Научная статья на тему 'KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILI O’QITISH METODLARI'

KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILI O’QITISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1336
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / zamonaviy pedagogika / xorijiy til / metod / yondashuv / TPR / ko’nikma / malaka / psixologiya

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Zilola Tursunboyevna Rozikova

Kichik yoshdagi bolalarga chet tilini o’rgatishda qanday usul va yondashuvlarga tayanish haqida ko’plab nazariyalar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda ta’limning quyi bosqichlarida xorijiy tilni, xususan ingliz tilini o’rgatishda zamonaviy bir qancha metod va usulllardan foydalanish pedagogning asosiy vazifalardan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILI O’QITISH METODLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-200-206

KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILI O'QITISH METODLARI

Zilola Tursunboyevna Rozikova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti E-mail: [email protected]

ANOTATSIYA

Kichik yoshdagi bolalarga chet tilini o'rgatishda qanday usul va yondashuvlarga tayanish haqida ko'plab nazariyalar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda ta'limning quyi bosqichlarida xorijiy tilni, xususan ingliz tilini o'rgatishda zamonaviy bir qancha metod va usulllardan foydalanish pedagogning asosiy vazifalardan biridir.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, zamonaviy pedagogika, xorijiy til, metod, yondashuv, TPR, ko'nikma, malaka, psixologiya

TEACHING ENGLISH METHODS TO PRESCHOOLERS

ABSTRACT

Many theories have been developed about what methods and approaches to use when teaching foreign language to preschoolers. These days, a number of modern methods and approaches are used to teach a foreign language , especially English in early childhood education.

Keywords: Early childhood education, modern pedagogy, foreign language, method, approach, TPR, competence, psycology.

KIRISH

Til o'rganish qancha erta boshlansa shuncha til o'rganish ko'nikmasini egallash darjasi ortadi. Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko'pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni aytish kerakki, 6-7 yoshli bolalar so'zlar ma'nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Bu borada bolalarga chet tilini o'rgatishning o'z metod va yondashuv usullari bor. Zeroki, zamonaviy pedagogikaning vazifasi bola rivojlanishining barcha sohalariga uyg'un ta'sir qiladigan, murakkab va noyob bo'lmagan usullarni izlash va yaratishdan iborat.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-200-206

