Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIMDA BOLALAR UCHUN CHET TILLARINI O'QITISH METODLARI HAMDA ULARDAN FOYDALANISH USULLARI'

MAKTABGACHA TA'LIMDA BOLALAR UCHUN CHET TILLARINI O'QITISH METODLARI HAMDA ULARDAN FOYDALANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
5556
425
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Texnologiya / metod / o'qitish / bolalar / malakali / samarali ta'lim

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Feruza Abduvahobovna Ismatova, Dilshoda Oybek Qizi Xakimova, Dilnoza Xoliqovna Qodirova

Ushbu maqolada maktabgacha ta'limda yosh avlodga samarali ta'lim metodlaridan foydalangan holda chet tillarini o'rgatish hamda uni amalyotga tatbiq etish istiqbollari hamda xorijiy tillarni yuqori malakali kadrlar va texnologiyalar orqali o'rganish va o'rgatish usullari haqida so'z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIMDA BOLALAR UCHUN CHET TILLARINI O'QITISH METODLARI HAMDA ULARDAN FOYDALANISH USULLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-253-256

MAKTABGACHA TA'LIMDA BOLALAR UCHUN CHET TILLARINI O'QITISH METODLARI HAMDA ULARDAN FOYDALANISH USULLARI

Feruza Abduvahobovna Ismatova

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2- fakultet talabasi

Dilshoda Oybek qizi Xakimova

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakulteti talabasi.

Dilnoza Xoliqovna Qodirova

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Media va Kommunikatsiya fakulteti 1-bosqich talabasi.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha ta'limda yosh avlodga samarali ta'lim metodlaridan foydalangan holda chet tillarini o'rgatish hamda uni amalyotga tatbiq etish istiqbollari hamda xorijiy tillarni yuqori malakali kadrlar va texnologiyalar orqali o'rganish va o'rgatish usullari haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Texnologiya, metod, o'qitish, bolalar, malakali, samarali ta'lim.

KIRISH

Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko'nikmasi professional ta'limning ajralmas qismlaridan biri bo'lib bormoqda. Bu maktabgacha ta'lim jarayonini ham chetda qoldirgani yo'q. Yoshlar ta'limi davomida xorijiy tillarni o'rgatishning ahamiyati sezilarli darajada oshdi. Hozirgi kunda maktabgacha ta'limga etibor berish, davlatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan rivojlantirish demakdir. Yoshlarimiz zamonaviy va har taraflama yetuk malaka ega kadr bo'lib yetishishlari uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari yuksalish asrida bilim olishga anchagina ko'proq e'tibor qaratilgan. Shuningdek, biz yoshlar O'zbekiston kelajagini porloq qurishimiz uchun, avvalo, samarali va sifatli bilimga ega bo'lishimiz zarur. Shu o'rinda chet tilini o'rganish va o'rgatishni kuchaytirishimiz, xorijiy top universitetlar bilan exchange dasturlarini amalga oshirishimiz hamda bu orqali ko'plab metodlarni o'rganib tatbiq etishimiz zarur.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-253-256

Maktabgacha ta'limning maqsadi- bolani maktabga tayyorlash, o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, uning qobiliyatlarini namoyon qilshika ko'mak berishdir. Shularni inobatga olgan holda, "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va shu bilan birga "Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" tasdiqlandi. Bu hujjatlarda maktabgacha ta'lim tizimi tarmog'ini yanada kengaytirish, bollarni o'qitishning zamonaviy hamda samarali metodikalaridan foydalanish va maktabgacha ta'lim muassalarini malakali kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash kabi masalalar aks etgan.

