Научная статья на тему 'OILA VA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA TILLARNI OʻRGATISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

OILA VA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA TILLARNI OʻRGATISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
158
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Xirijiy til / bola psixologiyasi / ingliz tili / til o’rganish / ota-ona xatti-harakati / o’yin / faoliyat / tushuncha

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Toshqo’Ziyeva Madinabonu Burhonjon Qizi

Bog’cha va maktab yoshidagi bolalarning eng asosiy va sevimli mashg’uloti bu o’yin hisoblanadi. Aynan shu tufayli ham bolalar atrof-muhitni ham o’yin orqali kashf etadilar. Agar bolalarga xorijiy tillarni ham o’yinga aylantirib, hamohanglikda o’rgatilinsa, bu til ko’nikmalarini o’zlashtirishni bir necha barobarga oshiradi. O’yin bolaga nafaqat jismoniy faolligini oshirish balki ruhiyatini ko’tarishga ham yaqindan yordam beradi. Shuning uchun ham ota-onalar va tarbiyachi-murabbiylar bolalarni o’qitishda qiziqarli o’yinlardan foydalanishlari kerak. Ushbu maqolada chet tillarini, xususan ingliz tilini yosh bolalarga o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILA VA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA TILLARNI OʻRGATISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

OILA VA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA TILLARNI O'RGATISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Toshqo'ziyeva Madinabonu Burhonjon qizi

Farg'ona davlat universiteti talabasi madinabonutoshqo27@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7995379

Annotatsiya. Bog'cha va maktab yoshidagi bolalarning eng asosiy va sevimli mashg'uloti bu o'yin hisoblanadi. Aynan shu tufayli ham bolalar atrof-muhitni ham o'yin orqali kashf etadilar. Agar bolalarga xorijiy tillarni ham o'yinga aylantirib, hamohanglikda o'rgatilinsa, bu til ko'nikmalarini o'zlashtirishni bir necha barobarga oshiradi. O'yin bolaga nafaqat jismoniy faolligini oshirish balki ruhiyatini ko'tarishga ham yaqindan yordam beradi. Shuning uchun ham ota-onalar va tarbiyachi-murabbiylar bolalarni o'qitishda qiziqarli o'yinlardan foydalanishlari kerak. Ushbu maqolada chet tillarini, xususan ingliz tilini yosh bolalarga o'rgatishning o'ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritilingan.

Kalit so'zlar: Xirijiy til, bola psixologiyasi, ingliz tili, til o'rganish, ota-ona xatti-harakati, o'yin, faoliyat, tushuncha

Dunyo globalashuv jarayoni insonlardan o'z ona tilidan tashqari yana bir necha xorijiy tillarni o'rganishni taqozo qilmoqda. Hozirgi tadqiqotlar ushbu jarayonni erta yoshda boshlash samariliroq bo'lishini ko'rsatadi. Bizning yurtimizda ham ushbu masalaga qat'iy e'tibor qaratilgan, xorijiy tillarni o'qitishda xususan ingliz tilini o'qitishda dunyoning yetakchi tashkilot va universitetlar hamkorligida yangicha yondashuv asosida dasturlar ishlab chiqilmoqda. Oxirgi 3 yilda bu jarayon maktabgacha ta'limda ayniqsa o'z rivojini topmoqda [1].

Aynan o'yin orqali bolalar ta'lim oladilar va o'z iqtidorlarini shakllantiradilar. Bu ning uchun sezgi organlari faollashtiruvchi muhitni hosil qilish kerak. Bunga esa vizual, eshitish, kinestetik kabi faol ta'lim turlaridan foydalanilsa, kutilayotgan natijaga erishish mumkin. Ta'limiy o'yinlar masalan: musiqiy asbobni chalish, kuylash, raqsga tushish, she'r yod olish, o'yin o'ynash, video tomosha qilish, qo'l mehnati yordamida har xil narsalar yashashni o'z ichiga oladi.

Dunyo olimlarining fikricha: bolalarning xorijiy tilni oson o'rganish davri 10 yoshgacha bo'lgan davr ekan. Bu davrda bola tilni tushunib emas, mexanik tarzda o'zlashtiriladi. Shuning uchun ham ham bolalarda xorijiy til talaffuzi va qo'llanilishi osson o'zlashtiriladi. Inson miyasini o'rganilish bo'yicha olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida, chaqaloq tug'ilishidan uch yoshigacha bo'lgan davr bola rivojlanishning eng muhim davri ekanligi isbotlangan. [2]

Shu bilan birga uch yoshli bolaning miyyasi katta yoshdagi odam miya faoliyatidan ikki karra tezroq va yaxshiroq ishlashi aniqlangan. Ingliz mutaxasislarining fikricha bolaga birinchi yildayoq ikkinchi tilni tanishtirib boorish uning kelajakda shu tilni osson va tez o'zlashtirib olishini ta'kidlashgan.