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Chet tilining psixologik, didaktik, amaliy, ta'limiy-tarbiyaviy asoslaridan kelib chiqib bir necha olimlar o'z fikrlarini ifoda etishgan (I. V. Raxmanov, G.X. Bakiyeva, G.T. Maxkamova, F.R. Kadirova, V. S. Setlin, J. J. Jalolov, T. Q. Sattorov va boshqalar). Shunga qaramasdan, yurtimizda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga chet tilini, jumladan ingliz tilini o'rgatish xususida ilmiy tadqiqotlar yetarlicha emas. Shu sababli, ilmiy tadqiqot davomida bolalarga yosh davridan boshlab chet tilini o'rgatish masalasi bo'yicha qator ilmiy tadqiqot ishlari o'rganib chiqildi. Jumladan, o'zbek bog'chasida bolalarni rus tilida og'zaki nutq ko'nikmasini didaktik o'yinlar orqali shakllantirish (F.R. Kadirova), maktabgacha (5-6 yoshdagi) bolalarni chet tilida og'zaki nutq ko'nikma va malakalarini shakllantirish (G.T. Maxkamova), erta ta'lim sohasida chet tilini o'qitishning ilmiy va uslubiy rivojlanishi hamda tanqidiy o'rganish masalalari (N. N. Achkasova, O. A. Osiyanova, N. A. Malkina, O. A. Denisenko, B. Cheptsova va b.), o'qitish metodlari (N. N. Achkasova, N. A. Yatsenko va b.) bo'yicha ilmiy ishlari bilan tanishib chiqildi. Ulardan quyidagi ishlar ajratib olindi: maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarida muloqot ko'nikmalarini shakllantirishning psixologik yondashuvlari (Negnevitskaya Ye.N.), maktabgacha ta'lim muassasalari bolalariga chet tilini o'rgatishning asoslari (Koliyeva N.F., Grigoreva V.V.), maktabgacha ta'lim muassasalari bolalariga xorijiy tilni o'rgatishda qo'llaniladigan mashqlar turlari ( Dolnikova R.A.), bog'cha bolalariga chet tilini o'rgatish metodikasi ( Futerman Z.Ya.; Chistyakova T.A.), maktabgacha ta'lim muassasalari bolalariga chet tilini o'yin orqali o'rgatish xususiyatlari (Ponimatkova.P), yosh davrdan boshlab ingliz tilini o'rgatishda ingliz adabiyotlaridan foydalanish metodikasi(Denisenko O.A.), syujetlashtirilgan rollar orqali 6-7 yoshli bolalarga muloqotni o'rgatish (Rebakova N.V.) va maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolalariga ertaklarni qo'llagan holda og'zaki nutqni shakllantirish (Malkina N.A.) kabi ishlar shular jumlasidan. Xorijiy tilni kichik davrdan bolalarga kommunikativ yo'nalish orqali o'rgat ish xususiyatlari A.A. Leontyeva, V.G. Kostomarov, O.D. Mitro fanovava boshqalarning ishlarida namoyon bo'lgan. Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim muassasasi bolalariga chet tilini o'rgatishda pedagog nutqining ravonligi muhim ahamiyatga egaligi qayd etilgan. A. Zimnyayaning fikriga ko'ra esa, bolalar ta'lim jarayonida ona tili tajribalariga tayangan holda, chet tilini o'rganishlari kerak, faqat shundagina xorijiy so'zlarni xotirasida saqlash oson kechadi [1].

Professor N. A. Bonk fikriga ko'ra esa yosh bolaga xorijiy tilni o'rgatishda ularning psixologiyasini hisobga olish zarur, chunki yosh o'rganuvchi qiziqqon bo'ladi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-200-206

va zerikishni yoqtirmaydi. Shu bois bog'cha bolalari uchun yaqin bo'lgan mavzulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bular o'yinchoqlar, hayvonlar, oila, uy, bog'cha va xokazo. Erta ta'lim jarayoni maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolalariga chet tilini chuqur o'rganishiga turtki bo'lib, kelajakda ular nutqining ravonligini ta'minlashga imkon beradi [2].

K.D. Ushinskiyning ta'limotiga ko'гa, chet tilida so'zlashishni yosh bola kattalarga o'xshab yillar davomida emas, balki bir necha oylarda yaxshiroq o'rganib oladi. Bu olimning yozishicha, chet tilini o'rganish quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi. Birinchi maqsad - til o'rganayotgan xalqning ijodi bilan tanishish. Ikkinchisi esa, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, chunki til o'rganish insonning miya faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, uni har tomonlama rivojlantiradi. Uchinchi maqsad - shu xalqning madaniyati bilan yaqinroq tanishish va ular bilan oson muloqotga kirisha olish. Keyingisi esa, shu xorijiy mamlakat odamlari bilan bemalol o'zlarining tillarida xat yozisha olish ko'nikmalarini shakllantirishdir [3].

Rixon (1999) ta'kidlaganidek, yosh bolalarni o'qitishda ko'ra muhimroq narsa yosh ta'lim dasturlari taklif qiladigan shartlarni ham inobatga olish kerak. Bular sinfdan tashqari va sinf ichidagi sharoitlarni o'z ichiga oladi (masalan, ijtimoiy, madaniy va tilning iqtisodiy qiymati). Unga ko'ra kichik bolalaming o^ganish jaгoyoni

