Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA INGLIZ TILINI O’RGANISHNI DIDAKTIK LOYIHALASHTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA INGLIZ TILINI O’RGANISHNI DIDAKTIK LOYIHALASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1040
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
chet tili / malaka / sifat / texnologiya / psixoanalistika / audio yozuv / pedagogik mahorat / ta’lim sifati. / foreign language / qualification / quality / technology / psychoanalysis / audio recording / pedagogical skills / quality of education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Z. Eshonqulova, S. Saimova

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining ingliz tili faoliyatiga qiziqishlarini uyg’otish va rivojlantirish maqsadida qo’llanuvchi didaktik o’yinlar materiallari mazmun va tarbiyalanuvchilardagi ingliz tilida gapira olish qobilyatlarini rivojlantirish ahamiyati haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIDACTIC DESIGN OF TEACHING ENGLISH IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

This article talks about the content of didactic game materials used to awaken and develop the interest of preschoolers in English-speaking activities, as well as the importance of developing students' English speaking skills.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA INGLIZ TILINI O’RGANISHNI DIDAKTIK LOYIHALASHTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA INGLIZ TILINI O'RGANISHNI

DIDAKTIK LOYIHALASHTIRISH Eshonqulova Zebo Rashidovna

Guliston davlat universiteti akademik litseyi psixologi Saimova Sevara Xikmatillayevna

Guliston davlat universiteti akademik litseyi psixologi https://doi.org/10.5281/zenodo.7400504

Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarining ingliz tili faoliyatiga qiziqishlarini uyg'otish va rivojlantirish maqsadida qo'llanuvchi didaktik o'yinlar materiallari mazmun va tarbiyalanuvchilardagi ingliz tilida gapira olish qobilyatlarini rivojlantirish ahamiyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: chet tili, malaka, sifat, texnologiya, psixoanalistika, audio yozuv, pedagogikmahorat, ta'lim sifati.

ДИДАКТИЧЕСКОЕ ПРОЕКТИРОВАНИЕ ОБУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация. В данной статье говорится о содержании дидактических игровых материалов, используемых для пробуждения и развития интереса дошкольников к англоязычной деятельности, а также о важности развития у учащихся навыков говорения на английском языке.

Ключевые слова: иностранный язык, квалификация, качество, технология, психоанализ, аудиозапись, педагогическое мастерство, качество образования.

DIDACTIC DESIGN OF TEACHING ENGLISH IN PRESCHOOL EDUCATIONAL

ORGANIZATIONS

Abstract. This article talks about the content of didactic game materials used to awaken and develop the interest of preschoolers in English-speaking activities, as well as the importance of developing students' English speaking skills.

Keywords: foreign language, qualification, quality, technology, psychoanalysis, audio recording, pedagogical skills, quality of education.

Hozirgi kunda ingiliz tilini maktabgacha ta'lim tashkilotlarda bolalarga o'yin orqali o'rgatishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, xalqimizda "Til bilgan el biladi" deb bejiz aytilmagan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridanoq bolalarga xorijiy tillarni o'rgatish va maktab ta'limiga tayyorlab borish masalasi muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga ingliz tilini o'rgatishida dars jarayonini didaktik loyixalashtirish dolzarb msala bo'lib unga ilg'or va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurdir.