Har bir bola alohida shaxs, induvid hisoblanadi. Tabiiyki ulardagi rivojlanish bosqichlari ham turlicha. Psixologlarning fikricha Bolani erta gapirishga majbur qilish, uni boshqa bolalar bilan taqqoslash ko'p holarda o'zini oqlamaydi, ya'ni bu xatti-harakatlardan so'ng bola o'z ustida ishlashni emas, tushkunlikka tushish va undan yaxshi bolalar borligini tan olishga beriladi.

Har qanday bola alohida shaxs individ hisoblanadi, tabiiyki ulardagi rivojlanish bosqichlari ham bir biridan farq qiladi. Psixologlarning fikricha bolani erta yoshdan gapirishga

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

majbur qilish yoki uni tengdoshlariga qiyoslab rivojlantirishga harakat qilish ko'p hollarda aks ta'sirini beradi va yaxshi bo'lmagan natijalarga olib keladi. Bog'cha va kichik maktab yoshidagi bolalarga chet tilini o'rgatishda psixologo-pedagogik xususiyatlarni, ya'ni ularning qiziquvchanliklarini va serhafsalaliklarini inobatga olish lozim. Shuningdek, bolalar uzoq muddat davomida o'z diqqatlarini bir turdagi faoliyatga qarata olmasliklarini yodda tutish zarur[3].

Barcha ota-onalar ham o'z farzandlarini kelajakda yetuk inson bo'lishini istashadi va buning uchun bolaning psixologik va fiziologik tayyorgaarligini hisobga olmay unga turli fanlardan topshiriqlar berishga, til o'rgatishga yoki sport mashg'ulotlariga jalb qilishadi. Bola bu topshiriqlarni bajara olmasa unga tanbeh berish, tengdoshlari bilan solishtirish bilan unga turtki bermoqchi bo'lishadi. Ammo yuqoridagi har ikki xolatda ham bolaning o'rganishga atrofdagi narsalarga qiziqishini keskin pasaytirib yuboradi. Bolalarning bu kabi holatlarga tushmasligiga, ota-ona va tarbiyachilarning o'rni katta.

Bolaning erkin fikrlashga o'rgatish, undagi qiziquvchanlikni va atrofni o'rganishga bo'lgan rag'batni kuchaytirish, bolaning tasavvurini boyitish, ijodkorligini yuzaga chiqarishni eng oson va maqbul yo'li bu o'yindir. Bolalar o'ynashganda ular o'z g'oyalarini amaliyotga tatbiq qiladilar, farazlarni sinovdan o'tkazadilar, zaruriy ko'nikmalarni egallaydilar, o'z tasavvurlaridan foydalanishadi va o'zlarining dunyolarini kashf etishadi.

Bolalar tabiatan juda qiziquvchan bo'lishadi va atrof-muhitni o'rganish uchun barcha his-tuyg'ularidan foydalanishadi. O'yin bolalar uchun eng asosiy va sevimli mashg'ulot bo'lganligi uchun, ularga hayot va undagi hamma zarur tushunchalar o'yinlar orqali tushuntirilib borilsa, ularning o'zlashtirish samaradorliklari bir necha barobarga ko'tariladi.

Turli xil qiziqarli o'yinlar bolalarga nafaqat jismonan faol bo'lishlari balki ruhiy tetiklik shakllanihini ham oshiradi. O'yin bolani o'ziga bo'lgan ishonchini oshirishga, atrofdagilar bilan ijtimoiy munoabatni shaklllantirishga yaqindan yordam beradi. Shuning uchun ham ota-onalar va tarbiyachi-murabbiylar ko'proq o'yin orqali o'rganishni targ'ib qilishlari kerak. Aynan o'yin orqali bolalar o'z qiziqih va iqtidorlarini kashf etadilar.

Yosh bolalar boshqa tilni ya'ni ikkinchi tilni o'zlarining xatti -harakatlari va xis-tuyg'ulari orqali tushunishadi. Bolalarga ingliz tilini o'rganishga va muloqot qilishlariga rag'batlantiruvchi holatlarni tashkil etish, ularni o'yinlarga jalb etish muhim omil hisoblanadi. Maqsad bolalarga ingliz tilini o'rgatish bo'lsada, ularni o'yinlarga jalb etish va bu jarayonga bolalar beixtiyor kirishib ketishi juda muhim. Shu bilan birga bolalar ingliz tilini o'z ona tili kabi o'zlashtirishi ham e'tiborga molik.

