Научная статья на тему 'ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ НА РАННЕМ ЭТАПЕ'

ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ НА РАННЕМ ЭТАПЕ Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
83
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ЦЕЛИ РАННЕГО ОБУЧЕНИЯ / ПРОЦЕСС ОБУЧЕНИЯ ЯЗЫКОВ / МЕТОДЫ / АТМОСФЕРА / ДИДАКТИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Тиляходжаева Ф. М., Хамидова Н. Ш.

В данной статье изложены цели, особенности, возможности преподавания иностранных языков, в частности английского языка, на раннем этапе обучения. Подробно описываются требования для успешного проведения занятий, а также примерная разработка открытого занятия.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF LEARNING FOREIGN LANGUAGES AT AN EARLY STAGE

This article outlines the goals, especially the possibility of teaching foreign languages, particularly English language at an early stage of learning. Details the requirements for the success of the training, as well as an exemplary development of an open class.

Текст научной работы на тему «ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ НА РАННЕМ ЭТАПЕ»

УДК 372.65

XORIJIY TILLARNI ERTA O'QITISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ф.М. Тиляходжаева1, Н.Ш. Хамидова2

Аннотация

Ushbu maqolada chet tilini erta o'rgatish maqsadlari, imkoniyatlari, chet tilini erta o'rgatish dastur asoslari haqida so'z yuritilgan. Shuningdek mashg'ulotlarni to'g'ri tashkil qilish uchun talablar va taxminiy ochiq dars ishlanmasi berilgan.

Калит сузлар: erta o'rgatish maqsadlari, xususiyatlari, tillarga o'rgatish jarayoni, og'zaki nutq, usullar, sharoit, didaktik prinsiplar.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng oila, maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablarda xorijiy tillarni o'rganishga katta e'tibor berila boshlandi. Ilk qadamlardan biri maktabgacha ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni o'rgatish dasturi yaratildi.

Xorijiy tillarga o'rgatish 2013-2014 yillarda bog'cha yoshidan va umumta'lim maktablarda 1 - sinflarda boshlanib, bolani yosh xususiyatlariga tayanib o'rgatib boriladi. Xorijiy tillarni erta o'rgatishning afzalligi shundaki, maktabgacha yoshdagi bolalar tevarak-atrofdada yuz berayotgan jarayonni tez o'zlashtirib oladi hamda taqlidiy ravishda tovushlarni talaffuz qilishni tez va oson o'rganadi.

Xorijiy till o'qituvchilari quyidagi tavsiyalarga ijodiy yondashishi lozim deb topamiz.

6-7 yoshli bolalar quyidagi psixik va jismoniy xususiyatlari bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi:

• idrokning o'tkirligi, ravshanligi, sofligi;

• o'zining qiziquvchanligi;

• tengdoshlari bilan dilkashligi;

• ishonuvchanligi;

• xayolining erkinligi;

• xotirasining kuchliligi;

• tafakkurining yaqqolligi.

Bu yoshdagi bolalarga chet tilini o'rgatish o'zaro aloqa vositasi hisoblanadi. Shu boyis bolalar tilga emas, balki til orqali olgan axborotga qiziqadi.

Chet tilini erta o'rgatish maqsadlari:

1. Chet tili mashg'uloti orqali bolaning chet tili asoslarini amaliy egallab olishi va shu tilda tushunib gapira olishga o'rgatish

2. Boshqa chet tillarga bo'lgan qiziqishini uyg'otish.

3. Chet el madaniyati bilan tanishish uchun qo'shimcha imkoniyat yaratish.

4. Bolalarning har tomonlama rivojlanishiga hissa qo'shish.

5. Chet el madaniyati bilan tanishtirish va o'z milliy madaniyatini ongli tushuna olishini ta'minlash.

6. Aytilgan gapni to'g'ri tushunish va shunga mos to'g'ri harakat qilishni tarbiyalash.

1 Тиляходжаева Фазиля Мухамеджановна - доцент, преподаватель немецкого языка, Кокандский государственный педагогический институт, Узбекистан.