• Tabiiy

• Kontekstli va ayni bir voqeaning bir qismi

• Qiziqarli va yoqimli

• Tegishli

• Ijtimoiy

• Bolaga tegishli

• Bola uchun bir maqsadni ko'zlagan

• Bola bilgan narsalarga asoslanadigan

• Tegishli tarzda qo'llab-quvvatlanadigan

• Muvofiq butunlikning bú" qismi bo'lgan

• Ko'p sensorli

• Faol va tajribadan o'tgan

• Esda qolarli

• Shaxsiy, turlicha javoblar va ko'p intellektlarni ta'minlash uchun mo'ljallangan

• Erkin va iliq ta'lim muhitida bo'lishi kerak. [4]

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-200-206

NATIJALAR

Maktabgacha yoshdagi bolalarga til o'rgatish majburiyat sifatida emas, balki qiziqarli, yoqimli va tabiiy kundalik mashg'ulot tarzida olib borilishi lozim va bu bir necha samarali usullardan foydalanib dars o'tishni talab qiladi. Quyida ana shunday usularni ko'rib chiqamiz:

Total Physical Response yoki TPR amerikalik psixolog doktor Jeyms Asher tomonidan yaratilgan bo'lib, u odamlarning birinchi tilni qanday o'rganishi tajribasiga asoslanadi. Misol uchun, bolalar o'z ona tilini o'rganar ekan, ularning ota-onalari va tarbiyachilari til o'rgatishda jismonan faol ishtirok etadilar. Ular ko'rsatadilar va ko'rsatmalar beradilar va bola xuddi shunday javob beradi. Hech kim juda kichik bolalardan gapirishni talab qilmaydi : faqat tinglash va tushunish. Natijada bolalar o'z ona tillarini o'rganish metodi bilan birgalikda qo'shimcha tillarni o'zlashtiradilar. Shuning uchun, TPR g'oyasi qisqacha aytganda, nutq va harakat o'rtasida aloqani yaratishdir. Nima uchun TPR (Total Physical Response), ayniqsa yangi til o'rganuvchilar va yosh o'quvchilar uchun juda ko'p afzalliklarga ega. Harakatning til bilan qo'shilishi tabiatan samarali o'rganishni ta'minlaydi. Talabalar mi yaning chap va o'ng qismlaridan faol foydalanadilar. Bu o'quvchilarning tinglash qobiliyatini oshiradi. Talabalar tayyor bo'lgunlaricha gapirishlari shart emas, shuning uchun "xavfsiz hudud" yaratiladi, bu esa stressni sezilarli darajada kamaytiradi. Kinestetik o'quvchilar (jismoniy harakatlarga yaxshi javob beradigan) va vizual o'quvchilar (ingl. ko'rgazmali signallar bilan eng yaxshi o'rganadigan) TPRdan ko'p narsa oladi. (Bu sizning o'quvchilaringizning shaxsiyatini va o'rganish turlarini bilish muhimligining yana bir sababidir.) Hech kim alohida chaqirilmagani uchun TPR introvert talabalar uchun juda yaxshi. Sinfda umumiy jismoniy javobdan foydalanishning asosiy usuli: O'qituvchi harakatni bajaradi, uni ko'rsatadi va aytadi (masalan, "Men tishlarimni tozalayman"). Agar kerak bo'lsa, bo'rttirib ko'rsatishga, imo-ishora, mimika va rekvizitlardan foydalanishga tayyor bo'ling. O'quvchilar harakatni takrorlashi lozim bo'ladi.

