INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original peper
© Sh.D. Asiljonova1^_
1Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ushbu maqolada bugungi kunda maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar tahlili, olib borilgan tadqiqotlar yo nalishlari, maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari, maktabgacha ta'limda ingliz tilini o'qitish uchun zarur bo'lgan metodlardan o'yin metodi, shuningdek, maktabgacha ta'limda ingliz tili oqitishda qaysi o'yinlardan foydalanish haqidagi fikrlar yoritilgan. Bulardan tashqari, ushbu maqolada maktabga tayyorlov guruhlarida qo'llash mumkin bo'lgan ba'zi o'yinlar yoritib berilgan.
MAQSAD: maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilariga ingliz tili o'qitish metodikasini takomillashtirish mazmuni haqida nazariy ma'lumotlar berish.
MATERIALLAR VA METODLAR: maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tili o'qitishda maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan ishlash, ingliz tili mashg'ulotlarida e'tibor berish lozim bo'lgan jihatlar, mashg'ulotlarda ta'lim jarayonini tashkl etishda o'yin texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, o'yinlardan namunalar keltirib o'tilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga xorijiy tilini o'rgatish muhim ahamiyatga ega masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu yo'nalishda bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan bo'lib, ushbu ilmiy ishlardan namunalar maqolada yoritib berilgan. Shuningdek, ushbu maqola mavzusi yuzasidan ingliz tili yo'nalishi talabalari uchun Xorijiy tillarni ta'limiy o'yinlar orqali o'rgatish metodikasi fanidan, "Methodology of teaching foreign languages with educational games" darsligi chop etilgan. Ushbu darslikda yosh hususiyatlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili o'qitish metodlari yoritilgan hamda bir qancha o'yinlar foydalanish uchun taqdim etilgan.
XULOSA: o'yin texnologiyalari maktabgacha ta'lim muassasalarida samarali usul hisoblanadi. Bolalarning ushbu yoshdagi psixologik, fiziologik hamda emotsional jihatlarini hisobga oladigan bo'lsak, ushbu davrda asosiy faoliyat turi o'yin faoliyatidir, mashg'ulotlarda foydalaniladigan o'yin turlari bolaning yoshi, qiziqishlari va albatta, ta'lim dasturlari asosida tanlanadi. Bolalar uchun eng foydali o'yinlar - ta'limiy o'yinlar, rolli o'yinlar, didaktik o'yinlar hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
o'rgatishda o'yinlardan unumli foydalanish ularning kelgusida ingliz tilida samarali faoliyat olib borishini ta'minlaydi.
Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim tashkilotlari, yosh xususiyatlari, tilni o'zlashtirish, didaktik o'yinlar, talimiy o'yinlar, rolli o'yinlar.
СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ ПЕДАГОТОВ ПОДГОТОВИТЕЛЬНОЙ К ШКОЛЬНОЙ ГРУППЕ_
© Ш.Д. Асилжонова1Н
1 Институт переподготовки и повышения квалификации руководителей и специалистов дошкольных образовательных учреждений, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье проведен анализ научных исследований, проводимых в области дошкольного образования сегодня, направления проводимых исследований, возрастные особенности дошкольников, методы, необходимые для обучения английскому языку в дошкольном образовании, игровой метод, а также освещены мнения о том, какие игры использовать при обучении английскому языку в дошкольном образовании. Кроме того, в данной статье освещены некоторые игры, которые можно использовать в подготовительных группах к школе.
ЦЕЛЬ: предоставить учащимся подготовительной группы к школе теоретическую информацию о содержании совершенствования методики преподавания английского языка.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: работа с учащимися подготовительной группы к обучению английскому языку в дошкольных образовательных учреждениях, аспекты, на которые следует обратить внимание на занятиях по английскому языку, использование игровых технологий в организации учебного процесса на занятиях, а также примеры из игр.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: сегодня обучение иностранному языку детей дошкольного возраста является одним из важнейших вопросов. В этом направлении проведен ряд научных исследований, примеры этих научных работ приведены в статье. Также по теме данной статьи издан учебник «Методика преподавания иностранных языков с помощью развивающих игр» для студентов специальности «Английский язык». В этом учебнике с учетом возрастных особенностей выделены методы обучения английскому языку детей дошкольного возраста и представлен к использованию ряд игр.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: игровые технологии являются эффективным методом в дошкольных образовательных учреждениях. Если принять во внимание психологические, физиологические и эмоциональные аспекты жизни детей в этом
Iqtibos uchun: Asiljonova Sh.D. Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilariga ingliz tili o'qitishning zamonaviy usullari // Inter education & global study. 2024. № 3(1). B. 7888.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №3 (1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
возрасте, то основным видом деятельности в этот период является игровая деятельность, виды игр, используемые в обучении, подбираются исходя из возраста ребенка, интересов и, конечно же, образовательные программы. Наиболее полезными для детей являются развивающие игры, ролевые игры, дидактические игры. Эффективное использование игр при обучении английскому языку детей дошкольного возраста гарантирует, что они смогут эффективно использовать английский язык в будущем.