2 Хамидова Нодира Шухратовна - студентка Кокандского государственного педагогического института, Узбекистан.

• Tanlangan uslublar bolalarga til o'rganish jarayonida o'zlarini qulay his qiladigan muhit yaratishga yordam berishi lozim, bolalar o'qishdan zavq olishi uchun hissa qo'shishi kerak

• Tanlangan uslub bolaning xarakteri va qiziqishlariga javob bera olishi zarur.

• Chet tili mashg'uloti metodlari xilma-xil bo' lishi kerak.

• Uslublar bolani harakat qilishga unday olishi kerak. Bunda o'yin eng qulay uslub deb topiladi.

• Uslublar bolalarning mustaqil ishlash ko' nikmalarini rivojlantirishi kerak.

• Uslublar o'quv jarayonidagi hamma faoliyat shakllarini o'z ichiga qamrab olishi, yakka, juft va guruhiy ishlarini bajarishga yordam berishi lozim.

Ushbu uslublar o'qituvchining diqqat markazida bo'lib, bolalar bilan birga harakat qiluvchi, maslahatchi va o'yin ishtirokchisiga aylanishiga imkon yaratadi.

Bolalar chet tili mashg'ulotlarida quyidagilarni o'rganib olishlari mumkin:

• o'zi uchun yangi bo'lgan tilni yaxshi tushunishi uchun tildagi tovush, so'z va gapning talaffuzi, ohangini;

• o'rgangan so'zlar, so'z birikmalarini nutqiy muloqotda qo'llay olishni, shu tariqa nutqiy muloqotga kirisha olishni;

• axborotlarni qabul qilish, tushunish, uni boshqalarga uzatish va bayon qilishni;

• o'z xohish-istagini, hayotiy tajribalarini so'z, gap orqali bildira olish va tushuntirishni;

• narsa-buyum, o'yinchoq, harakatga doir so'zlarni, gaplarni o'ylab topib ayta olishni;

• nutqda mimika, nutq odobini;

• kattalar bilan suhbatda faol ishtirok etishni: savol berish va savolga javob berish;

• kichik she'r, ashulani yod olishni;

• til ko'nikmalarini suhbat qilish uchun qo'llashni.

> Mashg'ulot qanday xonada o'tishini o'ylab qo'ying!

Iliq, qulay muhit bolalarni o'zini erkin tutishiga imkon beradi. Shu maqsadda xonaga gilam (polos) solib qo'yish tavsiya etiladi. Agar gilam bo'lmasa katta sholcha yoki gimnastik matraslar solish kerak, chunki mashg'ulot vaqtida bolalar ko'pincha yerda o'tiradi. Bu holat o'qituvchini bolalarga yaqinlashtiradi va mashg'ulotdan mashg'ulotga bolalar o'tirganida doim yangilik bo'lishini kutadi. Har mashg'ulotda bolalar tinch va diqqat bilan tinglab o'tirishga odatlanadi.

> Har mashg'ulotda jihozlarning joyini tez-tez o'zgartirib turing!

Shu sababdan jihozlar (stol va stullar) yengil bo'lishi kerak. Xonada jihozlar chekkaga olib qo'yilganda bolalar harakat qilishi uchun yetarli joy bo'lishi zarur.

> Xonaning bir burchagida "Yumshoq o'yinchoq" burchagini tashkil qiling!

Bu burchakda katta qutichalar va qutichalar birida chet (nemis yoki ingliz) tilida rasmli bolalar kitoblarini solib qo'ying. Mashg'ulotdan oldin bolalarni bu kitoblarni tomosha qilishi orqali chet tili muhiti yaratiladi.

> Xonaga alohida bezak berish zarur. U yerda ingliz (nemis) mamlakatlaridagi shaharlar va ertaklardan rasmlar, hayvonlarning rasmlari va kalendar bo'lishi tavsiya etiladi. Keyinchalik bu rasmlarga bolalarning o'zi chizgan rasmlar ham qo'shiladi.

