari ishlab chiqqan 4ta muhim o'qish, yozish, tinglash, gapirishni o'z ichiga olgan o'quv dasturlari asosida o'qitiladi. Ular uchun eng muhimi yoshga mos texnologiyalardan foydalanishdir, bu o'z navbatida tilni pog'onama-pog'ona o'rganishni ta'minlaydi[1].

Koreya maktabgacha ta'limiga nazar soladigan bo'lsak, Koreyada ingliz tili ikkinchi ba'zi bir joylarida esa asosiy til sifatida qaraladi shu sababdan ularda bog'cha yoshidan bolalarga ingliz tilini o'rgatish muhim hisoblanadi. Koreya ta'limida ham xuddi shu tinglash, o'qish, yozish, gapirish orqali o'rgatiladi. Koreya ta'lim tizimini ko'rib chiqar ekanmiz, shuni amalda isbotini ko'rish mumkinki,har bir bola oddiy ijtimoiy hayotda yashash va ishlash uchun ham ingliz tili o'rganishning ahamiyati katta va zarurdir. Shu sababdan ham ularda bunga e'tibor va talab kuchli hisoblanadi. Bu o'z navbatida maktabgacha ta'lim tizimida ham o'z aksini topadi

April 23-24, 2024

357

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

bog'cha davri ham ijtimoiy hayotga kirish bosqichi deyish mumkin[3].

Bundan tashqari dunyoning eng rivojlangan davlatlar maktabgacha ta'lim tizimini tahlil qilar ekanmiz o'z-o'zidan ko'rinib turibdiki,ingliz tilini eng ommabop va samarali o'rgatish usuli bu-o'yin.Ya'ni bolalar o'yin orqali o'rgangan narsalari ko'proq esida qoladi. Bugungi kunda ingliz tili o'qituvchilari Amerika Qo'shma Shtatlar, Angliya pedagog va tarbiyachilari tajribasiga asoslangan, quyidagi innovatsion metodlardan foydalanishmoqda:

Quvnoq topishmoqlar (Merry riddles) bolalarga topishmoqlar o'rgatish. Ingliz tilini o'rgatishda muhim ahamiyatga ega,ular o'zlariga notanish so'zlarni o'rganadilar."Chigil yozdi"(Warm-up exercises) bolalarni darsga bo'lgan qiziqish va energiyasini oshirishga yordam beradi. "Pantomime" bu usul bolalarga qiyin mavzularni yaxshiroq tushinishiga yordam beradi.Misol uchun mavzu (Jobs)yoki (Anmals) bo'lsa bolalar bir-birlariga xatti-harakat orqali tushuntirishga harakat qilishadi mavzuga aloqador yangi so'zlarni.Rolli o'yinlar(Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo'llanishi mumkin."Rasmlar so'zlaganda"(When pictures speak)usuli ancha qulay bo'lib,ingliz tili o'rgatishda,bolalarning og'zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi,buning uchun bolalarga kartochkalar tarqatiladi va hamma bolalar bir vaqtda darsga qatnashishadi va bu o'z navbatida vaqtni tejaydi.[2] So'z o'rnini top o'yinida so'zlarning o'rni almashtirilib qo'yiladi hamda so'zlarni o'z o'rniga to'g'ri qo'yish orqali gap yoki mavzuga aloqador birmalar hosil qilinadi. "To'plam"o'yini ma'lum bir mavzu asosida bolalarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida o'tkaziladi. O'yin qatorlar musobaqasi yoki kichik guruhlara ishlash shaklini tashkil etadi. Masalan belgini bildirilgan so'zni topingdeb,guruhlarga topshiriq beriladi. Berilgan vaqt ichida qaysi guruh ko'p topa olsa g'olib bo'ladi. Yana bir samarali usul bu til o'rgatishda multfilmlardan foydalanish. Bolalar chet tilini o'rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasa ham, multfilmdagi qahramonlarning harakatlari orqali ular qilayotgan so'zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun til o'rganishda qiziq va samarali yo'l hisoblanadi[5]

Yuqorida ko'rib chiqilgan fikr va mulohazalardan ko'rinib turibdiki,har bir rivojlangan davlatlarda ingliz tiliga bo'lgan e'tibor juda katta bunga esa aynan bog'cha yoshidan o'qitilishi ham yaqqol misoldir.

REFERENCES

1. David A,Eggen,P.Kauchak.Methods for Teaching:Promoting student learning.[M] 2002

358

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

2. Northop L,Killen E,A framework for using iPads to build early literacy skills//The Reading teacher,2013,66,7 531-537

3. Rozikova Z.T., "THE CURRICULUM OF PRESCHOOL EDUCATION IN FOREIGN COUNTRIES", Universiteti "XXI asr tarjimashunosligining lingvomadaniy masalalari" xalqaro ilmiy-nazariy anjuman to'plami, 2023, 137-139 b.

4. Rozikova, Z. T. (2022). KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILI O'QITISH METODLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(12), 200-206.

5. Rozikova, Z. (2023, December). METHODOLOGY OF USING LANGUAGE LEARNING APPLICATIONS IN KINDERGARTEN. In Fergana state university conference (pp. 131-131).

6. Rozikova, Z. (2023). ANALYSIS OF LANGUAGE LEARNING APPLICATIONS. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 4(6), 237-242.

7. Rozikova, Z. (2023). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA XORIJIY TILNI O'QITISH VA DARSDA TIL O'RGANISH ILOVALARIDAN FOYDALANISH. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5).

359

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.