Ключевые слова: дошкольные образовательные организации, возрастная характеристика, языковое освоение, дидактические игры, развивающие игры, ролевые игры.
Для цитирования: Асилжонова Ш.Д. Современные методы обучения английскому языку педаготов подготовительной к школьной группе. // Inter education & global study. 2024. № 3(1). С. 78-88.
MODERN METHODS OF TEACHING ENGLISH LANGUAGE TO EDUCATORS OF THE SCHOOL PREPARATORY GROUP_
© Shohsanam D. Asiljonova1®
1Institute of Retraining and Advanced Training of Managers and Specialists of Preschool Education Institutions, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: in this article, the analysis of the scientific research conducted in the field of preschool education today, the directions of the conducted research, the age characteristics of preschool children, the methods necessary for teaching English in preschool education, the game method, as well as opinions about which games to use in English language teaching in preschool education are highlighted. In addition, this article highlights some games that can be used in preparatory groups for school.
AIM: to provide students of the preparatory group for school with theoretical information about the content of improving the English language teaching methodology.
Materials and methods: working with the students of the preparatory group for teaching English in preschool educational institutions, aspects that should be paid attention to in English classes, using game technologies in organizing the educational process in classes, as well as examples from games.
DISCUSSION AND RESULTS: today, teaching foreign language to preschool children is one of the most important issues. A number of scientific research works have been carried out in this direction, and examples of these scientific works are highlighted in the article. Also, on the topic of this article, the textbook "Methodology of teaching foreign languages with educational games" has been published for students of the English language major. In this textbook, based on age characteristics, the methods of teaching English to preschool children are highlighted and a number of games are presented for use.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 3(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
CONCLUSION: game technologies are an effective method in preschool educational institutions. If we take into account the psychological, physiological and emotional aspects of children at this age, the main type of activity in this period is game activity, the types of games used in training are selected based on the child's age, interests and, of course, educational programs. The most useful games for children are educational games, role-playing games, didactic games. Effective use of games in teaching English to preschool children ensures that they will be able to use English effectively in the future.In this article, the age characteristics of preschool children, the analysis of scientific researches conducted in the field of preschool education today, the methods necessary for teaching English in preschool education are highlighted.
Key words: preschool education organizations, Age characteristic, language acquisitions, didactic games, educational games, role-playing games.
O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'RQ 595-son Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3261-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 391-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son qarorlari ijrosini ta'minlash yuzasidan yurtimizda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish yuzasidan bir qator ishlar olib borilyapti.
Xususan, dunyoda jadal rivojlanayotgan integratsiya jarayonlari chet tillarini o'rganishga bo'lgan ehtiyojning ortishiga sabab bo'lmoqda. Xususan, maktabgacha ta'lim sohasida ham bu jarayon jadal rivojlanib, maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tili darslari muntazam olib borilmoqda. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ingliz tili darslari olib borilmoqda. Albatta, bu borada ko'plab ilmiy ishlar tayyorlanib, maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tilini o'qitish metodikasi takomillashtirilmoqda.
O'rganilayotgan xorijiy tilni yaxshi bilishga olib keladigan muhim omillardan biri yangi til o'rganishni erta boshlashdir va bu keyinchalik maktabda o'qitiladigan xorijiy til bo'lishi shart emas. Xorijiy tilni erta yoshlardan o'rganish, bir tomondan, insonning fonologik qobiliyatini, boshqa tomondan, kommunikativ qobiliyatini sezilarli darajada kengaytiradi. faqat ona tilida
For citation: Shohsanam D. Asiljonova. (2024) 'Modern methods of teaching english language to educators of the school preparatory group', Inter education & global study, (3(1)), pp. 78-88. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
uzoq vaqt muloqot qilgan kishi xorijiy tilda qanday muloqot qilishni tushunmaydi, muloqotning ba'zi universal jihatlarini yetarli darajada umumlashtira olmaydi: bunday kishi uchun uchun gapirish faqat o'z ona tilida gapirishni anglatadi.