> Doskaga rangli mel yoki markerlar qo'ying!

Bu mellar bilan bolalar darsdan oldin yoki dars davomida dam olish daqiqalarida rasm chizishi mumkun.

Ma'lumki, o'qituvchi tomonidan aytilgan so'z yoki gap bolaning ongiga 2-3 daqiqadan keyin yetib boradi. Bola shu vaqt ichida eshitganini tushunishga harakat qiladi. Shu sababdan boladan tezda takrorlashni talab qilish noo'rindir. Bir necha daqiqadan keyin xor bo'lib takrorlash maqsadga muvofiqdir. Shuni e'tiborga olish kerakki, bola qanchalik yosh bo'lsa, uning talaffuzi shunchalik sifatli bo'ladi. Bu davr 10 yoshgacha davom etadi.Chet tilidagi tovushlarni bola ma'nosiga e'tibor bermay o'zlashtiradi. U nimani ko'p eshitsa, shuni keyin takrorlay oladi.

Har bir she'r yoki ashulani yod oldirishdan oldin qisqa yoki cho'ziq tovushlar, diftonglarni har xil uslublar yordamida to'g'ri talaffuz qilish o'rgatiladi.

Masalan:

This is a ball. gapni o'rgatish uchun oldin ball a ball

This is a ball. deb o'rgatiladi.

Topni yashirib qo'yib:

"Where is the ball?" deb savol beriladi.

Topni topib:

"Here is the ball." deb javob beriladi.

Xorijiy tillar boshlangích sinf o'qituvchisiga quyidagi talablar qo'yiladi:

• o'qituvchi til nazariyasini shunday egallagan bo'lishi kerakki, u amalda, ya'ni hamma mashg'ulotlarni chet tilida olib borish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak;

• o'qituvchi chet tilida mashg'ulot o'tkazganda, uning nutqi ravon bo'lishi, shu bilan birga talaffuzi va ohangi jihatdan ham namunaviy bo'lishi tavsiya etiladi;

• xorijiy tillardagi iboralarni faqat yoddan aytmasdan, balki shu iboralarni har xil imo-ishoralar bilan qo'llay olishi kerak;

• mashg'ulot davomida o'qituvchi turli noan'anaviy usullardan ham foydalanishi lozim, jumladan u raqsga tushishni ham, musiqa ilmini ham mukammal egallagan bo'lishi kerak;

• talabalik davridayoq nazariya va amaliyotni bir-biriga bog'liq holda olib borishi lozim, ya'ni talaba darslarni kuzatib borar ekan, o'z mashg'ulotlarida kuzatib borgan darslarni amaliy qo'llay bilishi lozim;

• bilimlarni shunday mukammal egallashi lozimki, u ko'pgina adabiyotlardan keng foydalanib o'z ustida muntazam ravishda ishlashi, mashg'ulotni hayotiy voqealar bilan boyitib boorish uchun tinmay izlanishi o'tkazayotgan mashg'ulotlariga kompyuter kabi zamonaviy yangiliklarni olib kirishi lozim.

Xorijiy tillarni o'rganishning didaktik prinsiplari

O'rgatishning ta'limiy, tarbiyaviy, amaliy maqsadlarini amalga oshirish prinsipi. Bu prinsip ta'lim-tarbiya, amaliy bilim va og'zaki so'zlashuv jarayoni birgalikda bir-biridan ajralmagan holda hal qilinishni taqozo etadi. Bunda xorijiy mamlakatlar xalqlarning madaniyati, urf-odat bilan tanishish imkoniyatini taqozo etadi.

Kommunikativ yo'nalishdagi o'rgatish prinsipi. Bu prinsip bolalarning yoshi va qiziqishiga mos materialni tanlab olish va so'zlashish uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Ona tiliga tayanish prinsipi. Bunda ona tilida bolaga o'yinning mavzusi va qoidalari tushuntiriladi.

