Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILINI O’RGATISHNING SAMARALI USULLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILINI O’RGATISHNING SAMARALI USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xorijiy til / pedagog / samaradorlik / bolalar / usullar / qiziqarli o’yinlar / didaktik materiallar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nilufarxon Xusnidin Qizi Xasanboeva, Zilola Tursunboy Qizi Rozikova

Kichik yoshadagi bolalarga chet tilini o’rgatish pedagogdan o’ziga yarasha mas’uliyat va mahoratni talab qiladi. Bugungi kunda maktabgacha yoshda bo’lgan bolalarga chet tilini o’rgatish mobaynida turli xildagi samarali usullardan foydalana bilish asosiy masalaga aylangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILINI O’RGATISHNING SAMARALI USULLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILINI O'RGATISHNING SAMARALI USULLARI

Nilufarxon Xusnidin qizi Xasanboeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Turizm fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishi 2-bosqich talabasi Email: nilufarxonxasanboeva@gmail .com Ilmiy rahbar: Zilola Tursunboy qizi Rozikova Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi E-mail: rozikova1625@gmail.com

ANNOTATSIYA:

Kichik yoshadagi bolalarga chet tilini o'rgatish pedagogdan o'ziga yarasha mas'uliyat va mahoratni talab qiladi. Bugungi kunda maktabgacha yoshda bo'lgan bolalarga chet tilini o'rgatish mobaynida turli xildagi samarali usullardan foydalana bilish asosiy masalaga aylangan.

Kalit so'zlar: xorijiy til, pedagog, samaradorlik, bolalar, usullar, qiziqarli o'yinlar, didaktik materiallar.

ABSTRACT:

Teaching a foreign language to children requires appropriate responsibility and skill from the teacher. Today the ability using various effective methods during teaching a foreign language to preschoolers has become the main issue.

Keywords: foreign language, pedagogue, efficiency, children, methods, interesting games, didactic materials.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori 1-ilovaga ko'ra "O'zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"ni yanada rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlaridan biri maktabgacha ta'limni rivojlantirish - ta'lim jarayoniga zamona-viy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) keng joriy etish va buning uchun amalga oshirilishi kerak bo'lgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan [1].

Bugungi kunda chet tillarini bilish kasbiy ta'limning ajralmas qismlardan biriga aylanib bormoqda. Bu ham maktabgacha ta'lim jarayonini e'tibordan chetda qoldirmadi. Yoshlar tarbiyasida chet tillarini o'rgatishning ahamiyati sezilarli dara-

April 23-24, 2024

286

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

jada oshdi. Hozirgi kunda maktabgacha ta'limga qaratilayotgan e'tibor davlatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy rivojlanishini anglatadi. Yoshlarimizning zamonaviy va har tomonlama yetuk kadrlar bo'lib voyaga yetishi uchun barcha sharoit yaratil-gan. Shuningdek, biz yorug' kelajagimizni qurish uchun samarali va sifatli bilimga ega bo'lishimiz zarur. Bu erda biz chet tillarini o'rganish va o'rgatishni kuchaytirishimiz, malaka almashish dasturlari orqali chet tillarini o'rgatishimiz va ko'plab usullarni qo'llashimiz kerak.

Tadqiqotlarning amaliyoti yurtimizda olib borilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasalarini joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. O'quv jarayonidagi ta'lim dasturlari va texnologiyalari bolalarning ax-loqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun zarur hisoblanadi [2].

Yoshlarimiz ta'lim va tarbiyasining birinchi bosqichi maktabgacha ta'limdir. Bolalarni ongli va bilimli qilib tarbiyalashda maktabgacha ta'lim muassasalari muhim o'rin tutadi. Yosh avlodga ta'lim berishda kattalardan farqli ravishda zamonaviy usullardan foydalanish zarur. Bolalar o'rtasidagi musobaqalar juda muhim. Chunki bolalarda sog'lom raqobatni yoshligidan shakllantirish kerak. Bolalarning tilga qiziqishi shu yo'l bilan ham ortishi mumkin. Xitoyliklarning fikricha, barcha inson manfaatlari raqobat orqali keladi. Buni shu yo'l orqali atrof-muhitni o'rganishga, raqobat orqali raqiblarini bilishga o'rganadigan bolalar timsolida ko'rishimiz mumkin. Bolalar, berilgan vaziyatni tushunish va o'yinlarda g'alaba qozonish orqali osonroq o'rganadilar. Bu orqali o'rgangan ma'lumotlarini mustahkamlaydilar. Bir tomondan, tilda ifodalangan mazmun bolalar hayoti, boshqa tomondanesa bolalar bilan olib boriladigan muloqot kundalik hayotimiz bilan bog'liq bo'lishi kerak. Biz tak-lif qilayotgan tadbirlar yoki vazifalar qiziqarli va muhim bo'lishi kerak. Har bir bolani chet tilini o'rganish jarayonida harakat qilishga undash zarur hisoblanadi. Bolalar tezda o'rganadilar, lekin tezda unutishadi. Shuning uchun nutqni bir necha marta tak-rorlash, bir mavzu bo'yicha o'yinlar yoki tarqatma materiallar orqali darslar tashkil qilish bolalarni o'rganayotgan narsalarini eslab qolishiga yordam beradi. Takrorlash chet tilini o'rgatishning ajralmas qismi bo'ishi kerak. Bolalarga chet tilini muvaffa-qiyatli o'rgatish o'qituvchidan turli xildagi usullardan foydalanishni talab qiladi. Yana bir misol, bolalarga ingliz tilini o'rgatishda "listening", ya'ni eshittirishlar qilish va bu bolaga qanday ta'sir qilishini kuzatish kerak. Agar bu eshittirishlar ularga tushunarsiz bo'lsa, unda osonroqlarini tanlay bilish kerak. Masalan, turli xildagi qo'shiqlar bolalarni ham raqsga tushib, ham kuylashiga yordam beradi.