Chet tilini ma'lum bir davrda yetarlicha yaxshi bilmasligining sababi uni o'rganishning kech boshlanishidir, chunki ilgari chet tili odatda maktabning 5-sinfidan boshlab o'rgatilgan.
Bugungi kunga kelib ko'pgina olimlarning fikriga ko'ra, xorijiy til o rgatish ta'limining erta boshlanishi xorijiy tilni ozining ona tili kabi bilishni ta'minlaydi.
Bolalikda o'rganilgan chet tili bolaning til o'rganish qobiliyatini ochib beradi: bola ongida o'zining ona tili va xorijiy til faktlari taqqoslanadi, shunga ko'ra tarbiyalanuvchining tafakkuri ko'p qirrali bo'lib shakllanadi. Bolalar tomonidan o'rganilayotgan tillarning farqlari, tillarning birida kuzatilmaydigan hodisa boshqasida mavjudligi, ularning o rtasidagi o'xshashlik va tafovvutlar o zlashtiriladi. Shuningdek boshqa yangi til o'rganish jarayonida shu mamlakatning turmush va tafakkur madaniyati bilan tanishish orqali bag'rikenglikni organiladi.
Ikki tilda muloqot qilish, o'rganilayotgan tillarda ham savollarga javob berish, suxbatdosh bilan turli mavzularda dialoglar olib borish, kerakli vaqtda kerakli so'zlarni topib ayta olish, lug'at manbaasiga ega bolish va bu so'zlarni qo'llash ko'nikmalarini hosil qiladi. Bu konvertatsiya qobiliyatlari rivojlanishiga sabab bolib, yuqoridagi xorijiy tilni erta o'rganish bola ongini rivojlantiradi degan fikrni asoslaydi.
Xorijiy tilni o'zlashtirish kommunikativ o'yin bo'lib, unda muloqotning eng muhim va qiyin elementlari mashq qilinadi. Xorijiy tilni erta o'rganish bolani yangi sharoitlarda muloqotga kirishishdan qo'rqmaydigan, muloqotining yangi qoidalarini qabul qilishga tayyor va boshqa tilda gapiradigan odamlarga baynalminallik tamoyili asosida munosabatda bo'ladigan qilib tarbiyalashga imkon beradi. Ona tili bilan birgalikda xorijiy tilni o'rganishga zamin yaratadigan oilada o'sgan bolalarda til o'rganishga ishtiyoq va imkonyatlar baland bo'ladi. Til borasida kognitiv rivojlanish yuqorilaydi. Xorijiy tilni bilish - boshqa madaniyatni bilishni ifodalaydi.
Bolalarga ikkinchi tilni o rgatishni erta boshlamaslik, ularda yuqorida sanab o tilgan ko'nikmalarni rivojlanishida oqsashlik yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Har qanday tilda o'z fikrlarini ifoda eta olmaslik - bolani muloqot sifatiga, bayonotlar mazmuniga, lug'at va grammatikani rivojlantirishga mas'ul bo'lgan kattalarning yetarlicha e'tibor bermasligi natijasi bo lishi mumkin. Til rivojlanishidagi eng muhim davr - bu maktabgacha yoshdagi bolalik davridir. Ushbu sohadagi bo'shliqlar insonning butun keyingi hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatish ehtimoli mavjud. Maktabgacha yoshdagi va kichik yoshdagi tarbiyalanuvchilarning rivojlanishi ularning maktab ko'nikmalarini rivojlantirish tezligi bilan emas, balki u qayta foydalana oladigan hayotiy materialning mavjudligi, ya'ni turli xil tajribalar, hislar, sinovlar, qiyinchiliklarni yenga olishi bilan o'lchanadi. Shuningdek, jismoniy, intellektual, badiiy va hunarmandchilik faoliyatining turli usullarida o'zini sinab ko'rishga harakat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, agar bolaning kamida bitta tilda intellektual va lingvistik rivojlanishi yetarlicha yuqori bo'lsa (ikkinchi tilda mavjud, ba'zida kamroq bo lishi mumkin), u holda umumiy til
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
qobiliyatlari darajasi kerakli darajada yuqori saqlanadi; agar har o zining ona tilida aniq muammolar va kamchiliklar mavjud bo'lsa, keyingi tilni o'rta darajada o'rganish mumkin.
