Научная статья на тему 'CHET TILINI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA O’RGATISHNING AHAMIYATI VA USULLARI.'

CHET TILINI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA O’RGATISHNING AHAMIYATI VA USULLARI. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
86
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
imkoniyati cheklangan / interaktiv / didaktik / o’yin turlari / tajriba qilish / didaktik o’yin turlari / kinestetik / demotivatsiya / vizual o’rganuvchi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Durdona Azizova Avazbek Qizi

Bu maqolada chet tillarini, (asosan ingliz tilini) imkoniyati cheklangan bolalarga o’rgatishning sabablari va ahamiyati haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, aynan qanday metodikalar qo’llanishi va ularning beradgan natijalari haqida ham fikr yuritiladi. Avvalo, nega aynan imkoniyati cheklangan bolalarga biz til o’rgatishimiz kerak degan savolga javob berishimiz kerak. Hozirgi innovatsion zamonda, nogironligi bo'lgan o'quvchilar maktablarda zo'ravonlik va cheklovlarning sezilarli darajada oshgan ko'rsatkichlariga duch kelishmoqda. Bunig natijasida jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatda siqib chiqarishga intilishlarni ko’rish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILINI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA O’RGATISHNING AHAMIYATI VA USULLARI.»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

CHET TILINI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA O'RGATISHNING

AHAMIYATI VA USULLARI. Durdona Azizova Avazbek qizi

Nordik Xalqaro Universiteti Xorijiy tillar kafedrasi, Katta o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.10157191

Annotatsiya. Bu maqolada chet tillarini, (asosan ingliz tilini) imkoniyati cheklangan bolalarga o'rgatishning sabablari va ahamiyati haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, aynan qanday metodikalar qo'llanishi va ularning beradgan natijalari haqida ham fikr yuritiladi. Avvalo, nega aynan imkoniyati cheklangan bolalarga biz til o'rgatishimiz kerak degan savolga javob berishimiz kerak. Hozirgi innovatsion zamonda, nogironligi bo'lgan o'quvchilar maktablarda zo'ravonlik va cheklovlarning sezilarli darajada oshgan ko'rsatkichlariga duch kelishmoqda. Bunig natijasida jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatda siqib chiqarishga intilishlarni ko'rish mumkin.

Kalit so'zlari: imkoniyati cheklangan, interaktiv, didaktik, o'yin turlari, tajriba qilish, didaktik o'yin turlari, kinestetik, demotivatsiya, vizual o'rganuvchi.

Аннотатция. В данной статье представлена информация о причинах и важности обучения иностранным языкам (в основном английскому) детей с ограниченными возможностями. Также обсуждаются какие методы используются и их результаты. Прежде всего, нам необходимо ответить на вопрос, почему мы должны учить языку детей с ограниченными возможностями. В сегодняшнюю эпоху инноваций учащиеся с ограниченными возможностями сталкиваются со значительно возросшим уровнем издевательств и ограничений в школах. В результате этого можно увидеть усилия по подавлению детей с ограниченными возможностями в обществе.

Ключевые слова: инвалид, интерактив, дидактика, виды игр, экспериментирование, виды дидактических игр, кинестетик, демотивация, визуал.

Abstract. This article provides information about the reasons and importance of teaching foreign languages (mainly English) to children with disabilities. What methods are used and their results are also discussed. First of all, we need to answer the question of why we should teach language to children with disabilities. In today's era of innovation, students with disabilities face significantly increased levels of bullying and restrictions in schools. As a result of this, efforts can be seen to suppress children with disabilities in society.

Keywords: disabled children, interactive, didactics, types of games, experimentation, types of didactic games, kinesthetic, demotivation, visual.

Kirish. Ma'lumki shu kungacha til o'rgatish va uning samarali usullari haqida juda ko'p tadqiqiqotlar olib borilgan va ko'pchiligi samarali yakunlangan. Hozirgacha keltirilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra, tilni turli metodiklarda o'rgatilishi nafaqat aqlan va jismonan sog'lom bolalarda, balki imkoniyati cheklangan bolalarda ham yaxshi samara berishiga umid qilamiz. Shuningdek, A.F. Osborni ng 1939- yilda fanga olib kirgan va sinagan didiaktik o'yin turlari haqida ham ma'lumotlar keltiriladi. Avvalo, didaktika (1) iborasiga ta'rif beramiz.

