Научная статья на тему 'Maktab yoshgacha bolalarga rus tilini o’qitish metodikasi va dolzarbligi'

Maktab yoshgacha bolalarga rus tilini o’qitish metodikasi va dolzarbligi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1311
107
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
rus tili / jahon tili / globallashuv / so’zlar / texnika / qo’shiqlar / musiqa / o’yinlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Otabek Eshonqulov, Parizoda Alisher Qizi Shodiyeva

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun rus tilini o’qitish metodikasi tasvirlangan. Bundan tashqari hozirgi kunda rus tili xuddi ingliz tili kabi jahon tiliga aylanmoqdaligi, shuning uchun u maktabgacha yoshdan boshlanishi kerak, ya’ni bolalar bog’chasi yoshidan boshlab o’qitilishi kerakligi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktab yoshgacha bolalarga rus tilini o’qitish metodikasi va dolzarbligi»

Maktab yoshgacha bolalarga rus tilini o'qitish metodikasi va

dolzarbligi

Otabek Eshonqulov Parizoda Alisher qizi Shodiyeva Samarqand davlat chet tillari instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun rus tilini o'qitish metodikasi tasvirlangan. Bundan tashqari hozirgi kunda rus tili xuddi ingliz tili kabi jahon tiliga aylanmoqdaligi, shuning uchun u maktabgacha yoshdan boshlanishi kerak, ya'ni bolalar bog'chasi yoshidan boshlab o'qitilishi kerakligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: rus tili, jahon tili, globallashuv, so'zlar, texnika, qo'shiqlar, musiqa, o'yinlar

Methodology and relevance of teaching Russian to preschool

children

Otabek Eshonqulov Parizoda Alisher qizi Shodiyeva Samarkand State Institute of Foreign Languages

Abstract: This article describes the methodology for teaching the Russian language to preschool children. In addition, they say that the Russian language is becoming a world language in the same way as English, so it must be taught from preschool age, that is, from kindergarten age.

Keywords: Russian language, world language, globalization, words, technologies, songs, music, games

Kirish

O'zbekiston ta'lim islohatlarini amalga oshirish bo'yicha butunlay yangicha g'oyalar yondashuvlar, tamoyillar va yo'nalishlarga asoslangan bosqichga qadam qo'ydi. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori ilm dargohlaridan yaratiladi. Aynan shu dargohlarda mamlakat ertangi kuniga zamin yaratiladi. Boshqacha qilib aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi, yosh avlodning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishga bog'liq. Shunday ekan, kelajagimiz yoshlariga beriladigan ta'lim sifatli, mazmunli va qiziqarli bo'lishi kerak. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, har bir ta'lim dargohining o'z o'rni, ahamiyati mavjud, lekin boshlang'ich

bosqich hisoblanmish maktabgacha ta'lim dargohlarining ahamiyati kun sayin ortib bormoqda.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, rus tiliga e'tibor biroz pasaygan davrlar ham bo'ldi. Sababi, uning o'rniga boshqa xorijiy tillar, xususan, ingliz va fransuz tillari kirib kela boshladi. Ammo aholining hanuzgacha salmoqli qismini tashkil qiladigan o'rta yoki katta avlod vakillari orasida rus tilining qadri, ahamiyati balandligicha saqlanib qolgandi. Har qanday til insonni yuksaltiradi deganlaridek, rus tilini o'rganish ham insonga katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Zero hanuzgacha yer yuzi aholisining ancha qismi rus tilida muloqot qilishadi. Rossiya federatsiyasi va Sharqiy Yevropa davlatlarining aksariyat qismi aynan ushbu tilda muloqot qiladilar. Yurtimiz misolida olib qaraydigan bo'lsak ham aholining ma'lum qismi bo'lmish ruslar, tatarlar va shu kabi xalqlar ushbu tilda so'zlashadilar. Shunday ekan ushbu tilni o'rganish, o'rgatish dolzarb masaladir.

Rus tilini maktablar, kollej va litseylar, universitetlarda, shuningdek, maktabgacha ta'lim dargohlarida o'qitish yo'lga qo'yilgan. Rus tili ham ingliz tili kabi ikkinchi tilimizga aylanib bormoqda. Til - ta'limning eng muhim vositasidir, faqat ona tilini yaxshi bilishgina boshqa tillarni jumladan, rus tilini o'rganishga va o'qitishga yordam beradi.

Bugungi kunda ko'plab ota-onalar nafaqat farzandlarining ona tilini saqlab qolishga, balki rus tili va boshqa xorijiy tillarni ham o'zlashtirishga intilmoqda. Jamiyatda rus tiliga bo'lgan talab, shuningdek, ota-onalarning iltimos va takliflari kun sayin ortib bormoqda. Agar ota-onalar farzandlarining rus yoki chet tilini chuqur o'rgatadigan yaxshi maktabda o'qishini xohlasalar bola maktab yoshigacha bu tilni ma'lum darajada bilishi kerak. Shuni ta'kidlash kerakki, bolalar uchun til o'rganish qanchalik erta boshlansa, til ko'nikmalarini o'zlashtirish darajasi shunchalik yuqori bo'ladi.