Nutqni rivojlantirishning muvaffaqiyatiga ta'sir qiluvchi qiziqarli omil bu ma'lum bir tilda (birinchi ona tilida) yaxshi rivojlangan nutqning bir nechta variantlarining kombinatsiyasilashuvidir. Masalan, ma'lum bir bolaning buvisi bir shevada gapirsa, bobo boshqa shevada gaplashsa, bolaning ota-onasi esa adabiy tilda gapirib, tilning boshqa shevalarini muloqot jarayoniga aralashtirmasa ,ta'til vaqtlarida bola buvi va bobosi shevada gapiradigan qishloqda bo'lib, o'qish vaqtlarida adabiy muhit nutqda hukmronlik qiladigan shaharda yashasa, ushbu holatda bolada muloqotning turli variantlari orasidagi farqlarni solishtira olishi tufayli lingvistik instinkt va turli til hodisalarini taqqoslash qobiliyati paydo bo'ladi.
Shu o'rinda bir savol tug iladi. Bolaga ikkinchi tilni qachon o rgatish maqsadga muvofiq bo'ladi? Rasmiy ravishda, turli mamlakatlarda maktab ta'limida ikkinchi til turli yoshda kiritiladi. Masalan, Evropada eng qadimgi odamlar ikkinchi tilni Lyuksemburgda va Norvegiyada 6 yoshdan boshlab o'rganishni boshlaydilar. Finlyandiya va Shvetsiyada maktab turiga qarab 7-9 va 7-10 yoshlardan, Belgiyada esa 8-12 yoshdan boshlab ikkinchi til o'rgatishga kirishilgan. Xorijiy tillar Italiya, Avstriya, Lixtenshteyn va Ispaniya maktablarida 8 yoshdan, Gretsiyada 9 yoshdan, Daniya, Germaniya, Gollandiya, Portugaliyada 10 yoshdan boshlab joriy etiladi. Fransiya, Buyuk Britaniya va Islandiyada esa bu l1 yoshdan boshlab joriy etilgan.
Ikkinchi tilni o'zlashtirishning muhim davri 8-11 yosh deb hisoblanadi, ushbu yoshlardan keyin chet tilining fonetik tizimini yaxshi o'zlashtirish ehtimoli kamayadi, shuningdek chet el madaniyatini idrok etishda tezkorlik pasayadi. Tadqiqotlarda berigan ma'lumotlar asosida aytish mumkinki, 15 yoshgacha ikkinchi tilni yaxshi darajada o'zlashtirish mumkin. Agar inson balog'at yoshi davrida boshqa til muhitida yashasa, u ham ma'lum darajada boshqalar bilan muloqotda o'z-o'zidan ikkinchi tilni oson va yengil o'zlashtiradi. Biroq bu jarayonda u tilning asosiy jarayonlari, grammatikasi, tuzilishi kabilarga katta e'tibor qaratadi.
So'nggi yillarda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida chet tilini o'rgatish juda ommalashgan bo'lib, bunday bolalar bog'chalari soni kundan kuni ko'payib bormoqda. Ushbu o'rinda aytib o'tishimiz joizki ikkinchi til-xorijiy tilni maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o'quv rejasiga kiritish O'zbekistonda ham keng joriy etilgan va bugungi kunda mamlakatimizdagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida ikkinchi til- xorijiy til o'rgatilmoqda.
Aynan ushbu jarayonlar blalar va kattalarning ikkinchi tilni o'zlashtirishida mavjud bo'lgan tafovvutlar yuzaga keladi. Bunda kattalar til o'zlashtirishda qobiliyatsizligidan hijolat tortishi, avvaldan bor bo'lgan bilimlar tizimi va yangi o'rganilayotgan bilimlar o'rtasidagi nomutanosibliklar sababli tilda erkin gaplashish muammolari tug'ilsa, yosh davrlarda bunday muammolar kam uchraysi, buning sababi sifatida xato va kamchiliklarga e'tibor bermaslik, ikkinchi tilni qiziqish yoki rag'bat sifatida o'rganilishidir.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Odatda, ikkinchi tilni o'rgangan kattalar tegishli idiomalarda emas (bu tilni bilishning yuqori darajasining ko'rsatkichi), balki muzlatilgan formulalarda gapiradi. Garchi kattalar yangi o'rganilayotgan tilni tezroq va kengroq o'zlashtirib, tilni o'rganish jarayonini tartibga sola olsalar ham, ular kamdan-kam hollarda tilni tabiiy darajada o'zlashtira oladilar. Bundan tashqari, kattalardagi tilni o'zlashtirish tezligi asta-sekin sekinlashadi, bolalarda esa bu jarayon oshib boradi.