Last Man Standing (Oxirgi qolgan odam) Bu tezkor o'yin hisoblanadi. Ammo o'quvchilarga o'ylash uchun biroz vaqt beradi. Bu o'yin birgalikda o'rganishga undaydi, ya'ni boshqa o'quvchilar so'zlayotganida qolgan bolalar o'zlari so'z o'ylayotgan bo'lishadi. Bu o'yinni o'ynash uchun koptokcha kerak bo'ladi va hamma o'quvchilar doira shaklida turib olishlari lozim. Istalgan bir mavzu tanlashingiz kerak bo'ladi. Masalan: Things found in a kitchen (oshxonada topiladigan buyumlar), food, profession va hokazo. Biror o'quvchiga to'pni uloqtirish orqali o'yin boshlanadi. O'sha o'quvchi mavzuga doir biror inglizcha so'z aytadi va to'pni keying o'quvchiga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-200-206

uloqtiradi. To'pni qabul qilgan har bir o'quvchi shu mavzuga aloqador so'z aytishi kerak bo'ladi. Agar ular aytilgan so'zlarni qayta aytsa yoki bir necha soniya ichida so'z topa olmasa, ular o'yindan chiqadi va o'yinni o'tirgan holda kuzatadi.

Pictionary- Ko'pgina ingliz tilida so'zlashuvchilar Pictionary, rasm chizish o'yini bilan yaxshi tanish. Rasm chizish maqsadi uchun siz oddiy doska yoki oq magnit doskadan foydalanishingiz mumkin. Sinfni 2 guruhga bo'lib oling va har bir jamoa uchun doskadaning bir tomonida jadval chizing. Siz jamoalarning ballarini shu yerga yozib borasiz. A jamoadan bir kishi chiqadi. Va ko'pgina teskari o'girilgan so'zlardan bittasini tanlaydi va shu so'zni doskaga chizib beradi. Va boshqalar topishi kerak bo'ladi. So'zni birinchi bo'lib to'g'ri topgan jamoaga ball beriladi. 10 ball olgan jamoa g'olib hisoblanadi.

Shuni takidlash lozimki, kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tilni o'rgatish ancha mushkul va mas'uliyatli. Bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun yana shu kabi usullardan foydalanish mumkin:

- qo'shiq va she'rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo'lgan, ma'noga ega bo'lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o'rgatish.

Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan ko'ra samarali ekanligini ko'rsatish mumkin.

- aqliy va jismoniy harakatlar bilan bo'g'liq bo'lgan o'yinlar;

- multfilmlar; Bolalar til o'rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunma-sada, multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga intiladi.Bu esa bolalar uchun qiziq va til o'rganishlari uchun samarali yo'l.

- rol ijro etish(role play) o'qituvchi biror ma'lumotni, masalan, hayvon yoki qushlarning nomlarini o'rgatayotgan paytda rol orqali ijro etishi yoki bolalarga ijro ettirishi lozim. Misol uchun: bir o'quvchi itning vovillashi, mushukning miyovlashi, sherning narasini ko'rsatsa, boshqa bir o'quvchi bu tovushlar qaysi hayvonga tegishli ekanligini bilib, uning inglizcha nomini aytishi zarur.

- mavzuga oid muhit; O'qituvchi mavzuga mos bo'lgan muhitni yaratsagina, bolalar tilni yaxshi o'rganishadi. Masalan: traveling, cooking, doing sports, birthday va boshqalar. Traveling (sayohat) mavzusida o'qituvchi sayohat uyushtirishi, sayohatga qanday vositalar orqali (foot, bicycle, automobile, train, boat, airplane) borish mumkinligi, qayerlarga sayohat qilish(Tashkent, Khiva, London, New York) muhimligi haqida ma'lumot beradi. Bu hodisa o'quvchilarning so'z boyligini va til imkoniyatlarini kuchaytirgan holda, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi..

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-200-206

- topishmoqlar; Bolalarda topishmoqlarni yaxshi ko'rishadi. Chunki ular uchun topishmoqlarga javob topish juda qiziq. Shuning uchun o'qituvchi topishmoqni ingliz yoki o'zbek tilida aytsada, uning javobini bolalardan ingliz tilida aytishini talab qilishi lozim. Shunda bolalar so'zlarni tez o'rganishadi.