Har qanday vaziyat va faoliyatlar zamirida ingliz tilini o'rgatish yotganligi tufa yli, ushbu faoliyatlar ravon va tushunarli tarzda inlgiz tilida olib borilishi maqsadga muvofiq. Ona tilidagi muloqotni qisqartirish va asosiy urg'uni ingliz tiliga berish kerak. Albatta murabbiyning harakati, imo ishorasi va ingliz tilida ravon nutqi va gaprish ohangi bilan bolani o'ziga jalb qila olishi til o'rgatishdagi eng birinchi va asosiy muvaffaqiyatlardan hisoblanadi. Xususan, til o'rgatuvchi murabbiylarning "Playing with blocks or legos" (bloklar yoki lego vositalari bilan o'ynash), "Dressing" (turli ertak qahramonlari kiyimlarini kiyish), "Animals and their sounds" (hayvonot olami va ularning tovushlari bilan tanishish), "Crafts" (qo'l mehnati yordamida turli narsalar yasash), Sing a song (qo'shiq kuylash) [8.1] kabi ta'limiy faoliyat turlaridan foydalanishi yosh bolalarda til o'rganish ko'nikmalarini shaklantirishdagi maqbul usullardan hisoblanadi[4].

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

"Playing with blocks or legos" Bolalarga ingliz tilida shakllar, ranglar va raqamlar haqida tushuncha berish maqsad qilinganda aynan bloklar, kubiklar hamda lego o'yini orqali amalga oshirilganda o'zlashtirish natijasi yaxshiroq bo'lishi amaliyotda o'z isbotini topgan. Bloklar, kubiklar va lego o'yinchoqlarini o'ynash bolani fikrlashga undaydi va biror ish qilishda uning ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqaradi, shu bilan birga bu o'yinlar vositasida bolaning ingliz tilida lug'at boyligini oshirish imkoniyati ham paydo bo'ladi. O'yinlarda so'z boyligini ingliz tilida savol berish hamda asosiy tushunchalarni ko'rsatma orqali yetkazish bilan amalga oshirilad i. Bola bu o'yin orqali sanashni va tartiblashni o'rganadi: How many blocks are there? ( u yerda nechta kubik bor? ) Shall we put the blue ones here? ( bu yerga ko'k kubikni qo'yamizmi? ) Narsalar joylashuvini predloglar orqali o'rganadilar: in(ichida), on(ustida), under(ostida), below(pastda), behind(orqasida), next to(yonida). O'lchov birliklari haqida tushuncha ega bo'ladilar: big(katta), small(kichik), long(uzun), short(qisqa). Quyidagi so'zlar yordamida bola yasayotgan narsalarga ko'rsatma beriladi: Find the the red block, please!(qizil kubikni toping!), Pull the blue one, please!(ko'k kubikni torting!), push them!(ularni suring!), Build the house, please!(uy quring!) make the car, pleaser! (mashina yasang!). Bola yasayotgan narsa va shakllarga ta'rif beriladi: square(kvadrat), rectangle(to'g'ri to'rtburchak), tower(minora), house(uy), castle(saroy), garden(bog').

"Dressing" ta'limiy faoliyat turi orqali bolalarga dunyo xalqlarning ertak qahramonlarini tanishtirish mumkin. Ertak qahramonlarining obrazlarini bolalarga tanishtirilayotganda ularning kiyimlarini kiydirish va rol ijro etish ingliz tilida olib boriladi va bu faoliyat yordamida bolaning ingliz tili so'z boyligi ortadi va bola tasavvuri, dunyoqarashi kengayadi. Ushbu ta'limiy faoliyat orqali bolalar, inson tana a'zolariga hamda kiyim kechakka oid bo'lgan so'zlarni o'rganadilar va amaliyotda qo'llash imkoniga ega bo'ladilar. Inson tana a'zolari: head(bosh), arms(qo'llar), hands(qo'llar), foot (feet)(oyoqlar), legs(oyoqlar), eyes(ko'zlar)... Kiyimlar: dress(qizlar ko'ylagi), shirt(og'il bolalar ko'ylagi), t-shirt(futbolka), shoes(poyafzal), slippers(shippaklar), cap(kepka), belt(kamar), gloves(qo'lqoplar) ... Buyruq ham tana a'zolariga urg'u bergan xolda beriladi: put your arms through here (qo'lingizni shu yerga kiriting), tie this around your waist/wrist (belingizga taqing), put these on your feet (bularni oyog'ingizga kiying) — first your right foot (avval o'ng oyog'ingizdan boshlang), then your left foot (so'ng chap oyog'ingizga), put this over your head (boshingizga kiying)[5].

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillatirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3261-son qarori;

2. https://www.cde.ca.gov/sp/cd/re/caqdevelopment.asp. Ages and Stages of Development

3. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang'ich maktab o'quvchilariga chet tilini o'rgatishda o'yinlar. Baxramova M. D. Tuzuvchi: Baxramova M. D., — T.2016.

4. https://www.britishcouncil.org/voices-magazine/how-young-children-learn-english-through-play internet resurs

5. Молодой ученый O'zbekiston №26 (316) iyun 2020-yil to'plam

6. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

7. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

778^И

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

8. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.

9. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

10. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

11. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.

12. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

13. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

14. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

15. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

16. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

17. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.

18. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.

19. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно-творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.

20. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.