Ikkinchi tilning o'zlashtirilishining barcha bosqichlarida uning xususiyatlari kattalar va bolalarda o'xshashdir (agrammatiklik, morfemalar va so'zlarni ulash usullari, talaffuz xatolari va texnikasi). Bolalar kattalarnikiga qaraganda tezroq o'rgangan ma'lumotlarini unutishadi, biroq erta o'rganishgan bilimlar to'liq tarzda unitilmasligiga oid dalillar mavjuddir. iz qoldirmasdan yo'qolmasligi haqida dalillar mavjud.
Sh.B.Raximova o'z tadqiqotlarida maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalarining ingliz tilini o'zlashtirish sifatini boshqarish masalalarini yoritgan holda, maktabgacha yo'nalish talabalariga ingliz tilini o'qitishda talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish, shuningdek, maktabgacha ta'lim yo'nalishlari bitiruvchilariga qo'shimcha kvalifikatsiya berishga qaratilgan variativ o'quv me'yoriy hujjatlar loyixalari ishlab chiqilgan. Ushbu ilmiy ishda ko'zda tutilgan g'oyalardan biri shundan iborat ediki, Sh. Raximova tomonidan maktabgacha ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga ikkinchi kvalifikatsiya sifatida maktabgacha ta'limda ingliz tili o'qituvchisi mutaxasisligini berishning variativ dasturi ishlab chiqish taklifi berilgan [3].
G.Sh. Tajibayev tomonidan yozilgan "Boshlang'ich sinf o'quvchilariga chet til o'qitishda kommunikativ yondashuv" nomli dissertatsiyada boshlang'ich sinflarda olib boriladigan xorijiy tillar (ingliz tili) ni o'rganish va o'rgatish ilmiy (didaktik, pedagogik, metodologik hamda psixolingvistik) asoslari takomillashtirilgan. Shuningdek, ushbu ilmiy ishda tillararo interferensiyaning oldini olishga mo'ljallangan mashq va til materialini o'zlashtirishga ko'maklashish modeli asosida kommunikatsiya va interaksiya usullari, ingliz tilini A1 darajada kommunikativ yondashuv asosida o'qitish metodikasi lingvistikaning "mutanosiblik" va "tillararo" nazariyalari hamda psixologiyaning " kognitiv konstruktivizm" va "ijtimoiy konstruktivizm" nazariyalari takomillashtirilgan, ingliz-o'zbek tillarida nutq rivojlanishi filo va ontogenez bo'yicha o'xshash xuxusiyatlari aniqlashtirilgan[4].
B.X. Isaqulova didaktik o'yinlar vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatish metodikasini takomillashtirish bo'yicha o'z nazariyalarini ilgari surgan, uning fikriga ko'ra so'nggi paytlarda maktabgacha ta'limda o'yin 6-7 yoshli bolalar uchun tabiiy o'rganish shakli bo'lib, bolalar hayotiy tajribasining bir qismi hisoblanadi. Muallif o'yinlar o'ynash orqali bilim berganda tarbiyachi bolalarning kelajakdagi manfaatlarini hisobga olgan holda, hozirgi kundagilarni qondiradi deb hisoblaydi. Ushbu ilmiy ishda muallif tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tili mashg'ulotlarida foydalaniladigan didaktik o'yinlar klassifikatsiyasining mualliflik tasnifi, fonetik, leksik va grammatik o'yinlarga lingvistik jihatdan yo'naltirish va idientiv uyg'unlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatishning
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
pedagogik shart - sharoitlari didaktik o yinni o'tkazish metodikasi orqali samaradorlikni ta'minlashga asoslangan ingliz tili dasturiga ustuvorlik berish va tayyorgarlik, o yinni o'tkazish hamda o'yin natijalarini nazorat qilish bosqichlarini uyg'unlashtirish asosida takomillashtirilgan [5].