Didaktika bu-qadimgi_yunoncha: didaktikos — „o'rgatuvchi", „ta'lim

beruvchi") — pedagogikaning tarmog'i. Ta'lim nazariyasi bilan shug'ullanadi. „Didaktika" atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda o'qitish va ta'lim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qo'llanila boshlagan O'rganish natijasida didaktik yo'llarda tilni o'rgatish samarali

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

usul ekanligi xulosalandi. Didaktik o'yin (2) - ta'lim beruvchi usul bo'lib, bu usul muayyan ta'limiy

maqsadlarga erishishga yani o'tilgan o'quv materiallarini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo'ladi. Har bir didaktik o'yinni o'tkazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi. Masalan, chet tilini o'rgatishda didaktik o'yinlardan, rasmni farqlang yoki rasmdagi narsa-hodisalarning nomlarini chet tilida ayting kabi Didaktik o'yinlar esa bolalarning aqliy qobilyatini ishlatishga qartatilgan aralash turdagi o'yinlar hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar va maktab yoshidagi bolalarga aqlni ishlatib, harakatlar bilan ta'lim berish asosan AQSHda 60- yillarning boshida keng tarqaldi. Boshqa g'rab davlatlarida ham asta sekinlik bilan aql bilan ishlash yoki aqlni aralash o'yinlarda ishlatish keng qo'llanilgan. Masalan, didaktik o'yinlarning aqliy hujum usulini birinchi marta 1939- yilda A.F. Osborn qo'llagan (3). Bu usulni g'oyalar to'plami (banki) deb ham nomlagan. U quyidagi turdagi didaktik o'yin turlarini fanga olib kirgan. -muommoli vaziyat yaratish;

-g'oyalarni shakllantirish ularning eng samaralisini tekshirish va baholash. Asosiy qism. Imkoniyati cheklangan bolalarning hammasida aslida yangiliklarni o'rganishga va izlanishga imkoniyatlari turlicha holatda bo'ladi. Sababi ularning imkoniyatlari turli tarafdan cheklangan bo'ladi. Masalan, kimdirda eshitish, kimdirda gapirish yoki harakat taraflama cheklangan bo'lishimumkin. Ahamiyatli bo'lish kerakki, imkoniyati cheklangan bolalar deb, ularga bilim berish salohiyatini kamaytirmaslik yokida umuman tashlab qo'ymaslik kerak. Albatta, imkoniyati cheklangan bolalar alohida o'qitish va o'rganish metodlariga, alohida muhit va individual yondashishga muhtoj bo'lishadi.

Bunday mahsus bolalarni o'qitishda turli ko'zgazma materiallari, didaktik o'yinlart va interaktiv mashg'ulotlar qo'llansa, ularda ilm o'rganishga bo'lgan qiziqish ham ortadi va yaxshi natijalarni ham ko'rsatishadi. Demak, maxsus bolalarni o'qitishda biiz quyidagilarga e'tiborli bo'lishimiz kerak:

- muqobil dastur mavjudligi;

-dasturni ta'minlovchi maqsad va ma'lum natija ko'zda tutilganligi; -darsni rejalari va ko'rgazma matreallari shakllantirilganligi; -kerakli texnologiyalar bilan ta'minlanganligi;

- muqobil sharoit va muhit yaratilganligi;

-pedagog o'qituvchi birligiga maxsus terapevtlar biriktirilganligi.

Nogiron bolalarning o'ziga xos ehtiyojlarini qondiradigan qo'llab-quvvatlovchi va inklyuziv ta'lim muhiti bilan ta'minlash juda muhimdir. Bu jismoniy muhitga o'zgartirishlar, o'quv dasturlarini moslashtirish va ixtisoslashgan o'qituvchilar, terapevtlar yoki yordamchi xodimlarning qo'shimcha yordamini o'z ichiga olishi mumkin.

Nogiron bolalar tegishli qo'llab-quvvatlash, turar joy va inklyuziv ta'lim imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlansa, o'z ta'lim yo'lida katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkinligini tan olish muhimdir. Nogironlarning jamiyatga qo'shilishi va qabul qilinishi ularning o'rganish qobiliyati va umumiy farovonligini oshirish uchun juda muhimdir.