Jamoada o'zaro ta'sir qilish prinsipi. Bu prinsip o'yinda qollaniladi. Bunda bolalar tengdoshlari bilan qiyoslash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Yangi o'yinni tanish so'zlar bilan o'tkazish yoki yangi so'zlar kiritganda tanish o'yinni qo'llash prinsipi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib biz quyidagi mashg'ulotlarning taxminiy namunalarini tavsiya etamiz. Ularni qo'llash esa pedagog-o'qituvchilarning ijodkorligi, izlanishi va mahoratiga bog'liq. Albatta, bu mashg'ulotlarni bolalarning bilim-saviyasini hisobga olgan holda mashg'ulot mavzusini yoki o'quv materialini o'zgartirish mumkin.

Mashg'ulot davomida chet el mamlakatlariga oid materialni ham qo'llashni unutmang. Bayramlar, xalq ashulalari, tez aytishlar va ertaklar mashg'ulotingizning tashkiliy qismidir.

Chet tilini erta o'rgatish dastur asoslari

Bolalar quyidagi tushunchalarni ingliz tilida o'zlashtirishlari tavsiya etiladi: Ham.

Katta va kichik, novcha va kalta (big, little). Uzun va kalta (long, short). Shakllarni hajmiga qarab farqlamoq (square, circle, triangle, rectangle).

Rang va shakllar.

Asosiy ranglar (red, yellow, blue, green, orange, purple, brown, black, grey). Doiralar (circles)

To'rt burchakni ajratish (rectangles). Narsalarning shaklini aniqlash. Shakllarni ko'chirish. Sonlar.

1-10 gacha sonlarni bilish. Narsalarni sanash.

Holat va vo'nalish

To'la va bo'sh (empty, full). Tepa va past (up, down). Ichkariga va tashqariga (in, out) Tepasida va tagida (over/on, under). Oldida va orqada (front, back) Issiq va sovuq (hot, cold). Tez va sekin (fast, slowly).

Vaqt.

Kun va tunni farqlash (day and night). Tug'ilgan kunni bilish (birthday).

Tinglab tushunish.

Oddiy buyruqlarni bajarish. Tovushlarni tanib olish.

Harakat ko'nikmalari. Yugurish (to run).

To'g'ri chiziqdan yurish (to walk a straight line). Sakrash (to jump).

Bir oyoqda 5-10 daqiqa davomida turish. (to stand) To'p tashlash (to throw a ball). Chapak chalish (to clap hands). Oddiy rasm chizish va bo'yash (to draw, to color). Oddiy shakllarni qirqib olish (to cut simple shapes).

Ochiq dars namunasi:

Mavzu: Kiyimlar. Clothes.

Mashg'ulot maqsadi: short, long va put on iborasini o'rgatish, mavzu bo'yicha kiritilgan so'zlarni qo'llash.

O'qituvchi: (10 minutes)

Good morning dear guests and dear children!

Welcome to our English class! Let's introduce our children. Bolalar navbat bilan chiqib o'zini tanishtiradi.

I'm Muhlisa. I'm 6 years old. I like English very well. I'm Muhammadiy. I can sing English songs. I'm Bilolhon. I can count from 1 to 10. My name is Zilola. I can name animals in English. My name is Kamolhon. I know some fruits in English. I'm Alisher. I know colors in English. Bolalar: Dear guests you are welcome.

O'qituvchi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Today we speak about clothes.

I-chi harakat (5 Minutes)

Tarbiychi mashg'ulotni boshida bolalarga:

Good morning, dear guests and my dear children! deb bolalar bilan birga doira shaklida turib boshlaydi. Shuning uchun u: Come, children!