Akbarova Shahnoza Hikmatullayevnaning "Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili leksikasini o rgatish metodikasi" nomli ilmiy ishi o'rganilganda maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili leksikasini o rgatishda bir qancha yangi metodlar yoritilganligini kuzattish. Ushbu ishda muallif tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarning chet tilini oson o zlashtirishida imprinting, senzitiv, motivatsion va immitatsion xususiyatlari psixolingvistik yondashuv bo'yicha isbotlanganligini, umumiy muhim kompetensiyalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili leksik zaxirasiga tayangan holda, mavzuviylik, vizuallik va ko'p ishlatilishi bo'yicha tanlangan ingliz tili faol leksik minimum taklif etilgan, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili faol va nofaol leksikasini o rgatishning metodik ta'minoti she'r, qo shiq va ertaklar vositasida hamda harakatli, didaktik,rolli, imitatsion o'yin texnologiyasi integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi olimlarining fikr-mulohazalari o'rganilganda, ularda maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatish bo'yicha juda ko'p yangi uslub va ko'rsatmalar mavjudligiga guvoh bo'lindi. O.V Koryakovtseva maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatish metodikasi ustida tadqiqot olib boradi. U o'z ishlarida erta yoshlarda bolalarga xorijiy tilni o'rgatishning psixo-pedagogik va lingvo-didaktik shartlarini aniqlagan, shuning bilan birga, 2-3 yoshli bolalarga ingliz tilini o'rgatish bo'yicha empirik sinovdan o'tkazilgan metodikani ishlab chiqqanligini ko'rishmiz mumkin. E'tiborli jihati shundan iboratki, O.V. Koryakovtseva xorijiy tillarni o'rgatish yuzasidan juda kichik yosh doirasida o'z tadqiqotlarini olib brogan [6].
L.K. Lichiporenko tomonidan olib borilgan tadqiqotlar esa maktabgacha ta'limda tashkilotlaridagi katta guruh tarbiyalanuvchilariga ingliz tilini o'rgatish yuzasidan olib borilgan bo'lib, tadqiqotlarda katta guruh tarbiyalanuvchilariga ingliz tili o'rgatishning pedagogik qo'llab quvvatlash tamoyillari ochib berilgan. Shuningdek muallifning ishlarida, ingliz tilini o'qitish hissiy va qadriyatlarga asoslangan munosabatlar to'plami sifatida tushunilgan hamda ushbu qarashlar asosida ingliz tili o'rgatish pedagogik tamoyillari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan.
A.V. Belorukova tomonidan bajarilgan ishlar o'rganilganda, muallif tomonidan maktabgacha yoshdagi katta guruh bolalarini chet tildagi matnlarni tushunish va takrorlab o'rganish borasida ilmiy faoliyat olib borilganligi kuzatildi. Muallif tomonidan ma ktabgacha yoshdagi bolalar xorijiy tildagi matnlarni, ayniqsa, audio matn ko'rinishidagi matnlarni tushunishda qiyinchiliklarga uchrayotganligi aniqlangan hamda ushbu muammoga yechim bo'luvchi metodlar taklif qilingan. Ilmiy ishning amaliy ahamiyati sifatida maktabgacha yoshdagi katta guruh bolalari tomonidan chet tilidagi audio matnini tushunish va ongli ravishda takrorlashni rivojlantirish usuli ishlab chiqilgan.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Yuqoridagi barcha ilmiy ishlar o'rganilganda, maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tilini o'qitishda o'yin texnologiyasi hamda interfaol usullardan foydalanish samarali yondashuv ekanligi ma'lum bo'ldi. Shularni inobatga olgan holda, maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tili darslarini o'tkazishda foydalanishning en samarali usullari ishlab chiqildi.
6-7 yoshli bolalarning yosh xususiyatlari: idrokning keskinligi, aniqligi, tasavvurining jonliligi, xotirasining mustahkamligi, tafakkurining ravshanligi boshqa yoshdagi bolalardan qiziquvchanligi va ishonchliligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta'limiga tayyorlanayotgan bolada e'tibor nisbatan uzoq muddatli va shartli ravishda barqaror hisoblanadi. 6-7 yoshli bolaning so'z boyligi o'z fikrini ayta oladigan darajada oshadi. 6-7 yoshli normal rivojlanayotgan bola o'z ona tilida 2000-6000 taga yaqin so'z ishlatadi. Boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, fe'l, sifat, son va bog'lovchilardan iborat. Bu yoshdagi bolalar nutqida qaysi so'zlarni qo'llash va qaysi so'zlarni ishlatmaslik kerakligini ajrata oladi. 6-7 yoshli bola murakkab grammatik tizimda gaplar tuza oladi. Bola nutqni intensiv ravishda egallaydi va nutqni o'zlashtirish muayyan faoliyatga aylanadi.