Didaktika kechiktirmay o'rganishi zarur bo'lgan muommolrdan biri, ta'limni samarador loyixalash masalasi. Loyixalash o'quv materiallarini o'rganish va mustaxkamlash, takrorlash va amaliyotga tadbiq qilish umumiylashtirish va nazorat qilish jarayonlari bilan qanchalik uzviy bog'liq bo'lsa, ta'lim jarayonining samaradorligi shuncha oshadi. Shuning uchun ham, ta'lim jarayonining yo'nalishlarini emas, balki uning ta'lim qirrasini samarador loyixalashga ehtiyojmand yo'nalishlardan biri samarali didaktik o'yinlar to'plami tayyorlashdir. Mazkur murakkab vazifani bajarishda ingiliz tili darsini bolalarga didaktik o'yinlar vositasida tashkillashtirish asosiy omil hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bolalarda o'yin orqali diqqat xotira va idrokni qiyinchiliklarsiz shakllantirish mumkin. Chunki bola o'yin jarayonida o'zini erkin his etadi. O'yin o'ynayotgan paytidagi malumotlarni ham bajonidil qabul qiladi. Yani o'yin faoliyati orqali beriladigan malumotlar bolalar xotirasidan muommolarsiz o'rin oladi. Bu o'rinda pedagogik, texnologik va fiziologik omillarga tayangan holda ingiliz tilini o'rganish samaralar garovidir. Maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilari o'yinlar jarayonida ingiliz tilini o'rganar ekan, albatta malumotlarning ko'rgazmalilik tamoillariga amal qilish maqsadga muvofiq. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xorijiy til bilishi jarayonlari ijtimoiy tasirlar asosida shakllanadi. Ularning diqqati, xotirasi, aqliy faoliyati va muloqatga kirishishi, ko'p hollarda ashqi munosabatlar va o'yin faoliyatining tasirchanligiga bog'liq ekanligi olimlar tomonidan taqiqlanadi. Bolaning ona tilini egallash prosseslari ustida kuzatishlar olib borar ekan, bolalar o'yin jarayonida o'z faoliyatlarini mantiqiy xranologik izchillikda bayon qilishi, harakatlarini sharxlash ehtiyojini his qilishlarining guvohi bo'ldi. Bu kuzatishlar faoliyat hamda harakatlarni sharxlash ehtiyojini his qilishining guvohi bo'ldi. Bu kuzatishlar faoliyat hamda harakatlarni shu tarzda bayon qilish va sharhlash tilini o'rgatish zaminida yotadi. Shuning uchun ham ularni chet tillarni o'qitishga asos qilib olish kerak degan xulosaga olib keladi. Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bog'cha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan manashu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari, nutqi rivojlanadi, xorijiy tilni tez o'rganish xususiyatlari takomillashadi, hamda shaxsiy individual xususiyatlari insoniy fazilatlari tarkib topa boshlaydi. Shuningdek, ona tilini va xorijiy tilni parallel ravishda o'zlashtirgan bolalarda idrok etish, taxmin qilish, tushunish, qiyoslash kabi ko'nikma, malakalar hosil bo'ladi. Ta lim - tarbiya ta siri bilan birga bolalar psixik xususiyatlarining taraqqiyotiga ularning faol faoliyati rolini ham hisobga olish zarurdir. Chunki bola tarbiyaning passiv obektigina bo'lib qolmasdan, balki o'z faoliyatlari biln o'ziga yani o'zining psixik taraqqiyotiga faol tasir qilib turadigan mavjudotdir.

