Научная статья на тему 'CHET TILLARINI O’RGANISHNING ENG SAMARALI USULLARI'

CHET TILLARINI O’RGANISHNING ENG SAMARALI USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
413
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chet tillari / samarali usullar / TED TALKS / grammatika / aspekt / shadowing technique / subtitrli videolar. / Foreign languages / effective methods / TED TALKS / grammar / aspect / shadowing technique / subtitled videos

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilafruz Razzakberdiyevna Umarova

Ushbu maqolada hozirgi kunda chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan talab va uning ahamiyati, xorijiy tillarda qanday qilib gapirish va qanday samarali usullar va texnologiyalardan foydalanish haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the current demand for foreign language and its importance, how to speak foreign languages and how to use effective methods and technologies.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARINI O’RGANISHNING ENG SAMARALI USULLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-247-250

CHET TILLARINI O'RGANISHNING ENG SAMARALI USULLARI

Mushtariy Qodirali qizi Ergasheva

Chirchiq davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yo'nalishi talabasi E-mail: mushtariyergasheva606@gmail .com

Dilafruz Razzakberdiyevna Umarova

Scientific adviser

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hozirgi kunda chet tillarini o'rganishga bo'lgan talab va uning ahamiyati, xorijiy tillarda qanday qilib gapirish va qanday samarali usullar va texnologiyalardan foydalanish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Chet tillari, samarali usullar, TED TALKS, grammatika, aspekt, shadowing technique, subtitrli videolar.

ABSTRACT

This article discusses the current demand for foreign language and its importance, how to speak foreign languages and how to use effective methods and technologies.

Keywords: Foreign languages, effective methods, TED TALKS, grammar, aspect, shadowing technique, subtitled videos.

KIRISH

Bugungi kunda yurtimizda chet tillarini bilish va o'rganish davr talabiga aylangan desak mubolag'a bo'lmaydi va xorijiy tillarni o'qitishning asosiy maqsadi; yosh avlodlarga Vatanga bo'lgan muhabbat,qadriyat,ma'naviyat kabi tuyg'ularni singdirish va yuksak axloq egalari qilib tarbiyalashdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng,yoshlarni chet tillarini o'rganishga qiziqishi va intilishi yanada yuksaldi va bugungi kunda davlatimiz tomonidan til o'rganishga ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Birinchi prezidentimiz I.Karimov aytganidek "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishga yurtimizda katta e'tibor berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun,chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikdan hamkorlikda o'zi buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-247-250

tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir."

Atrofimizda til o'rganuvchi kishilar, ayniqsa, yoshlar ko'payib bormoqda. Qayerga qarasangiz, ingliz tilini o'zlashtirish kurslari tashkil etilgani,o'quv kurslariga taklif, e'lonlarga ko'zimiz tushadi. Bu, albatta, bejiz emas. Kundan kun rivojlanib borayotgan davrda, ingliz tili-dunyo tiliga aylanib bormoqda va ingliz tilini bilish -jahon ta'lim standarti hisoblanadi. Bunga isbot sifatida hozirda 1-sinfdan boshlab maktablarda ingliz tili fanini o'qitish va o'rganish yo'lga qo'yildi va tilga ixtisoslashmagan oily ta'lim muassasalarida ham bo'lajak kadrlar ingliz tilida erkin fikr almasha olishlari uchun ingliz tili darslari va kurslari yo'lga qo'yildi. Mashhur nemis olimi Y.V.fon Gyote aytganidek:"Kim chet tillarini bilmasa, u o'z tilini ham bilmaydi".

Yosh, ijtimoiy mavqei va tayyorgarlik darajasidan qat'iy nazar, har kim chet tilini o'rganishi mumkin. Asosiysi, "o'z" usulini va qulay yo'lini topish -bu oson va tez o'rganishga yordam beradi.eng avvalo insonni o'zida qiziqish va aniq maqsadi bo'lishi lozim. Shundagina u aniq maqsadini biladi va unga qarab intiladi. Ingliz tilini o'rganishda ko'pchilik til o'rganuvchi insonlar birinchi ishni grammatikani o'rganish bilan boshlaydilar. Bu usul ham, albatta, to'g'ri ammo eskirgan usul hisoblanadi.Agar til o'rganuvchilar grammatikadan boshlasalar ko'p vaqt ketkazadilar va ularda boshqa aspektlar rivojlanmay qolishi mumkin. Shuning uchun hozirda chet elda o'qib va malaka oshirib kelgan malakali mutaxassislar ingliz tilini o'rganishning yangi usullarini ishlab chiqishmoqda. Bunga misol sifatida shuni aytish joizki, ko'plab o'quv markazlarida til o'rganishni grammatikadan emas balki birinchi e'tiborni ularning nutqini rivojlantirishga qaratadilar. "Qanday qilib?" degan savol tug'ilishi tabiiy, albatta. Faraz qilaylik,bolalar tug'ilganda ularga birinchi bo'lib harflarni yoki ona tili grammatikasini o'rgatmaymiz, balki ular ko'rish, eshitish orqali gapira va tushuna boshlaydilar. Chet tillari ham shunday,birinchi grammatika emas balki turli xil kinolar, multfilmlar orqali ham o'rganuvchilarning nutqini rivojlantirish mumkin.