Aksariyat bolalar chet tilini o'rganishning boshlanishini xotirjam va qiziqish bilan qabul qiladilar, ba'zilari esa bo'lajak kursga ishtiyoq bilan qarashadi (ayniqsa, katta yoshda, ota-onalar chet tillarini bilish inson hayotida qanchalik muhimligini allaqachon tushuntirishga muvaffaq bo'lishgan), ozchilik sinfda nima bo'layotganini va ulardan nima talab qilinishini umuman tushunmaydi. Qiziqish paydo bo'lishi va yo'qolmasligi uchun o'qituvchi doimo qo'llaniladigan texnikaning yangiligi haqida g'amxo'rlik qilishi, vaqti-vaqti bilan sevimlilarini takrorlashi, mashg'ulotlarni bir vaqtning o'zida zavq bilan, jiddiy va qiziqarli o'tkazishi kerak. Siz quruq va g'amgin bo'lolmaysiz, materialni oddiy yodlashni talab qilasiz. Seans barcha ishtirokchilar uchun mazmunli tajribaga aylanishi uchun biror narsa qilish kerak. Barcha bolalar barcha turdagi o'yinlardan bir xil zavq olishmaydi, shuning uchun ular guruh tomonidan barcha materiallarni maksimal darajada o'zlashtirishga erishish uchun aylantirilishi kerak.
Ba'zi o'yinlar maqsadli til mamlakatlarida juda keng tarqalgan. Masalan, ingliz tilini o'rgatish uchun foydalanadigan ba'zi o'yinlarda ular bilan bog'liq iboralar qo'llaniladi:
"Simon says" - asosiy o'yinchi "Simon says Close your eyes" - "Simon ko'zlaringizni yuming" dedi kabi buyruqni bersa qolgan bolalar ushbu buyruqni bajarishlari, agar "Close your eyes" buyrug'I o'zi berilsa qatnashuvchilar ushbu buyruqni bajarmasligi lozim. Agar qatnashuvchilar ko'rsatkichlarga rioya qilmasa yutkazadi vao'yindan chiqadi. Ushbu o'yindagi "Simon says" iborasi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
"Snakes and ladders" - ushbu "narvonlar va ilonlar" o'yini maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan o'ynaladigan oddiy, oson o'yinhisoblanib, mahsus tuzilgan ko'rgazmali o'yin tarzida o'ynaladi va bu o'yin nafaqat ingliz tilini produktiv o'rgatishga shuningdek, bolalarni jismoniy faollashtirishga ham xizmat qiladi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Bolalar bog'chasi o'quvchilariga ingliz tilini o'rgatish uchun o'yin texnologiyasidan foydalanish juda qulay usul hisoblanadi. Sababi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning asosiy faoliyati o'yin faoliyatidir. Ular o'yin faoliyatini bajarish orqali o'z diqqatlarini nazorat qila oladilar.
Shunday ekan, bu davrda tarbiyalanuvchilar bilan o'yinlar orqali mashg'ulotlar o'tkazish kutilgan natijani beradi. Quyida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun darslarda foydalanish uchun mo'ljallangan malum bir o'yin turlarini ko'rishingiz mumkin.
Kamalakda nechta rang bor? "Kamalakda nechta rang bor?" ushbu o yinli mashg'ulot uchun bolalarga kamalak tasviri tushirilgan ishchi qog'oz kerak bo'ladi. Kamalakning tasmalari bo'yalmagan tarzda beriladi va bolalarga ingliz tilida kamalak ranglari aytilib ketma ketlikda raqamlab ko'rsatiladi. Bolajonlar ushbu ranglar ketma ketligidan foydalangan holda qo'llaridagi bosh kamalak tasvirini bo'yaydilar. Chiroyli tasvir paydo bo'lgach bolalar ranglarni mustaqil raqamlab aytishi lozim bo'ladi: l.red, 2. orange, 3. yellow, 4. green, 5. blue, 6. indigo and 7. purple. Ushbu mashg'ulot mayda motorika ko'nikmalari rivojlanishiga, ranglarni eslab qolish barobarida xotira va diqqat oshishiga, shuning bilan birga 1-10 gacha raqamlarni hisoblashni o'rganishga yordam berib, katta hamda maktabga tayyorlov guruh bolalari uchun mos keladi [12].
Alifboni quramiz! Nomi bilan e tiborimizi tortuvchi "Alifboni quramiz" o yini uchun bizga alifbo harflari aks etgan A4 formatda ko'rgazmali qurollar zarur bo'ladi. Bolalar ushbu qiziqarli ko'rgazmalardan alifboning A-Z gacha bo'lgan katta harflarni kuzatib, o'rganadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar va bolalar bog'chalari uchun mo'ljallangan ushbu ish varag'i tarbiyalanuvchilarga juda katta foyda beradi, chunki ular erta savodxonlik ko'nikmalarini, jumladan alifboni o'qish va harflarni yozishni o'rganishda poydevor yaratadilar [11].