- amaliy mashg'uIotlar(sabzavot, ovqat, va boshqa maxsulotlarni tatib ko'rish, gullarni hidlab ko'rish); Bu jumlani bir amaliyotchi psixologning fikrlari bilan izohlash mumkin: " Bolalarning esida biror narsaning mahkam o'rnashib qolishini xohlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko'prog'ini ko'zi, qulog'i, tovush organi, muskul sezgisi va, hatto, agar iloji bo'lsa, hidlash va ta'm bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak». Masalan: o'qituvchi bir o'quvchining olmani tatib ko'rishi paytida uning rangi qizil(red) yoki yashil(green), ta'mi shirin(tasty) yoki nordon(),xushbo'y() hidi haqida ma'lumot berishi va boshqa o'quvchilarga ham mevalarni yedirib, u bolalardan o'sha meva haqida inglizcha ma'lumotlar berishini talab qilishi lozim.

- imo-ishoralar, yuz ifodalari orqali; O'qituvchi bolaga biror gapni gapirganda yoki buyruq berganda, masalan, bu yoqqa kel(come here), kitobni och(open the book), turing(stand up), doskaga qarang(look at the blackboard) kabi gaplarda imo-ishoralardan foydalansa bolaga tushunarli bo'ladi.

- ko'rgazmali qurollar, plakatlar, kitoblar orqali;

- ko'zga ko'rinadigan va kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish. Masalan: eshik(door), kitob(book), stol(table), doska(blackboard), oyna(window) va shu kabilarga yozish yoki kichik qog'oz bo'laklariga yozgan yoki rasmlarini yopishtirgan holda bunday narsa-buyumlar doimo ko'zga tushib turishi tufayli so'zlarni ixtiyorsiz tarzda o'rganadi.

MUHOKAMALAR

Bugungi kunda, zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasi yaratilgan, gipermatn va multimedia, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan. 1956 yilda N. V. Karpov, I. V. Raxmanovlarning «Boshlang'ich bosqichda chet tilini o'qitish metodikasi» kitobi nashrdan chiqdi va bu kitobda yosh bolalarga chet tilini o'qitishda texnik vositalardan keng foydalanish kerakligi haqida aytildi. Shu boisdan, chet tilini o'rgatishda barcha didaktik printsiplar, ya'ni tizimlilik, tarbiyaviy ta'lim, faollik, ko'rgazmalilik, onglilik, yakka yondashish, puxta o'zlashtirish va moslik printsiplari bir-biri bilan uzviy bog'liq holda amaliyotga tatbiq etib boriladi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-200-206

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilariga xorijiy tilni o'rgatishdan maqsad o'yin orqali bolalarning til ko'nikmalarini rivojlantirishdir. Kichik yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Bolalar juda qiziquvchan bo'lishadi muloqotga tez kirishishadi, taqlidga moyillik kuchliligi tufayli ularga o'yin tarzidagi va majburiyatlarsiz darslar o'tilib til o'rgatilishi maqsadga muvofiqdir. Ular takroriy tinglashlar orqali o'qitiladi natijada ularning gapirish qobilyati rivojlanadi. Bilamizki bu davrda bolalarning individual xarakteri va shaxsiyati rivojlanayotgan bo'ladi, shuning uchun tarbiyachi qo'llaydigan har bir usul va yondashuv bola rivojiga ijobiy ta'sir etishi mumkin. Bunda maktabgacha yoshdagi bolalarning chet tilini bilish ko'nikmalarini oshirishda zamonaviy metod va yondashuvlaridan foydalanish samarali hisoblanadi.

REFERENCES

1. Zimnyaya I.A. Psychology of teaching foreign language at school/ M:Education, 1991-219p.-

2. Н.А. Бонк Учебник английского языка. Бишкек 1997.

3. К.Д. Ушинский Собрание сочинений Том 10 Материалы к третьему тому Педагогической Антрополгии 1950.

4. Rixon, S. Young learners of English: Some research perspectives. Harlow, UK: Longman, 1999.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.