Aynan til o'rgatish bo'yicha ingliz tilini misol qilib oladgan bo'lsak, ingliz tilini o'rgatish - juda interaktiv bo'lishi kerak. Shuninhgdek, bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, qo'shiq aytishga, o'ynashga, rasm chizishiga, raqsga tushushiga yoki berilgan ma'lumotni qanday yetqizilayotganiga e'tibor berish kerak. Ammo, ko'p imkoniyati cheklangan bolalarda diqqatni

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

jamlash va harakatlarni muqobil tarzda qaytarish qiyin kechadi. Bunday holatda, pedagog psixologik jihatdan ham bilimlari borligi qo'l keladi. Sababi maxsus bolalarni ma'lum bosim yoki yoki stress bilan ushlab o'tish faqat zararga ishlaydi. Tilni o'rgatayotgan o'qituvchi, turli xil qattiq qoidalarda, va bolalarning qilgan xatolarini doimo to'g'rilashdan qochishlari kerak. Sababi maxsus boalalarda oddiy bolalarga qaraganda xatoliklar qilish tez- tez uchraydi va bu ularni demotivatsiya bo'lishlariga olib kelishi mumkin.

Imkoniyati cheklangan bolalarda, o'zining holatidan kelib chiqqan holda, leksik yoki grammatik birliklarni tinglab tushunish, rasmlar va o'qib berish orqali tilga qiziqtirish va o'rgatish hozirgi zamonaviy metodikalarni ichiga kiradi. Imkoniyati cheklangan bolalarning aksariyati "Kinestetik''va "Vizual" (4) turdagi o'rganuvchi bolalarga kirishadi. Sababi, shu turdagi bolalarda rasmlar, raqamlar, ushlab tegib ko'rish va ko'rsatilgan harakatlar orqali tez o'rganishadi.

Tahlil va natijalari. Imkoniyati cheklangan bolalarni til, ingliz tilini qay darajada o'rganib ketishlari borasida judda ko'p tadqiqotlar va izlanishlar o'tkazilgan. Ulardan biri "Adam Muller Guttenbrunn" Arad o'rta maktabi bilan 2014-yil may oyida o'tqiziladi (5) va uning natijasi hammani hayratda qoldiradi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, maxsus ta'limga muhjot bolalarda muhitning ahamiyatliligi, dasturning tuzib chqilganligi va maxsus iqtidorli yoki tayyorlangan pedagoglarning kerakligi yaqqol ko'zga tashlanadi.

Xulosa. Keltirilgan misollar va metodikalardan shuni xulosa qilosh mumkinki, imkoniyati cheklangan bo'lishiga qaramasdan, bolalar chet tillarini o'rgana olishadi. Faqatgina bunda yuqorida keltirilgan talablar birgalikda qo'llanishi va maxsus iqtisoslashtirilgan ustozlarni jalb qilinish kerakligi e'tiborga olinishi kerak. Ayniqsa, ingliz tili o'qituvchisi har bir dars uchun beriladgan ma'lumotlarni ko'rgazlamalar va kerakli o'quv qo'llanmalar bilan boyitsagina, yaxshi natijalar ko'rsatilishi mumkin.

REFERENCES

1. Zunnunov A., Maxkamov U., Didaktika (Ta'lim nazariyasi). O.O'Yu uchun qo'llanma.T., Sharq, 2006y.

2. Raximova A.E. Didaktik o'yinlarning turlari va ularni olib borishga doir talablar. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5.

3. Choriev R. Yangi pedagogik texnologiyalar - ta'lim - tarbiya sifat va samaradorlik omili. Toshkent-2010y

4. J Postgrad Med. Understanding your student: using the VARK model. 2014 Apr-Jun;60(2):183-6. doi: 10.4103/0022-3859.132337.

5. Alina Nicoleta Padurean. (2014). Teaching English Language to Children with Special Educational Needs. "Aurel Vlaicu", University of Arad, 77 Revolutiei Boulevard, Arad, Romania. TEM Journal - Volume 3 / Number 4 / 2014. www.temjournal. com.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.