"Hayvon nomlari" Ingliz tilini o'rganish uchun eng yaxshi o'yinlardan biri, "Hayvon nomlari" bolalarga hayvonlarning nomlari va ularning yozilishini o'rganishga yordam beradi. Bolalar tegishli hayvonningrsasmini tanlab oladi va ma'lum belgilangan vaqt tugashidan oldin harflarni kerakli joyga keltirib, hayvonlarning nomini yozishlari kerak [11].
Ushbu o'yinni bola bilandoim o'ynash mumkin va bunda nafaqat hayvonlardan balki bolalarga qiziqarli bo'lgan boshqa mavzuga oid so'zlardan foydalanib ham o'ynash mumkin bo'ladi. Ushbu o'yin ham bolaga o'qish va yozishni o'tganishda katta yordam berib, diqqat va xotirani shakllantirishga yordam beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, o'yin texnologiyalari maktabgacha ta'lim muassasalarida samarali usul hisoblanadi. Bolalarning ushbu yoshdagi psixologik, fiziologik hamda emotsional jihatlarini hisobga oladigan bo'lsak, ushbu davrda asosiy faoliyat turi o'yin faoliyatidir, mashg'ulotlarda foydalaniladigan o'yin turlari bolaning yoshi, qiziqishlari va albatta, ta'lim dasturlari asosida tanlanadi. Bolalar uchun eng foydali o'yinlar - ta'limiy o'yinlar, rolli o'yinlar, didaktik o'yinlar hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatishda o'yinlardan unumli foydalanish ularning kelgusida ingliz tilida samarali faoliyat olib borishini ta'minlaydi. Bu ularning bugungi kundagi o'yin faoliyatiga bo'lgan
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
talabini ham qondirishga xizmat qiladi. Aynan shuning uchun bolalarga xorijiy tilni
o'rgatishda muntazam ravishda turli o'yinlarni otkazib borish lozimdir.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" 802-son qarori.
2. O'zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (2-nashr), 2022-yil
3. Sh.B. Raximova, "Maktagacha ta'lim yo'nalishi talabalarining ingliz tilini o'zlashtirish sifatini boshqarish", avtoreferat, Toshkent- 2023
4. Tajibayev Gayratjon Shovdorovich tomonidan yozilgan "Boshlang'ich sinf o'quvchilariga chet til o'qitishda kommunikativ yondashuv", dissertatsiya, T.: 2019
5. Isaqulova Baxtigul Xo'jamovna "Didaktik o'yinlar vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatish metodikasini takomillashtirish", avtoreferat. Toshkent-2023
6. O.V Koryakovtseva "Metodika obucheniya angliyskomu yaziku detey preddoshkolnogo vozrasta", avtoreferat, Moskva-2010
7. Shohsanam Doniyorovna Asiljonova (2023). METHODOLOGIES FOR TEACHING ENGLISH IN EARLY CHILDHOOD EDUCATION. Academic research in educational sciences, 4 (5), 632-639.
8. Shohsanam, A. (2024). PRODUCTIVE ACTIVATION OF THE SCHOOL PREPARATION GROUP'S STUDENTS THROUGH GAMES IN ENGLISH. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(2), 161-165.
9. S Asiljonova. Methodological advancements in the English instruction of preschoolers, - Maktabgacha va maktab ta'limi jurnali, 2023
10. Anjela Alimardon Qizi Kuganova, & Shohsanam Doniyorovna Asiljonova (2022). FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA TARJIMA. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2 (3), 72-77.
11. https://www.education.com/worksheet/article/trace-write-missing letters
12. https://www.education.com/worksheet/article/count-and-color-activity-2
13. https://www.education.com/worksheet/article/missing-numbers-1-100
MUALLIF HAQIDA MA LUMOT [ИНФОРМАЦИА ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Asiljonova Shohsanam Doniyor qizi, PhD,doktorant [Асилжонова Шохсанам, PhD
докторант], [Asiljonova Shohsanam, PhD, doctorate student]; Manzil: Toshkent viloyati,
Yu.Chirchiq, Sultonravot, Paxtakor 8;[ адрес: Ташкентская область, Ю.Чирчик,
Султанравот, Пахтакор 8]; [address: Tashkent region, Yu.Chirchik, Sultanravot, Pakhtakor
8]; ORCID:https://orcid.org/0009-0006-5080-4228, shohsanamasiljonova [email protected]