Rus tilini o'qitishning asosiy shakli darsdir. Sababi yurtimizda ushbu til birinchi tili bo'lgan aholi soni u qadar ko'p emas va hammada ham jonli muloqot or qali ushbu tilni o'rganish imkoniyati mavjud emas. Mashg'ulotlarning asosiy maqsadi bolalarning nutq faolligini uyg'otish va rus tilidagi nutqning to'g'riligiga erishishdir. Bolalarga rus tilini o'rgatish bo'yicha ishlarni rejalashtirishda o'qituvchi guruhdagi, oilalardagi nutq holatini, bolalarning rus tilini tushunish darajasini hisobga olishi kerak. Har bir darsda nutq muammolarini har tomonlama yechish ko'zda tutilgan bo'lib, bunda mavzu va aniq vazifalardan qat'i nazar, tilning fonetik, leksik, grammatik jihatlari ustida ish bir vaqtda olib boriladi, izchil nutq malakalari shakllantiriladi.

Rus tilini o'qitishning asosiy muammosi - bu bolaning yoshi. Ma'lumki, bolalarga rus tilini o'rgatishda ularning yoshi asos qilib olinadi, chunki bola chet tilini so'zlar, qo'shiqlar, musiqa va o'yinlar orqali o'rganadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o'rgatishning asosiy maqsadlari:

- bolalarda chet tilida boshlang'ich muloqot ko'nikmalarini shakllantirish;

- bolalarda chet tillarini keyingi o'rganishga ijobiy munosabatni shakllantirish;

- boshqa mamlakatlar hayoti va madaniyatiga qiziqishni rivojlantirish;

- chet tilining tuzilishiga ko'nikish davrini tashkil etish;

- bolaning tushunishini osonlashtish

Har qanday tilni o'rgatishda bolaning nutqi yodlangan iboralar va so'zlarga asoslanishiga yo'l qo'ymaslik kerak, zero bu narsa bolani cheklab qo'yadi va doimiy takrorlanishga olib keladi. Avval boshidanoq bolalar tomonidan rus tilini o'rganishning asosiy sababi bu muloqot qilish uchun foydalanish g'oyasini o'z ichiga olmog'i lozim. Ushbu jihat bolaga erkinlik taqdim etadi hamda ma'lum bir qolipga tushib qolishdan saqlaydi. O'qituvchilar, ota-onalar va yon atrofdagilar tomonidan aytilgan aytilgan narsalarni tushunish va anglash rus tili o'qitishning dastlabgi davrlarida asosiy maqsad bo'lmog'i lozim.

Maktabgacha yoshda rus tilini o'rgatishda bolalarda muloqot va malaka asoslari asta-sekin shakllanadi, rus tilini o'rgatishning dastlabki bosqichlari quyidagi jihatlarni o'z ichiga oladi:

- o'qituvchidan keyin rus tilidagi so'zlarni fonetik nuqtai nazardan to'g'ri takrorlash qobiliyati;

- rus tili lug'atini mustahkamlash va o'zlashtirish;

- darslarni qiziqarli tashkil etadigan jihatlarga e'tibor qaratish va bolalarning tilni o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish.

O'qituvchilarning metodikasi hamda kasbiy mahorati yuqorida sanab o'tilgan maqsadlarga erishishda katta rol o'ynaydi. O'qituvchi oldiga qo'yilgan vazifa -kommunikativ vazifalardan foydalanish va xilma-xillik orqali bolani qiziqtirish va uni mashg'ulotga jalb qilish, barcha o'quvchilarni qamrab olish uchun hamma imkoniyatlarni ishga solishdir. Misol uchun, so'zlarni o'rgatishda siz birinchi navbatda bolaga biror jismni ko'rsatasiz va uning nomini rus tilida talaffuz qilishga undaysiz, o'quvchilar so'zni talaffuz qiladilar va yangi so'zni qayta talaffuz qiladilar. Og'zaki nutqni rivojlantirishda nafaqat rasmlardan balki istalgan turdagi ko'rgazmali qurollardan foydalaning. Bundan tashqari, rus tili musiqa, she'rlar, tez aytishlar va qofiyadosh so'zlarni yodlatish, talaffuz qildirish ham ancha samarali hisoblanadi. Agar taqdim qilinadigan audio materiallar videokliplar bilan birga taqdim etilsa yanada samaraliroq bo'lar edi, sababi bunda maktabgacha yoshdagi bolalar unda aks ettirilgan muloqot holatini, muloqotga kirishayotgan shaxslarning mimikalari, tana harakatlarini kuzatib yanada jarayonni anglashlari tezroq kechar edi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda xotira yaxshi rivojlana boshlaydi. Psixologlarning ta'kidlashicha bolalar o'zlarini qiziqtirgan narsalarni yaxshi eslash qoladilar va nomlarini tezda yod oladilar. Shunday ekan har bir darsga maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarning qiziqishlaridan kelib chiqib yondashishni talab qiladi.