METODOLOGIYA

Maktabgacha ta'lim - yoshlarimiz ta'limi va tarbiyasining ilk bosqichi hisoblanadi. To'g'ri maktabgacha tarbiya dasturi bizning bolalarimizga noyob aqlga mos keladigan tarzda o'sishi va o'rganishiga yordam berishi kerak. Ammo bolalar kattalarnikidan farqli ravishda kelajakni, ertani o'ylab o'rganishmaydi. Ingliz tilidagi dars «shu yerda va aynan hozir» manosida o'tkazilishi kerak. Bolalar chet tilini hikoyalarni tushunish yoki o'yinlarda g'alaba qozonish orqali osonroq o'rganadilar. Agarda xohlasalar, o'zlari ishtirokidagi o'yinlar orqali o'rgangan ma'lumotlarini mustahkamlab oladilar. Bir tomondan, til bilan ifodalangan kontent bolalar hayoti, kundaligi bilan bog'liq bo'lishi kerak, boshqa tomondan, bolalarni muloqotga chorlaydigan faoliyat yoki vazifalar qiziqarli va muhim bolishi kerak. O'quvchilar dars davomida o'zlarini darsning bir qismi sifatida tushunishadi va dars jarayonida huddi asar qahramonidek o'zlarini tutishadi, harakat qilishadi. Boshlang'ich sinflarda, odatda, chet tillarni o'rganish hayotiy situatsiya va o'yinlarga asoslangan harakat usullaridan foydalangan tarzda o'rganilganda juda samarali hamda muvaffaqiyatli bo'ladi. Agar o'yinli-syujetli situatsiyalar orqali chet tili o'rgatilsa, barcha bolalar bajonu-dil ishtirok etishadi, sababi ular shu tarzda o'sha situatsiyaning bir bo'lagi ekanligini his etishadi. O'quvchilar chet tili bilan, birinchi navbatda, o'z sinf xonalarida birga "yashaydilar". Shuning uchun sinfda muloqot imkoni bo'lsa, o'sha chet tilida bo'lishi kerak. Bolalar nafaqat yor'riqnomalarni tushunish bilan cheklanib qolmasdan, balki chet tili orqali o'z ehtiyojlarini ifodalashlari ham mumkin. Shu nuqtai nazardan, ingliz tilida gaplashadigan shaxs (ona tili bo'lgan)lar bilan muloqot qilishi, sinfga taklif etish ham foydali hisoblanadi. Konstruktiv yondashuvga ko'ra, bolalar imkon qadar ko'proq tilda o'zlari so'zlar mazmunini, qoidalarni bilib olishlari kerak. Bu shuningdek, ularning asosiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga yordam

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-253-256

beradi. Barcha o'quvchilar singari, bolalar ham turli xil ta'lim uslublariga ega. Bolalar uchun moljallangan ta'lim barcha ta'lim uslublarini hisobga oladi. Taktik va kinestetik o'rganish turlari o'quvchidan alohida e'tibor talab qiladi. Boshlang'ich maktablarda o'quvchilarning iqtidorlari, malakalari, bilimlari va qiziqishlari kengroq boladi. Chet tilini o'rganish, shuningdek, o'rganuvchining yaxshi tushuna olish qobiliyatiga bog'liqdir. Chet tilini o'rgatish mobaynida har bir bolani harakati uchun rag'batlantirib borish talab etiladi. Ularda akustik, kinestetik, ritmik va vizual farqlashni rivojlantirish kerak. Bolalar tez o'rganishadi, lekin tezda unutishadi. Shuning uchun, nutqni bir necha bor takrorlab, shu mavzuga doir o'yin yoki tarqatmalar orqali bolalarning esida qolishiga yordamlashish mumkin. Kurslar doim bo'lib, muntazam takrorlashlar ajralmas qismdir. Xorijiy tillarni muvaffaqiyatli o'rgatish keng qamrovli usullarni talab qiladi. Bunga yana bir misol sifatida, bolalarga ingiliz tilidagi yoki o'zlari o'rganayotgan tildagi "listening" ya'ni eshittirishlarni qo'yib berish hamda bu bolaga qanchalik ta'sir qilishini kuzatish zarur. Agar ularga bu eshittirishlar tushunarsiz bo'lsa undanda osonroqlarini tinglatish zarur. Shuningdek "listening" dagi so'zlarni avval tarjimasini yozdirib ularga ma'nosini tushuntirish hamda nutqiy faoliyatda qanday qo'llanilishini tushuntirish lozim.