Let's make a circle and go round! Give your hands! deb kassetada "One, two buckle my shoe" ashullasini qo'yadi yoki o'zi o'qituvchi bilan birgalikda doira shaklida aylanib 2-3 marta har xil Ashullani har xil usulda ritmni o'zgartirib ayttirish mumkin:

* Shoshmay, sekin.

* Tez.

* Xonada aylanib yurib, chapak chalib.

Tarbiychi bolalarga qarab: Excelent! Thank you very much, children. Now sit down, deb aytadi.

II-chi harakat (10 minutes)

Bolalar gilam ustiga yarim oy shaklida o'tirib o'qituvchining oldida turgan

qutichalarga qiziqish bilan qaraydi. (qutichaga bolalar kiymlari solib qo'yiladi)

/

Frocks, socks, skirts shoe, hats, sandals, hair clips

aytadi. Bolalar usulda aytadi.

O'qituvchi:

Look, children and say: What is there in the box? deb bolalarga murojaat qilganda qutichani ichiga qarab qo'yadi. Bolalar navbat bilan chiqib qutichadan biror narsani (qiyim) olib uni ingliz tilida aytadi: Shoe. This is a shoe. It's a shoe. It's white. It's beautiful.

Kiyimning egasi o'zinig tuflisini qutichadan olib ko'rsatadi: My shoe

This is my shoe. It's brown. deb takrorlaydi.Tuflisini kiyganda: I put on my shoe.

iborani qo'llaydi. Har bir bola o'z kiyimini ko'rganda uni olib takrorlaydi.

III-chi harakat (5 minutes)

O'qituvchi:

Now, I give you pictures to color. Color them! Is it clear?- deb bolalarga kiyimlarning rangsiz rasmlarini berib chiqadi.

Bolalar rangli qalamlar bilan bo'yaganda o'qituvchi „One, two, buckle my shoe" ashullasini qo'yadi.

O'qituvchi har bir bolaning oldiga borib:

What's this? What color is it? Very good! deb suhbat qiladi.

Tarbiychi mashg'ulot davomida: Very good! Okey! Excelent! deb takrorlab turadi. O'qituvchi rasmlarni yig'ishtirib oladi va devorga osib qo'yadi va:

Our English lesson is over. Good bye!-deb darsni yakunlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'risidagi qonuni" 1997, 29- avgust

2. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash" bo'yicha milliy dasturi" 1997, 29-avgust

3. Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2012.

4. "Maktabgacha tarbiya" oynomasi, 1994/1-2

5. "Maktabgacha ta'lim" oynomasi, 1999/1

6. G.Neuner u.a. Methoden des fremdsprachlichen Deutschunterrichts. 1997

7. Breitung H.u.a. Nürnberger Epfehlungen zum frühen Fremdsprachenlernen. München 1996

8. Teach me English by Judi Mahoney.United States of America, 1993

9. 10 kleine Zappelmänner.Deutsch als Fremdsprache für Vor-und Grundschulkinder. Handbuch

10. Early world of learning. USA

© O.M. TH-raxog^aeBa, H.^. XaMHgoBa, 2015

УДК 372.65

ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ НА РАННЕМ ЭТАПЕ

Ф.М. Тиляходжаева, Н.Ш. Хамидова

Аннотация. В данной статье изложены цели, особенности, возможности преподавания иностранных языков, в частности английского языка, на раннем этапе обучения. Подробно описываются требования для успешного проведения занятий, а также примерная разработка открытого занятия.

Ключевые слова: цели раннего обучения, особенности, процесс обучения языков, методы, устная речь, атмосфера, дидактические принципы.

UDC 372.65

FEATURES OF LEARNING FOREIGN LANGUAGES AT AN EARLY STAGE

F.M. Tillyakhodzhayeva, N.Sh. Khamidova

Abstract. This article outlines the goals, especially the possibility of teaching foreign languages, particularly English language at an early stage of learning. Details the requirements for the success of the training, as well as an exemplary development of an open class.

Keywords: early learning goals, especially the training of languages, techniques, speaking atmosphere, didactic principles.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.