Ushbu davrda bolalar uchun har bir dars bayramdek bo'lmog'i lozim, ya'ni rus tilida o'qituvchi bilan, ertak qahramonlari bilan muloqot qilish ular uchun sevib kutiladigan jarayonga aylansin. Darsning qiziqarli syujetlari, didaktik o'yinlar, jismoniy tarbiya daqiqalari, turli usullar va o'quv qo'llanmalari darsni qiziqarli tashkil qilishga yordam berish uchun mo'ljallangan.

Qo'shiqlar ham o'z navbatida bolalarga hissiyotlarni beradi, bolalarning so'z boyligini kengaytiradi va to'g'ri intonatsiyaning talaffuzini kuchaytirishga yordam beradi. Shunday qilib, qo'shiqlar bilan bolalar rus tilidan foydalanish imkoniyatlari haqida tushunchalarini kengaytiradilar.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning aksariyati chet tilini o'rganishni xotirjam va ijobiy, ba'zi bolalar esa qiziqish bilan qabul qilishadi. Yangi tilni o'rganishga bo'lgan ishtiyoq bu yoshdagi bolalarda juda muhimdir. Bolalarning ushbu tilga qiziqishi yo'qolmasligi uchun o'qituvchi darsni zavq bilan o'tkazishi, vaqti-vaqti bilan bolalarga yoqqan darslarni takrorlashi kerak.

Rus tilini o'qitishda muvaffaqiyatli natijaga erishish uchun siz turli xil bolalar o'yinlaridan ham foydalanishingiz mumkin.

"Tarjimonlar" Bu to'p o'yini. O'yin bolaning nutqini, so'zlarni yodlashni rivojlantiradi. Bolalar aylanaga yig'ilishadi. O'qituvchi so'zni o'z ona tilida gapiradi (ranglar, uy, hayvon, kiyim-kechak, poyabzal, o'yinchoqlar va boshqalar), bola uni rus tiliga tarjima qiladi.

"Men nima demoqchiman"Ushbu o'yin tasavvurni rivojlantirishga yordam beradi va qo'shimcha ravishda so'z boyligini o'rgatadi. Siz ushbu o'yinni kartalar yoki xonadagi narsalarni taxmin qilish bilan o'ynashingiz mumkin. Misol uchun, agar o'qituvchi guldon haqida o'ylagan bo'lsa, u holda o'qituvchi uni so'z bilan ta'riflashi kerak, shunda bola bu qanday narsa ekanligini tushunishi va taxmin qilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, yosh bolalarga til o'rgatish qiziqarli mashg'ulotdir. Bugungi kunga qadar barcha bog'chalar zarur jihozlar bilan ta'minlangan. O'qituvchi bolalar bilan ishlashda o'z metodikasiga amal qilishi , ularni rus va boshqa chet tillarini o'rganishga qiziqtira olishi kerak. Bolalar qo'shiqlari, she'rlari va boshqa bir qator o'yinlar yordamida o'qituvchi bolalarni yangi xorijiy tillarni o'rganishga jalb qila olishi kerak. Bundan tashqari, chet tilini o'rganish yangi ko'nikma va bilimlarga ega bo'lishga, boshqa mamlakatlar tarixi va madaniyati haqida ko'proq ma'lumot olishga yordam beradi. Har bir ota-ona o'z farzandining chet tilini bilishini va o'zlashtirishini xohlaydi, shuning uchun chet tilini o'rganishni maktabgacha yoshdan boshlab 4-5 yoshdan boshlagan maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Devid A. J., Eggen, P. Kauchak. Ta'lim usullari; Talabalarning o'qishini rag'batlantirish [M] 2002.

2. Feng Vang, Erta yoshdagi bolalar ta'limida tadqiqotga asoslangan ta'lim texnologiyasini qo'llash.

3. E. Yu. Protasova, N.M. Vatan: Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o'rgatish usullari.

4. https://www.maam.ru/detskijsad/obuchenie-vtoromu-ruskomu-jazyku-cherez-igru.html

5. Google qidiruvi: Bolalarni ruscha kidskey.org saytiga qiziqtirish uchun 12 ta maslahat

6. S. M. Gafforova , G. Z. Garafiyev , D.S. Garipova, G. M. Bilalova , R. F. Nigmatullina , Z.F. Badrutdinova : Biz rus tilini o'rganamiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarga rus tilini o'rgatish bo'yicha uslubiy qo'llanma.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.