NATIJA VA MUHOKAMALAR

Ingliz tilini o'rganish murakkab va ko'p bosqichli jarayon hisoblanadi. Ingliz tilini bilish darajasini oshirishga yordam beradigan ko'plab usullar mavjud. Ular orasida o'zini eng yaxshi tomondan isbotlaganlar ham bor. Bugungi kunda ular ta'lim muassasalarida va ixtisoslashtirilgan kurslarda til o'rgatish uchun ishlatiladi. Ingliz tilini o'rganish bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi. Ularning har biri ma'lum bir mahoratni oshirishga qaratilgan. Ular: tinglash,o'qish,yozish va gapirish. Bular ingliz tilini asosiy aspektlari hisoblanadi va ingliz tilini a'lo darajada o'rganish uchun yetti qoida mavjud;

Rule-1: Learn phrases not individual words.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-247-250

-So'zlarni yakka holda yod olmasdan, ularni ibora birikma holda o'rganish. So'zlarni ibora ko'rinishida o'zlashtirish ancha samaraliroq hisoblanadi.

Rule-2:Practise grammer with many examples/exercises.

-Grammatik qoidalarni ko'plab misol va namunalar bilan mashq qilish hamda ularni voqealik bilan qo'llash orqali tilni tez va oson o'rganish;

Rule-3:Listening is one of the best tactics

-Eshitishni eng zo'r taktikalardan biridir. Inson tug'ilibdiki, go'daklik chog'idan faqat eshitib o'rganadi;

Rule-4: Everything you listen to you must repeat it again and again.

-Ingliz tilida eshitilgan har bir narsani qayta-qayta takrorlash zarur,kamida bir hafta har kuni yoki undan ham ko'proq;

Rule-5: Make up a story for chosen topic vocabulary and try to retell it

-Tanlangan mavzuga oid so'zlar ishtirokida hikoya hamda voqealar tuzing va ularni tizimli ravishda gapirishga harakat qilish;

Rule-6: Use real English material.

-Asl ingliz darslik materiallaridan foydalanish. Xalqaro miqyosda tan olingan top ingliz tili darsliklari: MacMillan,Cambridge (vocabulary and grammer in use,IELTS practice test 1-12), Oxford, Barrons, English vocabulary in use, English collocation in use and etc.

Rule-7:Start by using, listening to and answering different types of mini-stories/short texts.Describing pictures and situations.

-Turli xil kichik hajmdagi matn yoki hikoyalarni tinglab, ular asosida savol-javob mashqlarini bajarish hamda rasm va voqeliklarni ingliz tilida tasvirlash orqali tez va oson tilni o'rganish.

Hozirgi kunda bu usullar sinalgan va eng samarali usullar hisoblanadi. Ko'plab til o'rganuvchilar foydalanib kelmoqda. Bundan tashqari ingliz tilini yanada tushunishni va tezroq gapirishni xohlagan o'rganuvchilar uchun "Shadowing technique" usuli bor. Bu usulda inglizcha yoki ruscha subtitrlar bilan filmlar, seriallar,teleko'rsatuvlarni topamiz va bu qiyin emas, albatta. Til o'rganishni zavq bilan birlashtirib,vaqt o'tishi bilan o'rganuvchilar xorijiy nutqning ovoziga ko'nika boshlaydi. Ko'plab yoshlar uchun ushbu turkumdagi eng foydali manba TED TALKS loyihasi hisoblanadi. Bu dunyo uchun muhim va foydali bo'lgan tajribalari haqida gapiradigan odamlarning qisqa nutqlari. Videolarni internetdan ham Google Playda ham bemalol topish mumkin.Bunda qiziquvchan o'rganuvchilarimiz o'zlari xohlagan bitta videoni oladilar va bir hafta davomida ko'rib, eshitib yuradilar.Videoni ko'rish bilan birga videodagi mashhur insonlarni gapirishini xuddi ulardek takrorlaydilar.

Natijada ular chet tillarini tezroq tushuna boshlaydilar. Bu usul ham ancha yillardan beri sinalgan metod sanaladi va o'z natijasini bergan.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-247-250

XULOSA

Xulosa qilib aytganda,bugungi kunda chet tillarini o'rganish yoshlarimizning asosiy maqsadlaridan biriga aylangan va kundan kunga rivojlanib borayotgan davlatda yashar ekanmiz, davlatimizga mos yetuk, bilimli kadrlar bo'lib yetishishimiz kerak, albatta. Buning uchun chet tillarini ayniqsa jahon tiliga aylanib ulgurgan ingliz tilini bilishimiz- kelajagimiz uchun chiptadir.

REFERENCES

1. Jack C. Richards (2006) Communicative Language Teaching Today. Cambridge University Press

2. Artemov V.A. Psychology of visibility in teaching. - M.: Enlightenment, 2016— - 345 p.

3. Https://optolov.ru/uz/the-design-of-the-corridor/priemy-izucheniya-inostrannogo-yazyka-samye-effektivnye-sposoby.html

4. http://samxorfil.uz/maqola/tillarga-ixtisoslashmagan-oliy-ta'lim-muassasalarida-chet-tili-o'qitishning-maqsadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.