Tarbiya bolaning faol faoliyatlarini har doim to'g'ri tashkil qilib, yo'lga solib tursa undagi mavjud sifatlar faoliyatining har xil turlarida o'yin, mehnat, o'qish namayon bo'lib mustahkamlana boradi. Bola psixikasi o'yin, o'qish, o'rganish, mehnat va turli ijtimoiy faoliyat jarayonlarida taraqqiy qiladi. Faoliyatning bu turlari bolaning o'sishi va yosh xususiyatlariga mos ravishda o'zgarib, biri ikkinchisi bilan almashib turadi. Masalan: bog'chagacha va maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o'yindir. Chunki o'yin bola tabiatining asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Bola o'yin orqali atrofdagi hayotni va kishilar o'rtasidagi turli munosabatlarni o'rgana boshlaydi. Bundan tashqari bu yoshda bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati aqliy rivojlanishning dastlabki poydevor qo'yiladi. Bola bu yoshda moddiy borliq g'zalliklarini his etish, go'zallik hamda afosatdan zavqlana olish, milliy urf - odatlarni o'ziga singdirish orqali hamda rioya qilish ko'nikmalarini ham shakllantira boshlaydi. Vaholanki, bu yoshda bola yetarli so'z boyligiga ega bo'lib, unga xorjiy o'rganishga imkoniyat bo'ladi. Bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularning makonda joylashishini bilish bilan birga, ularni taqqoslay oladi. Bu yoshda normal rivojlanayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladi. Bola rasmlarda atrofdagi narsalarning kichiklashtirib tasvirlanganligi anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda estetik badiy didni rivojlantiradi. Bu jarayon bolalar bilan o'yin sifatida tashkillashtirish maqsadga muvofiqdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Shuning uchun ham o'yinlar umuminsoniy madaniyatning qimmatli manbasi va uni yuksaltirish vositasi hisoblanadi. Hech qanday faoliyat shaklida inson o'zining ruhiy fiziologik va aqliy imkoniyatlarini o'yin jarayonidagi kabi yorqin tarzda namoyon eta olmaydi. Shuning uchun ham o'yinlar bolaning hayotiy mavqeylarini o'zlashtiruvchi pedagogik xodisa hisoblanadi. O'yinlar bola hayotining ajralmas qismi hisoblanar ekan, ulardan maqsadli foydalanish o'z samarasini bermay qolmaydi. Didaktek o'yinlarning o'z tabiatiga ko'ra " Ijtimoiy ahamiyat kasb etishini takidlagan holda o'yinlarda ijtimoiy munosabatlar arefmitikasi" deya ta'rif berildi va ularning pedagogik mohiyatini batafsil ochib berishta muvoffiq bo'ldi. Chunki o'yin o'z mohiyatiga ko'ra bolaning ko'z ungida jamiyatdan ijtimoiy vaziyatlar va kattalar hayotini yaqqol gavdalantirishg xizmat qiladi. O'yinlar muayyan faoliyat shakli bo'lib, bolaning ruhiy holatlari va bilish ko'nikmalari rivojlanish shakli hayotning muayyan bosqichida vujudga keladi. Bolalarning muloqatga chorlashning asosiy, o'ziga xos shakli sifatida alohida pedagogik ahamiyatga ega.

Xulosa: Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish joizki, har bir maktabgacha ta'lim muasasasi hozirgi innovatsion rivojlanish davrida muassasada tarbiyalanuvchi bolalarni chet tilini o'rgatishga chuqurroq e'tibor qaratib ularga ta'lim beruvchi tarbiyachilarni pedagogik mahorat va ta'lim berish uchun metodik asoslari mahorat darslari orqali o'rgatishni tashkil etish lozim. Respublikasida maktabgacha talim jarayonida xorijiy tillardan og zaki nutqini o'stirishning zamonaviy metodikalariga berilgan katta ahamiyat, hamda ularni o'rganish uchun zarur bo'lgan zamonaviy o'qitish usullarini kengroq joriy qilish lozim.

REFERENCES

1. V.I.Loginova, P.G.Samorukovalar taxriri ostida «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi».«O'qituvchi»T.,1991y.

2. «Uchinchi mingyillikning bolasi» T..,Ma'rifat-madadkor.2002. 3.T.S.Komarova. 3.

3. Metodika obucheniya izobrazitelnoy deyatelnosti i konstruirovani Y.M..,«Prosvesheniye» 1991.

4. Bolangiz maktabga tayyorga tayyormi». T.., Ma'rifat-madadkor.2002.

5. Саидов А. СОЕЛОМ ВА БАРКАМОЛ ШАХСНИ ТАРБИЯЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК МАСАЛАЛАРИ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2021. - Т. 1. - №. Special issue. - С. 262-266.

6. Саидов А., Джураев Р. Воспитание гармоничного поколения-роль спорта в формировании здорового образа жизни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 203-208.

7. Saidov A. Historical roots of formation of healthy lifestyle culture psychology in the family //International Journal of Pharmaceutical Research. - 2020. - Т. 12. - №. 4. - С. 628-630.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.