MUHOKAMA

Yana bir samarali metodlardan biri bu ularning o'zlari yoqtirgan va sevib o'ynaydigan narsalaridan foydalangan holda o'rgatishdir. Ma'lumki, ota-ona farzandi uchun kerakli birinchi raqamli shaxslardir. Shu uchun ham ularning ta'lim tarbiyasi hamda bilim olishlari uchun avvalo ular javobgar hisoblanishadi. Shuningdek, ularda ilk qiziqishni uyg'otish, ma'lum bir yo'nalish tomoga boshlash uchun ham ularning ahamiyati kattadir. Bunda biz ko'rishimiz mumkinki, bola o'zning sevimli o'yinchog'iga yoki kitobiga qiziqishi boshqa narsalardan ko'ra ko'proq bo'ladi. Va shu orqali bola yangi so'z yoki terminni o'rganyotgan vaqtda, o'sha yoqtirgan narsasi orqali o'rganadi. Va o'sha sevimli o'yinchog'i orqali o'sha so'z ham sevimliga aylanadi.

Umumiy qilib aytganda, aslida chet tilini o'rganishni bolaning juda ham yosh davirlardan boshlagan ma'qul hisoblanadi. Kichik yoshdagi bolalarning miyya faoliyati to'xtovsiz o'sish rivojlanishda davom etayotgani uchun ular miyya faoliyati to'liq shakllanib bo'lgan, katta shaxslarga nisbatan yangi ma'lumotni ancha tezroq qabul qilish qobiliyatiga egadirlar. Ushbu o'ziga xosliklarni inobatga olgan holda darsni rejalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, maktabgacha ta'lim

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-253-256

yoshidagi bolalarga chet tilini o'qitishda asosan o'yin, rasmlar, qo'shiq va she'rlardan, multfillardan foydalanish samarali usul hisoblanadi. Chunki ulardagi asosiy tushuncha miyasida rasmli holda tasvirlanadi. Bu esa o'z navbatida bizdan barcha o'rgatiladigan narsalarni shunga ko'ra tasvirlashni talab etadi.

Maktabgacha ta'limda tahsil olayotgan bolalarning psixikasi qizqish va yoqtirish kategoriyasiga asoslangan. Yosh bolalar tabiatan yorqin va chiroyli narsalarga juda ham qiziqishadi va ko'p e'tibor berishadi. Buni yosh bolalarning chiroyli ustozlarni, xushmuomala pedagoglarni yoqtirishidan ham yaqqol sezish mumkin. Shuning uchun ularga uzatilayotgan ma'lumotlar, albatta, ularning qiziqishini inobatga olgan holda yetkazilishi va rangli materiallar, rasmli qo'llanmalar bevosita ta'lim jarayonida qo'llanishi lozim. Bu degani maktabgacha ta'lim muassassadagi yoshlarni o'qitish metodikasi, avvalo, ularning qiziqishlariga bog'liq.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, bolalarning qiziqishi ularning kundalik hayotda bajarayotgan ishlariga, o'yinlariga asoslanadi. Shuning uchun ilmiy yo'nalishni ham kundalik yumushlarga, qiziqishlarga bog'lab o'rgatish pedagogning mahoratiga bog'liq.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955-sonli qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'riida"gi PQ-4312-sonli qarori

3. M. Berdiyeva, S. Bo'ranova Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda nutq o'stirish mashg'ulotlari orqali bolalrning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari.

4. https://blog.xabar.uz/post/maktabgacha-ta-lim-jarayonida-xorijiy-tillarni-o-qitishning-zamo

5. https://goaravetisyan.ru/uz/sekrety-obucheniya-doshkolnikov-angliiskomu-vozrastnye/

6. https://spbttp.ru/uz/igra-aktivnyi-metod-obucheniya-nemeckomu-yazyku-aktivnye-metody

7. https://cyberleninka.ru/article/n/xorijiy-tillarni-oqitishning-samarali-usullari-nemis-tili-misolida

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.