April 23-24, 2024

287

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdavMpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, yarim soatdan ko'proq vaqt davomida bolalarning e'tiborini jalb qilish mumkin emas. 20 daqiqa yoki yarim soat o'tgach, bola avtomatik ravishda chalg'iydi. Shuning uchun bolalarni o'yin orqali o'qitish usuli ham juda sa-marali. Misol uchun, agar bolalarga rasmlar berilsa va inglizcha nomlarini topsa, qiziqarli bo'ladi. Buning uchun bizga hayvonlarning rasmlari bo'lgan kartalar yoki varaqlar kerak. O'qituvchi hayvonlarning nomlarini aytishga yordam beradi. Aksari-yat bolalarda ko'rgan narsalarini eslab qolish qobiliyati yaxshi rivojlanganligi sababli, bu usul juda samarali bo'lishi mumkin.

Kattalardan asosiy farqi shundaki, bolalar ingliz tilini o'qimaydilar, o'rganadilar, o'ynaydilar. Ya'ni, ular o'qitiladi albatta, lekin ular bunday deb o'yla-maydilar. Bu yoshda ularni biror narsani o'rganishga majburlash befoyda - bolalarda beixtiyor yodlash ustunlik qiladi, ya'ni ijobiy his-tuyg'ular zarur. Va agar o'yinlarda bo'lmasa, ularni qayerdan olish kerak? [3]. Yosh bolalarga chet tilini samarali o'rgat-ishning yana bir usuli - bu rolli o'yin. O'qituvchi ba'zi ma'lumotlarni, masalan, hayvonlar yoki qushlarning nomlarini o'rgatishda bolalarga rol o'ynatishi yoki uni sahnalashtirishi kerak. Masalan: bir o'quvchi itning vovillashini, mushukning miyovlashini va sherning na'rasini ko'rsatsa, boshqa o'quvchi bu tovushlar qaysi hayvonga tegishli ekanligini bilib, uning inglizcha nomini aytishi kerak [4].

Yana bir samarali usul bolalarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ular o'ynaydigan narsalardan foydalanib o'rgatishdir. Ma'lumki, ota-onalar farzandlar uchun zarur bo'lgan birinchi raqamli insonlardir. Shuning uchun ular birinchi navbat-da ularning ta'lim olishi uchun javobgardirlar. Biror narsaga qiziqish uyg'otish, ma'lum bir yo'nalishga boshlash katta ahamiyatga ega. Bola hamma narsadan ko'ra o'z o'yinchog'i yoki kitobiga qiziqadi deylik va bola yangi so'z yoki atamani o'rga-nayotganda, unga yoqadigan narsa o'sha sevimli o'yinchoq orqali o'rgatilsa, bu so'z ham o'inchoqqa qo'shilib sevimli va yoddan chiqmas so'zga aylanadi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, bolalar hayotda qilayotgan ishlari va o'yinlari asosida ularning kundalik hayotiga qiziqishadi. Demak, yo'nalishni kundalik ishlarga bog'lab o'rgatish pedagogning mas'uliyatiga, qiziqtirish esa mahoratga bog'liq. Bolalarda til o'rganishga qiziqish uyg'ota olish o'qituvchidan yuksak malaka va mahorat talab qiladi. Bundan tashqari, kichik yoshdagi o'quvchilarning qiziqish va qobiliyati-ni hisobga olgan holda tashkil etilgan darslar bolalarning ko'proq bilim olishiga, o'qituvchilarning samarali ishlashiga yordam beradi.

REFERENCES

288

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdavMpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Я

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son qarori.

2. M. Berdiyeva, S. Bo'ranova Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda nutqni rivojlantirish Bolalarning mustaqil fikrlash ko'nikmalarini o'quv usullari orqali samarali shakllantirish.

3. Rozikova, Z. T. (2022). KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILI O'QITISH METODLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(12), 200-206.

4. Rozikova, Z. (2023, December). METHODOLOGY OF USING LANGUAGE LEARNING APPLICATIONS IN KINDERGARTEN. In Fergana state university conference (pp. 131-131).

5. Rozikova, Z. (2023). ANALYSIS OF LANGUAGE LEARNING APPLICATIONS. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 4(6), 237-242.

6. Rozikova, Z. (2023). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA XORIJIY TILNI O'QITISH VA DARSDA TIL O'RGANISH ILOVALARIDAN FOYDALANISH. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5)

289

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.